Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
O‘qituvchining andishalilik, bag‘rikenglik, samimiylik va boshqa sifatlari
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
O‘qituvchining andishalilik, bag‘rikenglik, samimiylik va boshqa sifatlari.
O‘qituvchi faoliyatida andishalilik muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchi ota- onalar, sinf jamoasi, o‘quvchi shaxsi bilan yakka tartibda ishlaganda pedagogik takalluf va nazokatga alohida e'tibor berishi lozim. Ayrim hollarda muayyan axborot faqat ota-ona va o‘qituvchi yoki o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagina tahlil qilinishi mumkin. Zinhor o‘qituvchi konfidensial (maxfiy) axborotni jamoaga chiqarmasligi lozim. O‘qituvchining bag‘rikenglik xususiyati uning kechirimli, chidamli bo‘lishida namoyon bo‘ladi. Bag‘rikeng o‘qituvchi sodir etilgan noxush voqyealarni xotirasidan chiqarib tashlashga harakat qiladi, o‘quvchilarining xulq-atvoridagi 327 noxo‘sh ko‘rinishlarni ular yuziga solmaydi, aksincha ularni bartaraf etishga yordam beradi. Samimiylik o‘qituvchining o‘quv muassasasida yuzaga kelayotgan ijobiy taraqqiyparvar voqyealarga va hodisalarga nisbatan ilk munosabatini, undagi samimiylikni ifodalaydi. O‘qituvchining samimiyligini o‘quvchilar darrov sezishadi. Bu uning bolalar bilan samimiy munosabatlarida, hamkasabalari faoliyatidagi yutuqlariga bildirilgan hayrihohlikda, shogirdlar muvaffaqqiyati va muvaffaqqiyatsizligiga munosabatining tabiiyligida, o‘quvchilar xulqi, qobiliyatlarini xolisona baholashda, el-yurt, jamoa zafarlariga, jahondagi sodir bo‘layotgan ijobiy voqyelikka odilona munosabatda bo‘lishda namoyon bo‘ladi. Pedagogning xususiy qobiliyatlariga bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallash faoliyati va shaxsni tarbiyalash qobiliyati ham tegishlidir. O‘qituvchi o‘z mahoratini takomillashtirib borishi, tajribasini ommalashtirishi lozim. Mahoratli o‘qituvchi boshqa insonning ichki holatini to‘g‘ri baholash, unga hamdardlik bildirish, hamnafas bo‘lish qobiliyati (empatiya)ga qodirdir. Shu bilan birga tarbiya jarayonida tahsil oluvchilarning individual xususiyatlarini inobatga olish, tarbiyalanuvchilarga o‘rnak bo‘lish, ular obro‘sini qozonish o‘qituvchilik kasbining mahoratidan dalolat beradi. Zero, taniqli o‘zbek shoiri Abdulla Oripov ta'kidlaganidek: Muallim haqida so‘zim ushbudir: Muallim kamolot ichra ko‘zgudir. O‘qidim Gerodot, tarixni ko‘p bor, Forobiy, Danteni takror va takror. Barini o‘qidim, lol qoldi aqlim, Bariga ustozsan o‘zing, muallim. Shunday qilib, kasbiy-pedagogik faoliyatning muvaffaqiyati o‘qituvchining pedagogik qobiliyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Pedagogik qobiliyatlarning quyidagi guruhlari farqlanadi: - ob'ekt (o‘quvchi, talaba, tarbiyalanuvchi)ga nisbatan sezgirlik; 328 -kommunikativlik – muloqotga kirishuvchanlik, xayrixohlik, xo‘shmuomalalik; - perseptiv qobiliyatlar – kasbiy yetuklik, empatiya, pedagogik tuyg‘u; - shaxs dinamikasi (rivojlanishi) – irodaga ta'sir eta olish va mantiqiy ishontira olish qobiliyati; - hissiy barqarorlik - o‘zini boshqara olish; - kreativlik – o‘z ishiga ijodiy yondashish, ta'lim-tarbiya jarayonida noan'anaviy yo‘l, metod, vositalardan foydalanish va boshqalar. Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling