Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


bilimlardan keng foydalanildi. Xususan


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
bilimlardan keng foydalanildi. Xususan, 
“Anglo-sakson 
m aktabi”, 
jransuz 
“Annallar 
m aktabi” 
va 
“Berlin 
akadem iyasi” ilmiy maktablari tomonidan tayyorlangan ilmiy 
materiallar tanqidiy tahlil etildi. Ushbu o ‘quv qo'Uanmaning 
“Qadimgi Sharq ta rix i” b o lim i t. f n D. J. Urakov va katta 
о ‘qituvchi A. A. Biykuziyev, “Qadimgi Yunoniston va Rim 
tarixi" qismlari t. f n. R. N. Tursunov hamda katta о ‘qituvchi 
В. B. Xaynazarov tomonidan yozilgan. M ualliflar jam oasi 
qo 'llanma yuzasidan 
berilgan fikr-m ulohazalar 
uchun 
oldindan minnatdorchilik bildiradi.


QADIMGI SHARQ
Mavzu: Qadimgi Sharq tarixi man bash unosligi 
Reja:
1. Qadimgi Sharq tarixi manbashunosligiga kirish.
2. Qadimgi M esopotamiya tarixi manbashunosligi.
3 .Qadimgi Eron va Xitoy tarixi manbashunosligi.
Qadimgi sharq tarixi manbashunosligiga kirish. Qadimgi 
Sharq tarixi manbashunosligi va tarixshunosligi tushunchasi XIX 
asrda fan tariqasida Yevropada yuzaga kelgan. Qadimgi Sharq tarixi 
manbashunosligi hujjatlar bilan ishlash tizimi ikki xil turga (asosiy 
manbalar va ikkilamchi) b o ‘linib o ‘rganiladi. Fransiya arxeolog 
olimlari hamda London akademiyasi mutaxassislari rahbarligida 
ushbu yo‘nalish ilk bor o ‘rganila boshlandi. Manba turlari va uni 
o‘rganish metodikasi ishlab chiqilib, yil sayin mukammallashib 
borgan. Qadimgi yozma manbalar sfragistika va numizmatikasiga ham 
ahamiyat berilib, Qadimgi Misr tarixini yozish usullari doimiy 
taraqqiy etib borgan. Ierogliflami o ‘qish markazlari Yevropaning 
qator yirik shaharlarida yuzaga kelgan. Bu yo‘lda nainki Misr, balki, 
Mesopotamiya, 
Xettlar, 
Finikiya, 
Eron, 
Xitoy, 
Hindiston 
sivilizatsiyalarini o‘rganish dolzarb masala bo‘lib qoldi. Arxeologik 
manbalami tahlil qilish va yozma manbalar bilan solishtirib 
xronologiyasini belgilash Qadimgi Sharq tarixi manbashunosligini 
o'rganishda asosiy omil bo ‘lib xizmat qildi. Qadimgi Misr m e’moriy 
yodgorliklarida bitik toshlar tarzida yozilgan manbalar muhim 
ahamiyat 
kasb 
etadi. 
Qadimgi 
Misr 
tarixshunosligi 
va 
manbashunosligi ilk bor S.Sassi, J.F. Shampalyon va boshqalaming 
asarlarida tilga olingan. Shu bilan birgalikda G.Karteming arxeologik 
izlanishlari va Tutanxamon maqbarasining ochilishi olamshumul 
ahamiyatga ega. Qadimgi M isr yozuvi J.Shampalyon tomonidan ilk 
bor o'qilganda aynan Manefon yozib qoldirgan m a’lumotlar bilan 
taqqoslangan.
Qadimgi 
M isr 
arxeologiyasi, 
tarixshunosligi 
va 
manbashunosligini o ‘rganish maktablari orasida AQSH olimlarining 
faoliyatini ham alohida ta ’kidlab o ‘tish kerak. Bularga R. Michel, J. 
Assman, I. Edvars, B. Braen (Xopkins universiteti), A. Vallis, D.


Rosalie, V. Devis (Kalifomiya universiteti), K. Bart. (Boston 
universiteti) va boshqalar misol bo‘la oladi.
Ingliz misrshunosligi maktabi vakillariga hozirda Y. Shou 
(Liverpul universiteti), J. Teylor (Britaniya muzeyi), L. Edmund 
(Buyuk Britaniya va Irlandiya Anropologiya instituti), A. Rudolf, A. 
Dodson, D. Xilton, N. Revis va boshqa olimlami ta ’kidlab o‘tish 
mumkin. Ularga qadar yirik misrshunos olimlar N. Devis, X. Farmer, 
V. Simpson, kahilar faoliyat olib borganlar.
Germaniya misrshunosligi maktabi olimlaridan dastlab L. Klebs, 
M. Burxard, X. Buxxols va hozirgi kunda S. Xendriks va S. 
Saydlmayer kabilaming mehnati kattadir.
Qadimgi Misr adabiyotida Ipuser yozma bitiklari M isrda bo‘lib 
o ‘tgan qo‘zg‘olonlar haqida m a’lumot beradi. “Aka-uka haqida ertak”, 
“Marhumlar kitobi”, “Ajal shahzodasi” kabilarda Qadimgi Misr dini 
va adabiyotiga oid m a’lumotlar uchraydi.
Ikki 
daryo 
oralig‘i 
(Mesopotamiya) 
manbashunosligi 
va 
tarixshunosligi ham XIX asr ikkinchi yarmida ilk bor o ‘rganila 
boshlandi. Yozma manbalar asosan sopol taxtachalarda bitilgan 
bo‘lib, mixxat yozuvining yorqin xususiyatlarini o ‘zida aks etgan. Shu 
bilan birgalikda “Shulgi qonunlari” va “Xammurapi qonunlari” yozib 
qoldirilgan bo‘lib, ulam ing aksariyati bazalt toshga m ixxat yozuvida 
bitilgan. Shumer-Akkad hukmdorlar ro‘yxati e ’tiborga sazovordir. 
Limmu 
Berrouz 
m a’lumotlari 
Qadimgi 
M esopotamiya 
tarixshunosligida muhim ahamiyatga ega.
Kichik Osiyo tarixi manbashunosligi XIX asr ikkinchi yarmida 
o ‘rganilib, 1870-yildan boshlab e ’tibor qozona boshladi. Arxeologik 
izlanishlarda olimlar Xett sivilizatsiyasi bilan ilk bor tanishishgan. 
Chatal Guyuk, Troya kabi mashhur manzilgohlar G. Shliman, D. 
Mellard, B. Grozniylar tomonidan o'rganilgan.
Mil. avv. XIII asr oxiridan “dengiz xalqlari” hujumidan so‘ng 
inqirozga uchragan Xett davlati haqida tarixiy m a’lum otlar XX asr 
boshlarigacha juda kam bo‘lgan. T o‘g ‘ri ushbu davrgacha Kichik 
Osiyo va Suriyaning shimolidan qadimiy mixxat yozuvlar va tasvirlar 
topilgan edi. Ammo ulami davrlashtirish va xronologiyasini belgilash 
o‘sha davr uchun muammoli boMgan. 1887-yilda tarixchi arxeologlar 
Tell-Amarna arxividagi diplomatik yozishmalami tarjima qilganlarida 
Xett podshosining M isr bilan diplomatik aloqalar olib borgani aytib


boriladi. Bu esa Kichik Osiyoda qadimda yana bir ulkan davlat 
bo‘lganini ta ’kidlar edi.
1906-yilga kelib mashhur Germaniyalik olim Y. G. Vinkler 
Bugozgoy degan joyda (hozirgi Turkiya Respublikasi) X ett davlati 
poytaxti Xattusani arxeologik izlanishlar natijasida topishga muvaffaq 
bo‘ladi. Natijada Yaqin Sharq tillarida (akkad, xuritt, arsava va 
boshqa) yozilgan o‘n minglab loy taxtachalardan iborat mixxat 
yozuvlar va hatto Xett davlati M isr podsholigi o ‘rtasida tuzilgan 
tinchlik shartnomasining mixxat shakli topildi. Chexiyalik olim B. 
Grozniy (keyinchalik yirik xettolog) 1915-yilda chuqur lingvistik 
tadqiqotlardan so‘ng qadimgi xett tili hind-yevropa tillar oilasiga 
mansubligini isbotlaydi. Taniqli tadqiqotchi olim A. Getse 1933-yilga 
kelib Xett davlati tarixini dastlab umumiy o'rganishga urinadi. Shu 
bilan birga A. Getse 1933-yilda Kichik Osiyo tarixini ilmiy asosda 
yozishga harakat qiladi. Olim Xett davlati harbiy ishi va sulolalari 
tarixiga asosiy e ’tiborini qaratadi. U Qadimgi Xett jamiyatining 
ijtimoiy-siyosiy muassasalari o ‘xshashligiga (yer-mulk, majburiyatli 
yer egaligi) asoslanib xettlam ing ijtimoiy tizimini chuqur o ‘rganadi. 
Taniqli lingvist va arxeologlar xett madaniyati asoslarini yaratishda 
xattilarga(protoxettlami) xurrit qabilalarining ta ’sirini tadqiq etdilar.
Qadimgi Xett podsholigi tarixini o ‘rganishda rus xettshunoslik 
maktabi 
vakillaridan taniqli 
sobiq sovet olimlaridan B. 
Y. 
Aleksandrov, V. G. Ardzinba, A. V. Volkov, N. N. Nepomnyashiy, G. 
G. Giorgadze, G. I. Dovgyalo, V. V. Ivanov, A. Y. Nagovitsin va 
boshqalaming mehnati katta hisoblanadi.
Qadimgi 
Suriya, 
Falastin, 
Finikiya 
manbashunosligi 
va 
tarixshunosligi 
bevosita M isr tarixi 
bilan bog‘liqdir. 
Yozma 
manbalardan Tavrot va Bibliya (Injil) asosiy muhim manbalardan biri 
hisoblanadi. 
Chunki 
Yevropa 
olimlari 
XIX 
asr 
2-yarmida 
Mesopotamiyadagi manzilgohlami aynan diniy-mafkuraviy omillar 
asosida izlanishlar olib borgan holda arxeologik manzilgohlami 
topishga intilishgan. Ammo bu har doim ham ijobiy natijalami 
bermagan.
Qadimgi Eron manbashunosligiga oid qator m a’lumotlar Naqshi 
Rustam, Behistun qoyatosh bitiklari va Persopol saroyidan topilgan 
yozma 
manbalar 
muhim 
hisoblanadi. 
Shuningdek, 
o‘troq 
dehqonchilikka oid sivilizatsiya asosida paydo bo‘lgan arxeologik 
manzilgohlar: Joytun, Jarmo, Suza, Shaxtepa, Marlik, Ekbatan,


Persopollami misol keltirish mumkin. Qadimgi Eron tarixiga oid 
yunon manbalar Gerodot, Arrian, Aristobul, Strabon va boshqa 
olimlaming asarlarida ko‘rsatib o‘tilgani ta’kidlab o ‘tiladi. Qadimgi 
Hindiston 
manbashunosligi 
Moxendjadaro, 
Xarappa, 
Lotxal, 
Kalibangan, Pataliputra, Taksilladan topilgan arxeologik yozma va 
moddiy manbalar muhimdir. 
Manu qonunlari, 
Artxashastrada 
Braxmanlar jamiyati borasida mulohazalar berilgan.
Qadimgi 
Xitoy 
manbashunosligini 
o ‘rganish XIX 
asrdan 
boshlandi. Yozma manbalar Shidszi, Xanshu, Xouxanshu, Veyshuda 
qadimgi Xitoy manbashunosligi o‘z aksini topgan. Anyan, Loyan, Sin 
Shi Shuandi maqbarasidan moddiy manbalar topilib o ‘rganilgan. 
Anyan yozma manbalari asosan ijtimoiy hayotga oid m a’lumotlarda 
keltirilgan. Sima Szyan solnomasi ayniqsa muhimdir.
Yozma manbalarda ta ’kidlanishicha mil. a w . 2000-1775 -yillarda 
XII sulola fir’avnlari mamlakatni barqaror holatga keltirdilar. Fir’avn 
Mentuxotep III davrida, M isr arxitekturasida (Madinat Xabu) sezilarli 
o ‘zgarishlar yuzaga keldi. Shohlar vodiysida qurilishida ham qator 
yutuqlarga erishiladi.

Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling