Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   109
Yangi Xett podsholigi. Tutxaliy III (Tutxaliy III yoki Tashmi- 
Sharri) Xett podshosi bo‘lib, mil. a w . 1400-1380-yillarda hukmronlik 
qilgan. Uning davrida Xett podsholigi o‘zining eng chuqur inqiroz 
davriga yetib keladi. Tutxaliy III ning uquvsiz siyosati “Xattilar 
mamlakati”ning dushmanlar halqasiga tushib qolishiga olib keldi va 
hattoki dushmanlar tomonidan vayron qilingan edi. Shimoldan kask 
qabilalari Nenassa shahriga yetib keladilar, g‘arbda Arsava podsholigi 
qo‘shinlari, shimoliy Sharqdan Atssi mamlakati qo‘shinlari bostirib 
kiradi va xayaslar m amlakat yuqorisini talashadi va Kelkit daryosidagi 
Samuxa shahrigacha harakatlanishadi. Sharqda Isuva (Ishuva) 
podsholigi qo‘shinlari Tegaramni talon-taroj qilishadi, Armatana
73


davlati qo‘shinlari bo‘lsa Kitssuvadna podsholigi chegaralarigacha 
yetib kelishadi. Shu tariqa Xett davlati hududlarining katta qismini 
boy beradi. Bundan tashqari kasklar Tarikarimma tog‘ini egallab 
oldilar va davlat poytaxti Xattusa shahrini buzib tashlaydilar (unda 
faqatgina 
bitta 
butun 
bino 
-
xett 
oqsoqollaridan 
birining 
maqbarasigina saqlanib qoladi).
Tutxaliy III davlatining samarali mudofaasini tashkil qila 
olmaydi. U asosan o‘z shaharlarini qo‘shnilardan himoya qilish bilan 
cheklanadi, hattoki biror- bir joyda tashabbusni qo‘lga olishga 
intilmaydi. 
Shahzoda 
Suppiluliuma 
alohida 
armiyani 
o ‘z 
qo‘mondonligiga olganidan keyin mamlakatdagi axvol birmuncha 
o‘nglana boshlaydi. U Samuxa shahrini xettlar ta ’siriga qaytaradi 
hamda uni kask qabilalari, Atssi va Xayaslar qo‘shinlariga qarshi 
kurashish bazasiga aylantiradi. Suppiluliuma bir necha yil davomida 
kasklaming yirik armiyasini yengishni va Xayas qo‘shinlarini quvib 
chiqarishni uddalaydi.
Suppiluliuma Sharqda kurashayotgan bir paytda Tutxaliy III 
janubiy g‘arbda hujumga o‘tishga harakat qiladi. Biroq, uning Masa 
(yunoncha Misiya), Xulan daryosi va Kasiy yerlaridagi hujumi kasklar 
va xayaslaming yangi bosqini tufayli barbod bo‘ladi. Tutxaliy III 
harbiy harakatlami xayaslar hududida davom ettirishga harakat qiladi, 
lekin xayaslar podshosi Karanni tomonidan tor-mor qilinadi.
Tutxaliy III hukmronligining oxirlarida Suppiluliuma Arsava 
qo‘shinlarining navbatdagi bosqinini bartaraf qiladi. U vafoti arafasida 
tojni iste’dodli, o ‘zini ajoyib ko‘rsata olgan Suppiluliumaga emas
balki hech qanday e ’tiborga loyiq b o ‘lmagan Tutxaliy IV kichikka 
topshiradi.
Tutxaliy III ning o ‘g ‘li (boshqa manbalarda nevarasi yoki jiyani) 
bir necha oy hukmronlik qiladi. Mamlakatga barcha taraflardan 
bostirib kelayotgan dushmanlarga qarshi mudofaani tashkil qila 
olmaganligi uchun Tutxaliy III ning o‘g‘li Suppiluliuma va uning 
lashkarboshilari tomonidan o'ldiriladi. Suiqasd natijasida Tutxaliy III 
ning oila a’zolari boMgan erkaklaming ko‘pchiligi halok bo‘ldi yoki 
qamoqqa olindi va surgun qilindi. Shunday qilib, ichki ziddiyatlar 
hamda tashqi bosqinlar natijasida Xett podsholigi tanazzulga yuz 
tutadi. Mamlakatda kelib chiqishi xurritlardan bo‘lgan zodagonlaming 
ta’siri oshib boradi. Suppiluliuma I Xett podsholigining yangi 
hukmdori sifatida, taxminan mil. avv. 1380-1334-yillarda boshqargan.
74


Suppiluliuma I mohir diplomat, qobiliyatli qo‘mondon, uzoqni ko‘ra 
biluvchi siyosatchi boMgani uchun qudratli Misr podsholigi, kassitlar 
Bobili, va Mitanni davlatlarining kuchsizlanishi natijasida Old 
Osiyoda yuzaga kelgan qulay xalqaro vaziyatdan foydalanib, Xett 
davlati harbiy qudratini kuchaytiradi. Suppiluliuma I hukmronligining 
eng muhim voqealaridan biri sifatida xettlaming M itanniga qarshi 
urushlari bo‘ldi. Mitannida hokimiyat tepasiga o‘ldirilgan shohning 
ukasi yosh Tushratta keladi. Tushratta yaqinlari orasida Xett 
podsholigi bilan yaqinlashish tarafdorlari (xususan katta amaldor 
Tuxi) yetarlicha bo‘lsa ham orada tinchlik shartnomasi tuzilmadi. 
Keyinchalik Tuxi qatl qilinadi va Tushratta Misr bilan ittifoqni qayta 
tiklaydi. Suppiluliuma I esa Mitanni bilan kurash uchun hali kuchlar 
kamligini tushunib etadi. Nevarasi Xattusili III tomonidan tuzilgan 
Suppiluliuma I solnomalarida hikoya qilinishicha, Suppiluliuma I 
hukmronligining dastlabki 20 yilida mamlakatning qayta tiklash va 
mustahkamlash bilan shug‘ullanadi. U otasiga qarshi bosh ko‘targan 
Kurtalissa, Aravanna, Zazsa (Zazzisa), Kalasma, Tim na (Timmina), 
Xaliva va boshqa qator shahar davlatlami bo‘ysundirishga erishadi.
Suppiluliuma I yangi fir’avn Amenxotep IV (Exnaton) bilan 
do‘stona aloqalar o‘m atishga harakat qiladi. F ir’avnga yozgan 
maktubida davlatlar o ‘rtasida do'stlikni tiklashni taklif qilib, o ‘zi bilan 
Amenxotep III o ‘rtasidagi d o ‘stona aloqalami eslatar edi.
Karxemish shahri Suppiluliuma I tomonidan egallanishi bilan 
Frotdan 0 ‘rta yer dengizigacha bo‘lgan butun Suriya Xett podsholigi 
ta’sir doirasiga kiradi. Karxemishni hukmdori etib Suppiluliuma I 
o‘g ‘li Piyassilini (Sharri-Kushux) tayinlanadi. Boshqa o ‘g ‘li Telepin 
Xalap taxtiga o ‘tkaziladi. Suriyani bo‘ysundirib Suppiluliuma I 
o ‘zining poytaxti Xattusaga qaytadi. Uning davrida X ett podsholigi 
shimoldan Araks, janubdan Falastingacha va g ‘arbda Galis daryosi 
qirg‘oqlaridan Ossuriyagacha, Sharqda esa Bobilgacha cho‘zilgan 
qudratli mamlakatga aylanadi. Xett davlatida yer egaligi podsho 
yerlari, ibodatxona yerlari, jam oa yerlariga bo‘lingan. Davlat yerlariga 
egalik qilish va foydalanish natural (saxan) va mehnat (lussi) 
majburiyatlarini o ‘tash bilan bog‘langan. Odatda Saxan va lussidan 
ibodatxona yerlari ozod qilingan. Xett podshosi xizmatida bo‘lgan 
shaxsiy yoki xususiy kishilaming yerlari hamda hukmdordan sovg‘aga 
olingan yerlar ham saxan va lussi bilan bog‘langan majburiyatlardan 
ozod qilinishi mumkin bo'lgan. So'nggi Xett podsholari Tutxaliy IV
75


va uning ikki o ‘g ‘li davrida mamlakatni axeylar, Bolqondan kelgan 
frigiyaliklar, Kichik Osiyoni g ‘arbidan kelgan qabilalar hujumini 
zo‘rg‘a qaytaradilar. Axey qabilalari tor-mor qilinganidan keyin, 
Kichik Osiyo g ‘arbidagi Ilion shahri zabt etiladi. So'nggi Xett 
podshosi Suppiliuma II Kipr orolini yana qayta bosib oladi. Mil. avv. 
XII asr oxirida Egey dengizi qirg‘oqlari va orollarining etnik jihatdan 
aralash “dengiz xalqlari” Xett davlatini tor-mor qildilar (mil. avv. 
1190-yilda). Tarixda bu davr “Bronza kalapsi” deb ham ataladi. 
Chunki, temirdan foydalanish monopoliyasiga chek qo‘yilgan edi. 
Ushbu rudani eritish sirlari Yaqin Sharq davlatlari orasida keng 
tarqaladi. Dengiz xalqlari xaqida M isr ierogliflarida ham m a’lumotlar 
keltirilib o ‘tilgan. Shunday qilib, Yangi Xett davlati tarixda tilga 
olinmay qo‘yiladi. Markazlari Karxemish va Melida shaharlari 
bo‘lgan so‘nggi Xett podsholiklari qoldiqlari mil. avv. VIII asr 
oxirlariga qadar parchalangan holda mavjud bo‘lib turadi. So‘ngra 
Ossuriya tomonidan tugatildi.

Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling