Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
I ll o‘tish davrida Misr va So‘nggi podsholik
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
I ll o‘tish davrida Misr va So‘nggi podsholik. Mil. avv. VII
asming o'rtalarida Sais nomarxlari (Quyi Misr) hukmdorlari Mismi birlashtirishga kirishdilar. Sais shahri Nil deltasning yirik nomlaridan biri edi. Dastlab, Psammetix I (misrcha Psamtik) efioplar sulolasiga 32 qarshi kurashda ossuriyaliklardan foydalanadi. Hatto, Ossuriya podshosi Asarxaddonga ham xizmat qilganligi haqida m a’lumotlar saqlanib qolgan. Sais nomligida taxminan 665 yildan boshlab Psammetix I hokimlik qiladi. Psammetix I (mil. a w . 655-610-yy) asli liviyalik zodagonlardan edi. U dastlab efioplarga qarshi Ossuriyaning yordamiga tayanadi. Chunki, yangi podsho Ossuriya podshosi Ashshurbanipalning tarafdorlaridan biri edi. Aynan u Misr tarixida 26- sulolaga asos soladi va mamlakatni qaramlikdan olib chiqadi. Mil. a w . 653-yilga kelib, Lidiya podshosining yordamida Misr suverenitetini qayta tiklaydi va Sais shahrini mamlakat poytaxtiga aylantiradi. Sais sulolasining yorqin vakili fir’avn Nexo II (misrcha Nexao) skiflar hujumidan xavfsirab, parchalanib borayotgan Ossuriyani qutqarib qolishga intildi. Ossur podshosi Ashshur-ubalit II bilan Karxemish shahri yonida birlashishga kelishib oladi. Quddus (lerusalim) shahridan Yahudiy podshosi Iosiya unga qarshi chiqadi. Ammo, m ag‘lubiyatga uchrab halok bo‘ladi. Fir’avn yaxudiylar dushmanlari hisoblangan ossurlarga yordamga ketayotgan edi. Nexo II g‘alaba nashidasini surishga ham vaqti yo'qligini yaxshi tushungan. Misr-ossur qo ‘shini Xarran qal’asini qamal qiladi. So‘ngra u yerdagi Bobil gamizonini qilichdan o ‘tkazadilar. Bu orada Nexo II sobiq isyonchi Quddus shahrini qayta egallaydi hamda podsho Iosiyaning o ‘g ‘li Ioaxazni Misrga asirlikka olib ketadi. M isrliklar Yangi Bobil podsholigi bilan raqobatlashib Falastin va Suriyani M isr ta’siriga olishga harakat qiladi. Mil. a w . 605-yilda Bobil podshosi Navoxudonosor II M isrdan Suriya va Falastinni tortib oladi. Endi Yahudiya yangi bosqichilarga qaram bo‘lib qoldi. 0 ‘z navbatida M isr Yahudiyani Bobilga qarshi kurashda qo‘llab turdi. Aslida M isr kuchayib borayotgan Bobilga nisbatan Yahudiyadan qalqon hudud (bufer zona) sifatida foydalanmoqchi b o id i. Keyingi fir’avn Apriy Sidon shahri (Finikiya) flotini jangda yengadi. Misr yahudiylami Bobilga gij-gijlash maqsadida (mil. a w . 586-yilda) Quddus tomon o ‘z qo'shinini yuboradi. Ammo Bobil tomonidan qat’iy choralar ko‘rilgach, o ‘z askarlarini qaytarib chaqirib oladi. Misr kuchayib ketgan Bobilga qarshi chiqa olmaydi. Ushbu sulola davrida Misr, o‘z qudratini nisbatan oxirgi marta tiklashga muvaffaq bo‘ladi. Ichki urushlar va ossurlaming talochiligidan charchagan M isr o ‘z sarhadlarini qo‘shni davlatlardan 33 himoya qilish uchun kerak bo‘lgan katta qo‘shinni doimiy ta’minlay olmaydigan davlatga aylandi. Shuning uchun misrliklar yunonlardan askarlar yollay boshladilar. Psammetix I davridayoq yunonlar Misrga (asosan Nil deltasiga) kirib kela boshlagan edi. Hatto mashhur tarixchi Gerodot yunon savdogarlari, yollanma askarlarining Misrga kirib borganligi to ‘g ‘risida fikr bildirgan. Nil deltasida yunonlaming Navkratis savdo koloniyalari tuzilib, tez sur’atlarda o ‘sib borgan. Natijada yunon madaniyati ta ’siri kuchayadi. Sais sulolasi fir’avnlari ichki siyosat sohasida liviyalik harbiy aslzodalar, Misr kohinlari va yunon savdogarlari bilan o‘zaro munosabatlami y o ig a qo‘yadilar. Ular M ism ing nufuzli kohinlariga qarshi, shuningdek, mustaiqillikka ega bo‘lishni da’vo qilib kelayotgan ko‘p hokimlarga qarshi kurash olib bordilar. Fir’avnlar Uaxibra va Yaxmos II ( yunoncha Amasis) lar asosan M isming ichki iqtisodiy qudratini oshirishga intildilar. Misrliklar yunonlarga madaniyatning ayrim sohalarida taqlid qilganligi tarixdan m a’lum. O 'z navbatida Misr aholisi o ‘rtasida norozilik kuchayib bordi. Fir’avn Yaxmos II yunonlar bilan do‘stona munosabatda bo‘lib, ulardan ko‘mak ola boshladi. Bu m a’lumot Bobil mixxat yozuvlarining birida o‘z aksi topgan. Ammo bu davr M isr davlati erkinligining oxiri edi. Bu vaqtda yangi tashkil topgan Eron saltanati chegaralari Misrga qadar yetib kelgan edi. F ir’avn Amazis podsholigi yillarida (mil. a w . 570-526-yy) Misrdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat og‘ir holatda edi. Ahamoniylar shohi Kambiz II mil. a w . 525- yilda Misrga bostirib keladi va Pelusiya yonidagi jangda Misr qo‘shinini (asosan yunon yollanma askarlari)mag‘lubiyatga uchratadi. So‘ngra misrliklar Memfis shahri tomon chekinadilar va tez, orada qamalda qolib, yengiladilar. Fir’avn Psammetix III hokjmiyatdan chetlatilib, Kambiz П Misr fir’avni sifatida taxtga keladi. Gerodotning ta’kidlashicha, fors elchisini o ‘ldirilishi evaziga fir’avnni o ‘g ‘li va 2000 ga yaqin misrlik yosh zodagonlar qatl etiladi. Kambiz II 27- sulolaga asos soladi. Shu tariqa, Misr, Ahamoniylaming satrapliklaridan biriga aylanadi. Download 7.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling