Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Yangi Ossuriya podsholigining yuksalishi
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
Yangi Ossuriya podsholigining yuksalishi. Mil. avv. X asr
oxirlarida tarixda “Ossuriya renessansi” deb nom olgan davr boshlandi. Yuqorida ta’kidlanganidek podsho Ashshurdan II mamlakat taraqqiyotini qayta yo ‘lga qo‘yadi. Natijada ossuriyaliklar Shimoliy Mesopotamiyada o ‘z hukmronliklarini qayta tikladilar va faol istilochilik yurishlarini boshlash uchun zamin yaratadilar. Bu vaqtda Ossuriya armiyasi o ‘zining soni, yuqori darajada tashkilashtirilganligi, qurollanish darajasi va jangovor qobiliyati bilan Old Osiyodagi birinchi o‘ringa chiqib oladi. Ossuriya podshosi Tukulti-Ninurta II ning o‘g i i АзЬ8Ьигпа151фа1 II (mil. avv. 884-859- yy) davrida dastlab shimoli-g‘arbga Dajla qirg‘oqlariga yurish qiladi. Mil. avv. 882-yilda Xulay boshchiligidagi qo‘zg ‘olonni shafqatsizlik bilan bostiradi. 0 ‘rtayer dengizi qirg‘oqlariga yurish qiladi. 0 ‘zining 60 qarorgohini yangi poytaxti Kalxu(Kalax)ga ko‘chiradi. Mil. avv. 886- yilda Bit-Zamani o ‘lkasi podshosi Ilanu boshchiligidagi qo‘z g ‘olonni bostiradi. Ashshumatsirpal II podsholigi darida Ossuriya yana imperiyaga aylanadi. U Nineviya shahrini davlatining shimolidagi tayanch nuqtasiga aylantirdi. Dajla daryosi qirg‘oqlarida Kalxu shahrini qayta tiklab, poytaxtga aylantirdi. Ashshur shahridan mohir ustalar va bog‘bonlar olib kelinib shahar obodonlashtiriidi. Hukumatni ham shu yerga ko‘chiradi. Mil. a w . 876-yilda Ossuriya qo‘shinlari Finikiya qirg‘og‘iga chiqdilar. Salmanasar III (mil. avv. 859-824-yy) Suriyaga yangi yurish uyushtirdi. Bu hududda Ossuriyaning ekspansiyasiga qarshi bir necha shahar-davlatlaming Damashq podsholigi boshchiligida ittifoqi tashkil topdi. Suriya, Falastin, Finikiya, Kilikiya va Damashqning birlashgan qo‘shinlari ossur qo'shinlarini jangda m ag‘lubiyatga uchratdilar (mil. a w . 853-yildagi Oront daryosi yonidagi jang). mil. avv. 845-yilda Salmanasar III 120 ming kishilik qo‘shin bilan Suriyada yana jang harakatlarini boshladi. Lekin bu harbiy harakatlar ham muvaffaqiyatli chiqmadi. Ossuriyaliklar vaqtinchalik Suriyadan chekinishga majbur bo‘ldilar. Ammo tez orada ittifoqchi shahar-davlatlar o ‘rtasida kelishmovchiliklar boshlanib, ossurlar bundan juda yaxshi foydalandilar hamda mil. a w . 841-yilda harbiy harakatlarni boshlab, Suriyada o ‘z hukmronliklarini o ‘matishga erishdilar. Mil. a w . 840 yildagina Frot daryosi ortida 16 yurishdan so‘ng, Damashq podsholigi bo‘ysundiriladi. G ‘olibona yurishlar boy o ‘ljalami qo‘lga kiritish imkoniyatini tug‘dirdi. Ossuriya hukmdorlari Ashshur va Kalxu shaharlarida ulug‘vor saroy va ibodatxonalar bunyod qildilar. Mil. avv. 824 yili Salmanasar III ga qarshi o ‘g‘li Ashshur-dan boshchiligida Ossuriyaning 27 shahari birlashib, isyon ko‘targan payti olamdan o ‘tadi. Taxt vorisi etib boshqa farzandi Shamshi-Adad V (Bobil malikasining eri) ni tayinlab ketadi. Ammo tez orada Ashshur- dan ukasini quvib yuborib taxtni egallaydi. Shamshi-Adad V Bobil podsholigiga qochib ketadi. Bobil poshosi Marduk-zakir-shumi (qaynotasi) bilan kelishuv imzolab, Ashshumi zabt etdi. Ammo Bobil rahnamoligida podsho unvonidan pastroq darajadagi unvonga sazovor bo‘ladi. Shunday bo‘lsa-da Ossuriya ichki va tashqi siyosatni mustaqil amalga oshirar edi. 6i Ossuriya o‘zining iqtisodiy, harbiy qudratini qayta tiklab, siyosiy markazlashuv va barqarorlikka erishdi. Istilochilik urushlari natijasida Ossuriya iqtisodiyoti uchun zarur bo‘lgan xomashyo (metall va yog‘och)ga boy bo‘lgan hududlar egallandi. Natijada qullar mehnatiga ehtiyoj tez o ‘sa boshlaydi. Ossuriyaning istilochilik urushlari olib borishining yana bir sababi, m am lakat quruqlik va dengiz savdo yo‘llari kesishgan hududda joylashgani uchun yetakchi o‘rinni egallashga harakat qildi. Ossuriya Kichik Osiyo va asosan 0 ‘rtayer dengizining sharqiga o‘z ta’sirini kuchaytirishga urindi. Bu hududlarda savdo- hunarmandchilik, dengiz savdosi keng yo‘lga qo‘yilgan, tabiiy boyliklarga boy edi. Sharqiy 0 ‘rtayer dengizi qirg‘oqlaridan muhim xalqaro savdo yo‘llari o‘tgan bo‘lib, bu yerda boy savdo - hunarmandchilik markazlari Tir, Sidon, Arvad, Bibl, Damashq va Karxemish kabi shaharlar mavjud edi. Mil. a w . 783-yili Ossuriya podsho taxtiga Salmanasar IV o‘tirib to‘qqiz yil hukmronlik qiladi. Uning boshqaruvi davrida Ossuriya armiyasi avvalgi g ‘alabalarga erisha olmaydi. Aksincha tashqi dushmanlardan himoyalanishga majbur bo‘ladi. Damashq shahri aramey davlatining poytaxtiga aylangan bo‘lib, kuch qudrati oshgan edi. Bu davlat hatto Ossuriyaga ham tazyiq o‘tkazganligi manbalarda ta’kidlanadi. Ushbu urushlardan birida Ossuriya hukmdori Salmanasar IV, Isroil hukmdori Ieroam II bilan ittifoq tuzib, arameylarga qarshi harakat olib boradi. Ossuriya davlatining shimoliga xurritlar va urartlar ham xavf tug‘dira boshlashdi. Podsho Salmanasar IV ni vorislari davrida urartuliklar Ossuriyaning katta hududlarini egallashga muvaffaq boMishgan. Mil. a w . VIII asrda Ossuriya vaqtincha iqtisodiy tushkunlikka yuz tutadi. Ichki ziddiyatlar, qo‘zg‘olon va isyonlar boshlanadi. Ossuriya uzoq vaqt olib borilgan urushlar natijasida zaiflashib qoldi. Ossuriyaning qayta yuksalishi mil. avv. 746-727-yillarda hokimiyatni to'ntarish yo‘li bilan olgan Kalxu hokimi harbiy boshliq Pul (taxtdagi ismi podsho Tiglatpalasar III) davrida boshlandi. Kuchli sarkarda, Tiglatpalasar III podsho hokimiyatini mustahkamlash uchun qator islohotlar o‘tkazadi. U Ossuriya tarkibidagi o‘lkalami kichik- kichik noibliklarga bo‘lib yuboradi. Noiblar ustidan markaziy hokimiyatning nazorati o‘matilib, noiblaming vazifalari cheklandi. 62 Podsho Tiglatpalasar III davlatdan maosh oladigan kuchli muntazam qo ‘shin tuzadi va ko ‘ngillilami harbiy xizmatga chaqirmay qo‘yadi. Ossuriya armiyasiga aholining o ‘rta va past tabaqalari xizmatga tortiladi. Q o‘shinlar bir necha qismlarga boMingan edi. Y a’ni, piyodalar qo‘shinda aksariyatni tashkil qilib, yengil va og‘ir qurolli qismlarga b o‘lingan. Q o‘shinda avalgidek jang aravalaridan foydalanib kelingan. Keyinchalik otliqlar qismlaridan keng foydalanila boshlandi. Undan keyin taxtga o ‘g ‘li Salmanasar V (mil. avv 727-722-yy) voris etib tayinlanadi, uning hukmdorlik davri haqida m a’lumotlar kam keltirilgan. Ichki siyosatda Salmanasar V poytaxt Ashshur aholisiga, boshqa shaharlar qatori turli soliqlar va majburiyatlami yuklaydi, bu esa poytaxt aholisi tomonidan o ‘z huquqlariga nisbatan xurmatini y o ‘qotadi. Tashqi siyosatda esa podsho Salmanasar V besh yil davomida Finikiya shahri Timi qamal qilgani, shu yillar arafasida o ‘lpon to‘lashdan bosh tortgan Isroil davlatini yo‘q qilishga qaror qiladi, lekin hukmdor bu urushda halok bo ‘ladi. So‘ngra Ossuriya taxtiga mashhur Sargon II (mil. avv. 722-705- yy) chiqadi. Hukmronligining dastlabki yillarida Bobil va Elam ittifoqiga qarshi yurish qiladi. Ammo muvaffaqiyatsizlikka uchrasada chegaradagi Der shahri Ossuriya tarkibida qoladi. So‘ngra Sargon II mil. a w . 721-yilda Isroilga yurish qiladi bu mamlakatni talon-taroj qilib aholisini Ossuriyaga asir qilib olib ketadi. Yaqin Sharq yerlari ossurlar tomonidan birin ketin xonavayron qilindi. Shundan keyin Sargon II Suriyaning Xamat shahri hukmdorini asir olgach, uni Ashshurga olib keladi. So‘ngra Karkar shahrini ishg‘oI qilib, talon-tarojdan keyin shaharga o‘t qo‘yiladi. 0 ‘rtayer dengizidagi Kipr orolidagi ioniyalik yunonlami o‘lpon to ‘lashga majbur qiladi. Nineviya shahri yaqinida o ‘ziga yangi poytaxt Dur- Sharrun (Sargon shahrini)ni qurdiradi. Mil. a w . 714-yilda Urartuga qarshi boshlaydi. U bu harbiy yurishga puxta tayyorlanib, Urartuga Sharq tomondan kirib boradi va ulam ing podshosi Rusa I ni yengadi. Ushbu harbiy yurish olti oy davom etib Sargon II ning g ‘alabasi bilan tugaydi. Ushbu g‘alaba uning buyukligini yuqori shohsupaga olib chiqadi. Ossuriya hukmdori qarorgohiga Misr, Efiopiya, hatto Arabistondan elchilar tabriklar bilan kelishadi. Keyinchalik Sargon II mil. avv. 710-yili Bobilga yurish boshlaydi. Bu yurishda Sargon II deyarli jangsiz ikki hukmdor 63 xaldeylar podshosi M erodax-baladan va Elam podshosi Shutruk- Naxxunte II ni bo‘ysundiradi. Bu voqealardan keyin Sargon II yirik Ossuriya imperiyasini tuzgan ikkinchi Sargon sifatida tarixga kiradi. Bobilni ishg‘ol etib besh yil o ‘tgach Sargon II vafot etadi. Sargon II dan so‘ng taxtga uning o ‘g ‘li Sinaxxerib (mil. avv. 704- 681-yy) keladi. Ossuriyaga qaram yerlar ozod bo ‘lishni istar edilar. Birinchi bo‘lib Bobilda, zodagon Merodax-baladan rahbarligida qo‘zg‘olon boshlanib ketadi. Bobilliklar xaldeylar, arameylar va elamliklar bilan ittifoq tuzadilar. Birlashgan qo‘shin Ossurlarga qarshi Kish shahri tomon yurish qiladi. Ammo Sinaxxerib ulaming birlashgan qo‘shinini m ag‘lubiyatga uchratadi. Merodax-baladan esa qochishga majbur bo‘ladi. Ossur qo‘shini Bobilga kirib keladi. Podshoning buyrug‘i bilan isyonda qatnashgan odamlarga tegishli ekinzorlar yo‘q qilinadi. K o‘plab asirlar Ossuriyaga olib ketiladi. U poytaxtni Nineviyaga ko'chirdi. K o‘p o ‘tmay Falastinda, Ekron shahri isyon ko‘taradi, uning ortidan Finikiyaning Tir va Sidon shahar-davlatlari Ossuriyaga bo‘ysunmay qo‘yadi. Bu orada Misr yordamiga ishongan Yahudiya podshosi Xizikiya ham Ossuriyaga qarshi chiqadi. Sinaxxerib esa tezlik bilan isyonlami bostirishga kirishadi. Yahudiya poytaxti Quddus (Ierusalim) shahri qamal qilingach, Xizikiya ossurlarga 11 tonna kumush va 1 tonnaga yaqin oltin miqdorida o‘lpon toMaydi. Sinaxxerib o ‘z qo'shinlarini misrliklarga qarshi yo‘naltiradi, ikki armiya Eltekey yonida uchrashadi. Afsuski jan g natijalari bizga m a’lum emas. Shunday bo‘lsa-da Misr qo‘shini ortga qaytib ketadi. So‘ngra podsho Sinaxxerib isyon ko‘targan Ekron shahrini egallaydi va Quddusni uzoq qamal qiladi. Yahudiya yerlari talon-taroj qilinadi. Ammo ossur qo‘shini orasida vabo kasalligi tarqaladi, natijada Quddus zabt etilmay qoladi. Yangi Ossuriya podsholigining hukmdorlari semit qabilalaridan, arameylardan bo‘lgani uchun butun davlatda va Mesopotamiyada aramey yozuvi va tili keng tarqaladi. Ossuriyaliklaming tayanchi ulam ing kuchli harbiy qo‘shini bo‘lgan. Agar aw alari har bir harbiy askar, davlat tomonidan ajratib berilgan yerda dehqonchilik bilan shug‘ullangan bo‘lsa, endilikda Yangi Ossuriya podsholigida harbiylar mamlakat xazinasidan maosh olar edi. Ular asosan temirdan yasalgan qurollar bilan ta’minlanganlar. Shaharlami qamal qiladigan, qal’a devorlarini buzadigan moslamalar bilan ham qurollanganlar. Ossuriya hukmdorlari harbiy siyosati o ‘ta 64 beshafqatlik bilan ajralib turgan, qarshilik qilgan shaharlar aholisi qilichdan o ‘tkazilgan. Isyon rahbarlari esa asirga olinib, qiynoqqa solinib, qatl qilingan. Bundan ko‘zlangan maqsad bo'ysundirilgan xalqlami qo'rquvda saqlab turishdan iborat edi. Shuning uchun Ossuriya poytaxti Nineviyani “Qonga botgan shahar” deb ta’riflashgan. Agar aw a lg i Ossuriya hukmdorlari zabt etgan shahar va xalqlami bosh xudolarini xurmat yuzasidan ular sharafiga qurbonliklar keltirishsa, Yangi Ossuriya hukmdorlari aksincha zabt etgan xalqlami ibodatxonalarini butunlay vayron qilib tashlashgan, aholisi boshqa o‘lkalarga surgun qilinar edi. Bunga Sinaxxeribning Bobil va Elamga qarshi urushi yorqin misol bo‘la oladi. Masalan Sinaxxerib uzoq qarshilik qilgan Bobilni egallab uni vayron qiladi va shahar suvga bostiriladi. Ossuriya Kichik Osiyoning janubi-sharqiy qismlari ustidan hukmronlikni qoMdan chiqaradi. Mil. avv. 681 yili Nineviyada, Nabu (xattotlar hom iysi) xudosiga qurbonlik keltirish marosimi paytida ikki kichik o ‘g‘li tomonidan o‘ldiriladi. Podsho Asarxaddon (mil. a w . 680-669 yy)davrida vayron qilingan Bobil qayta tiklanadi. Bobil garchand qaram bo‘lsa-da, Ossuriya bilan ittifoqda bo‘lgan alohida podsholik sifatida tan olinadi. Asarxaddon Eron yerlarining shimoliy- g‘arbida yashagan skiflar bilan mil. avv. 672-yilda ittifoq tuzdi. Suriya hududi qayta zabt etiladi. So‘ngra Nil bo ‘ylariga harbiy yurish uyushtiriladi va ichki urushlardan charchagan M isr vaqtincha bo‘ysundiriladi. Ossuriya ulkan ko ‘p millatli imperiyaga aylanadi. M a’muriy jihatdan Yangi Ossuriya hukmdorlari bosib olingan hududlami mayda m a’muriy birliklarga bo‘lib tashlashganlar. Ossuriyaliklaming asosiy maqsadi kelajakda bu hududlami imperiya tarkibidan ajralib chiqishini oldini olish b o ig an . Bundan tashqari ma’muriy birliklarga noib qilib, farzand qoldirish qobiliyatiga ega bo'lmagan saroy og‘alaridan hukmdorlar qo‘yilgan edi. Bundan maqsad keyinchalik yangi kichik hukmdorlar sulolasi paydo bo'lishiga y o i qo‘ymaslik bo‘lgan. Asarxaddonning vorisi Ashshurbanipal (mil. a w . 669-629-yy) bosqinchilik yurishlari natijasida tashkil topgan ulkan imperiyani saqlab qoladi. U hatto Elamga ham g‘olibonona yurish uyushtiradi. Ammo podsho Ashshubanipal hukmronligining so‘nggi yillarida imperiyaning yemirilishi boshlandi. Ashshurbanipal mil. a w . 627- yilda vafot etdi. Janubda Nabopalasar boshchiligida xaldeylar isyon ko‘taradi. 65 Bobil va Midiya podsholiklari birgalikda Ossuriyaga qarshi ittifoqda, mil. avv. 614-yilda Ashshumi, mil. avv. 612-yilda Nineviyani zabt etib vayron qildilar. Mil. avv. 605-yilda Ossuriya davlati bunlay tugatiladi. Uning yerlari Bobil va Midiya tomonidan bo‘lib olinadi. Download 7.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling