Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
Pedagogik mahorat» atamasiga mavjud pedagogikaga oid manbalarda:
«o‘qituvchi – tarbiyachining pedagogik qobiliyati 35 », «o‘qituvchining muaomala madaniyati va nutq san'ati 36 », «pedagogik nazokat, odob va ahloq 37 », «turli kelib chiqadigan pedagogik vaziyatlarga munosabat 38 », «o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z ustida ilmiy ijodiy ishlash 39 » kabi tavsiflar berilgan. Pedagogik mahorat- bu pedagogik (o‘quv - tarbiyaviy) jarayonining barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo‘llantirish, tarbiyalanuvchilarda dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish va ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan faoliyatga moyillik uyg‘otishdir. Uzluksiz ta'limni amalga oshirishda pedagog, o‘qituvchi va tarbiyachilar kadrlar bilan ishlash mahoratiga ega bo‘lmog‘i lozim. Shu sababli pedagogika fanining qonuniyatlari va mazmunini har tomonlama o‘rganish, uni yosh avlod tarbiyasida qo‘llash har bir ustoz, o‘qituvchidan mahorat talab etadi. Mahorat - shaxsning tajriba orqali orttirgan xususiyati, biror sohasidagi moslashuvchan ko‘nikma va ijodkorlik asosida hosil bo‘lgan kasbiy ko‘nikmalarning nazariy darajasidir. Mahorat – yoshlarni tanlagan kasbiga hurmat uyg‘otish jarayonidagi kasbiy g‘ururni shakllantirishda xizmat qiladi. Shu jihatdan barkamol avlod tarbiyasida o‘qituvchi-tarbiyachining mahorat egasi bo‘lishi muhimdir. Mahorat kasbga nisbatan tavsifnoma berishda, ta'lim jarayonidagi o‘zlashtirish saviyasini egallashda, tarbiya jarayonida muayyan vazifani bajarishdagi kasbiy hislatlarni ta'riflashda qo‘llaniladi. 35 Ochilov M. Pedagogik mahorat.-Toshkent: O‘qituvchi, 2003,-76-bet 36 Azizxodjaeva N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar.- Toshkent: Moliya,2008.-63-bet 37 Hasanboev J. Pedagogika.-Toshkent: Yangi asr, 2008.-23-bet 38 Nishonaliev U. Pedagogika.-Toshkent: O‘qituvchi, 1996.-43-bet 39 Ibragimov X., Abdullaeva Sh. Pedagogika.-Toshkent: Fan va axborot texnologiyalari,2008.-69-bet. 296 Mahorat – va uning o‘ziga xos xususiyat va talablari borasidagi masalalarni I.A Zyazyun, P.ye Reshetnikov, ye.I Ilin, Sh.A Amonashvili, N. Saidahmedov, X.A To‘raqulov kabi olimlar o‘rganishgan va tadqiqotlarida o‘qituvchi mahoratining turli yo‘nalishlarini tadqiq qilishgan. Mahorat – san'at, mahorat izlanish, mahorat – pedagogik texnologiyalarni qo‘llay bilish, mahorat - o‘qituvchining o‘z faoliyatini ilmiy asosda tashkil etishi va o‘z-o‘zini tarbiyalashidir. O‘qituvchining ko‘p qirrali faoliyati va uning qobiliyati, zo‘r san'atkor va fidoiy bo‘lishi hamda shogirdlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasidagi dolzarb masalalardan biridir. Shu sababli bo‘lajak o‘qituvchilar pedagogik mahoratni egallashlari lozim. Pedagogik mahoratga ega bo‘lgan o‘qituvchi tarbiyadagi qiyinchiliklarni yengishga qodir bo‘lgan nufuzli rahbar, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ichki dunyosini tushuna oladigan, ularning tuyg‘ularini his qila oladigan, ichki dunyosi nozik va zaif bo‘lgan bola shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondashadigan, donolik va ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziyaga, chuqur ilmiy tafakkurga ega bo‘lgan shaxslardir. Pedagogik mahoratga pedagogik bilimlar, fahm - farosat bilan bir qatorda pedagogik texnika sohasidagi malakalar ham kiradi, ular tarbiyaga kam kuch sarflab, ko‘proq natijalarga erishish imkonini beradi. Pedagogik mahorat pedagogdan odatdan tashqari kuch - g‘ayratni, qat'iyatni, tirishqoqlikni, tadqiqotlarni olib borishga intilishni, yangi vaziyatga, yangi jamoaga kirish qobiliyatini, samimiyatni, to‘g‘rilik va halollikni, o‘tkir aql- idrokni, bir vositani boshqasi bilan tekshirib ko‘rish malakasini talab qiladi. «Pedagogik mahorat» kursi talabalarga bo‘lajak o‘qituvchi ixtisosligi bo‘yicha bilimlarni egallashlari davomida o‘qituvchi shaxsidagi ma'naviy- axloqiy tarbiyani; o‘z kasbi doirasida odob va axloq normalariga rioya qilish xususiyatini, uning mohiyatini; muallim – ustoz odobining bola shaxsiga ta'sirini, turli vaziyatlarda o‘z xulqini idora qilishning zaruriyatini; bo‘lajak o‘qituvchilarga 297 pedagogik mahoratni, ko‘nikma va malakalarni, pedagogik texnika elementlarini o‘zlashtirib, egallab borishlarini o‘rgatadi. Pedagogik mahoratga ega bo‘lgan o‘qituvchi pedagogika, psixologiya, fiziologiya, axloqshunoslik, tarbiyaviy ishlar metodikasidan xabordor bo‘lishi shart. Jamiyatimiz talab etayotgan har tomonlama yetuk, komil insonni tarbiyalashda o‘qituvchining o‘rni beqiyosdir. O‘qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasb. Mohir o‘qituvchi bo‘lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o‘zigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o‘qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun qoidalar, umumlashtirilgan uslubiy g‘oyalar bayon etiladi. O‘qituvchining yosh individual xususiyatlarini e'tiborga olish ta'kidlanadi. Maktab hayoti amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma - xildir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa o‘qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi. Davlatimiz xalq ta'limi sohasida o‘rtaga qo‘yayogan vazifalarni bajarish ko‘p jihatdan o‘qituvchiga bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida” gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va jamiyat talabidan kelib chiqib, bugungi kunda o‘qituvchilar oldida mas'uliyatli vazifalar turibdi. Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling