Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich


Download 2.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/214
Sana19.10.2023
Hajmi2.03 Mb.
#1709590
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   214
Bog'liq
-.-

IV. Pedagogik texnika. o‘z-o‘zini, o‘z hissiy holatini boshqara olish
boshqalar bilan aloqa-munosabat o‘rnata olish; nutq malakasi; mimik pontamimik 
ifodaliligi bilan tavsiflanadi. 
Milliy pedagogikamiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ma'rifatparvar Abdulla 
Avloniy: "Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, 
yo falokat masalasidir", - degan edi. Hayot, najot, saodatga eltuvchi tarbiyani 
amalga oshiruvchi zot - o‘qituvchidir. 


309 
O‘qituvchi bolaga do‘stona munosabatda bo‘lib, ularga faqat ezgu niyat 
bilan yondashishi, mehribonlik ko‘rsatishi, ularning “MeN”ini hurmat qilishi, 
bolaning nafsoniyati, qadr-qimmatiga tegadigan qupol muomalada bo‘lmaslik, 
ishonchsizlik bildirmaslik lozim. O‘quvchilar tomonidan qo‘lga kiritilgan 
yutuqlarni rag‘batlantirib borish muhim. “Bolani butun qalbi bilan sevadigan 
mehridaryo pedagog ko‘proq tabassum qiladi, kamroq qovoq soladi, u chinakam 
pedagogik hayot kechiradi, shu tariqa professional baxtiga erishadi
45
”. Demak, 
pedagog shaxsining insonparvarlik yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatishi - o‘quvchi 
shaxsini hurmat qilish, adolatli bo‘lish, pedagogik faoliyatni pirovard maqsadga – 
barkamol avlod tarbiyalashga yo‘naltirishda ifodalanadi. O‘z davrida Abu Ali ibn 
Sino o‘qituvchi shaxsida halollik, adolatparvarlik, poklik, mehnatsevarlik, 
fidoiylik, odamgarchilik kabi hislatlarni qadrlagan. 
Insonparvar pedagog bolalarga bilim berayotganda ularga odamiylik 
namunasi sifatida gavdalanadi. “Bola uchun o‘qituvchisiz bilim yo‘q.
Bola 
o‘qituvchisiga mehr quysa, demak u bilimga qiziqib qoladi. Bolalar mehrini 
qozonmoq o‘qituvchi uchun sharafli hisoblanadi.Faqat o‘z o‘qituvchisini yaxshi 
ko‘rgan bola bilimlar olamiga shung‘iydi, jamiyatdagi ma'naviy qadriyatlarni 
o‘zlashtira boradi
46
”. Shu bois ta'lim va tarbiya mazmuni, metodlari, usullari, 
shakllari pedagogning bolalarga mehr- muhabbatidan harorat oladi va 
insonparvarlik hissi to‘la qalbidan o‘tib takomillashadi. 
Jamiyatimizda o‘qituvchi bolalarni kelajak haqidagi orzu - umidlar bilan 
ruhlantirishga, kelajak haqidagi orzu-umidlar, g‘oyalar va ideallarini hozirdan 
mustahkamlashni o‘rgatishga qodir kishi bo‘lmog‘i lozim. 

Download 2.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling