Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   109
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Qadimgi Misrda Yangi podsholik davri ne asr davom etgan?
2. Qaysi fir’avni Kadesh jangida xettlar bilan to‘qnashgan?
3. Exnaton islohatlarining mohiyati nimada?
4. Giksoslar haqida nimalami bilasiz?
Glossariy
Kadesh
Xat-uarit
Jexutimassu
Mut
Giksos
Tot
Kush
Sahro hokimlari yoki II-o‘tish davrida Quyi Misrni 
zabt etgan ko‘chmanchi xalqlar.
Donishmandlik va oy xudosi 
Nubiyaning shimolidagi davlat 
Suriyadagi shahar
Giksoslar poytaxti Avarisning misrcha nomi 
Fir’avn Tutmos I ning misrcha ismi 
Onalik ilohi
37


Mavzu: Qadimgi Mesopatamiya 
Reja:
1. Qadimgi Mesopotamiya sivilizatsiyasining yuzaga kelishi.
2. Shurner shahar davlatlari.
3. Akkad davlatining yuksalishi.
Qadimgi Mesopotamiya sivilizatsiyasining yuzaga kelishi.
Mesopotamiya (qadimda yunoncha “Ikki daryo oralig‘i”) Geografik 
jihatdan janubda Fors qo‘ltig‘i, g‘arbda Arabiston, shimolda Suriya va 
Armaniston hamda Sharqda Zagros tog‘lari bilan chegaralangan. 
Iqlimi sug‘orma dehqonchilikka qulay hisoblanadi. Bu yerda unumdor 
tekisliklar ko‘p bo‘lgan. Shu bilan bir qatorda bog‘dorchilikka ham 
qulay hudud bo‘lganligi tarixdan m a’lum.
Mil. a w VI ming yilliklarda Dajla va Frot daryolarining 
vodiylariga aholi ko‘chib kela boshlaydi. Tell-al-Ubeyd madaniyatini 
yaratgan xalq aynan ushbu davrda, janubiy Mesopotamiyada istiqomat 
qilgan. G ‘arb olimlarni fikricha bu yem ing odamlari (subareylar) 
qadimda protodajla tilida ( yoki “banan tilida”) so‘zlashganlar. TogMi 
hududlarda termachilik, chorvachilik va keyinchalik ziroatchilik 
unsurlari paydo bo‘la boshladi.
Mil. avv VI ming yillik o‘rtalariga kelib, M esopotamiyada 
qadimiy Tel-Xassuna madaniyati taraqqiy etadi. Bu yerdan o‘roqlar, 
tosh 
boltalar, 
tosh 
tegirmonlar, 
keramika 
qoldiqlari 
va 
xonakilashtirilgan hayvonlar suyaklari topib o ‘rganilgan. Shu bilan 
birga sig‘inish tumori hisoblangan ayollar haykalchalari arxeologlar 
tomonidan topilgan. Qabrlarda mayit oldiga sopol idishlarda ovqat 
qo‘yib dafn etish odatini mavjudligi, qadimda Tel-Xassuna aholisi 
orasida diniy tasaw urlar bo‘lganligidan dalolat beradi.
Mil. avv IV ming yillik oxirida Jamdat-Nasr (yoki Uruk III ) 
madaniyati davrida toshdan tashqari mis va bronza mehnat qurollari 
ishlatila boshlandi. Jamdat-Nasr janubiy M esopotamiyaning ilk 
bronza davriga oid manzilgohi hisoblanadi. Dastlab ushbu manzilgoh 
1926- va 1928-yillarda mashhur olimlar Stiven Lengdon hamda Genri 
Fildlar tomonidan o ‘rganilgan(Henry Field, The Field Museum- 
Oxford University Expedition to K ish — Mesopotamia 1923— 1929, 
Anthropology Leaflet 28, Field Museum o f Natural History, 1929). 
1988-1989-yillarda esa Rodjer Metyus (Roger Matthews, Excavations
38


at Jemdet Nasr 1988, Iraq 51, pp 225— 248, 1989) tomonidan qayta 
tadqiq etiladi. Jamdat-Nasr, Qadimgi Shumerda ilk sulolaviy davrga 
o‘tishning so‘ngi bosqichi hisoblanadi.
Mill. a w . Ill ming yillikda Mesopotamiya janubida shumerlar, 
Dajla va Frot (qadimda akkadcha “pu-rat-tu”) daryolarining o ‘rta 
oqimida akkad qabilalari, shimolda asosan xurritlar istiqomat 
qilganlar. 
Mil. 
a w . 
Ill 
ming 
yillikning 
birinchi 
yarmida 
Mesopotamiya janubida mulkiy tabaqalanishni o‘sishi bilan qator 
shahar-davlatlar: Eredu, Ur, Larsa, Uruk, Kish, Nippur, Umma, 
Shuruppak, Adab, Girsu va boshqalar paydo bo‘ladi. Shimolda esa 
yirik shahar-davlatlar Ashshur, Mari, Nineviya, Eshnunna, Tutub, 
Sippar va boshqalar yuzaga keladi. Sug‘orma dehqonchilikka mos 
hududlarda hunarmandchilik yuqori darajada rivojlanadi. Mis va 
bronzadan mehnat qurollarini quyishning yangi usullari o ‘zlashtiriladi. 
Qimmatbaho metallardan chiroyli zargarlik buyumlari ham yasalgan. 
Savdo-sotiqning o ‘sib borishi, uni hunarmandchilikdan ajralib chiqish 
jarayonini 
tezlashtiradi. 
Qadimgi 
Mesopotamiyada 
maxsus 
savdogarlar-tamkarlar tabaqasi paydo bo ‘ladi. Bu esa Shumer shahar- 
davlatlarining o ‘sish tezligini oshiradi.
Frot va Dajlaning janubiy qirg‘oqlaridagi irrigatsiya tizimini 
kengayishi, 
aholi 
orasida 
mulkiy 
tabaqalanishning 
o ‘sib 
borayotganligidan dalolat berar edi. Tez orada yemi sotish va sotib 
olish tushunchasi yuzaga keladi. Qulchilik muriosabatlari paydo 
bo‘lib, rivojlanib bordi. 0 ‘zaro urushlar qulchilikning asosiy omili 
edi. Qadimgi Mesopotamiyada qullardan xo‘jalikda, chorvachilik va 
hunarmadchilikda keng foydalanilgan. Asosan qo‘l mehnati uy 
xo‘jaligida ishlatilganligi manbalarda ta ’kidlanadi.
Qadimgi Shumeming ilk sulolaviy tarixi xronologik jihatdan uch 
davrga (garchi tnunozarali bo ‘lsa-da) bo‘lib o‘rganiladi:
1)I-ilk sulolaviy davr (mil. a w . 2750-2615-yy)
2)II-ilk sulolaviy davr (mil. avv 2615-2500-yy)
3)III-ilk sulolaviy davr (mil. a w 2500-2315-yy)
Yuqorida ta ’kidlanganidek, Shumer sivilizatsiyasiga aloqador 
jam iyatda xo‘jalikning turli xil shakllari o‘sha davr uchun mos 
bo‘lgan qonunlar asosida rivojlanib borgan. Iqtisodiyoti sug‘orma 
dehqonchilikka asoslangan patriarxal jamiyatda, qulchilik tizimini 
qaror topishi uchun barcha sharoitlar mavjud edi. Qadimda shumer 
jamiyatida, yeri bo‘lmagan yoki yeridan mahrum bo‘lgan, boshqa
39


joylardan kelgan, kambag‘al oilalar, ibodatxonalarga qaram b o ig a n
odamlar ham bor edi. Qaram kishilar ibodatxonalarga tegishli yerda va 
alohida xususiy xo‘jaliklarda ishlaganlar. Qadimgi Shumer shahar- 
davlatlarining hukmron qatlami quldorlar bo‘lgan. Ularga urug‘ 
zodagonlari, 
kohinlar, 
davlat 
amaldorlari 
kirgan. 
Ziroatkorlar 
qatlamini unchalik katta bo ‘lmagan yer ulushiga ega oilalar va katta 
patriarxal oilalarga birlashgan jam oachilar tashkil qilganligi tarixdan 
m a’lum. Asosan ziroatkorlik va chorvachilik uchun ajratilgan yer 
egaligi esa ikki qismga bo‘lingan: jam oa va ibodatxonaga tegishli 
mulklardan iborat bo‘lgan.
Qadimgi 
Shumerda, 
shahar-davlatlaming hokimlari 
“ensi” 
ibodatxona 
kohinlaridan 
bo‘lgan. 
Ibodatxonalar, 
shumerliklar 
ilohlarining mulki hisoblangan. Faqatgina kohinlar unga tegishli 
yerlami idora qilganlar. Ayrim yerlari ijaraga berilgan bo‘lsa, qolgani 
qaram kishilarga, ibodatxonadagi xizmatchilar va bu yerga tegishli 
savdogar-hunarmandlarga 
foydalanishi 
uchun 
bo‘lib 
berilgan. 
Ibodatxonalar 
o ‘z 
mulklarini 
himoya 
qilish 
niyatida 
harbiy 
bo‘linmalar ham tuzganlar. Bunday yerlardan tushadigan yirik 
m ablagiar, diniy marosimlar va bayramlami tashkil qilishga, boshqa 
Shumer 
shahar-davlatlari 
bilan 
mahsulot 
ayirboshlashga 
yo‘naltirilgan. Hosilning m a’lum bir qismi zahira qilib olib qo‘yilgan. 
Ibodatxona yerlaridan tushadigan daromad, doimiy hisoblab borilgan.
Yuqorida ta’kidlanganidek shahar ustidan nazorat “En” (janob) 
oliy kohin tomonidan amalga oshirilgan. Uning hokimiyati oqsoqollar 
kengashi yoki xalq yig‘ini bilan cheklangan. Ayrim hollarda shahar- 
davlatning qo‘shiniga ham boshchilik qilgan. Shahar ”Eni”ning asosiy 
vakolati kohinlik, ibodatxona yerlari va m a’muriyatini idora qilish, 
ibodatxona va shaharda yirik qurilishlami tashkil etishdan iborat 
bo‘lgan. Shu bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi uchun irrigatsiya 
tizimini bunyod qilish va shahar iqtisodiyotini tartibga solib 
boshqargan edi. So‘ngra mil a w . Ill ming yillik o'rtalarida “En” 
unvoni o ‘m iga “Ensi” (“kohin-quruvchi” shahar boshqaruvchisi) 
paydo bo‘ladi. Shahar-davlat “ensi”si jam oa va ibodatxona mulklarini 
boshqargan, soliqlar yig‘imini nazorat qilgan. Ayrim hollarda 
ibodatxonalarga tegishli askarlarga boshchilik qilgan.
Bundan tashqari “Lugal”(“ulug‘ odam”, yoki “katta odam”, 
akkadcha “sharru”) lavozimi ham mavjud edi. Dastlab xalq yig‘ini 
tomonidan, Shumer shahar-davlatlarida saylab qo‘yiladigan harbiy
40


sardorlik lavozimi bo ‘lgan. Uni faqatgina favqulodda hollarda 
vaqtinchalik saylab q o ‘yishgan. Keyinchalik “Lugal”lik umrbod, 
so’ngra meros tarzida o ‘ta boshlagan. Aholi orasida tabaqalanishni 
o‘sishi oqibatida shahar-davlatlarida, xalq yig‘ininmg mavqeyi 
sezilarli darajada tusha boshlaydi. Hukmdoming iqtisodiy-siyosiy 
obro‘yi esa o‘sib boradi. Armiya lugallarga xizmat qiladi.

Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling