Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
a) amaliy konstruktiv malakalar:
- amaliy tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish faoliyatining eng muhim qoidalarini tanlay bilish. 301 - har bir o‘quvchiga nisbatan uni jamoa sharoitida tarbiyalashning individual rejasini amalga oshira bilish. - o‘quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda ularga nisbatan individual munosabatni amalga oshira bilish. b) Tashkilotchilik malakalari: - o‘quvchilar orasidagi faol bolalarni aniqlash, tanlay bilish, ularni idora qilish. - o‘quvchilarning turli xildagi jamoa individual holatini uyushtira bilish, ularni ijtimoiy faolliklarini bilish. - o‘quvchilarga berilgan jamoa ijtimoiy topshiriqlarni berilishi yuzasidan nazorat o‘rnatish va ularga zarur vaqtda amaliy yordam berish. - o‘zi rahbarlik qilgan sinfda amaliy ishlarni boshqarish. - ota- onalar va keng jamoatchilik o‘rtasida tarbiyaviy ishlar tashkil eta bilishi; maktabdagi pedagogik tizim tuzilishi bolaning yaxshi o‘qishi, samarali xizmat qilishi, yaxshi dam olishi, hamma vaqt foydali va qiziqarli mashg‘ulot bilan band bo‘lishini nazarda tutadi. Pedagogik maqsad va vazifalar keng qamrovli bo‘ladi. Masalan, haqiqiy fuqaroni, komil insonni tarbiyalash, mehnatga va uzluksiz ta'limga tayyorgarlikni shakllantirish, o‘quvchilar bilimining sifatini oshirish, ularning individual ijodiy qobiliyatlarini mustahkamlash; xususiy ravishda - o‘quv yurti xususiyatidan kelib chiqqan holda o‘quv predmetining samaradorligini, sinfdagi o‘quvchilar kontingentini aniqlash va h.k. O‘quvchilarning ruhiy rivojlanishlari, maqsad va vazifalarining biri bilimlarni o‘zlashtirishni, boshqalari — shaxsning o‘sishini ta'minlaydi. Masalan, shaxsning o‘z - o‘zini nazorat qilishi, boshlagan ishni oxirigacha yetkazish, chidamlilik, qunt bilan bilim olish va boshqalar shular sirasiga kiradi. Shuning uchun aslida o‘qituvchi har doim birgina emas, balki bir nechta pedagogik vazifalar qo‘yadi va ularni faoliyati mobaynida pedagogik vaziyatlarga, jumladan, pedagogik vazifalarning qo‘yilishi va hal qilinishi sharoitlari va boshqalarga bog‘liq ravishda tuzatib boradi. Bunday vaziyatlar rejali (masalan, muammoli dars, tarbiyaviy tadbir) va tasodifiy (tarbiyasi qiyin 302 o‘smirnnng qo‘qqisdan namoyon bo‘ladigan xulqi) bo‘lishi mumkin. Mohir o‘qituvchi pedagogik vaziyatni to‘la boshqarishga intiladi va ayni shu vaqtning o‘zida bolalarning tashabbusiga keng yo‘l ochadi. Zaruriyat, tug‘ilganda u har qanday kutilmaganda yuz berishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni pedagogik vaziyatga aylantira oladi. O‘qituvchining faoliyati quyidagilarda o‘z ifodasini topadi: - o‘z-o‘zini rivojlantirish; - o‘quv faoliyatini ilg‘or texnologiyalar asosida qurish; - o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning qaror topishiga zamin yaratish; - o‘quv faoliyatining o‘quvchilar ichki motivga asoslangan izlanuvchanlik yo‘nalishining kasb etishini ta'minlash va boshqalar. Pedagogik faoliyat o‘quvchilarga uch xil pedagogik ta'sir ko‘rsatishni nazarda tutadi: nimani o‘qitish, kimni o‘qitish va qanday o‘qitish?. Demak, mohir o‘qituvchi o‘quv predmetidan material tanlash va uni guruhlarga ajratish uquvini oshirishi; o‘quvchilarning mavjud imkoniyatlari, ta'limning umumiy maqsadlarini amalga oshirib, o‘quvchilarga ta'sir ko‘rsatishning shakl, usul va metodlarini oqilona tanlashi va qo‘llashi lozim. Tabiiyki, o‘qituvchi o‘zining shaxsiy faoliyatini o‘zi tahlil qilib boradi. Ish davomida o‘quvchilar va o‘zining shaxsiy mehnati va sarflangan vaqtini hisobga olish, ishdagi kemtik joylarni ko‘ra bilish va ularni bartaraf etish yo‘llarini tanlash, o‘z tajribasini va hamkasblarining ishlarini tahlil qilish o‘ta muhim. Agar pedagogik faoliyatning barcha sanab o‘tilgan tarkibiy qismlari mavjud bo‘lsa, u holda uni psixologik jihatdan to‘la va yetuk, deb hisoblash mumkin. Faoliyat jarayonida inson shaxsining har tomonlama yaxlit rivojlanishi, tevarak-atrof, olamga munosabati shakllanadi. Inson faoliyati maqsadga muvofiq amalga oshishi uchun uni to‘g‘ri tashkil etish va oqilona yo‘naltirish lozim. Lekin ko‘p hollarda shaxsning rivojlanishi imkoniyatlaridan foydalanilmaydi, tarbiyalanuvchilar ko‘pincha ijtimoiy mehnat, bilish faoliyatini faol tashkil eta olmaydilar, hayotda sust harakat qiladilar. 303 O‘quvchilar faoliyatining asosiy turlariga o‘yin, o‘qish, mehnatni kiritgan holda uning asosiy yo‘nalishlari - ijtimoiy, sport, badiiy, texnik, hunarmandchilik, emotsional faoliyatlariga ajratish mumkin. Faoliyat faol va passiv bo‘ladi, faqat faol faoliyat o‘qituvchi va o‘quvchi shaxsining barcha imkoniyatlarini ruyobga chiqarishga yordam beradi. Bunday faoliyat insonda qoniqish hosil qiladi, inson kuch-quvvatga to‘ladi. O‘qishda faollik ijtimoiy tajribalarni tezroq o‘rganib, anglab olishga, kommunikativ qobiliyatini rivojlantirishga, o‘zini o‘rab turgan atrof-olamga munosabatini shakllantirishga olib keladi. Bilish faolligi esa bolaning intellektual rivojlanishini ta'minlaydi. O‘qituvchi mehnatida faollik shaxsning ma'naviy-axloqiy shakllanishga undaydi, uni yanada muvaqqiyatli mehnat qilishga yo‘llaydi. Rivojlanayotgan shaxsni doimiy faollikka undash ancha murakkab va qiyin kechadi. Zero, o‘quvchining turli yoshida uning faoliyati o‘zgarib boradi. Shuning uchun bu borada maktabdagi ommaviy tadbirlar bilan birga har bir o‘quvchining invidual va yosh xususiyatlarini hisobga oladigan ishlar amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Pedagogik faoliyat davomida pedagogik vazifa (pedagogik maqsad)larni qo‘yish va uni o‘zgartirish, pedagogik vaziyatlarni taqqoslash va klassifikatsiyalash, qaror qabul qilish, pedagogik tafakkur va pedagogik intuitsiya), tahlil etish, baholash, o‘zini o‘zi tuzatish (pedagogik refleksiya) va boshqalar kabi muhim kasbiy sifatlar mujassamlanadi. Shaxsning rivojlanishi bevosita uning faoliyatida ro‘y beradagan o‘zgarishlar, motivlar, maqsadlar, yangi vositalarni qo‘llash, usullar hamda faoliyat dasturi bilan bog‘liq holda kechadi. Turli pedagogik o‘zgarishlar asosida o‘qituvchi faoliyatining faolligi shakllanadi. Faoliyat pedagogikada psixologik qonuniyatlarga tayangan holda turli shakl va metodlar orqali, maxsus didaktik tomoyillarni qo‘llash asosida tashkil etiladi. Agar o‘quvchi faoliyati o‘quv jarayonida bilimlarni o‘rganish, malaka va ko‘nikmalar hosil qilish asosida tashkil qilinsa, o‘qituvchi faoliyati pedagogik vazifalarni quyish, 304 maqsadga erishish, faoliyat predmeti, vositalarini aniqlash, ularni bajarish usullarini oqilona tanlash, o‘quvchi faoliyatini boshqarish, o‘zaro hamkorlikka asoslangan ta'lim-tarbiyani tashkil qilish natijasida amalga oshadi. Ta'limda faoliyat va uni boshqarishga yangicha yondashuv talab etiladi, didaktik tomoyillar yangi mazmun kasb etadi va o‘qitish texnologiyasini o‘zgartiradi. An'anaviy didaktikada buni amalga oshirib bo‘lmaydi. “O‘quv faoliyati”, “aqliy faoliyat” hozirgi davr pedagogikasining eng muhim konsepsiyasi sifatida maydonga chiqmoqda. Uning asoschilari L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, S.L.Rubinshteyn, D.B.El'konin, V.V.Davidov, P.Ya.Galperinlar pedagogik-psixologiyada ta'limga faoliyatli yondashuv nazariyasini yaratdilar. 41 Faoliyatning asosiy psixologik nazariyasi va ta'limga faoliyatli yondashuv quyidagi g‘oyalar va tamoyillarni o‘zida qamrab oladi: 1. Faoliyatga metodologik asos bir tomondan ob'ektiv dunyo, ikkinchi tomondan miyaga ruhiyatning ta'siri natijasida vujudga keladi. (A.N.Leontev). 1. Ruhiy ta'sirning faollik kasb etishi – bu sub'ektning ehtiyoji asosida amalga oshadi (E.G‘oziev). 1. Moddiy dunyoda sub'ektni faoliyatga yo‘naltirish, faoliyatning o‘zi ham ijtimoiy munosabatlarda tarkib topadi (L.S.Vigotskiy). 1. Inson faoliyati ruhiyatining ijtimoiy tarixiy tabiatiga bog‘liq bo‘lib, bu jarayon ijtimoiy hayotning o‘zida amalga oshadi(D.B.Elkonin). 1. Inson faoliyatida ruhiyat ichki faoliyat sifatida namoyon bo‘ladi (P.Ya. Galperin). Mazkur metodologik asoslar o‘quvchilarga nimani o‘rganish bilan birga qanday o‘rgatishni ham tavsiya etadi. Ta'lim jarayoni o‘quvchilar faoliyatini tizimli tashkil etishni taqozo etadi (-rasm). Ta'limning barcha tarkibiy qismlari uning o‘quvchi faoliyatini tizimli tashkil etish- bu ta'lim maqsadi, mazmuni, shakllari, metodlari, vositalari, ta'lim mahsuli, bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘zaro aloqasida amalga oshadi. 41 Rubinshteyn S.L. “Osnovы obщey psixologii”- Moskva: Znanie, 2003 -106 s. 305 Faoliyatning rivojlanishi ta'limda ma'lum didaktik prinsiplar asosida yuzaga keladi. Bular ilmiylik, uzviylik, tizimlilik, qulaylik, ta'limda faollik, onglilik kabilardan iborat bo‘lib, ta'lim tizimidagi nuqsonlarni bartaraf etib, unda o‘zgarishlar qilishni taqoza etadi. Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling