Universiteti b. A. Bahritdinov s. A. Zokirova
Frantsisko kabilarni kiritish mumkin
Download 35.04 Kb. Pdf ko'rish
|
Frantsisko kabilarni kiritish mumkin. Davlat tili - ingliz tili. Davlat tuzumi. AQSh federativ respublika. Davlat va hukumat boshlig’i - prezident. Prezident 4 yilga saylanadi. Oliy qonun chiqaruvchi organ Kongress blib, u ikki palatadan iborat. Senatga harbir shtatdan ikki kishidan 6 yil muddatga saylanib, umumiy aJzolari soni 100 senatordan iborat. Vakillar palatasi esa 435 kongressmendan tashkil topib, ular har ikki yilda saylanadi. Shtatlarda ijro etuvchi hokimiyat vakolati gubernatorlarga yuklatilgan. SanoatL AQSh sanoatida trt asosiy funksional ishlab chiqarish majmuasi yuzaga kelgan: yoqilg’i-energetika, material ishlab chiqarish, mashinasozlik va xalq iste'moli mollarini ishlab chiqarish. Qora va rangli metallurgiya hamda mashinasozlik (avtomobilsozlik, avia- raketa ishlab chiqarish sanoati, radioelektronika, qishloq xo jaligi mashinasozligi, turli xil dastgohlarni ishlab chiqarish) AQSH qayta ishlash sanoatining asosiy bo'g’inlariga aylangan. Mamlakatda qudratli harbiy sanoat ham tashkil etilganki, u ko plab tur va maqsadlarda foydalanilishi mumkin blgan harbiy texnika va qurol-yaroq ishlab chiqaradi. Nyu-York Detroyt, San- Fransisko, Los-Anjeles, Xantsvill, Rod-Aylend, Sietl va Fort-Uezt harbiy ishlab chiqarish markazlari hisoblanadi. AQSh yoqilg’i-energetika majmuasi dunyodagi eng yirik energiya ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi hisoblanadi. Mamlakat kmir sanoati Xitoydan keyin ikkinchi rinda turadi. Elektroenergiyaning asosiy manbalari issiqlik elektrostansiyalari (70 foiz), gidrostansiyalar (10 foiz) va yadroviy elektrostansiyalar (20 foiz) hisoblanadi. Chyan va plat ishlab chiqarish byicha AQSh Yaponiya va Xitoydan keyin uchinchi rinni egallaydi. Mamlakat kimyo sanoati ishlab chiqarish hajmi byicha birinchi, eksport hajmi bo’yicha esa ikkinchi rinda turadi. Mashinasozlikda avtomobilsozlik yetakchi bg’indir. Uning markazlari - Michigan, Kentukki, Tennessi, Missuri, Ogayo shtatlari, Dirborn va Detroyt shaharlari. Elektrotexnika va elektronika sanoatining asosiy markazlari Chikago, Nyu- York, Boston, Pitsburg, Filadelfiya kabi shtatlar hisoblanadi. Xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarishda oziq-ovqat va yengil sanoatining rni muhim blib, ular deyarli har bir shtatda mavjud. AQSh tekstil sanoati mamlakat janubida joylashgan blib, uning hissasiga mamlakat tqimachilik mahsulotlarining 90 foizi tg’ri keladi. Qishloq xjaligi. AQSh agrartarmog’i keng klam, yuqori unumdorlik, texnik jihatdan yuqori darajada ta’minlangani bilan izohlanadi. Qishloq xjaligi yalpi mahsulotida chorvachilik 60 foizni tashkil etadi. Chorvachilikning asosiy bo’g’inlari - chorvadorlik (gsht), sut xjaligi va chchqachilik. Mamlakat yirik don xjaligiga ham ega blib, uning tarkibida bug’doy va jo’xorining ulushi katta. AQShning asosiy agrar mintaqalari Shimol va Shimoli-Sharqdir. Janubiy regionlar paxta va tamaki yetishtirish bo’yicha mashhur hududlar safiga kiradi. Kaliforniya vinochilik, bog’dorchilik va sitrusli mevalami yetishtirish markazi hisoblanadi. Transport. AQSh yuqori darajada taraqqiy etgan transport infratuzilmasiga ega. Temir yllarining uzunligi 226,6 ming km bo’lib, dunyoda birinchi o’rinda turadi. Avtomobil yllarining umumiy uzunligi -6,4 mln. km. Neft quvurlari uzunligi 244,6 ming km bo’lib, ular orqali transportirovka qilinadigan neftning 3/4 qismi oqib tadi. Tabiiy gaz quvurlarining uzunligi esa 548,7 km. ni tashkil etadi. Kema qatnovi ylga qyilgan AQSh daryolariga Missisipi va Muqaddas Lavrentiya daryolarini kiritish mumkin. Havo transporti ichki va xalqaro ynalishlarda ylovchi tashishda muhim ahamiyat kasb etadi. AQSh samolyot parki dunyodagi eng yirik hisoblanadi. Aeroportlar soni esa 14 947 tani (2007 yil) tashkil etadi. Tashqi iqtisodiy aloqalari. Tashqi savdo aylanmasi hajmi byicha AQSh dunyoda yetakchilik qiladi. Biroq eksport hajmi byicha 2007 yilda mamlakat Xitoyga 1-o’rinni boy berdi. Eksport tarkibida samolyotlar, avtomobillar, kompyuterlar, kimyo va telekommunikatsiya jihozlari, qishloq xo’jaligi mahsulotlari, dori-darmonlar asosiy o'rinni egallaydi. AQShda import hajmi 2006 yilda 1,861 trln. doll. ga yetib, bu borada u yetakchilik qiladi. AQSh asosan sanoat yarimtayyor mahsulotlari, kapital sig’imi yuqori blgan mahsulotlar (kompyuterlar, telekommunikatsiya jihozlari, avtomobil ehtiyot qismlari, ofis texnikasi), iste’mol mahsulotlarini (avtomobil, kiyim-kechak, dori-darmon, mebel, o’yinchoqlar) import qiladi. AQShning asosiy tashqi savdo hamkorlari Kanada, Meksika, Xitoy, Yaponiya, Germaniya va Buyuk Britaniya hisoblanadi. KANADA Kanada Shimoliy Amerika kontinentining shimolida joylashgan rivojlangan mamlakatdir. Maydoni - 9 985 ming km2 (2-o’rin). Aholisi 33,4 mln. kishidan (2007 yil) iborat. Quruqlikdagi chegarasi uzunligi 8893 kmni tashkil etib, janubda va shimoli-arbda AQSh bilan chegaradoshdir. Qirg’oqbo’yi hududlari uzunligi 202 ming kmni tashkil etadi. Kanada poytaxti - Ottava shahri. Tabiiy sharoiti va resurslari. Mamlakat hududining 3/4 qismi tekislik, tepalik va platolardan iborat blib, qolgan hududlar tog’lardir. Eng baland tog’ Kordiler tog’i hisoblanib, uning cho’qqisi Logan tog’iga to’g’r '1 keladi (6050 m). 0'zaro zich joylashgan daryolar va o’ziga xos ko’l-daryo tizimlari mamlakatda kplab uchraydi. Mamlakatning markaziy va janubi-sharqiy sarhadlari -umumiy hududining yarmi о’гтоп1аг bilan qoplangan. Yog’och zaxiralari bo’yicha Kanada faqatgina Rossiya va Braziliyaga yon berib, uni jon boshiga hisoblaganda dunyoda birinchi rindaturadi, Kanada shimoli izg’irin, subarktik va arktik iqlimga xos bo’lib, markaziy mintaqalarda mtadil kontinentaldir. Kanada foydali qazilmalarning, shu jumladan, ko’mir, neft, tabiiy gaz, temir rudasi (3-o’rin), ko’rg’oshin va rux (1-o’rin), nikel va platina (2-rin), oltin (3- o’rin), radioaktiv rudalar (uran zaxirasi bo’yicha 1-o'rin), asbest (1-rin), qaliy tuzining (1-rin - dunyo zaxiralarining teng yarmi) eng yirik zaxiralariga ega. Aholisi. Kanada aholisining asosiy qismi ingliz-kanadaliklar (44 foiz) va fransuz-kanadaliklardan (28 foiz) iborat bo’lib, mamlakatda hindu va eskimoslar, nemis, ukrain, italyan, golland, venger va ruslar ham istiqomat qiladi. Diniy e’tiqodi byicha aholining 42,6 foizi - roman katoliklari, 23,3 foiz - protestantlar, 4,4 foiz - qolgan xristianlar, 1,9foiz - musulmonlar va h.k. Aholining 80 foizi shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Monreal, Toronto, Vankuver. Rasmiy tili - ingliz va fransuz tillari. Davlat tuzumi. Ma’muriy jihatdan 10 viloyat va 3 hududdan tashkil topgan. Amaldagi konstitutsiyasi 1982 yil 17 aprelda qabul qilingan. Kanada - Britaniya hamdo’stligi tarkibidagi federativ davlat. Rasmiy davlat boshlig’i Buyuk Britaniya qirolichasi blib, u Bosh vazir maslahati bilan general- gubernatorni 5 yil muddatga tayinlaydi. Qonun chiqaruvchi oliy organ parlament bolib, u Jamoalar palatasi va Senatdan tashkil topgan. Ijro etuvchi hokimiyatni qirolicha nomidan general-gubernator hamda bosh vazir va vazirlardan iborat hukumat amaiga oshiradi. Sanoati. Kanada sanoati yuqori texnik darajaga ega blib, ilm sig’imi pastroq va xom ashyo muhim blgan, tarmoqlarning murakkab tizimi bilan ajraiib turadi. Mamlakatda energetika va tog’-kon sanoati, rangli metallurgiya hamda xom ashyoni qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari yuksak darajada rivojlangan, Sanoat mahsulotlari yalpi ichki mahsulotning 29 foizini tashkil etadi. Uning muhim tarmoqlari quyidagilardir: o’rmon xjaligi, sellyuloza-qog’oz, neftni qayta ishlash, tog’-kon qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik (asosan transport), harbiy, elektroenergetika sanoatlari. Kanada gaz qazib olish, uran kontsentratlari va platina ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda ikkinchi rinda turadi. Uning hissasiga asbest va kaliy tuzi ishlab chiqarishning tegishli ravishda 30 va 25 foizi tgri keladi. Qishloq xjaligi. Kanada yalpi ichki mahsulotining 2,1 foizi qudratli qishloq xo’jaligi tarmog’i tomonidan yaratiladi Mazkur tarmoq mamlakatning oziq-ovqat mahsulotlaridagi ehtiyojini tlaligicha qoplaydi. Agrar sohadagi asosiy tarmoq - gsht va sut olinadigan chorvachiiikdir. Uning hissariga qishioq xjaligi yalpi mahsulotining 60 foizi to’g’ri keladi. Kanadaning asosiy agrar hududlari chl viloyatlari (don xjaligi, chorvadorlik, go’sht-jun qo’ychiligi) va Markaziy tumandir (sut xjaligiga asoslangan chorvachilik, mevachilik). Urug’lik kartoshka yetishtirish Shahzoda Eduard oroli ixtisoslashgan tarmoqdir. Mevachilik Yangi Shotlandiya va Britan Kolumbiyasida keng tarqalgan. Britan Kolumbiyasi janubiy qismi sut xo’jaligi, markaziy qismi esa go’sht chorvachiligi makonidir. Kanada bug’doy va yem-xashak yetishtiruvchi dunyodagi eng yirik rnamlakatlar safiga kiradi. Transport. Kanada temir yllari umumiy uzunligi -48 ming km, avtomobil yllariniki - 1,042 mln. km, neft va gaz quvurlari uzunligi esa tegishli ravishda 23564 hamda 74980 kmdir Kanadaning yuk tashish bo’yicha eng yirik portlari quyidagilardir: Vankuver, Monreal, Tander-Bey, Galifaks, Kvebek, Set-ll. Xalqaro aeroportlari: Dorval (Monreal), Toronto, Ottava, Vankuver. Tashqi iqtisodiy aloqalari. Eksport hajmi byicha Kanada yirik ntalikka kiradi (401,7 mlrd.doll, 2006 yil). Mamlakatdan asosan transport va uning ehtiyot - qismlari, sanoat asbob-uskunalari, samolyot, telekommunikatsiya jihozlari, kimyo va plastmassa mahsulotlari, mineral o g itlar, yog’och, neft, tabiiy gaz, elektroenergiya va alyuminiy eksport qilinadi. Import hajmi bo’yicha esa 356,5 mlrd. doll. bilan jahonda 8-rinda turadi. Xorijdan olib kiriladigan mahsulotlar tarkibida mashina va asbob-uskunalar, avtomobillar va ularning ehtiyot qismiari, neft, kimyo mahsulotlari, elektroenergiya, uzoq muddatli iste’mol uchun mljallangan mahsuiotlarning ulushi katta. Kanadaning asosiy tashqi savdo hamkorlari AQSh, Xitoy, Meksika, Buyuk Britaniya va Yaponiyadir. Mintaqa transport tizimining shakllanishi va qishloq xjaligining eksport tarmoqlari rivojlanishining hal qiluvchi ta’siri ostida sodir bldi. Xjalikning ixtisoslashuvi va tarkibi iqtisodiy rivojlangan kam sonli shahariar va tumanlarda ishbilarmonlik faolligining eng yuqori jamlanishini keltirib chiqardi. Argentina, Braziliya Meksika, Chilida transport rivojlanishiga oid hududiy nomutanosibiiklar bilan birga temir yo’l tarmog’ining ilk rivojlanishi kuzatiladi — bunday temir yo’l kengligi turlicha bo’lgan: Janubiy Amerikadagi 90 ming km. li temir yo’l tarmog’ining yarmida temir yo’l kengligi bir metrga teng j qismi - keng (1,7 metr),10 foizi- standart yo’l (1,4 m). Argentinada temir yo’l kengligiga ko’ra 5 turga, Braziliyada — 4 turga bolinadi. Bunday farqlar yuk tashishlarni qiyinlashtiradi va qimmatlashtiradi, hududlararo iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga xalal beradi; tor temir yoMlarning ko’pligi temiryo’llarning o4kazuvchanligini kamaytiradi. Yuk tashish zichligi G’arbiy Yevropa davalatlariga nisbatdan ancha past. Temir yollarning faqat 4,6 ming кт.да teng qismi elektrlashtirilgan, bu tarmoqning 3,7 foizni tashkil etadi, ayni paytda Afrikadagi bu krsatkich tarmoqning 13 foiziga teng. Avtomobil yo’llari tarmog’i asosan gruntlangan yllardan tashkil topgan, ulaming aksariyat qismi profillangan yo’llar; qattiq qoplamali yllar tarmoqning 1/3 qismini tashkil etadi, bu esa Osiyo mamlakatlariga (55 foizga yaqin) qaraganda ancha kam, ammo Afrika davlatlariga (20 fbiz) nisbatdan ancha yuqori. Ayni paytda takomillashtirilgan qoplamli avtomagistrallar barpo etilmoqda. Yirik bandargohlarning rivojlanishi (masalan, dunyodagi eng yirik kon bandargohi Braziliyadagi Tuburan bandargohi) xjalikning eksport yo’nalishi bilan bog’liq, aynan shu jihat ayniqsa Venesuelada quvurlaming ham rivojlanishiga ta’sir ko’rsatgan. BRAZIUYA Braziliya z hududi va aholi soni nuqtai nazaridan Janubiy Ameiikadagi eng yirik mamlakatdir. Maydoni (Atlantika okeanidagi orollari bilan qo’shib hisoblaganda ) 8512 ming km2 blib, dunyoda beshinchi 0 ’rinda turadi. Aholi soni esa 190 mln. kishini (2007 yil) tashkil etib, Braziliya mazkur krsatkich byicha dunyodagi oltinchi yirik mamlakat sanaladi. Quruqlikdagi chegarasi uzunligi 16885 kmnitashkil etib, Chili va Ekvadordan tashqari LotinAmerikasining qolgan barcha davlatlari bilan chegaradoshdir. Qirg’oq qismi uzunligi - 7491 km. Braziliya poytaxti-Braziliya shahri. Tabiiy sharoiti va resurslari. Braziliya hududining yarmidan kpi Braziliya yassi tekisliklaridan iborat bo’lib, uning eng yuqori nuqtasi Bandeyra tog’idir (2890 m). Mamlakat hududida kp daryo mavjud bo’lib, ularning asosiy qismi jahonning yirik va yil davomida sersuv daryolaridan biri bo’lgan Amazonka daryosi havzasiga tegishlidir. 0 ’rmonlar Braziliya hududining 60 foizini egallaydi. Mamlakatfoydali qazilmalarga boydir. Temirva marganets rudasi, titan, boksitlar, mis, xromitlar, berilliy, niobiy, sirkoniy, tog’ xrustali, pirit, apatit va shaffof minerallar zaxiralari byicha Braziliya mintaqada birinchi rinni, kobalt, volfram, qalay, kaliy tuzi, asbest, grafit byicha esa ikkinchi rinni egallaydi. Mamlakatning temir rudasi bilan ta’minlaganlik darajasi yuqori blib, dunyoda birinchi rinda turadi. Aholisi. Braziliya aholisining asosiy qismi brazillardan iborat (94-95 foiz). Mamlakatda, shuningdek, nemislar, italyanlar, yaponlar, portugallar, ispanlar, polyaklar, livanliklar va suriyaliklar ham istiqomat qiladi. Diniy e’tiqodi bo’yicha aholining 73,6 foiz - roman katoliklari, 15,4 foizi - protestantlar, gM 3 foizi - spiritualistlar va h.k. Aholining 75,5 foizi shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: San-Paulu, Rio-de-Janeyro, Belu-Orizonti, Resifi, Salvador, Portu-Alegri. Braziliyaning rasmiy tili portugal tili bo'lib, asosiy tillari qatorida ispan, ingliz va fransuz tillarini ham atash mumkin. Davlat tuzumi. Ma muriy jihatdan mamlakat 22 shtat, 4 federal hudud va bir federal okrugga (poytaxt) blinadi. Braziliya federativ respublika koYinishidagi davlat bo’lib, mamlakat va hukumat boshlig’i cheksiz vakolatlarga ega bo’lgan prezident hisoblanadi. U xalq tomonidan tridan-tgYi va yashirin ovoz berish yo’li bilan 4 yil muddatga saylanadi. Mamlakatning qonun chiqaruvchi oliy organi Milliy Kongress blib, u deputatlar palatasi va federal senatdan tashkil topgan. Ijro etuvchi hokimiyat prezident tomonidan amalga oshiriladi. Amaldagi konstitutsiya 1988-yil 5 oktyabrda qabul qilingan. Sanoati. Braziliya yalpi ichki mahsulotining 31 foizi sanoat ulushiga tg’ri kelib, ishlab chiqarishning 2/3 qismini qayta ishlash va tog'-kon sanoati tarmoqlari yetkazib beradi. Asosiy tanmoqlari qatoriga tekstil va oziq-ovqat sanoatini ham qshish mumkin. Qora metallurgiya mamlakat ehtiyojlarining 90 foiz, rangli metallurgiya esa 70 foizini ta’minlab beradi. Mamlakatda kemasozlik, avtomobilsozlik, neftni qayta ishlash, mashinasozlik, kimyo va elektrotexnika sanoatlari rivojlangan. Mamlakatning eng rivojlangan hududi hisoblangan San- Paulu shtati hissasiga sanoat mahsulotining 65 foizi tg’ri keladi. Qishloq xjaligi. Braziliya qishloq xjaligida iqtisodiy faol axolining 1/4 qismi mehnat qilib, mazkur tarmoq yalpi ichki mahsulotning 5foizini beradi. 0 ’simlikchilik asosiy agrar tarmoq hisoblanib, qishloq xjaligi mahsulotining 3/5 qismi mazkur sohada yaratiladi. Eksport qilinadigan asosiy agrar mahsulotlarga kofe, kakao, paxta, shakarqamish va soya taalluqli blib, ekin maydonlarining 30 foiz ular bilan band. Kofe va shakarqamish eksporti byicha Braziliya dunyoda birinchi rinda turadi. Kofe yetishtiruvchi asosiy shtat Minas- Jerays blsa (kofening 45 foizi), Shimoli-Sharqiy iqtisodiy hududi ulushiga shakarqamish yetishtirishning 40 foizi tgri keladi. Braziliya kakao vasoya etishtirish byicha dunyoda ikkinchi mavqeni egallaydi. Banan va apelsin etishtirish bo’yicha ham dunyoda yetakchilik qiladi. Chon/achilik qishloq xjaligi mahsulotining 2/5 qismini tashkil etib, u gsht mahsulotlari yetkazishga ixtisoslashgan. Transport. Braziliya transport infratuzilmasi asosan qirg’oqbyi hududlarda rivojlangan. Temir yllar uzunligi Braziliyada 29295 kmni tashkil etib, avtomobil yoMlari 1752 ming km uzunlikka ega. Ichki suv yoNlari esa 50 ming kmni tashkil etadi, Kabotaj (ichki yo’nalishlarda) qatnovlar Braziliya uchun muhim ahamiyatga ega blib, ular asosan qirg'oq byidagi portlar rtasida amalga oshiriladi. Dengiz va havo transportlari mamlakatning tashqi aloqalariga xizmat qiladi. Yirik dengiz portlari quyidagilardan iborat: Rio-de-Janeyro, Tubaran, Santus, Rio-Grandi, Vitoriya, Resifi, San-Luis, Manaus. Tashqi iqtisodiy aloqalari. Braziliya Lotin Amerikasi aksariyat mamlakatlarining tashqi savdo hamkori hisoblanadi. Eksport mahsulotlari 137,8 mlrd. doll. ni tashkil etib (2006 yil), uning tarkibida transport vositalari, temir rudasi, soya, poyafzallar, kofe va avtomobillarning ulushi ayniqsa yuqoridir. Import mahsulotlari tarkibida esa asbob-uskunalar, elektr va transport jihozlari, kimyo mahsulotlari, neft va elektronika asosiy o’rinni egallab, 2006 yilda uning miqdori 91,35 mlrd doll. ga tenglashdi. Braziliyaning asosiy savdo hamkori AQSh bolib, mamlakat eksportining 17,8 foizi, importining esa 16,2 foizi ushbu davlatga to^ri keladi. Shuningdek, Argentina, Xitoy, Germaniya, Niderlandiya, Nigeriya va Yaponiya mamlakatlari ham Braziliyaning yirik savdo hamkorlari safidan o’rin olgan. MEKSIKA Meksika Markaziy Amerikada joylashgan mamlakat bo’lib, maydoni 1972,55 ming kml, aholi soni esa 108,7 mln. kishidan (2007 yil) iborat. Quruqlikdagi chegarasi uzunligi 4353 kmni tashkil etib, AQSh, Beliz va Gvatemala mamlakatlari bilan chegaradoshdir. Qirg’oq uzunligi - 9330 km. Sharqdan Atlantika okeani (2805 km), G’arbdan esa Tinch okeani bilan (7338 km) 0 ’ralgan. Meksika poytaxti-Mexiko shahri. Tabiiy sharoiti va resurslari. Meksika- tog’li mamlakat blib, vulqonlar soni ham kpdir. Geologik sharoitining murakkabligi hisobiga mamlakatda foydali qazilma boyliklari mo’l va xilma-xildir. Kumush qazib olish hajmi bo’yicha Meksika dunyoda birinchi o’rinda turadi. Polimetall va mis rudalari hamda simob ishlab chiqarish bobida ham yetakchi mavqelarni egallaydi. Meksika rux va qo’rg’oshinning yirik eksportyorlaridan biridir. Temir rudasining aniqlangan zaxiralari 350 mln. t blib, uning tarkibida temir moddasining ulushi 60 foizdan ortiq. Mamlakat oltingugurt, grafit, vismut va surmaning yirik zaxiralariga ega. Mamlakatning eng asosiy boyligi - neft va tabiiy gaz. Neftning aniqlangan zaxiralari 12,51 mlrd. barrelni tashkil etib, dunyoda 15-o’rinda, Lotin Amerikasida esa Venesueladan keyin 2-o’rinda turadi. Tabiiy gaz zaxiralari - 434,1 mlrd. mz. Mamlakatda uranning yirik zaxiralari ham topilgan. Aholisi. Meksika aholisining aksariyat qismini kelib chiqishi hindu-ispan bo’lgan meksikaliklar tashkil etib, mamlakatda 40 dan ortiq hindu qabilalari va elatlar ham istiqomat qiladi. Diniy e’tiqodi bo'yicha aholining 76,5 foizi, - roman katoliklari, 6,3 foiz - protestantlar va h.k. Mamlakat aholisining 73 foizi. shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Gvadadaxara, Monterrey, Puebla, Leon. Rasmiy tili - ispan tili. Davlat tuzumi. Ma’muriy jihatdan Meksika 31 shtat va 1 poytaxt federal okrugiga bo’linadi. Amaldagi konstitutsiyasi 1917 yil 5 fevralda qabul qilingan. Download 35.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling