Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Qadimgi Mesopotamiya madaniyati
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi Mesopotamiya madaniyati. Qadimgi Mesopotamiya
madaniyatinmg dastlabki asoslari mil. a w . IV ming yillikda paydo bo ig an . Bunda o‘troq ziroatkor shumerlaming o ‘mi kattadir. Aynan ular ushbu hudud madaniyatini bizga yetib kelishi uchun imkon bergan mixxat yozuvining asolarini yaratganlar. Yuqorida ta’kidlangan arxaik yozuv asoslari taxminan mil. a w . IV ming yilliklarda janubiy Mesopotamiyada yuzaga kelgan bo‘lib, uning dastlabki asosiy vazifasi aholi orasida mulkiy munosabatlami tartibga solishdan iborat bo‘lgan. Ilk shumerda yaratilgan yozuv piktografik shaklda ekanligi bilan kishilami e’tiborini tortadi. Mixxatga aylanish jarayoni evolyutsion tarzda amalga oshganligi tarixdan m a’lum. Asrlar davomida sayqallashib, keyinchalik mil. a w . Ill ming yillikda siyosiy, yuridik va xo ‘jalik ishlarini olib borishda keng foydalaniladigan bo‘ldi. Akkad tili, mixxat yozuvi yordamida diplomatiya tiliga aylana boshladi. Keyinchalik butun Old Osiyo xalqlari ushbu yozuvni 52 o‘zlashtirib oldilar. Yozuvni bitish uchun loy taxtachadan foydalandilar. Mixxat yozuvida 600 ga yaqin belgilar ishlatilganligini arxeologik m a’lumotlar tasdiqlaydi. Bunday loy taxtachali hujjatlar ko‘p hollarda unchalik katta bo‘lmagani bizga m a’lum. Keyinchalik mixxatni kichraytirilgan tarzda zich holda(ko‘proq so‘zlar sig‘ishi uchun) loy taxtatachalarga yozishgan. B a ’zi muhim hujjatlar metall (mis va kumush) taxtachalarga bitilgan. Ayrim hollarda toshga mixxat yozuvini yozish ham ko‘p kuzatilgan. Ayniqsa qora bazalt toshga bitilgan mashhur Bobil podshosi Xamurappi qonunlari yuqoridagi fikrimizga dalil b o ‘la oladi. Bunday yozuvni o‘rganish qiyin bo‘lganligi tufayli mixxatni o ’qish uchun maxsus ta ’lim dargohlari, qadimgi Shumerda paydo bo‘la boshladi. 0 ‘qishga o ‘rgatish asosan kohinlar tomonidan amalga oshirilgani uchun dastlabki xattotlar maktablari ibodatxonalar oldida tashkil qilingan edi. Qadimgi Shumerda maktablar “taxtachalar xonadoni” (yoki “edubba”) shaklida tilga olingan. Manbalarda ta’kidlanishicha bunday maktablarda o ‘g ‘il bolalar o ‘qitilgan va davlat xizmatiga tayyorlangan. M aktablar o ‘quvchilar ota-onalari hisobidan ta ’minlangan. Savdo-sotiq va hunarmandchilik munosabatlarining o‘sishi va davlat xizmati uchun kadrlar aynan mana shu o‘quv maskanlarida tayorlangan. Bu yerda o ‘qishdan tashqari hisob-kitob, adabiyot, grammatika, falakiyot ilmi o ‘qitilgan. Bundan tashqari ilm yo‘lini tanlaganlarga tibbiyot, huquq va boshqa sohalardan dars berilgan. Qadimgi Mesopotamiyada “buyuk to‘fon” haqida afsonalar bizgacha yetib kelgan. Ayniqsa “Gilgamesh haqidagi afsona” qadimgi Mesopotamiya adabiyotining yorqin na’munasi hisoblanadi. Dostonni ilk she’riy namunalari mil. avv. Ill ming yillikning birinchi yarmida yaratilgani hozirda olimlar tomonidan e ’tirof etilmoqda. Bizgacha yetib kelgan doston mil. a w . XVIII-XVII asrlarda akkad tilida mixxatda yozilgan. Ushbu epos bir yarim ming yil davomida sayqallanib kelinganligi bilan kishilami e ’tiborini tortadi. So‘ngra ossuriyaliklar asta sekin yozuv uchun teri va papirusni ishlata boshlaganlar. Mil. avv. VII asrdan boshlab oromiy tili diplomatiyada ishlatilishi mixxat yozuvining inqirozini keltirib chiqardi. Oromiy harfli bo‘lib, o ‘qish uchun qulay edi. Uni o ‘qish uchun kohin bo‘lish kerak emasdi. Qadimgi Mesopotamiya aholisining hayotida diniy e ’tiqod asosiy o‘ringa ega edi. Qadimgi Shumer shahar-davlatining o‘z xudo homiysi S3 bor edi. Ammo barcha uchun umumiy ilohlar ham mavjud bo‘lgan. Bularga osmon, suv xudosi Ea, ilohi Anu, zamin ilohi Enlii, kabilar kirgan. Bundan tashqari qadimgi Bobilda (Babel “Ilohlar darvozasi”) quyosh ilohi Shamash, oy ilohi Sin, Yupiter sayorasi ilohi Marduk, Venera sayorasi ilohasi Balit, urush, va o‘lim ilohasi Ishtarga ham ibodat qilganlar. Shu bilan birga turli xil ezgulik jinlari va devlarga sig‘inishgan. Davlat ichki va tashqi siyosati din yordamida qonuniylashtirilib tartibga solingan. Qadimgi Mesopotamiyada yashagan falakiyotchilar quyosh va oy tutilishini oldindan hisob-kitob yordamida bilganlar, kometa va meteorlaming harakatlarini kuzatishgan. O lz kalendarlariga ham ega edilar unga ko‘ra har bir oy 29 yoki 30 kunga bo‘linib, 1 yil 12 oy, ya’ni 354 kundan iborat bo‘lgan. Arxitekturaning rivojlanishida qadimgi Mesopotamiya shaharlar hukmdorlari, quruvchi usta va hunarmadlarining o‘m i katta hisoblanadi. Qadimgi U r shahrida podsho Shulgi bunyod ettirgan zikkurat yuqoridagi fikrimizga dalil b o ia oladi. Mashhur qadimgi Bobildagi Ishtar darvozasi chiroyli va go‘zal qilib bezatilganligi so‘zimizga dalil bo‘la oladi. Bobil arxitekturasi Yangi podsholik davrida o‘z yuksalishining yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Shu bilan birga malika Semiramida osma bog1 lari ham Bobilda qurilgan edi. Olimlaming fikricha osma bog‘lar suv ko‘tarish chig‘iri va qullar mehnati bilan doimiy sug‘orilib borilgan. Download 7.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling