Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   109
Miken. Mil. avv. II ming yillik oxirlarida Bolqon Yunonistonida 
qabilalaming ko'chishi bilan jam iyat ijtimoiy-siyosiy xayotida jiddiy 
o ‘zgarishlar yuz berdi. Taxminlarga ko ‘ra bu vaqtda Sharqiy 0 ‘rtayer 
dengizi qirg‘oqlarida Hind-Yevropa tillarida so‘zlashuvchi etnik 
guruhlar paydo bo‘ladi. Bu haqda M ikenda arxeologik qazishmalar 
olib borgan Genrix Shlimann m a’lumotlari muhim ahamiyat kasb 
etadi.
Miken keyinroq yaratilgan yunon afsonasi bo‘lmish Iliada 
dostonida yunonlami Troyaga qarshi urushga boshlab borgan 
Agamemnon ismli afsonaviy hukmdoming yashash joyi bo‘lgan. Egey 
havzasida 400 yil davomida bir xil madaniyatni mavjud bo ‘lishi uni 
shartli ravishda “M iken” madaniyati deb atalishiga sabab bo‘ldi. 
Mikena siyosiy markaz sifatida o ‘z hukmronligini keng qamrovda 
amalga oshira olmadi. Faqat M ikenada olib borilgan arxeologik 
qazishmalar natijasida Mikena madaniyatiga mansub inshootlar qazib 
ochilgan. 1876 yilda arxeolog G. Shliman M ikenada qoyaga o ‘yilgan 
shaxta tipidagi qabrlarni topdi. Qabrlarda kumush va oltin bilan 
bezatilgan bronza (jez) qilichlar, oltin va kumush qadahlar, tilla 
niqoblar va boshqa buyumlar topildi. Qabr toshlarida ov va jang 
lavhalari tasvirlangan.
Mil. avv. 
1600 yillar atrofida Kritda yuksak rivojlangan 
madaniyat mavjud bo‘lgan paytda Bolqon Yunonistonida jiddiy 
o‘zgarishlar yuz berdi. Markaziy va janubiy Yunonistonda qudratli 
markaz Mikena shahri va boshqa shaharlar shakllana boshlaydi
Biz bugun Mikenning oxirgi yuz yil davomidagi boyligi va kuch- 
qudrati, 14-15 asrlar oldin qurilgan joy-majmualarining xarobalarini 
ko‘ramiz. Ulaming arxitekturasi va bezagi diqqat bilan qaralganda, 
Minoy uslubiga o ‘xshatiladi, shu bilan birga bir-nechta ajoyib farqlari 
ham bor. Ular odatda tepaliklarda joylashgan bo‘lib, hashamatli qalin 
devorlar bilan o'ralgan va ular Krit makonlaridan farqli o ‘laroq, ancha 
kichik edi. Biz Miken hukmdorlarining dastlabki vazifasi mamlakatga 
bostirib keluvchi raqiblardan mudofaa qilish deb, xulosa qilamiz. 
Qal’alami o ‘rab olinishi yashirinish va istiqomat qilish uchun
138


dastlabki shahar b o iib xizmat qilgan. Keyinchalik Yunonlarda juda 
katta devorlar insoniyat aqli bovar qilmaydigan darajada ulkan va 
hashamatli qilib qurilgan. Haqiqatdan ham bunday ishlar, ehtimolki 
shohning maqtanishi, davlati va kuch-qudratini odamlar ko ‘z o ‘ngida 
namoyish qilish uchun kerak b oig an d ir. Shuningdek, Miken 
makonlari 
Minoydan 
farqli 
o ia ro q , 
turli 
vaqt 
oraligida 
o‘zlashtirilgan. 
Krit 
komplekslarida hovliga tosh yotqizilgan, 
markazda to‘g ‘ri to ‘rtburchakli saroylar b o iib , zal, megarondan 
tashkil topgan. Megaron - bayramlarda kengash a ’zolari va 
mehmonlami kutib olish uchun ishlatiladigan tantanali markaz edi. 
Birinchi hovli orqali peshayvon va kichik xonaga kiriladi. 0 ‘rtada 
katta xona b o iib , u yerda plastikdan yasalgan dumaloq o ‘choq, yon 
tomonida to ‘rtta ustun hamda ochiq balkon b o ig a n ( U yerda ilohdan 
madad so‘ralgan).
Yangi qirollik davri (mil. avv. 1575-1087- yy) da Anatoliya, 
Suriya, Misrga qarshi agressiv harakatlar olib borilgan. Shunga 
qaramay, 0 ‘rtayer dengizi dunyosida M iken madaniyati va boshqa 
davlatlar bilan diplomatik jarayonlar shakllandi.
Mintaqadagi yana bir muhim markaz haqida Gomeming “Iliada” 
va “Odisseya” dostonlari m aiu m o t beradi. Unda Pilos shahri va 
M essaniya haqida hikoya qilinadi. “Nestor” makoni Amerika 
arxeologi Kar Belgans tomonidan 1939-yili Pilosdan topilib, so‘nggi 
bronza davriga oid ekanligi aniqlanadi. Belgans ko‘p sonli В chiziqli 
muhim yozuvlami topadi. В chiziqli yozuvlar Knoss va boshqa 
markazlardan ham topilgan. Unda Mikenning iqtisodiy jamiyati 
haqida m a’lumotlar uchraydi.
Yana bir markaz “Pilos” hisoblanib, В chiziqli yozuvda “Pu-ro” 
deyilgan. U yerdagi jo ‘shqin hayot mil. a w . 1400-1200- yillaming 
o‘rtasigacha cho‘zilgan. Nestorda inshootlar mil. avv. 1300-1200- 
yillar atrofida qurilgan va ular kichikroq ko ‘rinishda b o ig an . Pilos 
qiroiligi ikki yuz atrofida shahar va qishloqlami o ‘z ichiga oladi. 
Hududi 1400 kv km milni tashkil qilib, 2 ta viloyatga b oiinadi, 
viloyatlar esa, yetarlicha tumanlarga boiin ad i. Jamiyat piramidasining 
Yuqorisida qirol turgan b o iib , u “vanaks yoki vanaka” deyilgan. 
Qiroldan keyin peshqadamlik armiyada b o ig an . Markazlashtirilgan 
ishlab chiqarish va tarqatish tizimi, asosan, hashamatli uylarda 
yashovchi 
mansabdorlar 
uchun 
xos 
b o iib , 
kichik 
b o ig an
guruhlaming ba’zi qismi ta’minlangan. Lekin, ko‘pchilik odamlaming
139


asosiy ishlab chiqaruvchi boyligi - dehqonchilik, chorvachilik, 
hunarmandchilik va xizmat ko‘rsatishdan iborat bo'lgan. Oddiy aholi 
kamtarona hayot kechirishgan, uylari bir-ikki xonali bo‘lib, ulami 
ozchilik qismigina serhasham yashagan. K o‘pchilik oilalar oliy 
darajadagi kishilardan yerlami ijaraga olgan, qolganlari esa, o ‘zining 
yeriga ega bo‘lgan. Hunarmand, chorvador va ruhoniylar yerlam ing 
“shaxsiy” xo‘jayinlari hisoblanishgan. Oddiy qishloq kishisi fermada 
ishlashi, yer, daraxtlar, tok, uy hayvonlariga qarashi, soliq to ‘lashi 
lozim bo‘lgan. Bir necha uy xizmatkorlari armiyada ham xizmat 
qilishgan. Ayollar asosan uy ishlari bilan m ashg‘ul bo‘lishgan. 
Shuningdek, qishloqdagi ayollar mato to‘quvchilardan asboblami 
ijaraga olib, ulush evaziga jun va zig‘irdan buyumlar tayyorlashgan.
M ikenda aholi uyda mahsulot tayyorlab, eksport qilgan. Ayollar 
to‘qimachilik, ko‘ylak tayyorlash, choyshab tikish bilan band bo‘lsa, 
erkaklar duradgorlik, kulolchilik, charm tayyorlash va boshqa ishlar 
bilan shug’ullanishgan.
0 ‘sha vaqtda Yunonistondan mis, qalay, oltin, fil suyagi, bo ‘yoq, 
qahrabo va ziravorlar chet davlatlarga eksport qilingan. Ayniqsa, vino 
va qimmatbaho taqinchoqlar eng ko‘p chiqarilgan mahsulotlar sirasiga 
kirgan.
В chiziqli yozuvga qaraganda, Mikenda aholi Zevs, Poseydon, 
Germes, Artemidaga ibodat qilgan. Zevsni “Osmon otasi” deb 
atashgan.
Mikenda doriylar o ‘z davlatiga asos soladi va bu tarixda “doriylar 
bosqini” deyiladi. Miken qirolligi miloddan avvalgi 1100-yilgacha 
yashagan.
Minoy san’ati va arxitekturasi Yaqin Sharq sivilizatsiyalari, 
avvalo Misr oldida katta qarzdordir. O 'sha paytda ular qadimgi 
sivilizatsiyalar metod va texnologiyalaridan unumli foydalanilgan 
holda o ‘ziga xos farqli jihatlar va uslub asosida rivojlantirdilar. 
Tashrif buyuruvchilar uning hashamatli o‘lchami (300 xonadan iborat 
3.2 akr maydonni egallagan) va arxitekturasining jozibadorligidan 
hayratga tushganlar. Saroy tosh va g ‘ishtdan qurilgan bo‘lib, 
shuningdek, ko‘plab ustunlar ham ishlatilgan. Ko‘plab ayvonlar, 
peshayvonlar va balkonlar yorqin ranglar bilan bo‘yalgan bo‘lib, 
tashqaridan teatrona ko‘rinish bergan. Kichkina tuynuklar saroy 
ichkarisiga toza havo va kunduzi yorug‘lik berib turgan. Quvurlar 
tizimi va kanalizatsiya ko‘plab xonalarga chuchuk suv olib kelish va
140


chiqindilami chiqarib tashlash imkonini bergan. Devorlar va yo‘laklar 
o‘simliklar tasviri, hayvonlar hayotidan olingan lavhalar va kishilar 
faoliyati, b a’zida diniy jarayonlar yoki marosimlar bilan bezatilgan. 
Bu kabi tasvirlar shahar va qishloqlardagi biror- bir uylarda 
uchramaydi.
Krit san’ati nafisligi, hayotiyligi va rang-barangligi sabab bugungi 
kunda ham undan ilhom oladilar. Freskalar, idishlardagi rasmlar va 
kichik haykalchalar bizga saroy va villalar egalari o‘zlarining qanday 
tasvirlaganliklarini tasavvur qilishimizga yordam beradi.
Ayol va erkaklar yosh, xushbichim va bejirim tasvirlangan. 
Erkakiaming soqollari olingan va M isr erkaklari kiyimlariga o'xshash 
kalta katak yubka kiyganlar. Ayollar va erkakiaming ikkalasi ham 
uzun sochlarga ega bo‘lgan, orasta kiyim va oltin taqinchoqlar 
taqishgan.
Mil. avv. Ill ming yillik oxirlarida Bolqon Yunonistonida 
qabilalaming ko‘chishi bilan jam iyat ijtimoiy-siyosiy hayotida jiddiy 
o‘zgarishlar yuz berdi. Taxminlarga ko‘ra bu vaqtda Sharqiy 0 ‘rtayer 
dengizi qirg‘og‘ida hind-yevropa tillarida so‘zlashuvchi etnik guruhlar 
paydo bo‘ladi.
Mil. avv. II ming yillik boshlarida kulolchilikda, kumushga ishlov 
berish ishlarida, urf-odat, an’analarda (jumladan, uy ichida, pol ostida 
yoki devor orasida bolalar qabri) yangi jihatlar paydo bo‘ladi. Yangi 
etnik birliklar eskilari bilan aralashib yangi moddiy va m a’naviy 
madaniyatini vujudga keltirdilar.
Mil. avv. I ming yillikni oxirida Kipr Kichik Osiyodagi 
panfiliyalik axeylar tomonidan o ‘zlashtiriladi. Mil. a w . XIV asrda 
Kichik Osiyoda Axeya davlati mavjud bo‘lgani to‘g ‘risida mixxat 
yozuvlari m a’lumot beradi. Xett manbalarida (XIV-XIII asrlarda) 
Axeya deb atalgan davlatni tadqiqotchilar Bolqon yarim oroli Kichik 
Osiyo va Rodos orolida deb turli farazlar qiladilar.
Mil. avv. XII asr boshida Sharqiy 0 ‘rtayer dengizining Osiyo 
qirg‘og‘ida filimstinlar deb atalgan xalqlar o‘mashadi. Ulaming 
manzilgohlarida bu yerda ilgari bo‘lmagan, shu yeming o'zida ishlab 
chiqarilgan mikena sopol buyumlari ko‘plab topilgan. Bu vaqtda 
Bolqon Yunonistoniga shimoldan turli qabila guruhlari ko‘chishi 
boshlanadi. Yodgorliklarda moddiy 
- m a’naviy madaniyatning
tushkunligi ko‘rinadi. 
Bu vaqtdan 
boshlab temir o ‘zlashtirila
boshlanadi. Peloponnes yarim oroli 
va Kritga doriylar kelib
141


o ‘mashadilar. Doriylaming kirib kelishi bilan mavjud sivilizatsiya 
yo‘q qilib yuborildi.
Xulosa qilib 
aytganimizda, 
Krit-Miken jam iyati 
qadimgi 
Yunonistonda ilk sivilizatsiya o ‘choqlaridan biri b o iib , bu yerda ilk 
davlatchilik shakllari ko‘zga tashlanadi. Lekin bu davlat keyinchalik 
o ‘zaro bosqinlar natijasida inqirozga yuz tutadi.

Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling