Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   109
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Qadimgi Misrda 0 ‘rta podsholik necha asr hukmronlik qilgan?
2. Fir’avn Senusert I tashqi siyosati haqida m a’lumot bering?
3.Qaysi M isr.fir’avni Krakadilopol shahrini qurdirdi?
4. Ko‘chmanchi giksoslar etnik jihatdan kimlar edi?
5. Giksos hukumdorlari haqida m a’lumot bering?
6 . 0 ‘rta podsholik davrida Fayum irigatsiyasi haqida m a’lumot 
bering?
Glossariy
Xemuunesut
Qadimgi 
Misrda 
podsho 
xizmatidagi 
alohida
ishchilar sinfi
Shnau
Davlat va ibodatxona yerlarida ishlovchi va oziq-
oqat bilan ta’minlovchi ishchi
Semdet
Qadimgi Misrda biror-bir kasb ustalariga ishlatilgan
umumiy ibora.
Delta
Yunoncha “uch burchak” Nil daryosining quyi qismi
(Quyi Misr)yerlari.
Fayum
Nil vohasidagi ko‘lning nomi
Iti-taui
(Ikkala yerni birlashtiruvchi) 0 ‘rta podsholikning
poytaxtlaridan biri
Finikiya
0 ‘rtayer dengiz(hozirgi Suriya va Livanning qirg‘oq
bo‘yi hududi)
Mavzu: Yangi va So‘nggi podsholik davrida Misr 
Reja:
1. Yangi podsholikni yuzaga kelishi shart-sharoitlari.
2. Misr saltanatining ichki va tashqi siyosati.
3. III-o‘tish davrida Misr va So'nggi podsholik.
4. Qadimgi Misr madaniyati.
26


Yangi podsholikni yuzaga kelishi shart-sharoitlari. Fiva 
fir’avni Kamos(mil. a w . 1554-1549-yy) otasi Taa II Sekenenraning 
siyosatini davom ettirib giksoslar bilan urushni davom ettirdi. 
Kamosga Nil daryosining 
1-pog‘onasidan 
14-nomlikning Kus 
shahrigacha bo‘lgan yerlar bo ‘ysunar edi. Hukmronligining 3-yilida 
Kamos kengash chaqirib, giksoslar va kushliklar bilan hokimiyatni 
boshqa bo‘lishib olmasligini ta ’kidlab o ‘tdi. Uning qo‘shinlari Nil 
daryosiga tushirilgan kemalarda, shimolga giksoslar nazoratidagi 
hududlarga kirib bordilar. Kamos (yoki Kamesu) o ‘zining yirik 
g ‘alabalari haqida mashhur tosh bitigida (1-2 “Kamos stellasi”) 
m a’lumot berilgan. Ammo ko‘p o ‘tmay Kamos halok bo‘ladi va 
Fivada uning xotini Yaxxotep (regent) taxtga keladi. Shunday b o isa - 
da, Giksoslar bilan urush davom etadi. Bir oz vaqt o‘tib (taxminan 8 
yil) hokimiyatga Yaxmos I chiqadi hamda Misr tarixida 18-sulolaga 
asos soladi.
Yaxmos I (asli kelib chiqishi Fiva nomligidan bo‘lmagan) 
giksoslami poytaxti Xat-uarit(Avaris)ni egallashga muvaffaq bo‘ladi 
va M isrdan ulami haydab chiqarib, Finikiyada mamlakat ta’sirini 
qayta tikladi. U hozirgi G ‘azo yaqinidagi Sharuxen q al’asini olti yil 
qamal qiladi va egallaydi. Misrliklar kamonchilar, piyodalar va 
jangovar aravalardan(giksoslardan o‘rganganlar) unumli foydalanib, 
imperiya tuzishga kirishadilar. Yaxmos I davlatni boshqarishda xotini 
Yaxmos-Nefertari bilan birga idora qiladi. Yaxmos-Nefertari turmush 
o‘rtog‘idan keyin o ‘g ‘li Amenxotep I va fir’avn Tutmos I davrida ham 
hayot bo‘lganligi tarixdan m a’lum. Shu tariqa Yangi podsholik (mil. 
avv. 1570-1075-yy) davri boshlanadi.
Arxeologik va yozma m a’lumotlarga ko‘ra, Yaxmos Ining o ‘g‘li 
Amenxotep I (mil. avv. 1525-1504-yy) Osiyoda hech qanday urush 
olib bormadi. U faqat Nubiyani qayta bo‘ysundirib, otasining 
g‘alabalarini mustahkamlaydi. Amenxotep I dan keyingi fir’avn 
Tutmos I (mil. avv. 1504-1492-yy. ) Yaxmos I ning qizi Yaxmesga 
uylangan edi. Tutmos I asli kim bo ‘lganligi borasida hozirga qadar 
olimlar munozarali fikr bildiradilar. Uning otasi haqida m a’lumotlar 
yo‘q, lekin onasini ismi Reniseneb deb ta’kidlangan. Fir’avnnmg 
Misrcha ismi Dxauti-masi yani “Tot xudosidan tug‘ilgan” -degan 
m a’noni bildiradi.
Taxtga keliboq, Tutmos I Nubiyadagi qo ‘zg‘olonni bostiradi, 
isyonchilar sardorini oMdirib, tanasini Nil bo‘ylab suzuvchi kemaga
27


osib qo'yadi. So‘ngra Nilning 3-pog‘onasiga qadar o ‘z kemalarida 
kirib boradi va Dongoia viloyatigacha bo‘lgan yerlami Misrga 
bo‘ysundiradi. Nubiyada bir-necha o ‘nlab qabilalar qulga aylantiriladi. 
Janubdagi g‘alabalaridan so‘ng, Tutmos I Falastin va Suriyaga 
talonchilik yurishlarini uyushtiradi. Misr qo‘shinlari Frot daryosigacha 
chiqib, u yerda Naxarina(Mitanni)liklami m ag‘lub etadilar. Suriya 
knyazliklari katta qarshilik qilmadilar. Misr askarlari o ija la r bilan 
yurtlariga qaytadilar. Tutmos I davrida M isr Yaqin Sharqning eng 
katta davlatlaridan biriga aylandi. Misr M itannidan shimoliy Suriyani 
tortib olib, o ‘z nazorati ostiga oldi. Nubiyada misrliklar Nilning 
uchinchi log‘onasida ilgari mustaqil bo‘lgan Kush davlatining 
poytaxti Kermani egalladilar.
Tutmos I ning vorisi, uning kichik xotinidan bo‘lgan o ‘g ‘li 
Tutmos II (mil. avv. 1492-1479-yy atrofida) bo‘lajak mashhur malika 
Xatshepsutga uylandi. Taxtda uzoq o‘tirmasada, ammo Nubiya va 
Falastindagi qo‘zg‘olonlami bostirishga muvaffaq bo‘ladi. Misr 
qo‘shinlari Nubiyadan isyonchilar sardorining o ‘g‘lini garovga olib 
qaytadilar.
Tutmos II vafot etgach, malika Xatshepsut o ‘z о ‘gay o ‘g ‘li 
Tutmos III ni davlat ishlaridan chetlashtirishga harakat qildi. Vaqt 
o‘tishi bilan malika yodgorliklarda o ‘zini mustaqil fir’avn sifatida 
tasvirlay boshladi. Malika erkak fir’avn kabi o‘z hokimiyatining 
to‘laqonligini ta’kidlash uchun gavda tuzilishini erkakiarga o ‘xshatib, 
soqol qo‘yilgan holda tasvirladi. Malika Xatshepsut fir’avn-jangchi 
unvoniga d a’vo qila olmas edi. Shunga qaramasdan u Puntga 
(Eritreya) katta ekspeditsiya tashkil qildi. Malika davrida Kamakda 
Xed-sed bayrami sharafiga katta ibodatxona va Dayr-al-Bahrda o ‘zi 
va otasi Tutmos I ga atab ibodatxona barpo qiladi. Bu inshootlaming 
yaqinida Xatshepsut davrida oliy kohin, m e’mor Senemutning 
sag'anasi qad ko‘tardi. Senemut fir’avn Xatshepsut davrida uning eng 
yaqin kishisi sifatida davlatni boshqarishda qatnashadi.
Ammo Xatshepsut vafotidan so‘ng Tutmos II ning Isida ismli 
kanizagidan tug'ilgan o ‘g‘li Tutmos III taxtga keladi va o ‘gay 
onasidan qolgan barcha yodgorliklardan uning ismini o ‘chirtirib 
tashlaydi. Ayol fir’avn Xatshepsut davlatni boshqargan boisa-da, 
ammo rasman taxtda Tutmos III o ‘tirar edi. Lekin u 20 yilga yaqin 
qo‘g‘irchoq podsho hisoblangan. Keyinchalik tabiatan lashkarboshilik
28


qobiliyatiga ega bo‘lgan fir’avn qo‘shinni qayta tuzib, 
harbiy
yurishlarga tayorgarlik ko‘radi.
Tutmos III (mil. a w . 1479-1438-yy) istilochilik urushlari olib 
bordi. G ‘ayratli sarkarda Tutmos III Sharqiy 0 ‘rtayer dengizi 
qirg‘og‘ini M isr ta’siri ostiga o‘tishi uchun uzoq harbiy tayyorgarlik 
ko‘rdi. Tutmos III Falastinga ko ‘p sonli qo‘shin tortdi. Megiddo 
shahri yonida Suriya va Falastinning shahar-davlatlari Kadesh shahri 
boshchiligidagi birlashgan qo‘shinlari Tutmos III armiyasi bilan 
uchrashdi. Qonli jan g misrliklar g ‘alabasi bilan tugadi. Dushman 
askarlarining qoldiqlari Megiddo devorlari ortiga berkindilar. Shahar 
yetti oy qamal qilinadi va Kadesh shahri hukmdori o ‘z ittifoqchilari 
bilan birga misrliklarga taslim bo‘ladi. Natijada M isr Suriya va 
Falastinning katta qismini egallab oldi. Mitanni o ‘z qo‘shinlarini Frot 
ortidan chaqirib oldi va Misrga Suriya, Finikiya va Falastin 
hududlarini 
yon berishga majbur bo‘ldi. Misr askarlari Frot
daryosidan 
o ‘tib 
mitanniliklarni 
ta’qib qilganliklari 
haqida
m a’lumotlar keltiriladi. Fir’avn Tutmos П1 ning yurishlari Suriya
knyazliklari (Kadesh va keyinchalik Tunip)ga qarshi qaratilgan edi. 
Sakkizinchi yurish paytida esa Mitanni chegarasini (Frot daryosi) ham 
buzib o'tishga muvaffaq bo‘ladi. Tutmos III um uman hayoti 
davomida o ‘n besh marta harbiy yurish qilib, Frot daryosigacha 
bo‘lgan hududlarni bosib oldi. Frot daryosi bo‘yidagi Karxemish 
shahrini ham egallaydi. Bu esa o ‘z navbatida M isr qo‘shinini Kichik 
Osiyo chegarasigacha chiqishiga olib keladi. Janubda M isr Nilning 
to‘rtinchi ostonalarigacha bo‘lgan yerlami o ‘z tasarrufiga oldi.

Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling