Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Ilk podsholikni yuzaga kelishining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
Ilk podsholikni yuzaga kelishining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy
asoslari. Qadimgi Misr tarixida ilk bor sinfiy tabaqalanish mil. a w . V m ing yillikda, Nil vohasini o ‘zlashtirilishi natijasida yuzaga keladi. “Suloiagacha bo‘lgan davr” deb, yuritiluvchi mazkur davr Misr tarixida ikkiga bo‘linib, y a ’ni “Amrat” (Negada I) va “Gerzey” (Negada II) madaniyatlari sifatida o ‘rganiladi. Ushbu madaniyatlar qadimgi Misrda irrigatsiyaning o ‘sishi va chorvachilikni ovchilikdan ustun kela boshlashi haqida m a’lumot beradi. Hunarmandchilik o‘z navbatida dehqonchilikdan alohida xo‘jalik sifatida ajralib chiqdi va natijada qadimgi Misr jam iyatida mulkiy tabaqalanish jarayoni yanada o ‘sib boradi. Aynan mana shu davrda Nil daryosi qirg‘oqlarida ilk davlatchalar (“sepat” yoki “п о т ”) paydo bo‘ladi. Shu tariqa ilk davlatchilik paydo bo'lishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy zamin yaratildi. Nomliklar soni Nil bo‘yi aholisining o ‘sishi bilan bevosita bog‘liq edi. Ularning hududiy chegaralari doimiy tusga ega bo‘lmagan. Har 11 bir nom dastlab mustaqil ichki va tashqi siyosat yurgizgan. Nil b o ‘yi davlatchalari “nomarx”lar tomonidan boshqarilgan. Nomlik o ‘z gerbi, diniy va siyosiy markaziga hamda harbiy qismlariga ham ega edi. Natijada ichki urushlar (misrshunoslikda “nol sulolasi”) davrida har bir nomarx oliy hukmronlikka intildi. Umumiy 42 ta nomlik ikkiga ya’ni, Yuqori M isr va Quyi M isr davlatiga birlashadi. Madaniy jihatdan ushbu davlatlar bir-biridan farq qilgan deb bo‘lmaydi. Ammo diniy va siyosiy mafkurasida sezilarli tafovut bo‘lgan. Qadimda ierogliflarda misrliklar mamlakatini “Ta-kemet” yoki “Ta-ui” deb ataganlar. Shu tariqa, harbiy, siyosiy va iqtisodiy omillar mazkur hududda davlatchilik tizimini shakllanishiga imkon yaratdi. Ilk podsholikni M isming Tinis nomligi (Abidosdan uncha uzoqda bo‘lmagan hudud)dan chiqqan Menes (Axa yoki Mina) tuzadi va birlashtiradi. Ayrim manbalarda uni Narmer deb ham atashadi. Poytaxt sifatida Nil bo‘yidagi yangi shahar Memfis tan olinadi. Dastlabki 1-sulolaga asos solinadi, shunday bo‘lsa-da Quyi Misr nomliklari o‘ziga xos muxtoriyatni saqlab turgan. Ilk podsholik davrida misrliklar hayotida urug‘chilikni ta’siri hali kuchli bo‘lgan va ular asosan tosh, mis mehnat qurollaridan ko‘proq foydalanishgan, bronza esa kam edi. Nomliklar orasidagi separatizm fir’avnning siyosiy mavqei muvozanatda ushlab turgan. Ilk podsholik fir’avnlari Jer (mil. a w . 2970-2923-yy), Uadji (mil. a w . 2922-2915-yy), Den (mil. a w . 2915-2910-yy), Adjib (mil. a w . 2910-2900-yy), Semerxet (mil. a w . 2900-2890-yy)lar davrida Misr davlatchiligi asoslari mustahkamlandi. Misr fir’avnlari Den va Adjiblami yuzlab qullari narigi dunyoga “kuzatib” qo‘yish uchun ular bilan birga dafti etilganlar. Oddiy misrlik aholi vakillari esa, odatda cho'lda yuzi Sharqqa qaratib qumga ko‘milgan. Hukmdor Adjib o‘ziga “Nesu-bit” podsholik unvonini qabul qiladi. “Nesu” tushunchasi yuqoridan, hokimiyatni otadan o‘g‘ilga o ‘tishi va “bit” fir’avn o‘limidan so‘ng ham boshqaruvni tutib turuvchi ma’noiarini anglatar edi. Y a’ni bunda, hukmdor o ‘z o‘g‘lida qayta gavdalanishiga ishora qilingan. 1-sulolaning so ‘nggi podshosi Kaa (mil. a w . 2890-2864-yy. ) Abidos yaqinida Umm al-Kaab nekropoli yonida o ‘ziga mahobatli mastaba qurdirgan. Fir’avn Kaa o ‘limidan so‘ng 2-sulolaga Xotepsexemui asos soladi. Davlat boshqaruv tizimi din bilan ajralmas tusga ega bo‘lgani 12 uchun, ijtimoiy tabaqalanishning qonuniylashuvi rivojlanib bordi. Xotepsexemuidan so‘ng Raneb, Ninecher, Veneg, Sened, Nubnefer, Paransin va boshqa fir’avnlar Mismi boshqardilar. Ulaming hukmronligi xronologiyasi borasida hozir ham m isrshunoslar orasida qarama-qarshi fikrlar mavjud. 2-sulolaning so'nggi fir’avni Xasexem (taxminan. mil. avv. 2686- 2648-yy) o‘z podsholigini Deltadagi (Quyi Misr) qo‘zg ‘olonni bostirishdan boshladi. Natijada 48205 nafar kishi o‘ldirildi va 47209 tasi asir olinadi. So‘ngra Yuqori va Quyi M isr yagona davlatga yana birlashtirildi. Birlashish jarayonida M isr davlati ilk bor fuqarolar urushini boshdan kechiradi. Endi markaziy hokimiyatning o ‘mi avvalgiga qaraganda ancha oshdi. Nubiyaga harbiy yurishlar qilindi va boy o ‘ljalar olib kelindi. Butun mamlakat bo ‘ylab ichki va tashqi savdo-sotiq (ayniqsa Yaqin Sharqdagi Bibl shahri bilan)qayta tiklandi. Natijada M isming iqtisodiy qudrati oshadi. U quyi M isr malikasi Nematapni xotinlikka oladi va separatizmga chek qo‘yishga harakat qiladi. So‘ngra fir’avn o ‘z ismini Xasexemui (Ikki hokimiyatni mujassamlashtiruvchi) deb o ‘zgartiradi. Xasexemuining Abidosdagi mahobatli maqbarasi oldida aw algidek xizmatkor va qullar qatl etilmagan. Chunki uning davrida bo‘lib o ‘tgan fuqarolar urushi, fir’avn boqiy va o ‘lmas degan tushunchani vaqtinchalik yo‘qqa chiqargan edi. Insonlami inson uchun qurbon qilish odati tugatiladi. Shu tariqa Qadimgi Misr tarixida Ilk podsholik davri o ‘z nihoyasiga etadi. Download 7.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling