Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Download 7,09 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Glossariy Fir’avn - “Katta uy” Qadimgi Misrda podsholik unvoni Kanbet - Jamoa kengashlari nomini Nubiya
- Gerakleopol va Fiva o ‘rtasidagi raqobat.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Qadimgi Misrda Ilk podsholik davri necha asr davom etgan? 2. Qadimgi M isr tarixida qaysi fir’avn 1-sulolaga asos solgan? 3. Qadimgi M isr irigatsiyasining mohiyati nimada? 4. Fayum madaniyati haqida nimalami bilasiz? Glossariy Fir’avn - “Katta uy” Qadimgi Misrda podsholik unvoni Kanbet - Jamoa kengashlari nomini Nubiya - Misming janubidagi hudud, hozirgi Sudan shimoliga to‘g‘ri keladi Ra - Quyosh xudosi Ta-kemet- Misming qadimiy nomi Nomarx - Qadimgi Misrda viloyat hokimi (knyaz) Mut - Onalik ilohi 20 Mavzu: 0 ‘rta podsholik davrida Misr Reja: 1. Gerakleopol va Fiva o ‘rtasidagi raqobat. 2. 0 ‘rta podsholik davrida M isming ichki va tashqi siyosati. 3. 0 ‘rta podsholikning inqirozi sabablari. Gerakleopol va Fiva o ‘rtasidagi raqobat. Birinchi o ‘tish davrida (mil. avv. 2250-2055-yy)M isr ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy inqiroz iskanjasida edi. M amlakat siyosiy anarxiya natijasida parchalanib, har bir nomarx o ‘z yerida hukmronlik qilar va Geraklepoldagi markaziy hokimiyatni deyarli tan olmas edi. Mil. avv. XXII asr Gerakleopol va Fiva nomliklari o‘rtasida doimiy raqobat va kurash davri sifatida tarixda qolgan. Yuqori M isming qudratli nomlaridan biri Ineotef Kattaning o ‘g ‘li Mentuxotep I (mil. a w . 2133- 2 1 17-yy) Fivada 11-sulolaga asos soladi. Garchand u fir’avn unvonini qabul qilmagan bo‘lsa-da, Fiva nomligining Yuqori Misrda gegemonligiga yo‘l ochdi. Gerakleopol hukmdorlari Quyi Misrga ham ta’sir o ‘tkazib, mamlakat shimolini tashqi dushmandan muhofaza qila oldilar. Ammo, Fivani bo‘sundira olmadilar. Chunk!, “Turin papirusi” m a’lumotlariga ko‘ra podsholar ro‘yxati ichida Gerakleopol hukmdorlari bilan bir qatorda Fiva nomarxlarining ham ismlari keltiriladi. Ichki urushlar Fiva nomarxi Nextnebtepnefer Intef III (mil. a w . 2063-2055-yy)ning vorisi Nebxepetra Mentuxotep II (mil. avv. 2055- 2004-yy) va Gerakleopol hukmdori Merikara o ‘rtasida kurash bilan tarixda qolgan. Hukmronligining 39 yili Mentuxotep II Yuqori va Quyi Mismi birlashtirishga muvaffaq bo‘ladi. M isr yana yagona davlatga aylandi. U Deyr-Al-Baxridagi ibodatxonada dafn etilgan. Fir’avn Mentuxotep III o ‘z otasining siyosatini davom ettirdi, Amon va Montu(Fiva shahri ilohi) xudolariga atab ibodatxonalar bunyod qiladi. Mil. a w . 1992-yil fir’avn Mentuxotep П1 vafot etadi va orada yetti yil Mentuxotep IV (hukmron sulolaga umuman aloqasi yo‘q kishi) mamlakatni boshqaradi. Mentuxotep III ning saroyida chati (vazir) lavozimida ishlagan Amenemxet I ham podsho naslidan emas edi. Shunday bo‘lsa-da fir’avn vafotidan so‘ng aynan u podsholik taxtiga chiqdi. Amenemxet I (taxminan mil. avv. 1976-1956-yy) fir’avn bo‘lgach, 12-sulolaga 21 asos soladi. Afsonaviy Narmerga ixlos qilib, poytaxtni Memfisdan taxminan 20 mil (30-32 km) janubda joylashgan Iti-Taui (Ikkala yemi birlashtiruvchi) shahriga ko‘chiradi. Yangi poytaxt Yuqori va Quyi Mismi muvozanatda ushlagan holda boshqarish uchun tanlangan edi. Amenemxet I xattotlariga o ‘zi haqida bashorat (Neferti bashorati) shaklidagi afsona yozishni ham buyurdi. Shuningdek, qo‘shinlami Nil deltasiga yuborib, qal’a va mudofaa devorlarini (hukmdor devori) qurdirdi. Osiyolik ko‘chmanchilarning Misrga kirib kelish to‘lqini nazoratga olindi. Iti-Taui shahri yaqinida o‘zi uchun kichik ehrom ham bunyod ettirdi. Afsuski, Amenemxet I fitna natijasida o‘z soqchilari tomonidan o ‘ldiriladi. Bu hodisa haqida keyinchalik uning o‘g‘li Senusert I yozma m a’lumot qoldirgan. Senusert I (mil. avv. 1956-1911 -yy) hokimiyatga kelishdan oldin otasining buyrug‘i bilan Nubiya va Liviyaga harbiy yurishlar qiladi va katta o ‘ljalar olib kelgan. Fir’avn Amenemxet I o'ldirilgan paytda, shahzoda Liviyada harbiy yurishda bo‘lgan. Poytaxtga qaytgach, otasining qotillarini jazolaydi va taxtni qo‘lga kiritadi. So‘ngra saroyda unvonlar tizimini tartibga soladi. Mamlakat iqtisodiyotini tiklaydi hamda Fayum vohasini o‘zlashtirishni kengaytirgan. Uning davrida vazirlik(chati) lavozimlarida Antefoker, Sobekxotep va Mentuxotep kabi amaldorlar faoliyat ko‘rsatishgan. Tashqi siyosatda Senusert I ko‘proq e ’tibomi qo‘shni Nubiyani zabt etishga qaratadi. Uning harbiy unvonlari orasida “Iuntiuni mahv etuvchi” va “Nubiyaliklar chegarasiga chiquvchi” kabilar e ’tiborga molik. G ‘arb olimlarining fikricha, “Iuntiu” atamasi o ‘sha vaqtda aynan Nubiya qabilalariga nisbatan ishlatilgan. Nubiyaga uyushtirilgan yurishlar dastlab talonchilik uchun qilingan bo‘lsa, keyinchalik bosib olish xususiyatini o'zida aks ettirdi. Mil. avv. 1929-yilda fir’avn Senusert I Nubiyaga yana bir katta harbiy yurishni amalga oshiradi. Bu safar misrliklar Nil daryosining 2- pog‘onasidan o ‘tib, Kush mamlakatiga kirib keladilar. Ammo Senusert I ning asosiy maqsadi Nubiyaning harbiy salohiyatini o'rganib chiqish edi. Misrliklar Finikiyaning Bibl va Ugarit shaharlari bilan savdo aloqalarini o'm atishga muvaffaq bo‘ldilar. Nil daryosi Nubiya bilan savdo vositasiga aylandi. Shu bilan bir qatorda Egey dengizi orollari xalqlari bilan ham savdo iqtisodiy aloqalar o ‘matildi. 22 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling