Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   109
Shumer shahar davlatlari. Qadimgi Shumer shahar-davlatlari 
daryo bo‘yidagi unchalik katta bo‘lmagan irrigatsion hududlarda 
joylashgan edi. Uning atrofida shaharga tegishli qishloqlar bo‘lgan. 
Shahar-davlatlar bir-biridan uzoq joylashmagan bo‘lib, ular orasida 
doimiy savdo va madaniy aloqalar mavjud edi. G ‘arb olimlarining 
fikricha qadimgi Shumerning eng qadimgi shahri Eredu hisoblangan.
Shunday bo ‘lsa-da “buyuk to‘fondan keyin’’ Kish shahri 
Shumerda gegemonlikni qo‘lga kiritadi. Ikki daryo oralig‘ida 
Kishning ilk podshosi sifatida afsonaviy Gaur ismli shaxs tilga 
olinadi. So‘ngra taxtga Gulla-Nidaba-Annapad kelishi manbalarda 
ta’kidlanadi. U lam ing hukmronligi davri borasida hozirga qadar 
olimlar 
orasida 
munozarali 
fikrlar 
mavjud. 
Ayniqsa 
I-Kish 
sulolasining o ‘n uchinchi podshosi Etana davrida Kish shahri 
yuksaladi. Shumerda siyosiy barqarorlik yuzaga keladi. Rivoyatlarga 
ko‘ra hukmdor Etana, xudolar oldiga “tug‘ilish maysasi”ni olish va 
merosxo‘r voris tilab osmonga ko‘tarilganligi ta’kidlanadi. Qadimgi 
Mesopotamiyada “Kish lugali” unvoni uzoq vaqt katta obro'ga ega 
bo‘lgan. Keyinchalik bu maqom, Shumer shahar-davlatlarida taxtga 
da’vogar podshoning hokimiyatni qonuniylashtirish timsoliga aylanib 
qolgan.
Kishning zaiflashuvi Urukning yuksalishi bilan boshlangan. Mil. 
a w . 2675- yillar atrofida Kish shahrini lugali Aggi (yoki Agga) Uruk 
shahrining eni Gilgameshga urukliklar bilan irrigatsiya ishlarida 
qatnashishni talab qiladi. Gilgamesh esa, Kish lugaliga rad javobini 
beradi. Shundan so‘ng Aggi Urukni o‘z qo‘shini bilan qamal qiladi. 
Ammo tez orada m agiubiyatga uchraydi. Gilgamesh Kish ustidan 
g‘alabaga erishadi. So‘ngra Shumer yerlarini birlashtiradi va uning 
shaxsi ilohiylashtiriladi. Urukning I-sulolasi vakillari Umungal, 
Utulkalama, Labashum, Ennuntaraxana (hukmronlik yillari hozirga 
qadar munozarali) va boshqa podsholar davrida Uruk, Shumerda 
gegemonlikni saqlab turdi.
41


Keyinchalik 
U r 
shahar-davlati 
Janubiy 
Mesopotamiyada 
ustunlikni q o ig a kiritdi va Um ing I- sulolasi podsholari gegemonligi 
boshlanadi. Mil. avv. 2563-yili U r shahrida taxtga lugal Mesanepada 
chiqadi. U “Kish lugali” unvoniga ham ega b o ‘lib, butun Shumerda 
o‘z hokimiyatini o‘m atdi. U r shahar-davlati o ‘z rivojlanishining 
yuqori cho'qqisiga yetadi. Bu yerda lugallar uchun hashamatli binolar 
quriladi. Keyinchalik siyosiy qarama-qarshiliklar kuchayishi natijasida 
Ur shahar-davlati zaiflashib, Lagash shahri ustunlikka erishadi.
Lagashning Shumerda gegemonlik uchun kurashida, asosiy 
dushmani Umma shahri edi. Mil. a w 2450-yil Eanatum, Lagash 
shahrining lugali unvoniga sazovor bo‘ladi. So‘ngra Umma shahar- 
davlati eni Ushni jangda yengadi. Ummaliklar, Lagashda ehtiromli 
hisoblangan Ningisu va Nanshe (baliqchilik ilohasi) xudolari 
ibodatxonasi foydasiga, bug‘doy bilan o ‘lpon to ‘laydigan bo‘ldilar. U 
deyarli barcha Shumer shaharlarini (Nippurdan tashqari) bo‘ysundirib, 
mamlakatni elamliklar bosqinidan asrab qoladi. Vaqt o ‘tib Lagash 
podsholari Enannatum I, Entemena, Enannatum II, Enentarzi, 
Lugalanda va boshqalar davrida Lagash shahar-davlati Shumerda 
ustunlikni saqlab turadi. Mil. a w 2319-yilda Lagashda Urukagina 
(yoki Uruinimgina) hokimiyatga keladi.
Yangi hukmdor ijtimoiy qarama-qarshilikni bartaraf etish uchun 
islohotlar 
yo‘lini 
tanlaydi. 
Ibodatxonalarning 
oliy 
kohinlari 
soliqlardan ozod qilinadi. Lugal Urukagina (mashhur tarixchi I. M. 
Dyakonovning fikricha) zodagonlar va kohinlar tabaqasi vakili 
sifatida, davlat amaldorlarining ibodatxona yerlarini nazorat qilishiga 
qarshi kurashadi. Ibodatxonalarning qaram kishilarga natural mahsulot 
to‘lovi miqdori oshirilib, ularning huquqlari kafolatlanadi. Soliqlar 
tartibga solinib, bevalar va yetimlar davlat himoyasiga olindi. Soliq 
yig‘uvchilar va mansabdor shaxslar sonini kamaytiradi. Jamoalarning 
o‘z-o‘zini boshqarish tizimi tiklandi. Lekin ichki nizolar Lagashni 
kuchsizlantiradi.
Bu orada podsho Lugalzagesi (mil. 
a w . 2336-2311 -yy) 
boshchiligida Umma va Uruk shahar-davlatlari birlashadi. So‘ngra 
Lugalzagesi Lagashni bosib olib, Shumerda uzoq vaqt gegemonlik 
qildi. Umma shahar-davlati nazoratidagi hudud 0 ‘rtayer dengizidan 
Fors qo‘ltig‘iga qadar kengaydi.

Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling