Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Xamurappi boshchiligida Bobil podsholigining yuksalishi
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
Xamurappi boshchiligida Bobil podsholigining yuksalishi.
Qadimgi Mesopotamiyada amoriylar o'troqlashib bo‘lgach, Shumeming ichki nizolarida faollik bilan qatnashadilar. Bularning orasida Bobil shahar-davlatini alohida ta’kidlab o ‘tish muhim ahamiyat kasb etadi. K o‘hna Bobil shahar-davlatining yuksalishi podsho Xammurapi (mil. avv. 1792-1750-yy) davriga to‘g‘ri keladi. U Bobil shahrini mudofaa devori bilan o ‘ragan arameylar podshosi Sumu-abumning chevarasi b o ‘lgan. Bobil podsholigi shimoldan Shamshi-Adad I (Ossuriya podshosi), janubda Rimsin (Larsa podshosi) davlatlari bilan chegaradosh edi. Podsho Xammurapi aqlli davlat arbobi, diplomat va mohir sarkarda bo‘lgan. Xammurapi har qanday diplomatik kelishuvlami Bobil manfaatlari bilan mos ravishda o‘zgartirib borgan. Hukmronligining beshinchi yili (mil. a w . 1787- yilda) Isin shahrini zabt etib, u yerdan Larsa gamizonini haydab yuboradi. So‘ngra Dajla daryosidan kechib o ‘tib, elamliklarga qarashli Malgium shahrini ham bosib oladi. Hukmronligining to ‘qqizinchi yili Ossuriya podshosi Shamshi-Adad I bilan shartnoma imzolaydi. O bz navbatida Xammurapi, Larsa podshosi Rimsin bilan to‘qnashuvga hali tayyor emasligini yaxshi tushungan. Larsa podshosi Rimsin Markaziy M esopotamiyada Bobilning kuchayotganidan xavfsirab, Elam podshosi Malgiumaga elchilar yuborgan. Xammurapi esa bu payt Mari shahri bilan ittifoq tuzib, Eshnunna shahrini bosib oladi. Unga xavfli raqib bo‘lgan Elamni 10 yillik urushdan so‘ng, Mari podshosi Zimrilim qo‘shinlari bilan birlashib, mil. avv. 1764- 49 yilda ulami ham yengadi. Xammurapi, mil. avv. 1759-yilda Mari shahrini ham bosib oladi. K o‘p o ‘tmay olti oylik qamaldan so‘ng Larsa egaflanadi. Xammurapi, Larsa podshosi Rimsin vafotidan so‘ng “amoriylar otasi” unvonini meros qilib oladi. Endi Shamshi-Adad I vafotidan keyin zaiflashib qolgan Ossuriya davlati qolgan edi. Tez orada uning yirik shaharlari Ashshur va Nineviya Bobil hokimiyatini tan oladilar. Natijada butun Mesopotamiya Bobil davlati boshchiligida birlashtiriladi. Xammurapining uzoq hukmronligi davrida Bobil butun Mesopotamiyani birlashtirgan kuchli davlatning poytaxti, yirik siyosiy-iqtisodiy va madaniy markazga aylangan edi. Xammurapining o ‘g‘li Samsuilin (mil. a w . 1749-1712-yy) davrida Bobil podsholigida qarama-qarshiliklar kuchayib, xalqning ahvoli og‘irlashib boradi. Mil. a w . 1742-yilga kelib, Mesopotamiyaga shimoliy-sharqdan kassitlar etnonimidagi hind-yevropa qabilalari (akkadcha Kassu, zamonaviy fanda kassitlami kaspe-kaspiy deb atagan) Gandash nomli yo ‘lboshchilari bilan bostirib kiradilar. Shu bilan birga elamliklar janubda Shumer shaharlariga hujum qiladilar. Gandash, Samsuilin bilan urush olib boradi va Mesopotamiyada kassitlar sulolasiga asos soladi. Undan so‘ng mil. avv. 1726-yilda hokimiyatga Gandashning o ‘g ‘li Agum I keladi. Agum I ni aynan Bobilni boshqarganligi masalasi munozarali hisoblanadi. Ammo kassitlar Mesopotamiya yerlarini tez orada o‘zlariga butunlay bo‘ysundirganlar. Kassitlar davrida Bobilning siyosiy qudrati kuchsizlanadi. Buning ustiga mil. avv. 1595-yilda xettlar podshosi Mursiliy I, Bobilga bostirib kirib, 1-Bobil sulolasining oxirgi vakili Samsu-ditanani taxtdan ag‘darib, shahami talon-taroj qiladi. Elam davlati bir necha urushlardan so‘ng, mil. a w . 1150-yillar atrofida Bobilda kassitlar sulolasi hukmronligini tugatdi. Lekin bir oz vaqt o ‘tib, Ninurta-nadin-shumining o ‘g ‘li Navuxodonosor I (mil. avv. 1124-1104-yy) II-Issin sulolasi davrida Ossuriya bilan urush olib boradi. Ammo ossur podshosi Ashshur-resh-ishi I uni m ag‘lub etadi. Navuxodonosor I Elamliklami Bobildan haydab yuborishga erishadi, so‘ngra Elamga shunday zarba berildiki, u haqida uch asr yozma manbalarda m a’lumotlar deyarli keltirilmaydi. Keyinchalik Janubiy Mesopotamiyaning shaharlari oralig‘ida joylashgan oromiy tilida so‘zlashuvchi semitlardan bo‘lgan xaldey qabilalari kuchayadilar. Ular haqidagi dastlabki m a’lumotlar mil. a w . 50 , 878-yilda Ossuriya podshosi Ashshurnazirpal II annallarida tilga olinadi. Xaldeylar yarim ko‘chmanchi chorvadorlik, ziroatkorlik va baiiqchilik bilan shug‘ullanganlar. Mil. a w IX asrda xaldey qabilalari | Bobilning janubiy qismini bosib oldilar va Bobilning yuksak j madaniyatini o'zlashtiradilar. Mahalliy ilohlardan eng mashhuri ' Mardukka sajda qiladilar. Xaldey aristokratiyasi bobilliklar urf J odatlariga asosan hayot kechira boshlaydi. Mil. avv. 851-yilda Ossuriya podshosi Salmanasar III, xaldeylar Bobilini o ‘lpon to‘lashga majbur qiladi. Xaldey knyazlari Bit-Dakuri, ! Bit-Amukani va Bit-Yakinlar ossurlar hukmronligini tan oldilar. ! Ammo Bobil m a’lum bir suverenitetni saqlab qolgan edi. Ossuriya Bobilni mil. a w . 729-yilda bosib olishga muvaffaq bo‘ladi. Mil. a w . 689-yilda (ayrim manbalarda mil. a w . 681-yil) ) Ossuriya podshosi Sinaxxerib, elamliklarga tayangan isyonkor Bobilni butunlay vayron qilib, so‘ngra suvga bostiradi. Mil. avv. 627-yilda Ossuriya podshosi Ashshurbanapal vafotidan so‘ng M esopotamiyada kuchlar muvozanati o ‘zgaradi. Mil. avv. 627- j yil xaldeylar lashkarboshisi Nabopalasar isyon ko‘tarib, Urukni i egallaydi va Nippumi qamal qiladi. Ammo ossurlaming qarshi I hujumidan so‘ng chekinadi. Mil. a w . 626-yilga kelib podsho unvoniga sazovor bo‘ladi. Mil. avv. 614-yil Ossuriyaning qadimiy shahri Ashshumi midiyaliklar vayron qiladilar. Nabopalasar, Midiya podshosi Kiaksar bilan ittifoq tuzadi va Ossuriliklarga qarshi uzoq urush olib boradi. Mil. a w . 612-yili midiyaliklar bilan ittifoqda Nineviya shahrini egallaydilar. Shahar suvga bostirilib butunlay vayron qilinadi, aholisi qisman qirib tashlanib, qolganlari qulga aylantiriladi. Mil. a w . 611- yilda Nabopalasar armiyasi ossurlaming tayanch qal’alaridan biri Xarran yerlarida harbiy harakatlami boshlaydi. Mil. avv. 610-yil ossurlar va ulaming ittifoqchilari bo ‘lgan misrliklar Xarranni tashlab qochadilar. Natijada Bobil va Midiya qo‘shinlari yana bir g‘alabaga erishadi. Mil. a w . 605-yili ossurlar Misr fir’avni Nexo II bilan 1 ittifoqda Karkemish shahri yonidagi jangda bobilliklardan yengiladilar. Shu tariqa Ossuriya davlati tarix sahnasidan o'chib ketadi. Nabopalasardan so‘ng taxtga uning o ‘g ‘li Navuxudonosor II (mil. avv. 605-562-yy) chiqadi. U misrliklami Yaqin Sharqdan siqib chiqaradi, hatto mil. avv. 601-yilda Misr chegaralariga chiqishga ham j muvaffaq bo‘lgan. Ammo misrliklar o ‘z vatanlarini mudofaa qila 51 oldilar. Mil. a w . 597-yili Navuxudonosor II Yahudiyani bosib olib, ulaming podshosi Ioakimni qatl ettiradi. Mil. a w . 591-yildan boshlab misrliklar bilan Yaqin Sharq masalasida qarama-qarshilik bolanadi. Misr fir’avni Psammetix II yaxudiylami Bobilga qarshi isyon ko‘tarishga undaydi. Mil. a w . 586-yilda Quddus (lerusalim) bobilliklar tomonidan vayron qilinadi. Navuxudonosor II davrida Yangi Bobil podsholigining gullab- yashnaydi. Qadimgi Bobil shahrining aholisi 200 mingga yaqinlashadi. Ulug‘vor ibodatxonalar va saroylar bunyod etiladi. Mesopotamiyada irrigatsiya tizimi qayta tiklanadi. Bobil shahri yirik savdo-sotiq m arkazlaridan biriga aylanadi. Mil. a w . 562-yilda podsho Navuxodonosor II vafotidan keyin, Bobil zodagonlar va kohinlaming obro‘yi oshib, mamlakatda ichki nizolar boshlanadi. Zodagonlar podsholar tayinlanishida muhim rol o ‘ynay boshlaydi. Oqibatda Bobil davlatida siyosiy barqarorlikka putur etadi. Mil. a w . 556-yilda kelib chiqishi xaldey b o ‘lmagan yirik zodagon Nabu-balatsu-ikbining o‘g ‘li Nabonid Bobil taxtni egallaydi. U Yangi Bobil podsholigining so‘ngi hukmdori b o id i. Mil. a w . 539- yil oktabr oyida forslar podshosi Kir II tomonidan bosib olinadi va mustaqilligini yo‘qotib, Ahamoniylar davlati tarkibiga kiritiladi. Mil. a w . 331-yilgacha Aleksandr Makedonskiy davlatiga, so‘ngra Salavkiylar davlati tarkibiga kiradi. Download 7.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling