Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich


O‘qituvchi kasbi va uning jamiyatda tutgan o‘rni


Download 2.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/214
Sana19.10.2023
Hajmi2.03 Mb.
#1709590
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   214
Bog'liq
-.-

3.O‘qituvchi kasbi va uning jamiyatda tutgan o‘rni. O‘qituvchilik inson 
jamiyati tarixi boshlangandan e'tiboran davom etib kelingan kasbdir. XX1 asrda 
o‘qituvchi - tarbiyachi faoliyati, mahorati, ustoz - shogirdlik munosabatlari 
uyg‘unlashib borayotgan bir pallada kishilik jamiyatining dastlabki bosqichlarida 
ustoz – o‘qituvchi, tarbiyachining jamiyatda tutgan o‘rnini tasavur etish qiyin.
45
Ochilov M. Pedagogik mahorat.-Toshkent: O‘qituvchi, 
46
Abdulla Avloniy. Ustozi avvalga kirish so‘zi.- Toshkent. Qulyozmalar----- 


310 
O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasida 
“Tegishli ma'lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega 
bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega"
47
- deb 
ta'kidlanadi. Demak, jamiyatda sog‘lom fikrlovchi har tomonlama yetuk shaxslarni 
voyaga yetkazishda o‘qituvchi-ustozlar kasbiy mahoratga ega, ko‘p qirrali faoliyati 
va qobiliyati bilan o‘rnak bo‘la oladigan, ijodkor va fidoiy inson bo‘lishlari kerak. 
Zero, shoir aytganlaridek: 
 
Muallim haqida so‘zim ushbudir: 
Muallim kamolot ichra ko‘zgudir. 
O‘qidim Gerodot, tarixni ko‘p bor, 
Farobiy, Danteni takror va takror. 
Barini o‘qidim, lol qoldi aqlim, 
Bariga ustozsan o‘zing, muallim. 
Alisher qalbiga solgan sehr-fayz 
Sensan, ey muallim, ustoz Abul-Lays. 
Qutlug‘ xonadonda qutlug‘ kalom bu, 
Hamid Olimjon bu, G‘afur g‘ulom bu. 
Buyuk Temur sendan topgandir ta'lim. 
Sen shundoq, aziz zot, aziz muallim. 

pedagogik faoliyatga qobilyatli,ijodkor,ishbilarmon; 

milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni,dunyoviy bilimlarni 
mukammal egallagan,diniy ilmlardan ham xabardor, manaviy barkamol; 

O’zbekistonning 
mustaqil 
davlat 
sifatida 
taraqqiy 
etishiga 
ishonadigan,vatanparvarlik burchini to’g’ri anglagan,e’tiqodli fuqaro; 

ixtisosga doir bilimlarni, psixolik, pedagogic bilim va mahoratni
shuningdek nazariy ilmlarni mukammal egallagan; 
47
O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni. 5-modda. – Toshkent, 1997.-7-b. 


311 

o’qituvchilik kasbini va bolalarni yaxshi ko’radigan, har bir o’qituvchi , 
ulg’ayib yaxshi odam bo’lishiga chin ko’ngildan ishonadigan, ularning 
shaxs sifatida rivojlanib, inson sifatida kamol topishiga ko’maklashadigan; 

erkin va ijodiy fikrlay oladigan, talabchan, adolatli, odobli bo’lmog’i darkor. 
Mustaqil O‘zbekistonimizda o‘qituvchilik kasbiga hurmat e'tibor va uni 
sharaflash beqiyosdir, shu bilan birga ustozlar oldiga qo‘yiladigan mas'uliyat ham 
katta. 
O‘zbekistonda «1 – Oktyabr- “O‘qituvchi va murabbiylar kuni» deb e'lon 
qilinib, uni butun respublikamiz aholisi umumxalq shodiyonasi sifatida bayram 
qiladi. Hozirgi kunda o‘zining fidokorona mehnati bilan yosh avlodni o‘qitish va 
tarbiyalash sifatini oshirishga katta hissa qo‘shayotgan ijodkor o‘qituvchilar soni 
yil sayin ortib bormoqda. Mohir o‘qituvchilarni aniqlash uchun o‘tkazilayotgan 
tanlovlar ana shu yutuqlar mezoni sifatida namoyon bo‘lmoqda. Maktablarda 
“metodist- o‘qituvchi”, “katta o‘qituvchi”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan 
o‘qituvchi”, “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi a'lochisi” unvonlariga sazovor 
bo‘lgan o‘qituvchilar soni ko‘paymoqda.“O‘qituvchi va murabbiylar kuni” 
arafasida yuzlab ta'lim fidoyilariga davlatimizning eng mo‘tabar mukofotlari 
topshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlarining ko‘pligi ham 
mamlakatimizda ilm—fan va ta'lim-tarbiyaga e'tiborning naqadar yuksakligini 
ko‘rsatadi. Ular jumlasiga «O‘zbekiston qaxramoni», «O‘zbekiston Respublikasi 
xalq ta'limi o‘qituvchisi», «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar 
murabbiysi», «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi», «O‘zbekiston 
Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta'limi xodimi», kabi unvonlarni ko‘rsatish 
mumkin. 
O‘qituvchilar safidan yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ko‘maklashish, 
iqtidorli, yoshlarni aniqlash, ularning iqtidori, kasbiy malakasini yuksaltirish, 
rivojlangan demokratik davlatlarning yetuk o‘quv yurtlarida va markazlarida 
tajriba orttirish maqsadida tuzilgan ushbu jamg‘arma keyinchalik “El-yurt xizmati” 
jamg‘armasi nomi bilan o‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda. 


312 
Bu g‘amxo‘rliklarga sabab, xalqimiz, millatimiz kelajagi ko‘p jihatdan 
o‘qituvchi, uning saviyasi, fidoyiligiga bog‘liqligi bilan belgilanadi. 
Ma'lumki, har bir o‘sib kelayotgan shaxs o‘z xulq atvoriga, xarakteriga ega. 
Tarbiyada ana shu xususiyatlarni hisobga olish kerak. Bunda insonlar o‘rtasidagi 
ijtimoiy munosabatlarning murakkabligini o‘zida aks ettiruvchi maxsus usullardan 
foydalaniladi. Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik ko‘rayotgan yoshlar ana shunday 
xususiyatlarga ega bo‘lishi lozim. O‘qituvchilik ixtisosining bu xususiyatlari 
o‘qituvchining kasbiy tizilmasida ifodalanadi. Bular: 
1) maxsus tayyorgarlik hajmi va mazmuni; 
2)o‘qituvchining ruhiy pedagogik tayyorgarligiga quyiladigan talablar; 
3) o‘qituvchi shaxsining xususiyatlari; 
4) ixtisosga oid umumiy tayyorgarlik mazmuni. 
Demak, zamonaviy o‘qituvchi shaxsining xususiyatlari quyidagilarda o‘z 
ifodasini topadi: 

Download 2.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling