Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   109
Yozma manbalar. Qadimgi yozuvlar sopol, tosh, metall, va 
papirus (mil av. II asrdan pergament) kabi turli materiallarga yozilgan. 
Bizgacha yetib kelgan asosiy yozma manbalar mil. avv. VIII asrda 
yaratilgan yunon alifbosi asosida yozilgan; lekin, shuningdek, qisqa 
davr mil. avv. II mingyillik davomida A va В chiziqli Krit yozuvlari 
ham bo‘lgan. Ushbu yozuv namunalari 1901-yilda A. Evans 
tomonidan topilgan bo‘lishiga qaramay, faqatgina 1953- yili ingliz 
olimi M. Ventris b a’zi qismlarini shifrovka qilishga muvaffaq bo'ldi. 
Afsuski, bulam ing ko ‘pchiligi yo‘qolib ketgan.
Qadimgi Yunonistonning klassik hamda ellin davri tarixini 
yoritishda mazkur mintaqada yashab ijod qilgan tarixchilar asarlarini 
o‘mi beqiyos. Birinchi navbatda mil. avv. V asrda yashagan 
Galikamaslik Gerodot ( 485-425-yy)ni qayd etish maqsadga 
muvofiqdir. Uning mashhur asari “Tarix” deb nomlanib, 9 kitobdan 
iborat. M uallif asam ing dastlabki 4 ta qismida Kichik Osiyo, Bobil, 
Midiya, M isr hamda Skif qabilalari tarixini bayon etadi. Qolgan 5 ta 
kitobda asosan yunon-fors urushi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlar (mil. 
a w . 479 yilgacha) o ‘rin olgan. Shu davming yana bir yirik vakili 
afmalik tarixchi Fukidid (460-400- yy) b o iib , uning asari Peloponnes 
urushlariga (431-404- yy) bag‘ishlangan. Shuningdek, tarixchi va 
publitsist Ksenofont (430-355- yy) ham o ‘z davrining mashhur 
kishilaridan bo‘lgan. U Fukidid ishlarini davom ettirib, “Yunon tarixi” 
asarini yaratgan.
Yunoniston tarixi yoritishda antik davr faylasuf va siyosatchi 
arboblaming asarlari muhim o ‘rin tutadi. Ular orasida Platon va 
Aristotel qoldirgan ilmiy meros biz uchun qimmatlidir. Platon (427- 
348- yy) o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy munosabatlarini chuqur tahlil 
qilgan holda “Davlat” va ’’Qonunlar” nomli traktatlar yaratgan. 
Aristotel esa hududdagi 158 ta Yunon polislari siyosiy jarayonlarini 
ilmiy tadqiq etgan holda “Siyosat”(Politika) asarini yozgan.
Qadimgi Yunoniston tarixini yoritishda badiiy adabiyot va 
san’atning o‘mi beqiyos. Esxil, Sofokl, Evripid tragediyalari hamda 
Aristofan komediyalari shular jumlasidandir. Afsuski, barcha tarixiy 
va badiiy asarlar toMiq saqlanib qolmagan. Jumladan, mil. a w . V 
asming eng taniqli dramaturgi Sofokl tomonidan yozilgan 120 dan 
ortiq pyesaning yettitasigina bizgacha to ‘liq etib kelgan. Hozirga kelib 
so‘nggi texnologiyalar asosida yunon yozuvlarining elektron bazasi
132


yaratilgan boMib, unda mil. avv. VIII asrdan milodiy II asrgacha 
boMgan 20 000 000 so‘zdan iborat yunon adabiyoti matnlari joy olgan.
Qadimgi O 'rtayer dengizi hududida yozish uchun qoMlaniladigan 
odatiy xomashyo - papiruslar boMib, u M isrda mil. avv. Ill 
mingyillikdan ishlatila boshlangan. Qadimgi yunonliklar o‘tmish 
mualliflar 
asarlarini 
saqlashga 
jiddiy 
e ’tibor 
qaratganlar. 
Aleksandriyadagi katta kutubxonaga tashrif buyuruvchi o ‘quvchi mil. 
avv. 1-ming yillik davomida 500 ming o‘ramga yaqin kitob o‘qish 
imkoniyatga ega boMsa, aytishlaricha o ‘sha vaqtda Pergamda bunday 
kitoblar 200 000 o ‘ramdan oshgan.
Shuni ta ’kidlash lozimki, mazkur davrda yunonlar uchun 
manbalami o ‘qish jarayonida tanlov imkoniyati kuchli boMgan. 
Aleksandriyalik olimlar o‘zlari ular maktablarda o‘rganish uchun eng 
munosib deb hisoblaganlarini mualliflar ro‘yxati bilan birga saralab 
foydalanganlar.
M azkur manbalar keng qamrovli boMib, ulami davr va joyiga 
qarab o ‘rganish maqsadga muvofiq boMadi. Jumladan, M iken davriga 
(mil av. 1600-1200) oid manbalar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Afsuski, 
“Zulmat davri” bosqichida, y a’ni mil. avv. VIII asrgacha juda kam 
materiallar uchraydi va hech qanday yozma maMumotlar yo ‘q (Gomer 
dostonlari bundan mustasno). Mil. avv. VII asrdan keyin esa moddiy 
va yozma manbalar ko‘plab uchraydi va qadimgi Yunoniston haqidagi 
rang-barang maMumotlarga ega manzaraning guvohi boMishimiz 
mumkin.
Mazkur manzaralarda yunonlar murakkab tabiiy sharoitlarga 
qanday g‘oya va texnologiyalar bilan javob bergani, ular kishilik 
jamiyati doirasida o ‘zaro hamkorlik qilganliklari va jam oalar - 
uyushmalar doirasida qanday o ‘zgacha madaniyat vujudga keltirgani 
hamda individual farqlilikni saqlaganliklarini ko‘rsatib beradi.
Yunon yozma manbalari orasida badiiy adabiyot ham muhim 
o‘rin tutadi. Albatta zamonaviy tarixchilar asosan qadimgi tarixchilar 
va biograflar maMumotlarga tayanishadi. Lekin, she’riyat va nasming 
boshqa janrlari ham muhim manbalar sifatida qaraladi.

Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling