Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
Pedagogik faoliyat va uning o‘ziga xosligi
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
2.Pedagogik faoliyat va uning o‘ziga xosligi. Har bir jamiyatda o‘qituvchi, ustoz,
muallim oldiga eng muhim vazifa - jamiyat kelajagi bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash, ilm berish vazifasi qo‘yilgan. Hatto ibtidoiy jamoa tuzumi oxirlaridayoq yoshlarni tarbiyalash muassasalari tashkil etilib, ularda ancha tajribali, hayotni ko‘rgan oqsoqollar bolalarni tarbiyalaganlar. Quldorlik davrida esa quldorlarning bolalari uchun maxsus maktablar tashkil etilgan. Qadimgi Yunonistonda bolalarni o‘qitadigan kishini “didaskal” ("o‘qitadigan", "o‘rgatadigan") deb ataganlar. Bolalarni maktabga boshlab borgan kishilarni pedagog ("payne") bola, "agogeyn" “yetaklab bormoq”) deb atalgan. Bu tushunchalar bugungi kunda ham o‘qituvchiga nisbatan ishlatilib 298 kelinadi. Lekin uning mohiyati chuqur ahamiyat kasb etadi. Taniqli o‘zbek shoiri Abdulla Oripov aytganlaridek: Ko‘hna dunyo ko‘rmadi ne ne dahoni, Arastu Aflotun, Suqrot dononi Ular dahosiga quygan tamal toshini Sensan barchasiga ustozi avval, Sensan barchasiga ustoz muallim! Navoiyning fikricha, ba‘zan bir kishi bitta bolaga tarbiya berishga ojizlik qiladi, muallim esa bir to’da bolalarga ilmu adab o’rgatadi. Bu jarayonda muallim ko’p aziyat chekadi, mashaqqatlarni boshdan kechiradi. Shuning uchun shogirdlar ustoz oldida umrbod qarzdor ekanliklarini his etishlari lozim. “Shogird podsholik martabasiga erishsa ham muallimga qulluq qilsa arziydi”,- deb yozadi Alisher Navoiy va quyidagi misralarda o‘z fikrini ifoda etadi: Haq yo’lida senga bir harf o’qitmish ranj ila, Aylamak bo’lmas ado oning haqin yuz ganj ila. Navoiyning “Mahbub-ul-qulub” asarida o’qituvchi odobiga doir quyidagi talablar bayon etilgan: - mudarris ota-onasining mansabi, boyligiga qarab bolaga muomala qilmasligi lozim; -muallim bolalarga bilgan narsalarini o’rgatishi, bilmagan ilmlarini o’rgatishga urinmasligi kerak; -gerdayish, manmanlik, ta‘magirlik, nodonlik kabi illatlar o’qituvchi axloqiga yot sifatlardir; -muallim yaramas ishlardan, nopoklikdan yiroq bo’lishi kerak; -xalq nazarida olim hisoblanadigan mudarrislar yomon ishlardan, fisqu fasoddan o’zlarini tiya bilishlari zarur. Demak, Alisher Navoiy o‘z asarlarida o‘qituvchilik kasbini ulug‘lab, uning yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga, insoniy hislatlarga ega kishi bo‘lishi lozimligini uqtirgan. 299 Inson faoliyatining boshqa turlari kabi pedagogik faoliyat ham o‘z xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turuvchi: maqsad, ob'ekt, sub'ekt va vositalardan tashkil topadi. Bular: - birinchidan, pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, ya'ni pedagog faoliyatning natijasi jamiyat manfaatlari bilan bog‘liqdir. Uning mehnati yoshlar shaxsini har tomonlama kamol toptirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Pedagogik faoliyat avlodning ijtimoiy o‘zviyligini (ketma-ketligini) ta'minlaydi, bir avlod tajribasini ikkinchi avlodga o‘tkazadi, yoshlarni ijtimoiy munosabatlar tomon yo‘llaydi, ijtimoiy tajriba orttirish uchun insondagi tabiiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqaradi. - ikkinchidan, pedagog faoliyati doimo shaxs faoliyatini boshqarish bilan bog‘liq. Bunda pedagogik maqsad o‘quvchi maqsadiga aylanishi muhimdir. Unga erishish osonlikcha kechmaydi. Pedagog o‘z faoliyati maqsadini va unga erishish yo‘llarini aniq tasavvur qilishi va maqsadga erishish o‘quvchilar uchun ham ahamiyatli ekanligini ularga anglata olishi zarur. Nemis mutafakkiri Gyote ta'kidlaganidek: "Ishonch bilan gapir, ana shunda so‘z ham, tinglovchilarni mahliyo qilish ham o‘z-o‘zidan kelaveradi 40 ". - uchinchidan, pedagogik (ta'lim, tarbiya) jarayonida o‘quvchi faoliyatini boshqarish shuning uchun ham murakkabki-pedagog maqsadi doimo o‘quvchi kelajagi tomon yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu maqsadni o‘quvchidan ko‘ra pedagog yaqqolroq tasavvur qiladi. O‘quvchi esa ko‘p hollarda, hayotiy tajribasi yetishmasligi sababli hozirgi hayot, shu bugun tashvishlari bilan yashaydi, kelajakni esa to‘la tasavvur qila olmaydi. Ijodkor pedagog Sh. A. Amonashvili bu nomuvofiqlikni "tarbiyadagi asosiy fojia" deb ataydi. Buni anglagan holda, mohir pedagoglar o‘z faoliyatini o‘quvchilar ehtiyojlari, ya'ni bilim, ko‘nikma, malaka olishga mo‘ljallab loyihalaydilar. Bu hamkorlik pedagogikasi, ya'ni “sub'ekt- sub'ekt” munosabatlarining mohiyatini ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida” Qonuni hamda “Kadrlash tayyorlash milliy dasturi”da ham barkamol shaxs tarbiyasiga asosiy 40 Gyote Iogann Volfgang. Tanlangan asarlar.-Toshkent:M’eros, 2018.-342-bet. 300 e'tibor qaratilgan.Chunki, o‘z bilimi, salohiyati, imkoniyatlarini jamiyat taraqqiyotiga to‘liq sarflab, mustaqil fikrlay oladigan ijodkor shaxslarni shakllantirish, jamiyatda tub o‘zgarishlar bo‘lishiga zamin yaratadi. Inson faoliyati – uning rivojlanishi uchun zarur sharoit bo‘lib, uning jarayonida shaxs hayotiy tajribaga ega bo‘ladi, atrof-olamni idrok etadi, bilimlarni o‘zlashtiradi, malaka va ko‘nikma hosil qiladi. Hozirgi davrda zamonaviy texnika va texnologiyalarning hayotga kirib kelishi inson faoliyatida, ijtimoiy ongida katta o‘zgarishlar bo‘lishini taqozo etmoqda. Zero, olam to‘g‘risida va insonning hayotda tutgan o‘rni to‘g‘risidagi tasavvurlari o‘zgarmoqda, tafakkuri va olamni tushinishning yangi usullari shakllanmoqda, ma'naviy-amaliy o‘zlashtirishning yangi vositalari va usullariga o‘tish yuz bermoqda. O‘quvchi shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta'lim jarayonida uning aqliy- intellektual, ijodiy xususiyatlari namoyon bo‘ladi Ta'lim-tarbiya jarayonida bolalardagi yashirin iste'dodlarni yuzaga chiqarish, kichik maktab yoshidan boshlab o‘z faoliyatini namoyon qilishi uchun imkoniyat yaratish, ulardagi ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish - kelajakda yuksak salohiyatli, ijtimoiy faol, o‘tkir zehnli, kashfiyotchilik qobiliyatini namoyon eta oladigan raqobatbardosh kadrlarni voyaga yetkazish garovi bo‘lib hisoblanadi. Bu davlatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri – har tomonlama barkamol insonni voyaga yetkazish g‘oyasiga mos keladi. Pedagogik faoliyat kishini o‘ziga duch kelgan hodisalarni tahlil qilish va umumlashtirish tajribasi bilan boyitadi. Pedagogik malaka - egallagan bilim va ko‘nikmalarni faoliyatning ma'lum turini egallab olish, yaxshi bajara olish qobiliyatidir. O‘qituvchi faoliyatiga oid bunday malakalarga quyidagilar kiradi: Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling