Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Glossariy Kadesh Xat-uarit Jexutimassu Mut Giksos Tot Kush
- Mavzu: Qadimgi Mesopatamiya Reja
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Qadimgi Misrda Yangi podsholik davri ne asr davom etgan? 2. Qaysi fir’avni Kadesh jangida xettlar bilan to‘qnashgan? 3. Exnaton islohatlarining mohiyati nimada? 4. Giksoslar haqida nimalami bilasiz? Glossariy Kadesh Xat-uarit Jexutimassu Mut Giksos Tot Kush Sahro hokimlari yoki II-o‘tish davrida Quyi Misrni zabt etgan ko‘chmanchi xalqlar. Donishmandlik va oy xudosi Nubiyaning shimolidagi davlat Suriyadagi shahar Giksoslar poytaxti Avarisning misrcha nomi Fir’avn Tutmos I ning misrcha ismi Onalik ilohi 37 Mavzu: Qadimgi Mesopatamiya Reja: 1. Qadimgi Mesopotamiya sivilizatsiyasining yuzaga kelishi. 2. Shurner shahar davlatlari. 3. Akkad davlatining yuksalishi. Qadimgi Mesopotamiya sivilizatsiyasining yuzaga kelishi. Mesopotamiya (qadimda yunoncha “Ikki daryo oralig‘i”) Geografik jihatdan janubda Fors qo‘ltig‘i, g‘arbda Arabiston, shimolda Suriya va Armaniston hamda Sharqda Zagros tog‘lari bilan chegaralangan. Iqlimi sug‘orma dehqonchilikka qulay hisoblanadi. Bu yerda unumdor tekisliklar ko‘p bo‘lgan. Shu bilan bir qatorda bog‘dorchilikka ham qulay hudud bo‘lganligi tarixdan m a’lum. Mil. a w VI ming yilliklarda Dajla va Frot daryolarining vodiylariga aholi ko‘chib kela boshlaydi. Tell-al-Ubeyd madaniyatini yaratgan xalq aynan ushbu davrda, janubiy Mesopotamiyada istiqomat qilgan. G ‘arb olimlarni fikricha bu yem ing odamlari (subareylar) qadimda protodajla tilida ( yoki “banan tilida”) so‘zlashganlar. TogMi hududlarda termachilik, chorvachilik va keyinchalik ziroatchilik unsurlari paydo bo‘la boshladi. Mil. avv VI ming yillik o‘rtalariga kelib, M esopotamiyada qadimiy Tel-Xassuna madaniyati taraqqiy etadi. Bu yerdan o‘roqlar, tosh boltalar, tosh tegirmonlar, keramika qoldiqlari va xonakilashtirilgan hayvonlar suyaklari topib o ‘rganilgan. Shu bilan birga sig‘inish tumori hisoblangan ayollar haykalchalari arxeologlar tomonidan topilgan. Qabrlarda mayit oldiga sopol idishlarda ovqat qo‘yib dafn etish odatini mavjudligi, qadimda Tel-Xassuna aholisi orasida diniy tasaw urlar bo‘lganligidan dalolat beradi. Mil. avv IV ming yillik oxirida Jamdat-Nasr (yoki Uruk III ) madaniyati davrida toshdan tashqari mis va bronza mehnat qurollari ishlatila boshlandi. Jamdat-Nasr janubiy M esopotamiyaning ilk bronza davriga oid manzilgohi hisoblanadi. Dastlab ushbu manzilgoh 1926- va 1928-yillarda mashhur olimlar Stiven Lengdon hamda Genri Fildlar tomonidan o ‘rganilgan(Henry Field, The Field Museum- Oxford University Expedition to K ish — Mesopotamia 1923— 1929, Anthropology Leaflet 28, Field Museum o f Natural History, 1929). 1988-1989-yillarda esa Rodjer Metyus (Roger Matthews, Excavations 38 at Jemdet Nasr 1988, Iraq 51, pp 225— 248, 1989) tomonidan qayta tadqiq etiladi. Jamdat-Nasr, Qadimgi Shumerda ilk sulolaviy davrga o‘tishning so‘ngi bosqichi hisoblanadi. Mill. a w . Ill ming yillikda Mesopotamiya janubida shumerlar, Dajla va Frot (qadimda akkadcha “pu-rat-tu”) daryolarining o ‘rta oqimida akkad qabilalari, shimolda asosan xurritlar istiqomat qilganlar. Mil. a w . Ill ming yillikning birinchi yarmida Mesopotamiya janubida mulkiy tabaqalanishni o‘sishi bilan qator shahar-davlatlar: Eredu, Ur, Larsa, Uruk, Kish, Nippur, Umma, Shuruppak, Adab, Girsu va boshqalar paydo bo‘ladi. Shimolda esa yirik shahar-davlatlar Ashshur, Mari, Nineviya, Eshnunna, Tutub, Sippar va boshqalar yuzaga keladi. Sug‘orma dehqonchilikka mos hududlarda hunarmandchilik yuqori darajada rivojlanadi. Mis va bronzadan mehnat qurollarini quyishning yangi usullari o ‘zlashtiriladi. Qimmatbaho metallardan chiroyli zargarlik buyumlari ham yasalgan. Savdo-sotiqning o ‘sib borishi, uni hunarmandchilikdan ajralib chiqish jarayonini tezlashtiradi. Qadimgi Mesopotamiyada maxsus savdogarlar-tamkarlar tabaqasi paydo bo ‘ladi. Bu esa Shumer shahar- davlatlarining o ‘sish tezligini oshiradi. Frot va Dajlaning janubiy qirg‘oqlaridagi irrigatsiya tizimini kengayishi, aholi orasida mulkiy tabaqalanishning o ‘sib borayotganligidan dalolat berar edi. Tez orada yemi sotish va sotib olish tushunchasi yuzaga keladi. Qulchilik muriosabatlari paydo bo‘lib, rivojlanib bordi. 0 ‘zaro urushlar qulchilikning asosiy omili edi. Qadimgi Mesopotamiyada qullardan xo‘jalikda, chorvachilik va hunarmadchilikda keng foydalanilgan. Asosan qo‘l mehnati uy xo‘jaligida ishlatilganligi manbalarda ta ’kidlanadi. Qadimgi Shumeming ilk sulolaviy tarixi xronologik jihatdan uch davrga (garchi tnunozarali bo ‘lsa-da) bo‘lib o‘rganiladi: 1)I-ilk sulolaviy davr (mil. a w . 2750-2615-yy) 2)II-ilk sulolaviy davr (mil. avv 2615-2500-yy) 3)III-ilk sulolaviy davr (mil. a w 2500-2315-yy) Yuqorida ta ’kidlanganidek, Shumer sivilizatsiyasiga aloqador jam iyatda xo‘jalikning turli xil shakllari o‘sha davr uchun mos bo‘lgan qonunlar asosida rivojlanib borgan. Iqtisodiyoti sug‘orma dehqonchilikka asoslangan patriarxal jamiyatda, qulchilik tizimini qaror topishi uchun barcha sharoitlar mavjud edi. Qadimda shumer jamiyatida, yeri bo‘lmagan yoki yeridan mahrum bo‘lgan, boshqa 39 joylardan kelgan, kambag‘al oilalar, ibodatxonalarga qaram b o ig a n odamlar ham bor edi. Qaram kishilar ibodatxonalarga tegishli yerda va alohida xususiy xo‘jaliklarda ishlaganlar. Qadimgi Shumer shahar- davlatlarining hukmron qatlami quldorlar bo‘lgan. Ularga urug‘ zodagonlari, kohinlar, davlat amaldorlari kirgan. Ziroatkorlar qatlamini unchalik katta bo ‘lmagan yer ulushiga ega oilalar va katta patriarxal oilalarga birlashgan jam oachilar tashkil qilganligi tarixdan m a’lum. Asosan ziroatkorlik va chorvachilik uchun ajratilgan yer egaligi esa ikki qismga bo‘lingan: jam oa va ibodatxonaga tegishli mulklardan iborat bo‘lgan. Qadimgi Shumerda, shahar-davlatlaming hokimlari “ensi” ibodatxona kohinlaridan bo‘lgan. Ibodatxonalar, shumerliklar ilohlarining mulki hisoblangan. Faqatgina kohinlar unga tegishli yerlami idora qilganlar. Ayrim yerlari ijaraga berilgan bo‘lsa, qolgani qaram kishilarga, ibodatxonadagi xizmatchilar va bu yerga tegishli savdogar-hunarmandlarga foydalanishi uchun bo‘lib berilgan. Ibodatxonalar o ‘z mulklarini himoya qilish niyatida harbiy bo‘linmalar ham tuzganlar. Bunday yerlardan tushadigan yirik m ablagiar, diniy marosimlar va bayramlami tashkil qilishga, boshqa Shumer shahar-davlatlari bilan mahsulot ayirboshlashga yo‘naltirilgan. Hosilning m a’lum bir qismi zahira qilib olib qo‘yilgan. Ibodatxona yerlaridan tushadigan daromad, doimiy hisoblab borilgan. Yuqorida ta’kidlanganidek shahar ustidan nazorat “En” (janob) oliy kohin tomonidan amalga oshirilgan. Uning hokimiyati oqsoqollar kengashi yoki xalq yig‘ini bilan cheklangan. Ayrim hollarda shahar- davlatning qo‘shiniga ham boshchilik qilgan. Shahar ”Eni”ning asosiy vakolati kohinlik, ibodatxona yerlari va m a’muriyatini idora qilish, ibodatxona va shaharda yirik qurilishlami tashkil etishdan iborat bo‘lgan. Shu bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi uchun irrigatsiya tizimini bunyod qilish va shahar iqtisodiyotini tartibga solib boshqargan edi. So‘ngra mil a w . Ill ming yillik o'rtalarida “En” unvoni o ‘m iga “Ensi” (“kohin-quruvchi” shahar boshqaruvchisi) paydo bo‘ladi. Shahar-davlat “ensi”si jam oa va ibodatxona mulklarini boshqargan, soliqlar yig‘imini nazorat qilgan. Ayrim hollarda ibodatxonalarga tegishli askarlarga boshchilik qilgan. Bundan tashqari “Lugal”(“ulug‘ odam”, yoki “katta odam”, akkadcha “sharru”) lavozimi ham mavjud edi. Dastlab xalq yig‘ini tomonidan, Shumer shahar-davlatlarida saylab qo‘yiladigan harbiy 40 sardorlik lavozimi bo ‘lgan. Uni faqatgina favqulodda hollarda vaqtinchalik saylab q o ‘yishgan. Keyinchalik “Lugal”lik umrbod, so’ngra meros tarzida o ‘ta boshlagan. Aholi orasida tabaqalanishni o‘sishi oqibatida shahar-davlatlarida, xalq yig‘ininmg mavqeyi sezilarli darajada tusha boshlaydi. Hukmdoming iqtisodiy-siyosiy obro‘yi esa o‘sib boradi. Armiya lugallarga xizmat qiladi. Download 7.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling