Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


 ‘rta Ossuriya podsboliklarining ichki va tashqi siyosati


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   109
0 ‘rta Ossuriya podsboliklarining ichki va tashqi siyosati. 
Ashshur ishshiyakumasi Ashshurubalit I (mil. avv. 1365-1330-yy) 
xettlar podshosi 
Suppiluliuma I qo‘shinlari Mitanni poytaxti 
Vashukannani 
egallaganidan 
foydalanib 
qoldi. 

shimoliy
57


Mesopotamiya yerlarini o‘z mulklariga q o ‘shib olib, Ossuriyani 
Mitanni ta’sir doirasidan chiqaradi. Shu tariqa Ossuriya mustaqil 
podsholikka aylanadi. Ashshurubalit I endi o ‘zini buyuk podsho deb 
nomlar edi. Bu esa kassitlardan bo‘lgan Bobil podshosi Bumaburiash I 
ga yoqmadi. Chunki Bobil davlati Ossuriyani erkin mamlakat sifatida 
ko‘rishni istamas edi. Misr esa yangi tuzilgan Ossuriyani davlat 
sifatida tan oladi. Ossur savdogarlari va elchilari Misrga hech qanday 
to‘siqsiz kirib boraverar edi. Oxir oqibat Bumaburiash I, Ossuriya 
mustaqilligini tan oladi va o ‘z o ‘g‘li Karaindashga, Ashshurubalit I 
ning qizini nikohlab ikki davlat o ‘rtasida tinchlikni o‘matadi. Ammo 
ko‘p o ‘tmay ikki davlat o ‘rtasida harbiy harakatlar boshlanib ketadi. 
Unda Ashshurubalit I ning qo‘li baland keladi. Bobil davlati vaqtincha 
kuchsizlantiriladi.
Tez orada ossurlar xettlami Yuqori Mesopotamiyadan siqib 
chiqarib, Frot daryosi qirg‘oqlariga qadar hududlarini kengaytiradilar. 
Natijada oldin Mitanniga qaram bo‘lgan Nineviya shahrini bosib 
oladilar. Janglarda Ossuriya askarlari o ‘zlarini o ‘ta beshafqatligi bilan 
shuhrat qozongan edilar.
0 ‘rta Ossuriya podsholigining yuksalishi podsho Arik-den-ilining 
o‘g ‘li Adad-Nerari I (mil. avv. 1295-1264-yy) davrida kuchayadi. 
Ashshur shahri oqsoqollar kengashining podsho hokimiyatiga ta ’siri 
kamayadi. Hukmdor endi ishshiyakumma unvoni o ‘m iga o ‘ziga 
podsho unvonini berib, hatto “Buyuk podsho” unvoniga da’vo ham 
qiladi. Shu bilan birga kassitlardan bo‘lgan Bobil podshosi Nazi- 
marut-tashni jangda yengib, Ossuriyaning janubiy chegaralarini 
mustahkamlaydi. Turrukku va Nigimxi (Zagros tog1 lari etaklari) 
mamlakatlarini bosib olishga erishadi. So‘ngra Mitannini kuchsizlanib 
qolganidan foydalanib, Tayda, Amasak, Kaxat, Shuri, Nabulu, 
Shaduxu va Vashukanna shaharlarini bosib oladi. Mitanni taxtiga 
o‘zing tarafdori Shattuar II ni o‘tqazadi. Mitanni davlati o ‘lpon 
to‘lashga m ajbur bo‘ladi.
Adad-Nerari I dan keyin Ossuriya taxtiga Salmanasar I 
(Shulmanu-asharedu I ) keladi. Uning davrida Mitanni yerlari ossurlar 
tomonidan bosib olinadi. Mitanniliklar tomonida xettlar ham jang 
qilganligi manbalarda ta’kidlanadi. Natijada 14400 ga yaqin dushman 
askarlari asir olinib, Salmanasar I ning buyrug‘i bilan ko‘zlari ko‘r 
qilinadi. Bu orada Xett davlati Misr bilan sulh tuzib, Bobil bilan
58


ittifoqni qayta tiklashga erishadi. Oqibatta Old Osiyo mintaqasida 
kuchlar muvozanati tiklanadi.
Ossuriya podshosi Tukulti-Ninurta I (mil. avv. 1233-1197-yy) 
Bobilga va Kavkazortiga g ‘olibona harbiy yurishlar uyushtirdi. Xett 
davlati podshosi Tudxali IV Sharqdagi mulklarini himoya qilish uchun 
Tukulti-Ninurta I ga qarshi qo‘shin tortdi. Ammo yozma manbalarda 
Tudxali IV o ‘z q o ‘shiniga ishonmaganligi ta ’kidlanadi. Oqibatda 
Ossuriya podshosi Tukulti-Ninurta I Erbil shahri yonida g ‘alaba 
qozonadi. Yozma manbalarda Tukulti-Ninurta I jangdan so‘ng 
xettlardan 28 800 kishini asir olgani ta’kidlanadi. Xettlar davlati 
kuchsizlana boshlaydi.
Bu orada janubda Bobil davlati urushga tayyorlana boshlaydi. 
Bobil va Ossuriya harbiy kuch jihatdan teng edi. Mil. avv. 1223-yilda 
Tukulti-Ninurta I, Bobilga yurish qilib, podsho Kashtiliash IV ni asir 
oladi va uni kiyimsiz kishanlangan holda Ashshurga olib ketadi. 
Bobildan yana M arduk ilohi haykalini ham Ossuriyaga olib ketishga 
muvaffaq bo‘ladi. Podsho Ashshurdan 3 km shim oli-Sharqda o ‘zi 
uchun yangi poytaxt Kar-Tukulti-Ninurta (“Tukulti-Ninurta savdo 
q o‘nalg‘asi”) 
shahrini 
qurdirdi. 
Ashshurda 
Ishtar 
xudosi 
ibodatxonasini 
qayta 
tiklaydi. 
Ammo 
Ossuriya 
zodagonlari 
podshoning Bobil ilohlariga qarshi qilgan shakkokligini bahona qilib, 
unga qarshi fitna uyushtiradilar. Oqibatda Tukulti-Ninurta I aqldan 
ozgan deb e ’lon qilinadi va uy qam og’iga olinib o ‘ldiriladi. Taxtga 
fitna ishtirokchisi podshoning o ‘g ‘li Ashshur-nadin-apal o ‘tqaziladi. U 
otasidan farqli o‘laroq Marduk xudosi haykalini Bobilga qaytarib 
yuboradi. Ammo bu bobilliklami tinchlantira olmaydi. K o‘p o ‘tmay 
Bobilda q o ‘zg‘olon boshlanib, ossuriyalik noib shaham i tark etadi. 
Kassitlardan bo'lgan zodagonlardan biri shahami ossurlardan ozod 
bo‘lganini e ’lon qiladi.
Keyinchalik Bobil davlati kuchayib, Ossuriyani bosib olgan 
hududlaming katta qismini egalab oladi. Mamlakat uzoq tashqi 
urushlar natijasida zaiflashib, ichki nizolar bo‘lib o ‘tadi. Ossuriya 
davlati siyosiy tushkunlikka uchraydi.
Podsho Tiglatpalasar I (taxminan mil. avv. 1115-1076-yy) 
hukmronligi davrida Ossuriya yana kuchayadi. Bu davrda Xett 
podsholigi frigiyaliklar (dengiz xalqlaridan biri) hujumidan halokatga 
uchrab, M isr kuchsizlangan edi. Yirik qo‘shni davlatlar Ossuriyaga 
xavf solmas, Tiglatpalasar I esa vaziyatdan foydalanib, Shimoliy
59


Suriya va Shimoliy Finikiya, Kichik Osiyoning janubiy-Sharqiy 
qismlariga harbiy yurishlar uyushtiradi. M amlakat 38 yil davomida 
qo‘shni xalqlar bilan urush olib bordi. Tiglatpalasar 1 o‘z jang 
aravalarini Kichik Osiyoning tog‘li o ‘lkalariga ham boshlab bordi. Bir 
kun ichida Karkemish shahri Ossuriyaliklar tomonidan zabt etildi. 
Hatto Misr fir’avni Tiglatpalasar I ga sovg‘a sifatida timsohni 
yuboradi.
Tiglatpalasar 144 Bobil podshosi Marduk-nadin-axxega qarshi 
ikki marotaba harbiy yurish qilib, vaqtincha uni kuchsizlantirishga 
erishadi. Lekin bobilliklar o ‘z mustaqilligini saqlab qoladi. So‘ngra 
aramey qabilalariga qarshi 28 ta yurish uyushtiradi. Ammo 
arameylami shimoliy Mesopotamiya yaylovlariga kirib borishiga 
butunlay to ‘sqinlik qila olmadi. Tiglatpalasar I vafotidan keyin uning 
vorislari davrida Ossuriya siyosiy tushkunlikni boshdan kechiradi. 
Ossuriyaning gullab-yashnashiga mil. a w . XI asrlarda Arabistondan 
ko‘chib kelgan chorvador aramey qabilalari chek qo‘yadi. Shu tariqa 
0 ‘rta Ossuriya podsholigi siyosiy mavqeyidan ajrala boshlaydi.
0 ‘rta Ossuriya podsholigining so‘nggi hukmdori Ashshur-dan II 
(mil. avv. 934-911-yy) davrida irrigatsiya ishlari tartibga solinadi. 
Podsho Ashshur-dan II shaharlami qayta quradi va dehqonlarga 
mehnat qurollari yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. Ossuriya 
qo‘shini podsholar Salmanasar II va Ashshur-rabi II davridagi 
chegaralarga chiqadi. Ammo arameylar bilan siyosiy munosabatlar 
o ‘zgaruvchan bo‘lgan. Shimoldagi qolgan yerlar hanuz oromiylar 
nazoratida qolgan edi.

Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling