Universiteti b. A. Bahritdinov s. A. Zokirova


Frantsisko  kabilarni  kiritish  mumkin


Download 35.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/37
Sana15.02.2017
Hajmi35.04 Kb.
#471
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37

Frantsisko  kabilarni  kiritish  mumkin.
Davlat tili -  ingliz tili.
Davlat tuzumi.  AQSh federativ  respublika.  Davlat va  hukumat boshlig’i -  
prezident.  Prezident 4 yilga  saylanadi.  Oliy qonun  chiqaruvchi  organ  Kongress 
blib, u ikki palatadan iborat. Senatga harbir shtatdan ikki kishidan 6 yil muddatga 
saylanib,  umumiy aJzolari  soni  100 senatordan  iborat.  Vakillar palatasi  esa 435 
kongressmendan  tashkil  topib,  ular  har  ikki  yilda  saylanadi.  Shtatlarda  ijro 
etuvchi  hokimiyat vakolati  gubernatorlarga  yuklatilgan.
SanoatL AQSh sanoatida trt asosiy funksional ishlab chiqarish majmuasi 
yuzaga  kelgan:  yoqilg’i-energetika,  material  ishlab chiqarish,  mashinasozlik va 
xalq  iste'moli  mollarini  ishlab  chiqarish.

Qora  va  rangli  metallurgiya  hamda  mashinasozlik  (avtomobilsozlik,  avia- 
raketa  ishlab  chiqarish  sanoati,  radioelektronika,  qishloq  xo jaligi 
mashinasozligi,  turli  xil  dastgohlarni  ishlab  chiqarish)  AQSH  qayta  ishlash 
sanoatining  asosiy  bo'g’inlariga  aylangan.  Mamlakatda  qudratli  harbiy  sanoat 
ham  tashkil  etilganki,  u  ko plab  tur  va  maqsadlarda  foydalanilishi  mumkin 
blgan  harbiy texnika  va  qurol-yaroq  ishlab  chiqaradi.  Nyu-York  Detroyt,  San- 
Fransisko,  Los-Anjeles,  Xantsvill,  Rod-Aylend,  Sietl  va  Fort-Uezt  harbiy  ishlab 
chiqarish  markazlari  hisoblanadi.
AQSh  yoqilg’i-energetika  majmuasi  dunyodagi  eng  yirik  energiya  ishlab 
chiqaruvchi  va  iste’mol  qiluvchi  hisoblanadi.  Mamlakat kmir sanoati Xitoydan 
keyin  ikkinchi  rinda  turadi.  Elektroenergiyaning  asosiy  manbalari  issiqlik 
elektrostansiyalari  (70  foiz),  gidrostansiyalar  (10  foiz)  va  yadroviy 
elektrostansiyalar  (20  foiz)  hisoblanadi.
Chyan  va  plat  ishlab  chiqarish  byicha  AQSh  Yaponiya  va  Xitoydan 
keyin  uchinchi rinni egallaydi.  Mamlakat kimyo  sanoati  ishlab chiqarish  hajmi 
byicha  birinchi,  eksport  hajmi  bo’yicha  esa  ikkinchi  rinda  turadi.
Mashinasozlikda  avtomobilsozlik  yetakchi  bg’indir.  Uning  markazlari  -  
Michigan,  Kentukki,  Tennessi,  Missuri,  Ogayo  shtatlari,  Dirborn  va  Detroyt 
shaharlari.
Elektrotexnika va elektronika sanoatining asosiy markazlari  Chikago,  Nyu- 
York,  Boston,  Pitsburg,  Filadelfiya  kabi  shtatlar hisoblanadi.
Xalq iste’moli  mollarini ishlab chiqarishda oziq-ovqat va yengil sanoatining 
rni  muhim  blib,  ular deyarli  har bir shtatda  mavjud.
AQSh tekstil sanoati mamlakat janubida joylashgan blib, uning hissasiga 
mamlakat  tqimachilik  mahsulotlarining  90  foizi  tg’ri  keladi.
Qishloq xjaligi. AQSh agrartarmog’i keng klam, yuqori unumdorlik, texnik 
jihatdan  yuqori  darajada  ta’minlangani  bilan  izohlanadi.  Qishloq  xjaligi  yalpi 
mahsulotida chorvachilik 60 foizni tashkil etadi. Chorvachilikning asosiy bo’g’inlari
-  chorvadorlik (gsht), sut xjaligi va chchqachilik. Mamlakat yirik don xjaligiga 
ham  ega  blib,  uning  tarkibida  bug’doy  va jo’xorining  ulushi  katta.  AQShning 
asosiy agrar mintaqalari  Shimol  va  Shimoli-Sharqdir.  Janubiy regionlar paxta va 
tamaki yetishtirish bo’yicha mashhur hududlar safiga kiradi.  Kaliforniya vinochilik, 
bog’dorchilik  va  sitrusli  mevalami  yetishtirish  markazi  hisoblanadi.
Transport. AQSh yuqori darajada taraqqiy etgan transport infratuzilmasiga 
ega.  Temir yllarining  uzunligi  226,6  ming  km  bo’lib,  dunyoda  birinchi  o’rinda 
turadi.
Avtomobil yllarining umumiy uzunligi -6,4 mln. km. Neft quvurlari uzunligi 
244,6  ming  km  bo’lib,  ular orqali  transportirovka  qilinadigan  neftning  3/4 qismi 
oqib tadi. Tabiiy gaz quvurlarining uzunligi esa 548,7 km.  ni tashkil etadi.
Kema  qatnovi  ylga  qyilgan AQSh  daryolariga  Missisipi  va  Muqaddas 
Lavrentiya  daryolarini  kiritish  mumkin.
Havo transporti  ichki  va  xalqaro ynalishlarda  ylovchi  tashishda  muhim 
ahamiyat  kasb  etadi.  AQSh  samolyot  parki  dunyodagi  eng  yirik  hisoblanadi. 
Aeroportlar soni esa  14 947 tani  (2007 yil) tashkil  etadi.

Tashqi  iqtisodiy aloqalari.  Tashqi  savdo aylanmasi  hajmi  byicha AQSh 
dunyoda  yetakchilik  qiladi.  Biroq  eksport  hajmi  byicha  2007  yilda  mamlakat 
Xitoyga  1-o’rinni  boy  berdi.  Eksport  tarkibida  samolyotlar,  avtomobillar, 
kompyuterlar,  kimyo  va  telekommunikatsiya  jihozlari,  qishloq  xo’jaligi 
mahsulotlari, dori-darmonlar asosiy o'rinni egallaydi. AQShda import hajmi 2006 
yilda 1,861 trln. doll. ga yetib, bu borada u yetakchilik qiladi. AQSh asosan sanoat 
yarimtayyor  mahsulotlari,  kapital  sig’imi  yuqori  blgan  mahsulotlar 
(kompyuterlar,  telekommunikatsiya  jihozlari,  avtomobil  ehtiyot  qismlari,  ofis 
texnikasi), iste’mol mahsulotlarini (avtomobil, kiyim-kechak, dori-darmon, mebel, 
o’yinchoqlar)  import  qiladi.
AQShning  asosiy  tashqi  savdo  hamkorlari  Kanada,  Meksika,  Xitoy, 
Yaponiya,  Germaniya va Buyuk Britaniya  hisoblanadi.
KANADA
Kanada Shimoliy Amerika  kontinentining  shimolida joylashgan  rivojlangan 
mamlakatdir.  Maydoni  -   9  985  ming  km2  (2-o’rin).  Aholisi  33,4  mln.  kishidan 
(2007 yil) iborat. Quruqlikdagi chegarasi uzunligi 8893 kmni tashkil etib, janubda 
va  shimoli-arbda AQSh  bilan  chegaradoshdir.  Qirg’oqbo’yi  hududlari  uzunligi 
202  ming  kmni tashkil etadi.  Kanada poytaxti -  Ottava shahri.
Tabiiy sharoiti va resurslari. Mamlakat hududining 3/4 qismi tekislik, tepalik 
va platolardan  iborat blib,  qolgan  hududlar tog’lardir.  Eng baland tog’  Kordiler 
tog’i  hisoblanib,  uning  cho’qqisi  Logan  tog’iga  to’g’r
'1
  keladi  (6050  m).  0'zaro 
zich joylashgan  daryolar va  o’ziga  xos  ko’l-daryo  tizimlari  mamlakatda  kplab 
uchraydi.  Mamlakatning  markaziy  va  janubi-sharqiy  sarhadlari  -umumiy 
hududining yarmi о’гтоп1аг bilan qoplangan. Yog’och zaxiralari bo’yicha Kanada 
faqatgina  Rossiya  va  Braziliyaga  yon  berib,  uni  jon  boshiga  hisoblaganda 
dunyoda birinchi rindaturadi, Kanada shimoli izg’irin, subarktik va arktik iqlimga 
xos  bo’lib,  markaziy  mintaqalarda  mtadil  kontinentaldir.
Kanada foydali qazilmalarning, shu jumladan, ko’mir, neft, tabiiy gaz, temir 
rudasi  (3-o’rin),  ko’rg’oshin  va  rux  (1-o’rin),  nikel  va  platina  (2-rin),  oltin  (3- 
o’rin),  radioaktiv  rudalar  (uran  zaxirasi  bo’yicha  1-o'rin),  asbest  (1-rin),  qaliy 
tuzining (1-rin -  dunyo zaxiralarining teng yarmi) eng yirik zaxiralariga ega.
Aholisi.  Kanada  aholisining  asosiy  qismi  ingliz-kanadaliklar  (44  foiz)  va 
fransuz-kanadaliklardan (28 foiz) iborat bo’lib, mamlakatda hindu va eskimoslar, 
nemis,  ukrain,  italyan,  golland,  venger va  ruslar ham  istiqomat qiladi.
Diniy  e’tiqodi  byicha  aholining  42,6  foizi  -   roman  katoliklari,  23,3  foiz  -  
protestantlar, 4,4 foiz -  qolgan xristianlar, 1,9foiz -  musulmonlar va h.k. Aholining 
80 foizi shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari:  Monreal, Toronto,  Vankuver.
Rasmiy tili -  ingliz va fransuz tillari.
Davlat tuzumi. Ma’muriy jihatdan  10 viloyat va 3 hududdan tashkil topgan. 
Amaldagi  konstitutsiyasi  1982  yil  17  aprelda  qabul  qilingan.
Kanada -  Britaniya hamdo’stligi tarkibidagi federativ davlat.  Rasmiy davlat 
boshlig’i Buyuk Britaniya qirolichasi blib,  u Bosh vazir maslahati bilan general-

gubernatorni  5 yil  muddatga tayinlaydi. Qonun chiqaruvchi oliy organ  parlament 
bolib,  u  Jamoalar palatasi va  Senatdan tashkil topgan.  Ijro etuvchi  hokimiyatni 
qirolicha  nomidan  general-gubernator  hamda  bosh  vazir  va  vazirlardan  iborat 
hukumat  amaiga  oshiradi.
Sanoati.  Kanada  sanoati  yuqori  texnik  darajaga  ega  blib,  ilm  sig’imi 
pastroq  va  xom  ashyo  muhim  blgan,  tarmoqlarning  murakkab  tizimi  bilan 
ajraiib  turadi.  Mamlakatda  energetika  va  tog’-kon  sanoati,  rangli  metallurgiya 
hamda  xom  ashyoni  qayta  ishlovchi  sanoat  tarmoqlari  yuksak  darajada 
rivojlangan, Sanoat mahsulotlari yalpi ichki mahsulotning 29 foizini tashkil etadi. 
Uning muhim tarmoqlari quyidagilardir: o’rmon xjaligi, sellyuloza-qog’oz, neftni 
qayta  ishlash,  tog’-kon  qora  va  rangli  metallurgiya,  mashinasozlik  (asosan 
transport),  harbiy,  elektroenergetika  sanoatlari.  Kanada  gaz  qazib  olish,  uran 
kontsentratlari va platina ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda ikkinchi rinda turadi. 
Uning  hissasiga  asbest  va  kaliy  tuzi  ishlab  chiqarishning  tegishli  ravishda  30 
va 25 foizi tgri keladi.
Qishloq xjaligi. Kanada yalpi ichki mahsulotining 2,1 foizi qudratli qishloq 
xo’jaligi tarmog’i tomonidan yaratiladi Mazkur tarmoq mamlakatning oziq-ovqat 
mahsulotlaridagi ehtiyojini tlaligicha qoplaydi. Agrar sohadagi  asosiy tarmoq
-   gsht  va  sut  olinadigan  chorvachiiikdir.  Uning  hissariga  qishioq  xjaligi 
yalpi  mahsulotining  60 foizi  to’g’ri  keladi.  Kanadaning  asosiy agrar  hududlari 
chl  viloyatlari  (don  xjaligi,  chorvadorlik,  go’sht-jun  qo’ychiligi)  va  Markaziy 
tumandir  (sut  xjaligiga  asoslangan  chorvachilik,  mevachilik).  Urug’lik 
kartoshka  yetishtirish  Shahzoda  Eduard  oroli  ixtisoslashgan  tarmoqdir. 
Mevachilik Yangi  Shotlandiya  va  Britan  Kolumbiyasida  keng tarqalgan.  Britan 
Kolumbiyasi janubiy qismi sut xo’jaligi, markaziy qismi esa go’sht chorvachiligi 
makonidir.  Kanada  bug’doy va  yem-xashak yetishtiruvchi  dunyodagi  eng yirik 
rnamlakatlar  safiga  kiradi.
Transport.  Kanada temir yllari umumiy uzunligi -48 ming km, avtomobil 
yllariniki  -   1,042  mln.  km,  neft va  gaz quvurlari  uzunligi  esa tegishli  ravishda 
23564  hamda  74980  kmdir  Kanadaning  yuk tashish  bo’yicha  eng yirik  portlari 
quyidagilardir: Vankuver, Monreal, Tander-Bey, Galifaks, Kvebek, Set-ll. Xalqaro 
aeroportlari: Dorval (Monreal), Toronto, Ottava, Vankuver.
Tashqi  iqtisodiy aloqalari.  Eksport hajmi byicha Kanada yirik ntalikka 
kiradi (401,7 mlrd.doll, 2006 yil). Mamlakatdan asosan transport va uning ehtiyot
-   qismlari,  sanoat  asbob-uskunalari,  samolyot,  telekommunikatsiya  jihozlari, 
kimyo  va  plastmassa  mahsulotlari,  mineral  o g itlar,  yog’och,  neft,  tabiiy  gaz, 
elektroenergiya  va  alyuminiy eksport  qilinadi.  Import  hajmi  bo’yicha  esa  356,5 
mlrd.  doll.  bilan jahonda  8-rinda  turadi.  Xorijdan  olib  kiriladigan  mahsulotlar 
tarkibida mashina va asbob-uskunalar, avtomobillar va ularning ehtiyot qismiari, 
neft,  kimyo  mahsulotlari,  elektroenergiya,  uzoq  muddatli  iste’mol  uchun 
mljallangan  mahsuiotlarning  ulushi  katta.
Kanadaning asosiy tashqi  savdo hamkorlari AQSh, Xitoy,  Meksika,  Buyuk 
Britaniya va Yaponiyadir.

Mintaqa  transport  tizimining  shakllanishi  va  qishloq  xjaligining  eksport 
tarmoqlari  rivojlanishining  hal  qiluvchi  ta’siri  ostida  sodir  bldi.  Xjalikning 
ixtisoslashuvi va tarkibi  iqtisodiy rivojlangan  kam sonli  shahariar va tumanlarda 
ishbilarmonlik  faolligining  eng  yuqori  jamlanishini  keltirib  chiqardi.  Argentina, 
Braziliya Meksika, Chilida transport rivojlanishiga oid hududiy nomutanosibiiklar 
bilan  birga temir yo’l tarmog’ining  ilk  rivojlanishi  kuzatiladi —  bunday temir yo’l 
kengligi  turlicha  bo’lgan:  Janubiy  Amerikadagi  90  ming  km.  li  temir  yo’l 
tarmog’ining  yarmida  temir  yo’l  kengligi  bir  metrga  teng  j  qismi  -   keng  (1,7 
metr),10  foizi-  standart  yo’l  (1,4  m).  Argentinada  temir  yo’l  kengligiga  ko’ra  5 
turga,  Braziliyada  —   4  turga  bolinadi.  Bunday  farqlar  yuk  tashishlarni 
qiyinlashtiradi  va  qimmatlashtiradi,  hududlararo  iqtisodiy  aloqalarning 
rivojlanishiga  xalal  beradi;  tor  temir  yoMlarning  ko’pligi  temiryo’llarning 
o4kazuvchanligini kamaytiradi. Yuk tashish zichligi G’arbiy Yevropa davalatlariga 
nisbatdan  ancha  past.  Temir  yollarning  faqat  4,6  ming  кт.да  teng  qismi 
elektrlashtirilgan,  bu tarmoqning  3,7 foizni tashkil  etadi,  ayni  paytda Afrikadagi 
bu  krsatkich tarmoqning  13 foiziga teng.
Avtomobil  yo’llari  tarmog’i  asosan  gruntlangan  yllardan  tashkil  topgan, 
ulaming aksariyat qismi profillangan yo’llar; qattiq qoplamali yllar tarmoqning  1/3 
qismini  tashkil  etadi,  bu  esa  Osiyo  mamlakatlariga  (55  foizga  yaqin)  qaraganda 
ancha kam, ammo Afrika davlatlariga (20 fbiz) nisbatdan ancha yuqori. Ayni paytda 
takomillashtirilgan  qoplamli  avtomagistrallar  barpo  etilmoqda.  Yirik 
bandargohlarning  rivojlanishi  (masalan,  dunyodagi  eng  yirik  kon  bandargohi 
Braziliyadagi Tuburan bandargohi) xjalikning eksport yo’nalishi bilan bog’liq, aynan 
shu jihat  ayniqsa  Venesuelada  quvurlaming  ham  rivojlanishiga ta’sir  ko’rsatgan.
BRAZIUYA
Braziliya  z  hududi  va  aholi  soni  nuqtai  nazaridan  Janubiy Ameiikadagi 
eng  yirik  mamlakatdir.  Maydoni  (Atlantika  okeanidagi  orollari  bilan  qo’shib 
hisoblaganda  )  8512  ming  km2  blib,  dunyoda  beshinchi 
0
’rinda  turadi. Aholi 
soni  esa  190  mln.  kishini  (2007  yil)  tashkil  etib,  Braziliya  mazkur  krsatkich 
byicha  dunyodagi  oltinchi  yirik  mamlakat  sanaladi.  Quruqlikdagi  chegarasi 
uzunligi 16885 kmnitashkil etib, Chili va Ekvadordan tashqari LotinAmerikasining 
qolgan  barcha  davlatlari  bilan  chegaradoshdir.  Qirg’oq  qismi  uzunligi  -   7491 
km. Braziliya poytaxti-Braziliya shahri.
Tabiiy sharoiti va resurslari. Braziliya hududining yarmidan kpi Braziliya 
yassi  tekisliklaridan  iborat  bo’lib,  uning  eng  yuqori  nuqtasi  Bandeyra  tog’idir 
(2890  m).  Mamlakat  hududida  kp daryo  mavjud  bo’lib,  ularning  asosiy  qismi 
jahonning yirik va yil davomida sersuv daryolaridan biri bo’lgan Amazonka daryosi 
havzasiga  tegishlidir.  0 ’rmonlar Braziliya  hududining  60  foizini  egallaydi.
Mamlakatfoydali qazilmalarga boydir. Temirva marganets rudasi, titan, boksitlar, 
mis,  xromitlar,  berilliy,  niobiy,  sirkoniy,  tog’ xrustali,  pirit,  apatit va  shaffof minerallar

zaxiralari byicha Braziliya mintaqada birinchi rinni, kobalt, volfram, qalay, kaliy tuzi, 
asbest, grafit byicha esa ikkinchi rinni egallaydi.  Mamlakatning temir rudasi bilan 
ta’minlaganlik darajasi  yuqori  blib,  dunyoda  birinchi  rinda turadi.
Aholisi.  Braziliya  aholisining  asosiy qismi  brazillardan  iborat  (94-95 foiz). 
Mamlakatda,  shuningdek,  nemislar,  italyanlar,  yaponlar,  portugallar,  ispanlar, 
polyaklar,  livanliklar va  suriyaliklar  ham  istiqomat qiladi.
Diniy  e’tiqodi  bo’yicha  aholining  73,6  foiz -   roman  katoliklari,  15,4  foizi  -  
protestantlar,  gM
3  foizi  -   spiritualistlar  va  h.k.  Aholining  75,5  foizi  shaharlarda 
yashaydi.  Yirik  shaharlari:  San-Paulu,  Rio-de-Janeyro,  Belu-Orizonti,  Resifi, 
Salvador, Portu-Alegri.
Braziliyaning rasmiy tili portugal tili bo'lib, asosiy tillari qatorida ispan, ingliz 
va fransuz  tillarini  ham  atash  mumkin.
Davlat tuzumi. Ma muriy jihatdan mamlakat 22 shtat, 4 federal hudud va bir 
federal okrugga  (poytaxt)  blinadi.
Braziliya  federativ  respublika  koYinishidagi  davlat  bo’lib,  mamlakat  va 
hukumat  boshlig’i  cheksiz  vakolatlarga  ega  bo’lgan  prezident  hisoblanadi.  U 
xalq tomonidan tridan-tgYi va yashirin ovoz berish yo’li bilan 4 yil muddatga 
saylanadi.  Mamlakatning qonun chiqaruvchi oliy organi  Milliy Kongress blib,  u 
deputatlar  palatasi  va  federal  senatdan  tashkil  topgan.  Ijro  etuvchi  hokimiyat 
prezident  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Amaldagi  konstitutsiya  1988-yil  5 
oktyabrda  qabul  qilingan.
Sanoati.  Braziliya  yalpi  ichki  mahsulotining  31  foizi  sanoat  ulushiga  tg’ri 
kelib, ishlab chiqarishning 2/3 qismini qayta ishlash va tog'-kon sanoati tarmoqlari 
yetkazib  beradi.  Asosiy  tanmoqlari  qatoriga  tekstil  va  oziq-ovqat  sanoatini  ham 
qshish  mumkin.  Qora  metallurgiya  mamlakat  ehtiyojlarining  90  foiz,  rangli 
metallurgiya  esa  70  foizini  ta’minlab  beradi.  Mamlakatda  kemasozlik, 
avtomobilsozlik,  neftni  qayta  ishlash,  mashinasozlik,  kimyo  va  elektrotexnika 
sanoatlari  rivojlangan.  Mamlakatning  eng  rivojlangan  hududi  hisoblangan  San- 
Paulu  shtati  hissasiga  sanoat  mahsulotining  65  foizi  tg’ri  keladi.
Qishloq  xjaligi.  Braziliya  qishloq  xjaligida  iqtisodiy  faol  axolining  1/4 
qismi  mehnat  qilib,  mazkur  tarmoq  yalpi  ichki  mahsulotning  5foizini  beradi. 
0 ’simlikchilik  asosiy  agrar  tarmoq  hisoblanib,  qishloq  xjaligi  mahsulotining 
3/5  qismi  mazkur  sohada  yaratiladi.  Eksport  qilinadigan  asosiy  agrar 
mahsulotlarga  kofe,  kakao,  paxta,  shakarqamish  va  soya  taalluqli  blib,  ekin 
maydonlarining 30 foiz ular bilan band.  Kofe va shakarqamish eksporti byicha 
Braziliya dunyoda birinchi rinda turadi.  Kofe yetishtiruvchi asosiy shtat Minas- 
Jerays  blsa  (kofening  45  foizi),  Shimoli-Sharqiy  iqtisodiy  hududi  ulushiga 
shakarqamish  yetishtirishning  40  foizi  tgri  keladi.  Braziliya  kakao  vasoya 
etishtirish  byicha  dunyoda  ikkinchi  mavqeni  egallaydi.  Banan  va  apelsin 
etishtirish  bo’yicha ham dunyoda yetakchilik qiladi.  Chon/achilik qishloq xjaligi 
mahsulotining  2/5  qismini  tashkil  etib,  u  gsht  mahsulotlari  yetkazishga 
ixtisoslashgan.
Transport. Braziliya transport infratuzilmasi asosan qirg’oqbyi hududlarda 
rivojlangan. Temir yllar uzunligi Braziliyada 29295 kmni tashkil etib, avtomobil

yoMlari  1752  ming  km  uzunlikka  ega.  Ichki suv yoNlari esa 50 ming  kmni tashkil 
etadi, Kabotaj (ichki yo’nalishlarda) qatnovlar Braziliya uchun muhim ahamiyatga 
ega  blib,  ular  asosan  qirg'oq  byidagi  portlar  rtasida  amalga  oshiriladi. 
Dengiz  va  havo  transportlari  mamlakatning  tashqi  aloqalariga  xizmat  qiladi. 
Yirik  dengiz  portlari  quyidagilardan  iborat:  Rio-de-Janeyro,  Tubaran,  Santus, 
Rio-Grandi,  Vitoriya,  Resifi,  San-Luis,  Manaus.
Tashqi  iqtisodiy  aloqalari.  Braziliya  Lotin  Amerikasi  aksariyat 
mamlakatlarining  tashqi  savdo  hamkori  hisoblanadi.  Eksport  mahsulotlari  137,8 
mlrd. doll. ni tashkil etib (2006 yil), uning tarkibida transport vositalari, temir rudasi, 
soya,  poyafzallar,  kofe  va  avtomobillarning  ulushi  ayniqsa  yuqoridir.  Import 
mahsulotlari  tarkibida  esa  asbob-uskunalar,  elektr va  transport jihozlari,  kimyo 
mahsulotlari,  neft va  elektronika asosiy o’rinni  egallab,  2006 yilda  uning  miqdori 
91,35  mlrd doll.  ga tenglashdi.  Braziliyaning  asosiy  savdo  hamkori AQSh  bolib, 
mamlakat eksportining  17,8 foizi,  importining esa  16,2 foizi ushbu davlatga to^ri 
keladi. Shuningdek, Argentina, Xitoy, Germaniya, Niderlandiya, Nigeriya va Yaponiya 
mamlakatlari  ham  Braziliyaning  yirik savdo  hamkorlari  safidan  o’rin  olgan.
MEKSIKA
Meksika  Markaziy Amerikada joylashgan  mamlakat  bo’lib,  maydoni  1972,55 
ming kml, aholi soni esa 108,7 mln. kishidan (2007 yil) iborat. Quruqlikdagi chegarasi 
uzunligi  4353  kmni  tashkil  etib,  AQSh,  Beliz  va  Gvatemala  mamlakatlari  bilan 
chegaradoshdir. Qirg’oq uzunligi -  9330 km. Sharqdan Atlantika okeani (2805 km), 
G’arbdan esa Tinch okeani bilan (7338 km) 
0
’ralgan. Meksika poytaxti-Mexiko shahri.
Tabiiy  sharoiti  va  resurslari.  Meksika-  tog’li  mamlakat  blib,  vulqonlar 
soni  ham  kpdir.  Geologik  sharoitining  murakkabligi  hisobiga  mamlakatda 
foydali qazilma  boyliklari  mo’l va xilma-xildir.
Kumush qazib olish hajmi bo’yicha Meksika dunyoda birinchi o’rinda turadi. 
Polimetall  va  mis  rudalari  hamda  simob  ishlab  chiqarish  bobida  ham  yetakchi 
mavqelarni  egallaydi.  Meksika  rux  va  qo’rg’oshinning  yirik  eksportyorlaridan 
biridir.  Temir  rudasining  aniqlangan  zaxiralari  350  mln.  t  blib,  uning  tarkibida 
temir moddasining  ulushi  60  foizdan  ortiq.  Mamlakat oltingugurt,  grafit,  vismut 
va  surmaning yirik zaxiralariga ega.
Mamlakatning  eng asosiy boyligi -  neft va tabiiy gaz.  Neftning aniqlangan 
zaxiralari 12,51  mlrd. barrelni tashkil etib, dunyoda 15-o’rinda, Lotin Amerikasida 
esa Venesueladan keyin 2-o’rinda turadi. Tabiiy gaz zaxiralari -  434,1  mlrd.  mz. 
Mamlakatda  uranning  yirik zaxiralari  ham  topilgan.
Aholisi.  Meksika  aholisining  aksariyat  qismini  kelib  chiqishi  hindu-ispan 
bo’lgan  meksikaliklar tashkil  etib,  mamlakatda  40 dan  ortiq  hindu  qabilalari  va 
elatlar ham istiqomat qiladi.  Diniy e’tiqodi  bo'yicha aholining 76,5 foizi, -  roman 
katoliklari, 6,3 foiz -  protestantlar va h.k.
Mamlakat  aholisining  73  foizi.  shaharlarda  yashaydi.  Yirik  shaharlari: 
Gvadadaxara, Monterrey, Puebla,  Leon.
Rasmiy tili -  ispan tili.

Davlat  tuzumi.  Ma’muriy jihatdan  Meksika  31  shtat  va  1  poytaxt  federal 
okrugiga  bo’linadi.  Amaldagi  konstitutsiyasi  1917  yil  5 fevralda  qabul  qilingan.
Download 35.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling