Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi Xitoy madaniyati. Xitoy aholisining madaniy merosi
juda qadimga borib taqaladi. Bu yerda qadimgi Misr, Mesopotamiya, Hindiston va Yaqin Sharqdagi kabi ko ‘hna madaniyat taraqqiy etgan. Bu hududda dastlabki sivilizatsiyalar paydo bo iish i bilan insonlar yuksak madaniyatga asos solganlar. Xitoyliklar qadimdan juda mehnatkash xalq b o iib , dehqonchilik va chorvachilikni erta o‘zlashtirganlar. Mil. avv. II ming yillikdan boshlab, Xuanxe va Yanszi daryolari qirg‘oqlarida paydo b o ig a n davlatlar (Shan) davridayoq qadimgi Xitoy piktografik yozuvlari paydo b o id i. Keyinchalik bu yozuvlar ieroglif shakliga kira boshlaydi. Ieroglif yozuvlar m aiu m bir m a’noni anglatuvchi so‘zlar edi. Shan-In davrida u takomillashadi, yozuvdan asosan diniy marosimlarda, fol ochishda, mulkiy munosabatlami hal etishda va boshqa maqsadlarda foydalanish keng quloch ochdi. Yozishda dastlab qora mol kurak suyaklari, toshbaqa toshi, shoyi mato va bambuk taxtachalaridan foydalanganlar. Faqatgina mil. avv. I asrdan boshlab, qog‘ozga yozishni boshlaydilar. Qog‘ozni ixtiro etilishi esa davlat boshqaruvi, fan va madaniyatni rivojlanishida muhim rol o ‘ynadi. Qadimgi xitoyliklar ilmiy bilimlami dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikda q o ilash n i yaxshi bilganlar. Irrigatsiyadagi katta yutuqlar pirovardida dehqonchilikda hosildorlikni oshirishini yaxshi tushunganlar. Suvsiz joylam i sug‘orish uchun maxsus moslamalar ixtiro qilingan. Ular yana ipak qurti yordamida ip olish va undan mato to‘qish texnologiyasini ishlab chiqqanlar. Qadimgi Xitoydagi ilmiy bilimlaming asoslaridan biri sifatida falsafani tan olishgan. Bu yerda mashhur faylasuf Kun-szi (mil. avv. 125 551-479-yy) faoliyat ko‘rsatgan. Keyinchalik u dunyoda Konfutsiy sifatida tanilgan. Konfutsiy yashagan davrda Xitoyni ichki nizolar va urushlar qamrab olgan edi. Shunga qaramasdan uning falsafiy ta’limoti Xitoy jamiyati uchun eng kerakli dastur-ul amal vazifasini bajardi. Chunki konfutsiylik etikasi diniy emas edi. Ammo tabiat bilan uyg‘unlikka intilish jam iyat uchun muhim deb hisoblangan. Konfutsiy etikaning oltin qoidasi “o ‘zingga ravo ko ‘rmagan narsani, birovga ravo ko‘rma” tushunchasini ilgari surdi. Uning fikricha haqgo‘y va solih inson quyidagi besh tamoyilga rioya qilishi kerak edi. Bularga “Jen” insonlarga muhabbat, “I” haqiqat va adolat, “Li” urf-odat, “Chji” aql-zakovat hamda “Sin” samimiylik yoki yaxshi niyat kabilar kirgan. Garchand Konfutsiy o‘z yurti Lu davlatidan badarg‘a qilingan boMsa-da, u yaratgan ta’limot Xitoyning boshqa joylariga va keyinchalik butun dunyoga yoyildi. Shu bilan birga mil. avv. V-III asrlarda Xitoda “daotsizm” ta’limotining asoslari paydo bo‘ladi. Afsonalarga ko‘ra daotsizmga mashhur donishmand Lao-szi asos solgan. Bu falsafiy va diniy ta’limot konfutsiylik bilan bir qatorda rivojlanib borgan. Xitoy jamiyatining taraqqiy etishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Qadimgi Xitoyda yana tarix va geografiya fanlari rivojlangan. Masalan Sima Syan, Fan E, Ban Gu va boshqa olimlar Xitoyning tarixi va geografiyasiga oid asarlar yozib qoldirishgan. Aniq fanlarga kelsak qadimgi Xitoyda matematika va astronomiyaga ham katta e ’tibor berilgan. Shan-In davlati davrida astronomiyaga oid bilimlar shakllangan edi. 0 ‘sha davrdayoq xitoylik astronomlar quyosh va oyning tutilish vaqtini aniq hisoblay olganlar. Manbalarda ta ’kidlanishicha, keyinchalik xitoylik olimlar janubni ko'rsatuvchi kompasni ham ixtiro qilganlar. Qadimgi Xitoy m e’morchiligi dunyoning boshqa davlatlarida mavjud bo‘lgan m e’morchilik maktablaridan qolishmaydi. Masalan, ko‘chmanchi qabilalardan mudofaalanish uchun qurilgan dunyoga mashhur “Buyuk Xitoy devori”ni olaylik. Uning uzunligi 4000 kilometrga yaqin bo ‘lib, balandligi 12 metr, qalinligi esa 5 metrga teng boMgan. Bu mahobatli m e’moriy majmuasi Sin imperiyasi paydo boMishidan a w a l qurilishi boshlangan edi. Shu bilan birga mashhur Sin imperatori In Chjen (Sin-Shixuandi) maqbarasi o'zining go‘zal va mafitunkor mahobati bilan kishilami e ’tiborini tortadi. 126 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling