Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
O‘qituvchi kasbi va uning jamiyatda tutgan o‘rni
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
3.O‘qituvchi kasbi va uning jamiyatda tutgan o‘rni. O‘qituvchilik inson
jamiyati tarixi boshlangandan e'tiboran davom etib kelingan kasbdir. XX1 asrda o‘qituvchi - tarbiyachi faoliyati, mahorati, ustoz - shogirdlik munosabatlari uyg‘unlashib borayotgan bir pallada kishilik jamiyatining dastlabki bosqichlarida ustoz – o‘qituvchi, tarbiyachining jamiyatda tutgan o‘rnini tasavur etish qiyin. 45 Ochilov M. Pedagogik mahorat.-Toshkent: O‘qituvchi, 46 Abdulla Avloniy. Ustozi avvalga kirish so‘zi.- Toshkent. Qulyozmalar----- 310 O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasida “Tegishli ma'lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega" 47 - deb ta'kidlanadi. Demak, jamiyatda sog‘lom fikrlovchi har tomonlama yetuk shaxslarni voyaga yetkazishda o‘qituvchi-ustozlar kasbiy mahoratga ega, ko‘p qirrali faoliyati va qobiliyati bilan o‘rnak bo‘la oladigan, ijodkor va fidoiy inson bo‘lishlari kerak. Zero, shoir aytganlaridek: Muallim haqida so‘zim ushbudir: Muallim kamolot ichra ko‘zgudir. O‘qidim Gerodot, tarixni ko‘p bor, Farobiy, Danteni takror va takror. Barini o‘qidim, lol qoldi aqlim, Bariga ustozsan o‘zing, muallim. Alisher qalbiga solgan sehr-fayz Sensan, ey muallim, ustoz Abul-Lays. Qutlug‘ xonadonda qutlug‘ kalom bu, Hamid Olimjon bu, G‘afur g‘ulom bu. Buyuk Temur sendan topgandir ta'lim. Sen shundoq, aziz zot, aziz muallim. pedagogik faoliyatga qobilyatli,ijodkor,ishbilarmon; milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni,dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan,diniy ilmlardan ham xabardor, manaviy barkamol; O’zbekistonning mustaqil davlat sifatida taraqqiy etishiga ishonadigan,vatanparvarlik burchini to’g’ri anglagan,e’tiqodli fuqaro; ixtisosga doir bilimlarni, psixolik, pedagogic bilim va mahoratni, shuningdek nazariy ilmlarni mukammal egallagan; 47 O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni. 5-modda. – Toshkent, 1997.-7-b. 311 o’qituvchilik kasbini va bolalarni yaxshi ko’radigan, har bir o’qituvchi , ulg’ayib yaxshi odam bo’lishiga chin ko’ngildan ishonadigan, ularning shaxs sifatida rivojlanib, inson sifatida kamol topishiga ko’maklashadigan; erkin va ijodiy fikrlay oladigan, talabchan, adolatli, odobli bo’lmog’i darkor. Mustaqil O‘zbekistonimizda o‘qituvchilik kasbiga hurmat e'tibor va uni sharaflash beqiyosdir, shu bilan birga ustozlar oldiga qo‘yiladigan mas'uliyat ham katta. O‘zbekistonda «1 – Oktyabr- “O‘qituvchi va murabbiylar kuni» deb e'lon qilinib, uni butun respublikamiz aholisi umumxalq shodiyonasi sifatida bayram qiladi. Hozirgi kunda o‘zining fidokorona mehnati bilan yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash sifatini oshirishga katta hissa qo‘shayotgan ijodkor o‘qituvchilar soni yil sayin ortib bormoqda. Mohir o‘qituvchilarni aniqlash uchun o‘tkazilayotgan tanlovlar ana shu yutuqlar mezoni sifatida namoyon bo‘lmoqda. Maktablarda “metodist- o‘qituvchi”, “katta o‘qituvchi”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi”, “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi a'lochisi” unvonlariga sazovor bo‘lgan o‘qituvchilar soni ko‘paymoqda.“O‘qituvchi va murabbiylar kuni” arafasida yuzlab ta'lim fidoyilariga davlatimizning eng mo‘tabar mukofotlari topshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlarining ko‘pligi ham mamlakatimizda ilm—fan va ta'lim-tarbiyaga e'tiborning naqadar yuksakligini ko‘rsatadi. Ular jumlasiga «O‘zbekiston qaxramoni», «O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi o‘qituvchisi», «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi», «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi», «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta'limi xodimi», kabi unvonlarni ko‘rsatish mumkin. O‘qituvchilar safidan yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ko‘maklashish, iqtidorli, yoshlarni aniqlash, ularning iqtidori, kasbiy malakasini yuksaltirish, rivojlangan demokratik davlatlarning yetuk o‘quv yurtlarida va markazlarida tajriba orttirish maqsadida tuzilgan ushbu jamg‘arma keyinchalik “El-yurt xizmati” jamg‘armasi nomi bilan o‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda. 312 Bu g‘amxo‘rliklarga sabab, xalqimiz, millatimiz kelajagi ko‘p jihatdan o‘qituvchi, uning saviyasi, fidoyiligiga bog‘liqligi bilan belgilanadi. Ma'lumki, har bir o‘sib kelayotgan shaxs o‘z xulq atvoriga, xarakteriga ega. Tarbiyada ana shu xususiyatlarni hisobga olish kerak. Bunda insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning murakkabligini o‘zida aks ettiruvchi maxsus usullardan foydalaniladi. Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik ko‘rayotgan yoshlar ana shunday xususiyatlarga ega bo‘lishi lozim. O‘qituvchilik ixtisosining bu xususiyatlari o‘qituvchining kasbiy tizilmasida ifodalanadi. Bular: 1) maxsus tayyorgarlik hajmi va mazmuni; 2)o‘qituvchining ruhiy pedagogik tayyorgarligiga quyiladigan talablar; 3) o‘qituvchi shaxsining xususiyatlari; 4) ixtisosga oid umumiy tayyorgarlik mazmuni. Demak, zamonaviy o‘qituvchi shaxsining xususiyatlari quyidagilarda o‘z ifodasini topadi: Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling