Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘QITUVCHI FAOLIYATIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI. REJA
- Abu Nasr Farobiy
- Tayanch tushunchalar
293 5-BO‘LIM. PEDAGOGIK MAHORAT ASOSLARI 16-§. PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUSHUNCHA, UNING O‘QITUVCHI FAOLIYATIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI. REJA: «O‘qituvchi o‘z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo‘lmog‘i lozim. Ana shundagina u insonlikning yuksak darajasiga ega bo‘ladi va baxt cho‘qqisiga erishadi” Abu Nasr Farobiy 294 1. Pedagogik mahorat mohiyati, uning tarkibiy qismlari 2. Pedagogik faoliyat va uning o‘ziga xosligi 3. O‘qituvchi kasbi va uning jamiyatda tutgan o‘rni Tayanch tushunchalar: pedagogik mahorat, tarkibiy qismlar, pedagogik faoliyat, o‘qituvchi kasbi, o‘quvchi shaxsi, pedagogik texnika, pedagogik nazokat, o‘qituvchi immiji. 1. Pedagogik mahorat mohiyati, uning tarkibiy qismlari. Globallashuv sari borayotgan hozirgi dunyoda davlatning xalqaro raqobat jarayoni shartlariga tez moslashuvi uning muvaffaqiyatli va barqaror rivojlanishining asosiy omili hisoblanadi. Bunda yuksak taraqqiy etgan davlatlarning asosiy ustunligi - ta'lim tizimining holati bilan aniqlanadigan, shaxsni rivojlantirish imkoniyatlari mavjudligi bilan bog‘liq. Davlatning bugungi va istiqboldagi barqaror iqtisodiy o‘sishini ta'minlovchi omillar ham aynan ta'lim sohasi rivojlanishiga bevosita bog‘liqdir. Bugungi globallashuv davrida bo‘lg‘usi o‘qituvchilarda quyidagi hislatlarni tarkib toptirish muhim ahamiyat kasb etadi: - insonparvarlik hislatlarini rivojlantirish; - kommunikativ (muloqotga moyillik) malakalarini shakllantirish; - kasbiy mustaqillik, ishchanlik, hissiy barqarorlik, o‘z ishiga ijodiy yondashish hislatlarini tarkib toptirish; - pedagogik nazokat va pedagogik texnikadan oqilona foydalanishni shakllantirish; - nutq texnikasini, o‘z tovush, mimika, jest va gavdasini boshqarish, jamoaga va shaxsga ta'sir ko‘rsatish qobiliyatlarini takomillashtirish; - zamonaviy fan va ishlab chiqarishdagi muammolar, pedagogik, axborot va yuqori darajadagi texnologiyalardan xabardor bo‘lish hamda ulardan zarurlarini ta'lim jarayoniga tatbiq etish va boshqalar. Demak, pedagogik mahorat hamma ustozlar uchun qolipdagi ish uslubi emas, balki u har bir o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, ijodiy mehnati evaziga yuzaga 295 keladigan jarayondir. Shu jihatdan olganda, hozirgi pedagogik ta'lim berish oliy o‘quv muassasalari bo’lajak pedagog mutaxassislarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun yetarli sharoit belgilab berishi kerak. Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling