Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


 ‘rta podsholikning inqirozi sabablari


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   109
0 ‘rta podsholikning inqirozi sabablari. Fir’avn Amenemxet IV 
vafoti bilan mamlakatda 12-sulolaning erkak vakillari qolmadi. 
Garchand uning o ‘gay singlisi Nefrusebek fir’avn sifatida taxtga 
ko‘tarilsada, M isrda ichki nizolar ortib bordi. Mil. avv. 1786-yilda 12- 
sulola o ‘miga 13-sulola vakillari keldi. Ushbu sulola vakillaridan 
Sebekxotep II va Amenemxet V davriarida siyosiy inqiroz avj ola 
boshladi. 0 ‘rta podsholik yana nomliklarga bo‘linib ketdi.
“Turin papirusi” m a’lumotlariga ko‘ra mil. a w . 1675-yilda Quyi 
Misrga Osiyodan ko‘chmanchi giksos qabilalari kirib keladilar va 
Deltani egallaydilar. Giksoslar, Misrga Shimoliy Arabiston, Falastin 
va Suriya yerlaridan kirib kelganlar. Giksoslar sardori Xian fir’avn 
maqomini qabul qilib, 15-sulolaga asos soladi. Ular Quyi Mismi 100 
yildan ko'proq (ayrim manbalarda 108 yil)boshqardilar. Ammo, 
Yuqori Misr nomligi Fiva shahri boshchiligida mustaqillikni saqlab 
qoldi. Giksoslar Avarisni poytaxt qilib, u yerdan Deltani boshqardilar. 
K o‘chmanchilami g ‘alabasini jangovar aravalar ta’minlab berdi. Misr 
qo‘shini piyoda jan g qilishga ko ‘nikkan edi. Yuqori M isming ayrim 
nomliklari 
giksoslarga 
o ‘lpon 
toMaydigan 
boMdilar. 
Giksos 
fir’avnlaridan Xian va Apepilar (hukmronlik yillari munozarali) 
davrida Quyi M isr kuchaydi, ammo butun Yuqori M isr hududini 
butunlay egallay olmadilar. Ular Abidosga qadar o ‘z ta’sir doiralarini 
saqlab tura olishlari mumkin edi. Natijada bir oz vaqt o ‘tib, Yuqori 
Misrliklar Fivada 17-sulolaga asos soldilar. Fiva nomligi tez orada 
Yuqori Misr nomliklarini Kamos boshchiligida birlashtira oldi. Nil 
daryosida harbiy flot tuzildi, q o ‘shin tartibga solindi. Avaris hukumati 
giksos fir’avni Apopi boshchiligida Kush podshosiga maktub yozadi 
va Fiva nomligini bo‘lib olishni taklif qilgan. Fiva nomarxi 
Kamosning 1-2 tosh bitiklarida keltirilishicha, elchi y o ‘lda qo‘lga 
tushib qoladi va Kamos giksoslarga qarshi urushni boshlaydi.
25


Keyinchalik urushda to'liq g‘alabaga Kamosning ukasi Yaxmos erisha 
oladi va giksoslami Misrdan quvib yuborishga muvaffaq bo‘lgan.

Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling