Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   109
Qadimgi Misr madaniyati. Mil. a w . IV Qadimgi Misr aholisi 
Nil qirg‘olarini o ‘zlashtirish paytida qaysi tilda so‘zlashganliklari 
hozirga qadar olimlar orasida munozarali fikrlarga sababchi 
bo‘lmoqda. G ‘arb mutaxasislarini fikricha qadimgi misrliklaming ilk
34


so'zlashgan tillari afro-osiyo tiliga (yoki chad xalqlari tiliga) yaqinligi 
ta ’kidlanib o ‘tadi. Keyinchalik boshqa etnoslaming M isrga kirib 
kelishi natijasida mahalliy til yanada boyib va sayqallanib b o ’lgan. Ilk 
podsholik davriga qadar misrliklar ieroglif yozuvini ixtiro qilganlar. 
Har doimgidek ilk ieroglif yozuvlar diniy timsol va mulkiy 
tabaqalanishni belgilovchi omil bo‘lib xizmat qilgan. Har bir ieroglif 
m a’lum bir so‘z yoki m a’noni anglatar edi. lerogliflar soni masalasida 
hozirga qadar taniqli olimlar munozarali fikrlar bildirmoqdalar, lekin 
doimiy ishlatiladigan yozuvlar va belgilaming soni 750 taga yaqinligi 
ta ’kidlanadi. Qadimgi M isrda maktablar (mirzolar maktabi) bo'lib, u 
yerda tarbiyaviy va ta’lim intizomiga katta e ’tibor berilgan. Tartibni 
buzgan, yalqov o‘quvchilar hatto tan jazosi bilan ham jazolanar edi. 
M aktablarda o ‘quvchilar asosan ierogliflami sopol sathiga va 
papirusga yozib o ‘rganishgan. M isrda o ‘rta va oliy maktablar bo‘lib, 
bunday ta ’lim maskanlarida fir’avnlar, zodagonlar, kohinlar va 
moliyaviy imkoniyati bor barcha kishilaming farzandlari tahsil 
olganlar. Ilk bor qadimgi M isr ierogliflarini fransuz olimi J. F. 
SHampalyon 1822 yil o ‘qishga muvaffaq bo‘ladi. Ierogliflarda 
xo‘jalik ishlari qaydnomalari, savdo-sotiq bitimlari, mamlakat tarixi
siyosiy kelishuvlarda keng foydalanilgan. M isrliklar yozuvida 1 
sonidan tortib, millionni bildiruvchi alohida belgilar ham bor edi. Bu 
esa o‘z navbatida matematik bilimlar yuqori darajada o ‘qitilganini 
bildirgan. O ‘lchov birligi sifatida podsho “barmoqi”, “kafti” va 
“tirsaki” umum davlat standarti vazifasini bajargan.
Shu bilan birga qadimgi M isr adabiyotida ham ierogliflaming 
ahamiyati katta edi. Bunda turli xil janrdagi tasviriy san’at usullari 
keng qo‘llanilgan. Qadimgi podsholik davrida dafn marosimlarida va 
diniy madhiyalami yozib qoldirilganligi yuqoridagi fikrimizga dalil 
b o ia oladi. xattotlar katta mahorat bilan bo‘lib o ‘tgan marosimlami 
tasvirlashga harakat qilganlar. Ammo qadimgi misrliklaming 1 
%
gina 
savodli bo‘lib, qolganlari dehqonlar, hunarmandlar va doimo xattotlar 
xizmatiga muhtoj bo‘lgan savdogarlardan iborat edi. Shuning uchun 
xattotlik kasbini egallash muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Xattotlar 
asosan qamishdan yasalgan qalam bilan papirusga ierogliflami 
yozishganlar. Ular asosan kohinlar tomonidan ibodatxonalarda 
o ‘qishga va yozishga o ‘rgatilgan. Shu bilan birga mohir xattotlar 
fvr’avnlaming harbiy yurishlarini saroy va ibodatxonalar tosh 
devorlarida tasvirlab chizishganlar. Qadimgi Misr adabiyotining
35


vorqin namunalaridan “Podsho Xeops saroyi haqida ertak” , “Gapga 
chechan dehqon”, “Aka-uka haqida ertak”, “Unu-Amonning sayohati 
”, “Ajali etgan shahzoda haqida ertak” va boshqalar misol b o ‘la oladi.
Qadimgi M isrda ibodatxonalarda dastlabki teatr ko‘rinishidagi 
diniy dramalar qo‘yilgan. Misrliklar musiqa va raqs sa’atidan 
xabardor xalq hisoblanadi. Qadimiy devoriy suratlarda torli musiqa 
asboblaridan tashqari nay, urib chalinadigan do’mbira va boshqalar 
tasvirlangan.
Qadimgi M isr arxitekturasini Gizadagi mahobatli ehromlarsiz 
tasavur qilish qiyin. Shu bilan birga Kamak va Luksordagi ulkan 
ibodatxonalar kishilami e ’tiborini tortadi. Amarnadagi saroylar 
xarobalari qadimda Misr fir’avnlarining qudratidan dalolat beradi. 
Misr fir’avnlari ko‘kka bo‘y cho‘zgan baland monolit (yaxlit tosh) 
obelisklami ham toshdan yasatganlar. Misr arxitektorlari oddiy 
mehnat qurollar yordamida toshdan ulug‘vor binolarni qurganlar.
Haykaltaroshlik qadimgi Misrda san’at darajasiga ko‘tarilib, 
haykallar asosan ohaktosh va granitdan yasalgan. Ilohlar va fir’avnlar 
tasviriga alohida e ’tibor berilgan. Qadimgi Misr xudolari va 
fir’avnlaming ulkan tosh haykallar aholi ko‘rishi uchun tashqariga 
joylashtirilgan. Misol uchun fir’avnlar Amenemxet III, Tutmos III, 
Amenxotep IV, Tutanxamon, Ramzes II va boshqalam ing ulug'vor 
haykallari ayniqsa e ’tiborga loyiq.
Qadimgi misrliklar turli xil ilohlarga sig‘inganlar. Ulaming dinida 
ko‘p xudolik alohida ahamiyatga ega edi. Masalan: Ptax ilohi 
yaratuvchi timsolida gavdalangan, unga Yuqori va Quyi M isrda ham 
ibodat qilganlar. Ra - quyosh xudosi, Osiris-hosildorlik va marhumlar 
dunyosida sudyalik qiluvchi xudo, Isida-onalik ilohasi, Set-urush va 
o‘lim xudosi, Anubis-marhumlar xudosi, Tot-donolik va oy xudosi, 
Xor-tog‘lar va osmon xudosi, Bastet-go‘zallik va xursandchilik 
ilohasi, Maat-adolat va haqiqat ilohasi, Montu-urush xudosi, Sebek- 
daryolar va ko‘llar xudosi, Seshat-yozuv, hisob-kitib va xotira ilohasi, 
Xapi-Nil xudosi va boshqalar. Umumiy hisob bilan qadimgi Misr 
tarixida mingga yaqin xudolari boMgan. Qadimgi Misrda o ‘z 
xudolarini yarim inson va yarim hayvon qiyofasida tasvirlaganlar va 
inson oMimidan keyin uning boqiy ruhi mavjud deb hisoblaganlar. 
Fir’avnlami ko'm ishdan oldin uning tanasi kohinlar tomonidan 
mumiyolangan. Bu jarayoni 70 kun davom etgan. Mumiyolash orqali 
fir’avn tanasini saqlab, tosh tobut “sarkofag” ga qo‘yishgan. Qadimgi
36


misrliklaming tasaw urida har-bir inson “Ka” deb nomlangan ilohiy 
quvvatga ega bo‘lib, oMimidan keyin ushbu quvvat yashashni davom 
ettirishiga ishonganlar.
Qadimgi M isrda ilm fan taraqqiy etgan bo‘lib, ayniqsa 
geografiya, 
geometriya, 
matematika, astranomiya, 
tibbiyot va 
boshqalar. Masalan: Geliopolis va keyinchalik Sais shaharlarida kohin 
tabiblami tayyorlaydigan ta ’lim dargohlari bor edi. Ular bemorlami 
davolashda hatto jarrohlik amaliyotidan ham foydalanishni bilganlar. 
Chunki misrlik kohin tabiblar m o‘miyolash jarayonini yaxshi bilgani 
uchun, inson a ’zolarining ichki tuzilishidan xabarlari bo‘lgan. Shu 
bilan birga shifobaxsh o‘simliklar yordamida odamlarni davolay 
olganlar.
Qadimgi misrliklar quyosh kalendariga ham ega edilar. Unga 
ko‘ra bir yil 365 kunga teng bo‘lgan, bir oy esa 30 kunni tashkil 
qilgan. Qolgan besh kun bayram sifatida nishonlangan. Astronomiya 
bilan asosan kohinlar shug‘ullanganlar. Kunduzi quyoshni soyasiga 
qarab soatni aniqlashgan. Tunda esa vaqtni aniqlash uchun suv 
soatlardan foydalanganlar. Umuman qadimgi Misr madaniyati, 
insoniyat sivilizatsiyasini rivojlanishida ijobiy rol o'ynagan.

Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling