Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


Qadimgi M esopotamiya tarixi manbashunosligi


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
Qadimgi M esopotamiya tarixi manbashunosligi. Shimoliy 
M esopotamiya va Suriyaning tarixiy taraqqiyoti bevosita bir-biriga 
b o g iiq . Akkad va keyinchalik Ossuriya tarixining ko‘hna mixxat 
yozuvlarida yoritilishi e’tiborga loyiqdir. 
XX asr boshlarida 
Mesopotamiyada arxeologik ekspeditsiyalaming am alga oshirish 
ko ‘lami kengaydi. Fransiyalik arxeolog Anri de Jenuyak 1912-1914- 
yillar oralig‘ida Kish shahar-davlati qoldiqlarida ilk qazilma ishlarini 
olib borgan edi. So‘ngra 1923-1933-yillarda Oksford muzeyi 
homiyligida 
Stiven 
Lengdon 
boshchiligida 
ingliz-amerika 
ekspeditsiyasi ham qazilma ishlarini davom ettirilganlar. Aynan 
Kishdan M esopotamiya shaharlari orasida gegemonlikka erishish 
jarayoni kuchaygan edi.
Hozirda Qadimgi M esopotamiya tarixi va manbashunosligi bilan 
AQSH va Buyuk Britaniya universitetlari olimlaridan Y. Bottero, J. 
Kuper, S. Dalli, S. Bauer, V. Lambert kabilar faoliyati muhim 
hisoblanmoqda. 
Chunki 
ushbu 
olimlar 
tomonidan 
Qadimgi 
Mesopotamiya tarixi xronologiyasiga oid muhim o‘zgarishlar kiritildi.
Qadimgi Elam markazi Suza shahrida arxeologlar qora bazalt 
toshga bitilgan qonunlar to‘plamini topdilar. Toshbitik elamliklaming 
Shummerga yurishlari vaqtida o‘lja sifatida Suzaga olib kelingan.


Mazkur qonunlami Bobil hukmdori Xammurappi adolat homiysi va 
quyosh 
xudosi 
Shamashdan 
olayotgan 
vaqti 
tasvirlangan. 
Mutaxassislar ushbu qonunlami ikki yuzdan ortiq moddalarga 
bo‘lganlar. Ulardan faqatgina 247 ta moddasi bizga qadar saqlanib 
qolgan. Garchand qonunlar juda shafqatsiz bo isa-d a o ‘sha zamon 
quldorlik jamiyati ruhiga mos edi.
Mil. avv. XXI asrda Shumer va Akkad markazlashgan davlati 
yerlariga chorvador amariy qabilalari hujumlari boshlanadi. Natijada 
qadimgi Mesopotamiyaning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida 
sezilarli o ‘zgarishlar bo‘ldi. Markazlashgan davlat parchalanib ketadi 
va 
siyosiy 
inqiroz 
yuzaga 
keladi. 
Elam 
davlati 
kuchayib 
Mesopotamiyaning janubidagi shahar-davlatlarini o‘z ta'sir doirasiga 
oladi.
Qadimgi Mesopotamiya tarixida mil. avv. XX-XVI asr boshlari 
Bobil podsholigi tarixi bilan bevosita bog‘liq. Bobil hukmdori 
Xammurapi (mil. avv. 1792-1750) Elamga qarshi chiqadi va mil. avv. 
1755-yilda ulami shumerdan siqib chiqarishga muvaffaq bo‘ladi. 
Keyingi mixxat yozuvlarida bu haqida qator m a’lumotlar keltirilgan.
Chikago instituti arxeolog olimlari R. Beydvud, L. S. Breydvud,
B. Xaular Mesopotamiya tarixiga oid qator m a’lumotlar keltirdilar. 
Al-Ubayda keramikasi Ur va Eredu madaniyatidan nisbatan farq 
qiladi. Y a’ni, qushlar va hayvonlar tasviriga boyroq.
Qadimgi Bobil podshosi Xammurapi qonunlari Bobil va qadimgi 
Sharq huquqshunosligi haqidagi eng muhim manbalardandir. Mil. avv. 
II ming yilliklardagi Bobil ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqida eng to ‘liq 
ma’lumotlar aks etgan qonunlar davlat rolini mustahkamlashga xizmat 
qilgan. Ulami o ‘rganish orqali qadimgi Bobilning xo‘jaligi, (qishloq 
xo‘jaligi, hunarmandchilik, savdo va sudxo‘rlik), ijtimoiy tuzumi 
(yerga egalik shakllari, qulchilik, jamoa, oila, huquq va boshqalar) 
haqida nihoyatda boy va ahamiyatli m a’lumotlarga ega boMamiz.

Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling