Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Akkad davlatining yuksalishi
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
Akkad davlatining yuksalishi. Sargon I (mill. avv. 2316-2261
yy) o'zini Akkada “Sharrum-ken” (asl podsho) deb e ’lon qiladi. 42 Podsho bo‘lguniga qadar oddiy suv tashuvchining tutingan o ‘g ‘li (asl otasi haqida m a’lumot yo‘q), o ‘zi esa bog‘bon bo‘lgan edi. So‘ngra Kish lugali Ur-Zababaning xizmatkori (sharob quyuvchisi) bo‘{gan. Lugalzagessi Kishni egallagach shimolroqda Akkadi shahriga ketadi va kichik shahar-davlatni qudratini oshiradi. Tarixda birinchi m arta Sargon I taxminan 5400 askardan iborat yahshi quroliangan muntazam qo‘shin tuzadi. Askarlari podsho hisobidan ta ’minlanar edi. U Shummer shimolidagi Akkad davlatiga asos soldi. Umma hokimi Lugalzagisi u bilan uzoq urush olib bordi. Ammo Sargon I kuchli qo‘shin bilan Shumer shaharlarini birin-ketin istilo qiladi. Lugalzagisi esa qatl etiladi va Uruk m udofaa devorlari buziladi. Keyinchalik podsho Sargon I shaxsi afsonalarda ilohiylashtirish darajasiga ulug‘langan edi. Yangi hukmdor “Kish lugali” maqomiga ham sazovor bo ‘ldi. Sargon I podsholigi davrida butun Mesopotamiyani o‘z davlati qo‘l ostiga birlashtiradi. Bundan tashqari, u Kichik Osiyo, Kipr, Suriya, Elam va hatto uzoq Janubiy Erongacha harbiy yurishlar qildi. Akkad qadimgi dunyoning eng kuchli davlatlaridan biriga aylanadi. Sargon I davlati Mesopotamiyadagi shahar-davlatlardan farq qilgan holda markazlashgan hududiy davlat edi. Sargon I va uning vorislari davrida mamlakatda iqtisodiyot, savdo-sotiq, sun’iy sug‘orishga asoslangan ziroatchilik rivojlanadi. Uning yakka hokimlikka (yoki tiraniyaga) asoslangan hokimiyati zodagonlar va oqsoqollar kengashining qarshiligiga olib keldi. U o ‘z hokimiyatini kuchaytirish uchun xizmatidagi zodagonlar, amaldorlar va ayrim hollarda kohinlarga tayanib ish ko ‘rdi. Sargon I, Akkadi shahri homiy xudosi Aba va Kish shahri ilohi Zababalami ulug‘ladi. Shu bilan birga Nippurdagi Shumeming umumiy xudosi Enlilga ham xurmat bajo keltirdi. Ayrim shaharlaming hokimlarini o‘zi tayinlar edi. Sargon I tashkil etilgan muntazam qo ‘shinga g ‘amxo‘rlik qiladi. Jangchilarga harbiy xizmatiga yer ajratib beradi. Podsho Sargon I tashkil qilgan davlatda hokimiyat to ‘la monarxga tegishli bo‘lib, keyin uning merosxo‘rlariga o ‘tishi kerak edi. Shumer shahar-davlatlarining hududi Sargon I davlatining viloyatlari bo‘lib qoldi. Ulaming tepasida turgan ensi yoki lugal podsho noiblari hisoblanar edi. Ibodatxona xo‘jaligi va mulklari esa, podsho davlat xo ‘jaligining bir qismi edi. Sargonning qo‘lida katta miqdorda iqtisodiy kuch to ‘planib, uning yordamida ichki isyonlar va 43 faol tashqi siyosat yuritish uchun harbiy qismlami saqlab turish mumkin bo‘ldi. Podsholar markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun merosiy «ensi»lami o‘z o ‘g ‘illari bilan almashtirdilar. Merosiy hokimlar oddiy amaldorlar darajasiga tushirildi. Podsho ichki siyosatda kohinlarga suyandi. Kohinlarga ko'plab imtiyozlar berildi. Podsho va uning o‘g‘illari ibodatxona kohinlari lavozimini bajarganlar. Sargon davrida yangi kanallar qurildi. Sug‘orish inshootlari umumdavlat miqyosida rivojlantirildi. Yagona o ic h o v va og‘irlik o ‘lchov birliklari joriy qilindi. Akkad Hindiston va Sharqiy Arabiston bilan savdo aloqalarini o‘matdi. Sargon I hukmronligining so‘nggi yillarida mamlakatda boshlangan ochlik katta g‘alayonlarga olib keldi. Podsho Sargon I ning vorisi Rimush (mil. a w 2261-2252-yy) hokimiyatga keladi. Hukmronligining dastlabki yillarida otasidan meros bo‘lib qolgan deyarli barcha davlatlar unga qarshi isyon ko‘taradi. Qo‘zg‘olonning boshida U r hokimi Kaku turadi. Shu bilan birga Umma shahri ham isyonchi Kaku tomoniga o‘tib ketadi. Ammo Rimush ularga qarshi qo‘shin tortib boradi va jangda g ‘alaba qozonadi. Minglab qo‘zg‘olonchilar asir olinadi. So‘ngra podsho Rimush Fors qo‘ltig‘iga harbiy yurishni amalga oshiradi. U yerda ham isyonlar bostiriladi. Q o‘zg‘olonlarga chek qo‘yish y o iid ag i Rimushning keyingi yurishlarida, isyonchi shaharlar Umma va Deming 13 mingga yaqin aholisini qirib tashladi. Rimush ichki siyosatda kohinlarga tayanishga harakat qilib, ularga ko‘p hadyalar qildi. Elamga bir-necha talonchilik yurishlami amalga oshiradi. Ammo Rimush o ‘z yaqinlarining fitnasi(podsho oldiga qurol bilan kirib boim asligi tufayli uni zodagonlar, tosh muhrlari bilan urib o‘ldirganlar) qurboni bo‘ldi. Uning ukasi yangi podsho Manishtusu (mil. a w . 2252-2237-yy) bir nechta isyon va qo‘zg‘olonlami bostirishga majbur bo‘ladi. U Elamga ikki marta bostirib kirdi va u yemi talon-taroj qiladi. Fors qo‘ltig‘ining Sharqiy qirg‘og‘i tomon dengiz orqali yurish ham uyushtiradi. U podsho hokimiyatini mustahkamlash uchun jamoa yerlarini sotib olib ola boshlaydi, natijada davlat hisobidagi yerlarini kengaytira oldi. Podsho Manishtushu ham yangi saroy fitnasi natijasida o ‘ldiriladi. Taxtga uning o‘g ii, Sargon I ning nabirasi Naram-Suen (mil. a w . 2237-2200 yy) o‘tirdi. Hukmronligining dastlabki yillarida quyi 44 M esopotamiyaga qo ‘zg‘olonlami bostirish uchun yurish qilishga majbur bo‘ladi. Naram-Suen ham podsho hokimiyatini mustahkamlash uchun isyonchi shaharlar, ayirmachi “ensi”lari, urug‘ zodagonlariga qarshi muntazam kurash olib boradi. Akkadning yuksalishidan norozi bo'lgan janubdagi shahar-davlatlar qo‘zg‘olon ko‘taradi. Shunday bo‘lsa-da isyonlar shavqatsizlik va katta qiyinchilik bilan botiriladi. Podsho Naram-Suen davrida Akkadning yuksalishi kuzatildi. Mesopotamiya shaharlari to ‘la Sargon I sulolasi hukmi ostiga o ‘tgach, Naram-Suen o ‘zini “Akkadning qudratli xudosi” deb ulug‘lab, o ‘zini toshga o'yib yozilgan tasvirlarida(hozirda “Naram-Suen g'alaba stellasi” Parijning Luvr muzeyida) ilohiylik ramzi bo‘lgan shohli bosh kiyim bilan tasvirladi. Aholi unga iloh sifatida sajda qilishi kerak bo‘lgan. Uni yana “to‘rt iqlim podshosi” va ’’Olam podshosi”-deb ham yuksaklarga ko‘tarishgan. Shunday bo‘lsa-da Akkad davlati, Elamni butunlay o ‘z nazoratida tutib tura olmadi. Naram-Suen hukmronligini so‘nngi yillarida Zagros tog‘lari tomonidan, Akkad yerlariga ko'chmanchi gutiy qabilalalarining dastlabki to‘lqini kirib keladi. Naram-Suendan so‘ng taxtga Sharkalisharri (mil. avv. 2200-2176- yy) o ‘tirdi. Uning davrida M esopotamiyaga g ‘arbdan, kelib chiqishi semitlardan bo‘lgan amoriylar va shimoli-Sharqdan esa gutiylar xavf sola boshladi. Shu tariqa Akkad saltanati oxirgi marta yuksaladi va mamlakat chegaralari o ‘sishiga olib keldi. Ammo bu hududlami nazorat qilish muammo edi. So‘ngra doimiy bosqinchilik yurishlari va ichki nizolar, mamlakat iqtisodiyotini inqiroz yoqasiga olib keldi. Akkad davlati kuchsizlanadi va tashqi dushmanga qarshilik qila olmay qoladi. Keyinchalik Mesopotamiyadagi Akkad davlati qudratiga Zagros tog‘laridan bostirib kirgan tog ‘li qabilalardan bo‘lgan gutiylar chek qo ‘yadi. Mamlakat gutiylar tomonidan talon-taroj qilindi. Shumer shahar-davlatlari aristokratiyasi ularga o‘lpon to‘ladilar. Lagash hokimlari gutiylar yordamiga tayanib, boshqa shaharlar ustidan ma’lum darajada hukmronlik qildilar. Janubiy M esopotamiyada Lagashning zo‘ravonligi boshqa shahar-davlatlaming noroziligiga uchradi va gutiylardan ozod bo‘lish vaqtida qo‘shni shahar-davlatlar tomonidan Lagash vayron qilindi. Gutiylar davrida Lagash hokimi bo‘lgan Gudea (mil. avv. 2137- 2117-yy) o'zining yozuvlari va haykallari bilan m a’lum. Uning 4S davrida Ningirsu xudosi ibodatxonasi atrofida yagona ibodatxona xo‘jaligi tashkil etilgan edi. Gudea bu xudo uchun olinadigan maxsus soliq joriy qildi va qurilish majburiyatini kiritdi. Podsho Gudea, Hind daryosi havzasi viloyatlari bilan savdo qildi va elamliklar bilan urush olib bordi. Gutiylar Mesopotamiyada taxminan yuz yilga yaqin hukmronlik qilganlar. Mil. avv. 2109-yilda gutiylar Ur podshosi Utuxengal tomonidan tor-mor qilinadi. Gutiylar hukmdori Tirikan m ag‘lub etilganidan so‘ng, M esopotamiya Utuxengal boshchiligida birlashtiriladi. Shu bilan birga u “to‘rt iqlim podshosi” unvonini ham qabul qiladi. Shumer va Akkad yerlari yana birlashtiriladi. Ammo Utuxengal irrigatsiya ishlarini nazorat qilayotganda baxtsiz hodisa tufayli vafot etadi. So'ngra Utuxengalning tarafdori Ur-Nammu (mil. avv. 2112-2094-yy) taxtga chiqadi va III-Ur sulolasi hukmronligi boshlanadi. Ur poytaxtga aylanadi hamda gutiylar davrida vayron qilingan mudofaa devorlari qayta tiklanadi. Ur-Nammu islohatlar o ‘tkazib, 57 ta moddadan iborat qonunlami tuzadi. Ur shahrida ulkan zikkurat qurishni boshlaydi, lekin bitkazishga ulgurmaydi. Keyinchalik gutiylar bilan jangda halok boMadi. Uning o ‘g ‘li Shulgi (mil. avv. 2094-2046-yy) davrida balandligi 10 metrga teng Urdagi zikkurat qurulishi bitkazilib, yangi qonunlar kiritidi. Hunarmandchilik bilan shug‘ullanadigan podsho ustaxonalari ishi yo‘lga qo‘yildi. Iqtisodiyotda davlatning o ‘mi oshadi. Yirik chorvachilik va dehqonchilik x o ‘jaliklari tashkil qilindi. M esopotamiyada ishdan chiqqan sun’iy irrigatsiya tizimi to‘liq qayta tiklanib, yangi to ‘g ‘on va kanallar quriladi. Mamlakatdagi asosiy yer zahirasi podshoniki hisoblangan. Armiyada ham islohatlar o ‘tkazishga muvaffaq bo‘ladi. Shulgi ibodatxonalar va davlat xo ‘jaliklariga tegishli yerlami markazlashtiradi. So‘ngra ular ustidan davlat nazoratini o ‘matadi. Podsho Shulgi davrida Shumerda cho‘ri ayollaming xo‘jalikdagi mehnatidan unumli foydalanishgan. Ulami “Ngem e” deb atashgan bo‘lsa, qullardan farq qilmaydigan “gum shi” kabi aholi qatiami ham mavjud edi. Podsho Shulgi, jam oa yerlarida ishlaydigan aholini qashshoqlashuv jarayonini sekinlashtirish uchun bunday yerlami sotish va sotib olishni bekor qiladi. Ammo oddiy xalqning yersiz qolishi kuchayib boradi. Kambag‘al aholini o ‘z bolalarini qul qilib sotishi, qarz uchun bir oz vaqt o ‘z ozodligini y o ‘qotib qulga aylanishi kabi holatlar ko‘p uchraydigan bo‘lib qoladi. M amlakatda qullar soni 46 oshib boradi. Ijtimoiy tabaqalanish kuchayib ketadi. Tashqi siyosatda Shulgi, Elamning katta qismini bosib, u yerga shumerliklami noib qilib tayinlaydi. Shimolda Ashshur shahrini o'ziga bo‘ysundiradi. Lulubey qabilalari bilan ham urush olib boradi. Shu payt Mesopotamiyaga g‘arbdan somiy tilli “amorey ” qabilalari kirib kela boshlaydi. Ular shimolda Frot daryosi bo‘yidagi Mari shahrini bosib oladilar. Mil. avv. 2046-yilda podsho Shulgining vafotidan so‘ng, taxtga uning o ‘g‘li Amar-Suen (yoki Amar-Sin) keladi. Mamlakat armiyasiga elamliklar va amoreylardan iborat yollanma askarlar olina boshlaydi. 0 ‘ziga qaram shaharlardagi isyonlami bostiradi. Ammo keyingi podsho Shu-Suen davrida amoreylar hujumi kuchayadi va podsho o ‘z shaharlarini himoya qilish uchun ulami mudofaa devorlari bilan o‘ray boshlaydi. IH-Ur sulolasining so‘ngi vakili Ibbi-Suen mamlakatni ko‘chmanchi amoreylardan va elamliklardan mudofaa qila olmaydi. Natijada mil. avv. 2004-yilda Ur, Elam qo‘shini tomonidan egallanib, talon-taroj qilinadi va Ш-Ur sulolasi tugatiladi. Oradan 6 yil o‘tib, elamliklar Ur shahridan qo‘shinlarini olib chiqib ketadi. Ichki nizolar va tashqi hujumlardan kuchsizlangan Mesopotamiyada hukmronlik I-Issin sulolasi q o iig a o ‘tadi. Download 7.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling