Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
M isr saltanatining ichki va tashqi siyosati
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
M isr saltanatining ichki va tashqi siyosati. Tutmos III ning
istilochilik urushlari natijasida M isr mil. a w . XV asrda Old Osiyodagi eng qudratli davlatga aylandi. Old Osiyoning Mitanni, X ett va Bobil kabi kuchli davlatlari M ism ing kuch-qudrati bilan hisoblashishga majbur bo'ldilar. Ular M isr bilan do‘stona munosabat o ‘matishga harakat qildilar. Bu to‘grisida o ‘sha davrdagi ko'pgina yozma manbalar m a’lumot beradi. Mil. a w . 1386-yilda taxtga Tutmos IV ning o ‘g ‘li Amenxotep III davrida Misrda tinchlik va osoyishtalik hukm surdi. Garchand Nubiyaga yurish uyushtirilgan bo‘lsa-da, bu harbiy kompaniya ikkinchi darajali xarakterga ega bo‘lgan. Mamlakat iqtisodiyoti izga tusha boshlaydi. Mitanni davlati bilan do‘stlik aloqalarini tiklaydi. Mitanni podshosi Shutama II fir’avnga xotinlikka malika va 317 ta 29 xizmatkomi yuboradi. Zero, Amenxotep III ona tomondan Mitanni podshosi Artadamning nevarasi edi. O lz navbatida qo‘shnisini kuchsizlantirish maqsadida, Mitanni vassali Ashshur podshosi Ashshumadinaxxe II bilan yashirin aloqalar olib boradi. Mashhur Amenxotep IV Exnaton (mil. avv. 1375-1336-yy) davrida M isming tashqi siyosiy axvoli yomonlashadi. Uning diniy islohati(Aton xudosini ulug‘lash) mamlakat mafkurasini ikkiga bo ‘lib yubordi. Eski din kohinlari quvg‘in qilindi va ibodatxona boyliklari davlat hisobiga musodara qilindi. Exnaton ajdodlari kabi Nil daryosi qirg‘oqlaridagi irrigatsiyani rivojlantiradi. Savdo hajmi oshib boradi, ammo Mitanni janubiy Suriyaning katta qismini bosib oladi. Osiyoda yana bir raqib Xett davlati urushga tayyorlana boshladi. Exnatonning o‘g‘li Tutanxamon (mil. a w . 1336-1327-yy) davrida ahvol o‘zgarmadi. Tutanxamon 10 yoshidan fir’avn taxtiga o‘tiradi va bir yil o‘tmay otasi qurgan shahar Axetatondan chiqib ketadi. Fiva yana diniy markazga aylanadi. U eski xudolar (Amon, Ptax, Tot, Gor, Osiris va Anubis) larga sig‘inishni qayta tikladi. Quvg‘inga uchragan kohinlar uni qo'llab-quvvatladilar. Tutanxamon vafotidan so‘ng Eye hokimiyatga keladi, ammo ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat o ‘zgarmaydi. Taxtga Tutanxamonning qarindoshi lashkarboshi Xoremxeb (mil. a w . 1323-1295-yy) kelgach 19-sulolaga asos soladi. Asli kelib chiqishi Yuqori Misming 18-nomligidan (Xanislik) bo‘lib, qobiliyatli siyosatchi va sarkarda edi. U Misr armiyasini ikkiga ajratib ( shimoliy va janubiy), Nubiyani nazorat qilish maqsadida janubiy va Osiyodagi mulklami nazorati uchun shimoliy qo‘shinlami javobgar qilib qo‘ydi. Mil. a w . 1295-yilda Xoremxeb farzandsiz olamdan o‘tadi va fir’avnlik taxtiga Ramzes I (ayrim olimlaming fikricha u 19-sulola asoschisi hisoblanadi) keladi. Yangi hukmdor Misr qo‘shini tarkibidagi yollanma askarlar sonini oshiradi hamda fir’avnni qo‘riqlash uchun maxsus qismlami joriy etadi. Biroq, xettlar bilan Suriya masalasida kelishmovchiliklar keskinlashadi. Ramzes I bir yil hokimiyatda o‘tiradi. So‘ngra kelib chiqishi otasi Ramzes I kabi Quyi Misrdan bo'lgan Seti I (“Set xudosiga tegishli”) fir’avn b o iad i. Uning davrida Falastin va Suriyaga harbiy yurish qilinadi. Seti I ning o‘g‘li Ramzes II (mil. avv. 1279-1213-yy) davrida xettlar bilan Suriyani nazorat qilish uchun urush olib borildi. Ramzes II ibodatxonalar boyliklarini ham urushga sarfladi. Kadesh yonidagi jangda Xett podshosi Muvatalis bilan to‘qnashdi. Fir’avn g'alabaga 30 erishdi, ammo jangda halok b o ‘lishiga oz qolgan edi. M isrliklar halok b o ig a n xettlaming qo‘llarini chopib olib, o‘z fir’avnlariga keltirdilar. Mil. avv. 1279 yoki 1270-yillar atrofida Xett podshosi Xattusili III tashabbusi bilan Misr va Xett podsholigi o ‘rtasida tinchlik shartnomasi tuziladi. Shartnomalarda davlatlar o ‘rtasidagi chegaralar kelishib olingan, ulam i buzmaslik, birovning hududida yangi shaharlarga asos solmaslik va biror tomonning shunga o ‘xshash urinishlariga yo‘l qo‘ymaslik kabi majburiyatlar belgilangan. Har ikki tomon uchun qaram bo‘lgan podsholar bilan uchinchi tomon ittifoq tuzishi man etilgan. Agarda Xett podshosi urushga kirgan paytda, u bilan shartnoma tuzgan tomon o ‘z “betarafligi”ni e ’lon qilsa, Misr xettlar dushmani bilan maxfiy aloqalarda bo'lgan deb hisoblangan. Tuzilgan tinchlik bitimining moddalarida ichki va tashqi dushmanlarning har qanday hujumiga qarshi birgalikda chiqish ta ’kidlanadi. Birinchi da’vatning o ‘zida kontragent (shartnoma tuzgan har ikki tomonning biri) o'zining qo‘shinlari bilan yordamga kelishi lozim edi. Ushbu bitiirming ayrim bandlari faqat bir tomon uchun taalluqli bo‘lishi mumkin edi. Kelishuvda aytib o‘tilgan shartlarning to‘liq bajarilishi nazorati har ikki tomondan mingta yaqin guvoh - xudolar haykalchalari bilan belgilandi. Xett mamlakatining tashqi siyosatida sulolaviy nikohlar muhim o‘rin egallagan. Shu jihatdan Xett podsholarining qizlariga bosh xotin, ya’ni mamlakat malikasi maqomini kafolatlovchi shartlar ilgari surildi. M isr qo‘l ostida Falastin, Finikiyaning katta hududi va janubiy Suriyaning bir qismi qoldi. Bu mamlakatlar shimolidagi barcha hududlar xettlaming mulki hisoblandi. Tinchlik shartnomasi bilan birga, o ‘zaro yordam berish majburiyatiga asoslangan ittifoq shartnomasi ham tuzilgan. Shunga ko‘ra nikoh diplomatiyasi qo‘llamlib, Ramzes II Xattusilining qizlaridan biriga uylanadi. Keyingi fir’avnlar Memeptax(mil. a w . 1212-1202-yy), Amenmes (mil. avv. 1200-1194-yy), Saptax (mil. a w . 1194-1188-yy) davrlarida Misr o ‘z qudratini saqlab qoldi. Yangi podsholik davrida sun’iy sug‘orish inshootlarini bunyod etish, ta’mirlash va tartibga solish, yangi o'zlashtirilgan yerlarga suv chiqarish fir’avnlaming nazoratida turgan. Serunum Fayum vohasida yangi yerlar o ‘zlashtirilib, voha asta-sekin M ism ing bug‘doy omboriga aylangan. Eski irrigatsiya inshootlari tozalanib borilgan. Nil daryosining suvlarini chiqishi ustidan doimiy nazorat o ‘matilgan. 31 Nil vodiysida uzumchilik, bog‘dorchilik va asalarichilik rivojlanib borgan. Yangi podsholik davrida Misr iqtisodiyotida ziroatchilik va chorvachilik yetakchi soha sifatida hisoblanib, mahsulotlami hatto chetga ko‘plab yetkazib bergan. Mil. avv. 1140-yili Misr o ‘zining chegaralarini tashqi dushmandan himoya qila olmay qoldi. Mamlakatga Liviya yerlaridan ko‘chmanchilaming kirib kelishi kuchaydi. Ulam i Misr qo‘shiniga yollash kengaydi. Yangi podsholik davrida yagona davlatning yemirilishi bilan M isrda III 0 ‘tish davri (mil. a w . 1075-656-yy) boshlandi. Bu davrda Misrda rasman yagona podsho hokimiyati mavjud bo‘lsa-da, siyosiy tarqoqlik o‘zining yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Nomlar o‘rtasida kuchli ziddiyatlar mavjud edi. Dastlab mil. a w . 943 yili asli meshauashi (liviyalik)lardan bo‘lgan Sheshonk (mil. avv. 943-922-yy) 21- sulolaning so‘nggi vakili Psusennes П o‘limidan so‘ng hokimiyatga keladi va 22-sulolaga asos soladi. Poytaxtni Nil deltasining Sharqidagi Per-Bastet (yunoncha Bubastis) shahriga ko‘chiradi. 0 ‘z o ‘g‘li Osorkonni sobiq podshoning qizi M aatkaraga uylantirib, taxt vorisligi tizimini o‘z foydasiga hal qilishga muvaffaq b o ‘ladi. Shu tariqa M isr tarixida Bubastislar, ya’ni liviyalik fir’avnlaming boshqaruv davri boshlanadi. Fir’avnlar Osorkon (mil. a w . 922-887-yy), Sheshonk II (mil. a w . 887-885-yy), Takelot(mil. a w . 885-872-yy), Osorkon II (mil. a w . 872-837-yy), Sheshonk III (mil. a w . 837-798-yy), Sheshonk IV (mil. a w . 798-785-yy), Pami(mil. a w . 785-778-yy) va boshqalar davrida Misr taraqqiyoti avvalgidek emas edi. Mil. a w . 760-yilda Yuqori Misrga Nubiyaning Napata shahridan Kashta(mil. a w . 760-752-yy) ismli podsho qo ‘shin tortib keladi. Shu tariqa efioplar taxtga o ‘tirib, 25-sulolaga asos soladilar. Misr tarixida mil. a w . 760-656 yillar efiopiyalik fir’avnlar davri hisoblanadi. M amlakat yana ichki nizolar oqibatida kuchsizlanadi. Ushbu sulolaning yirik namoyondalaridan Pianxi va Shabakalar davrida Yuqori va Quyi Misr efioplar sulolasiga (mil. a w . 715-y) bo‘ysundirildi. Ammo mil. a w . 674 yili Misrga Ossuriya podshosi Asarxaddon bostirib keladi. Mamlakat 10 yildan ziyod ossurlarga qaram bo‘lib qoladi. Download 7.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling