Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich


Download 2.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/214
Sana19.10.2023
Hajmi2.03 Mb.
#1709590
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   214
Bog'liq
-.-

Yozma tekshirish – o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat 
qilish va baholashning eng samarali usullaridan biri bo‘lib, ularning ijodiy 
qobiliyatlarini baholash imkonini beradi. Mazkur usulning mohiyati shundaki, 
O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini nazorat qilish metodlari quyidagilar: og‘zaki tekshirish, 
yozma tekshirish, amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish, uy vazifalarini 
tekshirish.


222 
o‘qituvchi alohida mavzu yoki o‘quv dasturining ma'lum bo‘limini o‘tib 
bo‘lganidan so‘ng oz vaqtning ichida barcha o‘quvchilarni tekshirishi mumkin. 
Yozma tekshirish nazorat ishi, insho, bayon, diktant yordamida olib boriladi. 
Ammo o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida bevosita aloqaning yo‘qligi sababli uning 
fikrlashini kuzatish imkoni bo‘lmaydi. 
Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish. Bajarilayotgan 
amaliy harakatlar (sport, mehnat harakatlari)ning to‘g‘riligini kuzatish yoki olingan 
natijalarga tayanishdan iborat bo‘lishi mumkin. Amaliy tekshirish tabiiy-
matematik sikldagi fanlardan o‘quvchilarning o‘zlashtirishini hisobga olishda keng 
foydalaniladi. Bu usul yordamida o‘quvchilarning olgan bilimlarini amaliyotda 
qo‘llay olish malakasi aniqlanadi. 
Uy vazifasini tekshirish. O‘quvchilarning o‘zlashtirishini nazorat qilish uchun 
ulardan uyga berilgan vazifalarni bajarishini tekshirish katta ahamiyatga ega. Uy 
vazifalarini tekshirish o‘qituvchiga o‘quvchilarning o‘quv ishiga bo‘lgan 
munosabatini, o‘rganilgan materialni qanchalik egallaganligini, uy vazifalarini 
bajarishdagi mustaqillik darajasini aniqlashga imkon beradi. 
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalari va kompe-tentsiyalarini 
baholash mezonlari. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalari va 
kompetentsiyalarini baholash mezonlari hamma vaqt bahstalab mavzu bo‘lib 
kelgan. Chunki u o‘quv adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Biroq mavjud qarashlarni 
umumlashtirib aytish mumkinki, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalari va 
kompetentsiyalarini baholash mezonlari har bir fanning maqsad va vazifalariga
shuningdek, sinf (guruh)dagi o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga tayangan 
holda belgilanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib shunday xulosa chiqarish mumkin: 

Download 2.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling