Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Qadimgi Misr podsholigining inqirozi
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi Misr podsholigining inqirozi. Mil. a w . XXIII asrda
nom (yoki sepat) va davlat xizmatidagi zodagonlaming mavqeyi oshib bordi. Aksariyat amaldorlaming ko‘pchiligi soliq majburiyatlardan ozod bo‘lganlar. Davlat qudrati kuchsizlandi (6-7 sulolalar davridan), lekin mahalliy hokimlar-nomarxlar katta moddiy boyliklarga ega bo‘ldilar. Memfisdagi fir’avnlam ing hokimiyati joylarda nomigagina tan olinar edi. Misr zaiflashib, mamlakatda siyosiy anarxiya hukm surar, davlat esa bir-biriga dushman nomlarga bo‘linib ketdi. Qaroqchilik va ehromlami talon-taroj qilish oddiy hoi bo‘lib qoidi. Qadimgi podsholik davrida yagona davlatning emirilishi bilan Misr tarixidagi I O 'tish davri mil. a w . 2250-2050 -yillaming oxiridan boshlanadi. Davlatning zaiflashuvi keskin tabiiy o ‘zgarishlar cho‘llami kengayishi bilan bevosita bog‘liq edi. Nil daryosining suvi keskin pasayib bordi. M utaxassislaming fikricha, hosilning kamayishi, ochlik va ijtimoiy norozilikning kuchayishi pirovardda davlat tizimining yemirilishiga sabab bo‘ldi. Mil. avv. XXII asr boshlarida Yuqori M isming markazi bo‘lgan Memfisda 8-sulola bilan bir vaqtning o ‘zida Nil vodiysinig o ‘rta qismida yangi 9-sulola hukmronlik qila boshladi. Unga Fir’avn Axtoy mil. avv. 2120-yilda asos soladi. Fir’avnning misrcha to‘liq ismi Uaxkara Xeti (yoki Xeti I) bo‘lib, Gerakleopol shahri atrofida mamlakatni birlashtirishga unib ko‘radi. Yangi hukmdor deyarli butun Misr ustidan o ‘z nazoratlarini o ‘matishga muvaffaq bo‘idi. Shu bilan 19 birga, Gerakleopol fir’avnlari Germopol, Fiva va bir necha nomlaming avtonomiyasini yo ‘qota olmadilar. Ayniqsa, Yuqori M ism iug muqaddas shahri Abidosni Gerakleopol fir’avnlari tomonidan talon-taroj etilishi natijasida, Siut va Germopol nomlari ulami qo‘llab-quvvatlamay qo‘ydilar. Bunga javoban ular nomlami to ‘la o ‘ziga bo‘ysundirishga harakat qildi. Axtoy Osiyo ko‘chmanchilariga qarshi urush olib bordi. Mil. avv. Ill ming yillik oxirida M ism ing xo ‘jalik ahvoli mamlakatni birlashtirishni talab etardi. Irrigatsiya tizimi tushkunlikka uchradi, aholi orasida ochlik oddiy hoi bo ‘lib qoldi. Asming oxirida Fiva nomining hokimlari mamlakatni janubini o ‘z hokimiyatlari ostida birlashtirib, fir’avn unvonini (11-sulola) oldilar va shimol podsholarining jiddiy raqibiga aylandilar. Gerakleopollik (lO-sulola)fir’avnlardan Xeti III (mil. avv. XXI asr o ‘rtalari) Siut nomarxi Tefeb bilan ittifoqda Fivaga qarshi uzoq urush olib boradi va ulardan Abidosni tortib oladi. Ittifoqchilaming Nil daryosidagi floti, ularga strategik ustunlikni berdi. Ammo Fiva nomarxi Iniotef II (mil. avv 2118-2069-yy)ni to iiq engib bo‘lmadi. Natijada ikki o ‘rtada sulh tuzildi. Fir’avn Xeti III o‘z o ‘g‘li Merikaraga, Fiva nomligiga nisbatan hurmatda bo‘lishni nasihat qilgan edi. Download 7.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling