Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


 ‘rta podsholik davrida Misrning ichki va tashqi siyosati


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   109
0 ‘rta podsholik davrida Misrning ichki va tashqi siyosati.
Ichki siyosatda mahalliy nomliklar o ‘z mustaqilligini nisbatan saqlab 
qoldilar. Nomlik hududi ichida nomarxlar cheklangan qo‘shinlariga 
ham ega bo‘lishgan. Mahalliy ilohlar va kohinlar, markaziy hokimiyat 
tomonidan tan olingan. Nom arxlik otadan bolaga meros tariqasida 
o ‘tgan, fir’avn uni faqatgina tasdiqlagan.
Fir’avn Senusert I davrida Mismi konfederativ shakldagina 
markazlashgan davlat sifatida ko‘rish mumkin. Hayotining so‘nggida 
Senusert I o‘z hokimiyatini o ‘g‘li Nabkori Amenemxet II (mil. avv. 
1911-1877-yy) bilan b o iish ib boshqardi. Bu esa hokimiyatni tinch 
yo‘l bilan meros qilib berish hamda ichki urushlami oldini olish 
demak edi. Amenemxet II otasidan qudratli iqtisodiy va harbiy 
jihatdan kuchli davlatni qabul qilib olgan edi. Uning hukmronlik 
yillarida deyarli 30 yil yirik urushlar bo ‘lmadi. Misr bilan chegaradosh 
barcha davlatlar savdo-sotiq aloqalarini o'm atgan edilar. Krit, Suriya, 
Kichik 
Osiyo 
va 
M esopotamiyadan 
tamkarlar 
(savdogarlar) 
mamlakatga kelishgan. Natijada Misrga osiyoliklaming ko‘chib 
o ‘tishi kuchaygan. Mil. avv. 1877-yilda taxtni Amenemxet II ning 
o‘g ‘li Senusert II (mil. avv. 1877-1870-yy) egallaydi. Uning 
hukmronligi yillarida Fayum vohasi irrigatsiyasi tartibga solinib, 
qishloq xo‘jaligida katta qurilish ishlari amalga oshiriladi. Shu yerda 
fir’avn o ‘z ehromi(xom g ‘ishtdan qurilgan) va Xotep-Senusert 
(Senusert mamnun)shahrini ham qurdirgan. Shahaming zodogonlar 
yashaydigan qismi va podsho saroyi alohida mustahkam devor bilan 
o ‘rab olingan. Butun shahar alohida mudofaa istehkomiga ega edi. 
Yangi yerlar o ‘zlashtirildi va dehqonchilikka katta e ’tibor qaratildi.
Senusert II vafotidan so‘ng taxtga uning o‘g ‘li Senusert III (mil. 
avv. 1870-1831-yy) keladi. Hukmronligining 6, 8, 10, 16-yillarida 
Nubiyaga qator harbiy yurishlar uyushtiradi. Misrliklar mamlakatni 
talab vayron qiladilar va mahalliy aholini shafqatsiz qirg‘in qilib, 
quduqlarini zaharlab ayollar hamda bolalami qullikka olib ketadilar. 
0 ‘sha davrda Misr chegaralari janubga, ya’ni Nil daryosining 2- 
pog‘onasidan ham o ‘tib ketgan edi. Fir’avn buyrug‘i bilan chegara 
qal’alari qurilib, bojxona tartibga solindi. Endi M isrga maxsus 
ruxsatsiz kirib kelish (savdodan tashqari) cheklab qo‘yildi. Daxshurda 
Senusert III ning buyrug'i bilan I2-sulolaning eng katta ehromi 
bunyod etiladi. Uning vorisi Amenemxet III (mil. avv. 1831-1786-yy. 
) davrida 0 ‘rta podsholik madaniyati yuqori cho'qqisiga yetdi.
23


Memfisdagi Ptax ibodatxonasi kengaytirildi va Biaxmuda (shimoli- 
g‘arbiy Fayum atroflari) ibodatxona qurildi.
12-sulola fir’avnlari mamlakatni barqaror holatga keltirdilar. Ular 
faol ichki va tashqi siyosat yuritib, Mismi kuchli davlatga 
aylantirdilar. Fayum vohasini o ‘zlashtirish davom etdi. Nubiyadagi 
boy oltin konlari ishlatila boshlandi. Nubiyada yangi qal’alar qurilib, 
bu yerga M isrdan aholi ko ‘chirilib keltirildi. Nilning har ikki 
qirg‘og‘ida, ikkinchi pog‘onasida Semna va Kumna nomli mustahkam 
qal’alar qurildi. Nubiyaning katta qismi amalda M isming viloyati 
bo‘lib qoldi. Sharqiy 0 ‘rtayer dengizi hududlaridan kumush, qurilish 
yog‘ochi (asosan kedr yog‘ochi) olib kelinadi. Finikiyaning bir necha 
shaharlari Misrga qaram bo‘ldi.
0 ‘rta podsholik davrida katta suv ombori qurilib, kanal bilan Nil 
daryosiga qo‘shildi. Fayum vohasida tarmoqlangan sug‘orish tizimi 
barpo qilindi. Janubiy delta, Fayum va uni atroflarini obod qilinishi 
12-sulola fir’avnlarining poytaxtni Fivadan yangi qurilgan shahar 
Ittaun («Ikkala yemi birlashtiruvchi») shahriga ko‘chirishlariga sabab 
bo‘ldi. Mehnat qurollari takomillashdi. Sinayda mis xomashyosi qazib 
olish ko‘paydi. Shimoliy Nubiyada oltin va mis xomashyosini qazish 
yo‘lga qo‘yildi. Qishloq xo‘jaligi yuksalib, yangi qulay omoch paydo 
bo‘ldi. Ilk bronza qurollar keng o ‘zlashtirildi. Mesopotamiya, Kichik 
Osiyo va Sharqiy 0 ‘rtayer dengizi qirg‘oqlari bronza qurollami 
bundan ancha oldinroq qo‘llay boshlagan edilar. M isming bu sohada 
qoloqligining sababi, Nil va uning atrofida mazkur xomashyoning 
kam uchraganligida edi. Boshqa yutuqlardan biri shishaning kashf 
etilishi bo'lgan. Iqtisodiyotning jonlanishi metallarga, kumush, 
qurilish yog‘ochiga ehtiyojni kuchaytirdi. Bu chet mamlakatlar bilan 
savdo aloqalarini faollashuviga olib keldi. M isr savdo karvonlari Nil
Suvaysh orqali Kichik Osiyo va Bobilga chiqdilar. Bu vaqtda janubiy 
Nubiya va Puntdan oltin olib kelindi.
0 ‘rta podsholik davrida yirik xo‘jaliklar o ‘miga o ‘rta xo‘jaliklar 
yetakchi o ‘rin egalladi. Ular foyda keltiradigan barqaror xo‘jalik edi. 
Bozor bilan bog‘lanish va qo ‘l mehnatidan foydalanish kuchaydi. 
Kichik xo‘jaliklam ing soni oshdi. Moddiy boylikning asosiy 
yaratuvchilari ishlab chiqarish vositalari va mehnat qurollaridan 
mahrum bo‘lgan “xemuu-nesut” - “podsho odamlari” deb atalgan 
ishchilar bo‘lgan. Ular podsho, ibodatxona, zodagonlar yerida ishlab
oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshpana olganlar. “Podsho odamlari”
24


yoshlik paytidan aholi ro ‘yxatidan o ‘tkaziIib, m a’lum hunarlarga 
taqsimlanar edilar. Misrda o ‘sha zamonga mos qat’iy huquqiy tartib 
o ‘matildi.
12-sulola vakillari kuchli q o ‘shinga tayanib, 
bosqinchilik 
siyosatini olib bordi. Ayniqsa, Nubiya va Sharqiy 0 ‘rtayer dengizi 
qirg‘og ‘iga nisbatan istilochilik hujumlari kuchaydi. Mamlakatga 
ko'plab qullar keltirila boshlandi. Oqibatda Misrda boshqa millat va 
etnoslami ko‘rish mumkin edi.

Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling