Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   109
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Qadimgi Mesopotamiyada ilk sivilizatsiya manzilgohlari 
haqida m a’lumot bering?
2. Akkad davlati xo‘jaligi haqida nimalami bilasiz?
3. Shumer-Akkad davlati ichki va tashqi siyosatining o‘ziga xos 
xususiyati nimada?
4. Ko‘chmanchi lulubeylar etnik jihatdan kimlar edi?
5. Aramey hukumdorlari haqida m a’lumot bering?
6. K o‘chmanchi gutiylar asli kimlar edi?
Glossariy
En
Lugai
Sharrum
Gutiylar
Mesopotamiyada shaxar davlat hokimi 
Shumer shahar davlatlaridagi harbiy unvon 
Akkadda “Ulug‘ odam” podsho 
Shumemi bosib olgan ko‘chmanchi qabilalar
47


Mifat
Lulubey
Mesopotamiyadagi neolit davriga oid manzilgoh 
Zagros tog‘Iaridan kirib kelgan ko‘chmanchi 
halqlar
Shumerdagi ilk yozma (mixxat)qonunlardan 
biri
Shulgi
qonunlari
Mavzu: Bobil podsholigi
Reja:
1. Amoriy qabilalarining Mesopotamiyagi kirib kelishi
2. Xamurappi boshchiligida Bobil podsholigining yuksalishi
3. Yangi Bobil podsholigi
4. Mesopotamiya madaniyati
Amoriy qabilalarining Mesopotamiyaga kirib kelishi. Mil. 
a w . II ming yillik boshlarida Mesopotamiyadagi ijtimoiy-iqtisodiy va 
siyosiy inqiroz, amoriy qabilalarini shimoldan jadal kirib kelishi 
uchun sharoit yaratdi. Mil. avv. XVIII asrlar boshida Mesopotamiyani 
Larsa, Bobil, Eshnunna, Ashshur, Mari, Issin shahar-davlatlari o ‘zaro 
bo‘iib olgan edilar. Ulaming aksariyatida amoriy qabilalaridan 
chiqqan podsholar hukmronlik qilar edi. Mil. avv. 1895-yilda 
amoriylaming yaxrurum qabilasi sardori Sumuabum (mil. avv. 1895- 
1881-yy), Bobil taxtini qo‘lga kiritadi va I-Bobil sulolasiga asos 
soladi. Uning davrida Bobil mudofaa devorlari bilan o ‘rab olinadi. 
Shahar aholisi ehtiyoji uchun kanallar qaziladi. Kish shahri bilan 
do‘stona munosabatlar o ‘matiladi. Sumuabumdan keyin uning jiyani 
Sumulael (mil. avv. 1881-1845-yy) Bobil taxtiga chiqadi. Bobil o ‘sha 
zamonda hali uncha yirik shahar davlat bo‘lmaganligi manbalarda 
keltiriladi. U janubiy Mesopotamiyadagi Marada va Kazallu shahri 
hokimi 
Alumbiumu 
bilan 
urushlar 
olib 
boradi. 
Ammo 
muvaffaqiyatsizlikka uchragach, himoyalanish uchun, u ham Bobilni 
mudofaa devorlari bilan o‘rashga majbur bo‘ladi. Mil. avv. 1869 yilda 
Bobil podsholigi Kish shahrini bosib oladi. So‘ngra Sippar va Uruk 
shahar-davlatlari bilan ittifoq tuziladi. Hukmronligining so‘ngida 
Sumulael, 
Larsaliklardan 
m ag‘lub 
bo‘ladi. 
Bobil 
davlati 
Mesopotamiyada gegemon bo‘lishga intilishni vaqtincha qo ‘ldan 
chiqaradi.
48


Podsho Sumulaelning o ‘g ‘li Sabium (mil. avv. 1845-1831-yy) 
davrida Bobil, Yuqori Mesopotamiyani eng kuchli shahar-davlatlari 
Issin va Larsadan qolishmaydigan harbiy kuchga ega bo‘ladi. Shu 
bilan birga Bobilda, Marduk ilohi uchun E-sagilu (“Baland uy”) 
ibodatxonasini qurdiradi. Keyinchalik Bobil podsholari Apil-Sin (mil. 
avv. 1831-1813-yy) va Sinmuballit (mil. avv. 1813-1792-yy)lar Bobil 
hududlarini kengaytiradilar. Mesopotamiyada gegemonlik uchun 
kurashda yirik nomzodlardan biriga aylanadi. Sinmuballit Bobil 
podsholaridan birinchi bo‘lib janubga yurish uyushtiradi. Bobilliklar 
Uruk, Isin, Rapikum shaharlari va sutiy qabilalari bilan ittifoqda Larsa 
podshosi Rimsinga (mil. a w . 1822-1763-yy)qarshi chiqadilar. Ammo 
mil. avv. 1810-yilda Rimsin ushbu kaolitsiyani tor-mor keltiradi. 
Bobil podsholigi Rimsinga b o ‘ysunishga majbur bo'ladi. Natijada 
Larsaning siyosiy mavqeyi oshib ketadi.

Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling