Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilim sohasida
- Pedagogik faoliyat
G‘oyaviy sohada: ilmiy dunyoqarash va e'tiqod, ijtimoiy ehtiyoj va axloqiy
zaruriyatlarni chuqur tushunish, ijtimoiy va fuqarolik burchini anglash, ijtimoiy - siyosiy faollik. Kasbiy sohada: bolalarni sevish va ular bilan ishlashga qiziqish, o‘z kasbini sevish, ruhiy pedagogik ziyraklik va kuzatuvchanlik, pedagogik nazokat, pedagogik tasavvur, tashkilotchilik qobiliyati, adolatparvarlik, samimiylik, dilkashlik, talabchanlik qat'iylik va maqsadga intilish, vazminlik, o‘zini tuta bilish, kasbiy layoqatlilik. Bilim sohasida: keng ilmiy saviya, ma'naviy ehtiyoj va qiziqiщ, intellektual qiziqish, yangilikni his qila bilish va boshqalar. Pedagogik faoliyat va uning o‘ziga xosligi. O‘qituvchi mehnati – bu bebaho izlanish, mashaqqat, azob-uqubatli kechinmalar, quvonch, o‘z faoliyatidan qanoat xosil qilishdir. Pedagoglik faoliyati - inson mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir. Pedagogik faoliyat — pedagogning tahsil oluvchilarga ta'lim va tarbiya berish vazifalarini hal qilishga qaratilgan hamda pedagogik ta'sir o‘tkazish vositalari bilan 313 amalga oshiriladigan kasbiy faolligidir. O‘qituvchi bu mazkur faoliyatning bir necha turlarini bajaradi: o‘qitadi, tarbiyalaydi, yo‘l - yo‘riqlar ko‘rsatadi, tashkil qiladi, targ‘ibot yurgizadi, mustaqil bilim olish bilan shug‘ullanadi. Bularning hammasi bevosita yoki bilvosita o‘qitish va tarbiyalash vazifalarini hal qilishga yo‘naltiriladi. Pedagogik faoliyat mobaynida motivatsion — mo‘ljalli bosqich, vaziyatni tushunish bosqichi namoyon bo‘ladi; motivlar tug‘iladi, faoliyatga ruhiy tayyorgarlik vujudga keltiriladi, maqsad va vazifalar qo‘yiladi va o‘zgartiriladi; pedagogning tarbiyalanuvchilar ruhiy rivojlanishiga ta'sir o‘tkazishi muvofiqlashtiriladi; pedagogik o‘z - o‘zini tahlil qilish usullari (diagnostika, bashorat, nazorat)dan foydalaniladi, qo‘yilgan vazifa hal etiladi, yo‘l quyilgan pedagogik nuqsonlar bartaraf etiladi. 314 Pedagogik mahoratni egallashda psixologiya va pedagogika faniga doir bilimlar katta ahamiyat kasb etadi. Ilmiy psixologik va pedagogik bilimlar tizimining mavjudligi o‘qituvchiga faqat o‘z sinfini hamda ayrim o‘quvchilarni o‘rganish va ularning to‘g‘ri fe'l- atvorlarini tushunishnigina emas, balki bolalar jamoasi va uning har bir a'zosini rivojlanish istiqbolini ham belgilash imkonini beradi. Kasbiy bilimlar pedagogik mahoratning tub asosini tashkil qiladi. Pedagog bilimi, bir tomondan u dars berayotgan fan to‘g‘risidagi bilimiga, ikkinchi tomondan esa, uni o‘zlashtirayotgan o‘quvchilarga qaratilgan bo‘ladi. O‘zi dars berayotgan fani, uni o‘qitish metodikasi, pedagogika va psixologiyadan puxta bilimga ega bo‘lishi, pedagogning kasbiy bilimlar mazmunini tashkil etadi. Kasbiy pedagogik bilimlarning o‘ziga xosligi, ularni kompleks harakterga ega bo‘lishida pedagogik prinsiplar va qoidalar vujudga keladi. Bu prinsip va qoidalarni har bir pedagog o‘z tajribasiga tayangan holda yaratadi, lekin ularning qonuniyatlarini ilmiy bilim yordamida aniqlaydi. Bu bilimlar doimo takomillashib borishi zarur. Taniqli pedagog Adolf Disterveg: «ilmiy izlanishga intilmagan o‘qituvchi tavakkalchilik, oddiylik va soxtalik kabi illatlarga giriftor bo‘ladi 48 »,-deb ta'kidlaydi. Pedagogik qobiliyatlar, pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil qilishga zamin yaratadi. Quyidagi pedagogik qobiliyatlar ta'lim-tarbiya jarayonida samarali natijalarni qo‘lga kiritish imkonini yaratadi: 48 Abdullaeva Sh.A., Sayitov S.S., Xalikova G.I. Istoriya pedagogiki / Pedagogicheskie vzglyadы Adolfa Distervega. –Toshkent: Fan va axborot texnologiyalari, 2008.-117-s. Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling