Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   109
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Qadimgi Bobil podsholigi davri necha asr davom etgan?
2. Qaysi Bobil podshosi jangida xettlar bilan to‘qnashgan?
3. Xamurappi islohatlarining mohiyati nimada?
4. Kagsitlar haqida nimalarni bilasiz?
Glossariy
Babel
Edubba
Iloh darvozasi.
“taxtachalar uyi” Shumer va keyinchalik
Enlil
Bobildagi maktab
Shumerning homiy xudosi
54


Shara
Anu
Umma shahriga homiylik qilgan xudo 
Osmon xudosi
Elam 
Eronning g ‘arbidagi qadimgi davlatlardan biri
Shamash 
Quyosh xudosi
Mavzu: Qadimgi Ossuriya 
Reja
1. Qadimgi Ossuriya davlatini yuzaga kelishi
2. 0 ‘rta Ossuriya podsholiklarining ichki va tashqi siyosati.
3. Yangi Ossuriya podsholigining yuksalishi.
Qadimgi Ossuriya davlatini yuzaga kelishi. Qadimgi Ossuriya 
davlatchiligi mil. a w . II ming yillikda Ashshur shahri asosida 
Mesopotamiyaning shimoli y a ’ni yuqori Dajla qirg‘oqlarida paydo 
bo‘ladi. Dastlab shahar-davlatga nisbatan “alum Ashshur” ya’ni 
Ashshur jamoasi (yoki Ashshur xalqi) sifatida tilga olinadi. 
Ossuriyada ziroatchilik va savdo-sotiq yetakchi o‘rin egallagan. Bu 
yerga qadimda semit xalqlari Arabiston yarim orolidan ko‘chib 
keiganlar va mahalliy etnoslar bilan aralashib ketadilar. Ossuriyaliklar 
Akkad tilining shimoliy 
lahjasida so‘zlashganligi 
manbalarda 
keltiriladi. Ossuriya orqali savdogarlar Kavkazortidan Dajla daryosi 
bo‘ylab, Janubiy M esopotamiga va Elamga, so‘ngra 0 ‘rtayer dengizi 
qirg‘oqlariga chiqqanlar.
Qadimgi Ossuriya jam iyatida evolyutsion ravishda mulkiy 
tabaqalanish jarayoni quldorlikni yuzaga kelishiga olib keldi. Podsho 
va ibodatxona yerlarida jam oachi va qullar mehnat qilgan. Ossuriyada 
yem ing asosiy qismini jam oa yer egaligi tashkil qilgan. X o‘jalikda 
qullaming asosiy qismi 
mulkiy tabaqalanish natijasida ozod 
jam oachilam ing qarzi uchun qul qilish va urushlar natijasida chetdan 
mamlakatga keltirilgan.
Boshqaruvda hokimiyatning yuqori organi yirik quldorlardan 
tuzilgan oqsoqollar kengashi bo‘lgan. Kengash a ’zolari ichidan bir yil 
muddatga alohida lavozimli shaxs “limmu” tayinlangan, aynan u 
shahar xazinasini nazorat qilgan. Yangi yil hisobi uning ismi bilan 
yuritilgan. Ashshur shahar-davlatda m a’muriy ishlar va sud bilan 
oqsoqollar 
kengashi 
shug‘ullanadigan, 
mansabdor 
amaldor 
“ukulluma”ni 
aynan 
ular 
tayinlagan. 
Ashshurda 
yana 
en
55


(“Ishshiakkum”) lavozimi ham bor edi. Uning asosiy vazifasi diniy 
marosimlarini o ‘tkazish bo‘lgan. Davlat xavf ostida qolganda (harbiy 
bosqin paytida) u harbiy qo‘mondon hisoblangan.
Mil. avv. XIX asr oxirlarida M esopotamiyaning shimolida muhim 
savdo markazlaridan biri bo‘lgan Mari shahar-davlatiga egalik 
qilishga Terka shahri hokimi Belkabi urinib ko‘radi. Ammo 
mag‘lubiyatga uchrab, o ‘z mulklariga qaytadi, so‘ngra Mari podshosi 
Yaggid-Lim, Terka shahrini egallaydi. Belkabini o ‘g‘li Shamshi-Adad 
dastlab Ekallatum shahriga qochib ketishga majbur bo‘ladi. Bu yerda 
u 3 yilga yaqin hukmronlik qiladi. Mil. a w . 1807-yil Ashshur shahri 
hokimi Erishum II ni taxtdan qulatadi. 0 ‘zini esa Ashshur podshosi 
deb e ’lon qiladi. K o‘p o‘tmay Nineviya ham zab etiladi va Shamshi- 
Adad I davlati tarkibiga kiritiladi. 0 ‘z bitiklarida unga Ossuriya 
ustidan hukumronlikni Enlil xudosi taqdim etganligini alohida 
ta’kidlaydi.
K o‘p o‘tmay Mari yerlariga ham yurish uyushtiradi va shahami 
egallaydi. Mari podshosi Yaxdun-Limni o‘g ‘li Zimrilim, Yamxad 
davlatiga qochishga muvaffaq bo‘ladi. Marini shahrini bo‘ysundirib, u 
yerga kichik o‘g‘li Yasma-Adadni hokim qilib qo‘yadi. Karxemish 
shahri bilan o ‘zaro ittifoq tuzadi. Natijada Shamshi-Adad I, Yamxad 
podshosi Sumuepux bilan doimiy urush holatiga tushib qoladi. 
Shunday bo‘lsa-da Shamshi-Adad I, Yamxad davlatini 0 ‘rtayer 
dengiziga chiqish y o iid a n biroz vaqt b o isa -d a mahrum qilishga 
muvaffaq bo‘ladi.
So‘ngra 
xurritlardan 
bo‘lgan 
turrukku 
(Zagros 
tog‘lari 
aholisi)larga qarshi yurishlar uyushtiradi. Unga qadar shahzoda 
Ishme-Dagan turrukkular bilan uzoq urush olib borgan edi. Shamshi- 
Adad I turrukkular sardorlari Bin-Adad, Vilanum, Liday va Zaziylami 
mag‘lub qilsada, lekin turrukkulami butunlay yenga olmadi.
Shamshi-Adad 

Ashshur 
shahrini 
o ‘zining 
Yuqori 
Mesopotamiyadagi davlati markaziga aylantiradi. Ashshur, Ikki daryo 
oralig'ining shimolidagi shaharlami bosib oladi. Shamshi-Adad I 
ko‘proq katta farzandi Ishme-Daganni taxt vorisi sifatida tarbiyalab 
boradi. Aksariyat Suriya shaharlarini zabt etishga erishadi. Ashshur 
g‘arb savdosida vositachilikni o ‘z qo‘liga oladi. Davlat boshqaruvida 
podshoning mavqeyi kuchayadi. Shamshi-Adad I davlat boshqaruvini 
bevosita o ‘z qo‘liga olib, mutloq hukmdor sifatida davlat boshlig‘i, 
oliy harbiy boshliq va sudya vazifasini o‘taydi. Boshqaruvni
56


takomillashtirishga zaruriyat tug‘iladi. Mamlakat hududi, aholisi 
tumanlarga bo‘linib, ulami boshqarish uchun podsho hokimlari 
yuboriladi. Shamshi-Adad mil. avv. 1774-yilda vafot etishi bilan 6 
yildan so‘ng, Mari shahri shahzodasi Zimri-Lim qaynotasi Yamxad 
podshosidan ko‘mak olib, Yasma-Adaddan taxtini qaytarib oladi. 
Ashshur podshosi Ishme-Dagan ukasiga yordam ko'rsatmaydi. Mil. 
avv. 1757-yilda kuchsizlanib qolgan Ossuriya podsholigi Ishme- 
Dagan davrida Bobilning qudratiga bas kela olmadi. Ashshur 
Xamurappi tomonidan zabt etildi.
Mil. avv. 1740-yil atrofida ko ‘chmanchi kassit qabilalarining 
M esopotamiyaga hujumi davrida Shamshi-Adad I ning avlodlari 
hokimiyatni yana o ‘z qo‘llariga oladilar. Ammo tez orada taxminan 
mil. a w . 1700-yillarda hokimiyatni Adasilar sulolasi egallaydi. 
So‘ngra Ossuriya, Bobilga keyin Mitanniga qaram davlatga aylanib 
boradi.
Mil. avv. XVI asrda Bobilda amoriylar sulolasi quladi va bu 
hududda kassitlar hukmronligi boshlandi. Mil. avv. 1500-yiliar 
atrofida Mitanni davlati Shimoliy Suriya viloyatlarini bosib oldi va 
o 'z qudratining yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Zaiflashib qolgan Ossuriya 
Mitannining hokimiyatini tan olishga majbur b o id i. Ossuriya qudratli 
Mitannining tazyiqiga qarshi M isr bilan diplomatik aloqa o ‘matdi. 
Ammo mil. avv. XIV asr o ‘rtalarida Mitanni podshosi Shaushtatar 
Ashshumi bosib olib, uni Mitanniga qaram qiladi. Mitanni Ashshumi 
g‘arbga chiqadigan savdo yo‘lidan butunlay mahrum qiladi. Ashshur 
posholari Puzur-Ashshur III (mil. avv. 1521-1497-yy), Ellil-natsir I 
(mil. avv. 
1497-1484-yy)lar davrida Ashshur shahri Mitanni 
qo'shinlari tomonidan talon-taroj qilinadi. Natijada Bobil bilan 
do‘stona munosabat o‘matishga majbur bo‘ladi. Shunday bo‘lsa-da 
podsho Eriba-Adad I (mil. avv. 1392-1366-yy) Mitanni davlatining 
vassallaridan biri bo ‘lgan. Hatto Mitanni hukmdori Shuttama II ga 
amakisiga qarshi kurashda yordam bergan. Mitanniga qaramlik 
davrida 
Ashshur 
hukumdorlari 
“ishshiyakum” 
unvonida 
qolaverganlar. Keyinchalik Ossuriya o‘z mustaqilligini tiklash uchun 
Bobil podsholigi bilan yaqinlashib, Mitanniga qarshi urush olib bordi.

Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling