Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
Pedagogik mahorat mohiyati, uning tarkibiy qismlari
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
Pedagogik mahorat mohiyati, uning tarkibiy qismlari. Pedagogika
fanining qonuniyatlari va mazmunini har tomonlama o‘rganish, uni yosh avlod tarbiyasida qo‘llash har bir ustoz, o‘qituvchidan mahorat talab etadi. Mahorat- bu shaxsning tajriba orqali orttirgan xususiyati, biror sohasidagi moslashuvchan ko‘nikma va ijodkorlik asosida hosil bo‘lgan kasbiy ko‘nikmalarning nazariy darajasidir. Pedagogik mahorat har bir o‘qituvchining zarur bo‘lgan umumiy pedagogik malakalarini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan, odatdan tashqari kuch - g‘ayratni, qat'iyatlilikni, tirishqoqlikni, vaziyatga, yangi jamoaga kirish qobiliyatini, samimiyatni, to‘g‘rilik va halollikni, o‘tkir aql - idrokni, bir vositani boshqasi bilan tekshirib ko‘rish malakasini talab qiladi. A.S.Makarenko ta'kidlaganidek: "Agar pedagog mahoratni egallamas ekan, bolalar muhitidagi ilg‘or kuchlarga tayana olmas ekan, ularning iqtidorini rag‘batlantirib, eng yaxshi faoliyatlarini rivojlantira olmas ekan, u muqarrar ravishda shaxsiy ta'sir ko‘rsatishni mutloqlashtirib boradi, ya'ni o‘ziga eng oson yo‘lni tanlaydi. Chinakam mahorat bilan obro‘talablik bir- biri bilan sig‘isha olmaydi. Agar chinakam mahoratli pedagog hamma vaqt munosabatlar tizimi bolalarning ijodiy kamolotiga yordam berishi lozimligini o‘ylasa, obro‘talab pedagog ularning mustaqil faoliyatini nihoyatda toraytirib, ularning so‘zsiz quloq solishlarini yoqtiradi, bu bilan bolalar muhitidagi tarqoqlikka ko‘maklashadi 42 ". Demak, mahoratli o‘qituvchi o‘z nutqining ravon va ta'sirchan ekanligiga erishishi, o‘tilayotgan mavzuga o‘quvchi diqqatini jalb qila olishi, mavzuga mos ko‘rgazmalar asosida darsga ijodiy yondashishi, har qanday sharoitda ham o‘quvchi qalbiga yo‘l topa olishi lozim. 42 Makarenko A. S. Vospitanie v kollektive. Polnoe sobranie sochineniy. 9-ye izd. –Moskva: Sentyabr,2007.-478s. 306 Pedagogik mahorat – izlanish, ijodiy mehnat mahsuli. Pedagogik mahorat hamma o‘qituvchilar uchun qolipdagi ish uslubi emas, balki u har bir o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida yuzaga keladigan jarayondir. V.A Suxomlinskiy o‘zining «Chin insonni qanday tarbiyalash kerak» asarida «O‘qituvchining mehnatini biror narsa bilan qiyoslab ham, taqqoslab ham bo‘lmaydi. To‘quvchi bir soatdan keyinroq o‘z ishining hosilini ko‘radi, po‘lat erituvchi bir necha soatdan so‘ng olovdagi metal oqimidan shodlanadi. yer haydovchi, don sepuvchi g‘allakor bir necha oydan keyin dalada o‘stirgan boshoqlari va bir siqim donidan zavqlanadi. O‘qituvchi esa o‘z ijodining mahsulini ko‘rish uchun yillab mehnat qilishi kerak. O‘qituvchi pedagogik jarayonning har bir daqiqasida o‘zining o‘ttizta yoki qirqta tarbiyalanuvchisining barchasini ko‘rib turishi, u shu daqiqada nimalar o‘ylayotganligini, qanday g‘am-alamlar uni tashvishlantirayotganligini bilishi kerak 43 ”, -degan fikrlarni bayon etadi. Pedagogik mahorat bolalar haqidagi ta'lim tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni, metodlari haqidagi keng bilimlarni qamrab oladi. Bu bilimlar umumiy pedagogik madaniyatni tashkil etadi, o‘qituvchi - tarbiyachi bu madaniyatni egallamas ekan o‘z kasbining chinakam ustasi bo‘lishga erisha olmaydi. Zamonaviy o‘qituvchiga birgina umumiy madaniyatning o‘zi kifoya qilmaydi. Bolalarni kuzatish, ular rivojlanishidagi muhim o‘zgarishlarni fan, meditsina sohasidagi asosiy g‘oyalar bilan taqqoslash, ularning rivojlanish yo‘llari va usullarini aniqlash, turli vositalar, tarbiyaviy ta'sir ko‘rsatish usullarining o‘zaro bir - biriga o‘tish dialektikasini chuqur tahlil qilish, pedagogik izlanish va yutuqlarni ilmiy jihatdan bir tizimga solish malakalari zarur bo‘ladi Pedagog faoliyatining muvaffaqiyatli kechishi uning shaxsi, harakteri, o‘quvchilar bilan muomalasiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Odatda bularning ta'lim-tarbiya jarayoniga ta'siri ahamiyatsizdek tuyuladi. Lekin, tajribali pedagog o‘zining xatti-harakati o‘quvchilarga qanday ta'sir ko‘rsatatganligiga 43 Suxomlinskiy V. A. Kak vospitat nastoyaщego cheloveka?. Polnoe sobranie sochineniy. T.4-ыy. Izd.7. – Moskva: Znanie, 2002.- 675-s. 307 ahamiyat berib, unga kerakli tuzatishlar kiritib, takomillashtirib boradi. Demak, pedagogik mahorat tushunchasi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha qismlardan tashkil topar ekan. Bunday holda pedagogik mahorat «pedagogik tizim» sifatida tasavvur qilinadi va u quyidagicha ta'riflanadi: «Pedagogik mahorat - o‘qituvchi tomonidan o‘z kasbiy-pedagogik faoliyatini mustaqil ravishda yuqori saviyada tashkil etishi, rivojlanayotgan bola shaxsiga insonparvarlik pedagogikasi asosida yondashish hislatlarining mavjudligi, yuqori darajadagi ma'naviy-axloqiy sifatlarga egaligi bilan tavsiflanadi va pedagogning o‘z faoliyati mohirligining eng baland cho‘qqisiga erishganligini bildiradi 44 ». Bundan ko‘rinib turibdiki, pedagogik mahorat- pedagogik faoliyatning barcha turlarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti va har tomonlama rivojlantirish maqsadlariga yo‘naltirish, o‘quvchilarda dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish va ularda ijtimoiy zarur mehnatga moyillik uyg‘otishdir. Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling