Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
partiyaga (ya’ni 123 konfutsiychilar va saroy partiyasi) bo‘linib, kurash olib borganlar. Natijada mamlakat kuchsizlanib boradi. Keyingi imperator Chen-di (mil. avv. 33-yildan- milodiy 7-yilgacha) hukmronligi yillarida imperiyada korrupsiya kuchayadi va zodagonlaming Van qavmining nufuzi ortadi. Imperator hokimiyati esa susayib boradi. Bundan vaziyatdan saroy a’yonlaridan biri Van Man foydalanib qoldi va milodiy 9-yili imperator Jutszi Inni taxtdan qulatib o ‘zini hukmdor deb e ’lon qiladi. Uning davrida Xitoyda pul va yer islohatlari o ‘tkaziladi. M a’muriy boshqaruv tizimiga ham o ‘zgarishlar kiritiladi. Bu orada tabiy ofat yuzaga keladi, ya’ni Xuanxe daryosi o‘zanlaridan chiqib mamlakatning unumdor yerlariga katta talofat yetkazadi. Milodiy 18-yili Shandun va Szyansu viloyatining janubida podsho hokimiyati hamda yirik yer egalariga qarshi tarixda “qizil qoshlar” qo‘zg‘oloni deb nom olgan dehqonlar harakati boshlanib ketadi. Dehqonlar hukumat qo‘shinlaridan o ‘z odamlarini ajrata olishlari uchun qoshlarini qizil rangga bo‘yab olgan edilar. Kamiga milodiy 21- 22-yillarda imperiyada ocharchilik boshlanadi. Bulaming barchasi dehqonlani ag‘darib tashlangan Lyu sulolasi vakillari va Fan Chun boshchilik qilayotgan “Qizil qoshlar” armiyasi tomoniga o ‘tishga majbur qiladi. Milodiy 23-yil Van Man taxtdan qulatilib, hokimiyatga Lyu sulolasi vakili Lyu Syuan (Genshi-di) keladi va Xan imperiyasini qayta tiklanganini e’lon qilinadi. K o‘p o ‘tmay “qizil qoshlar” qo‘zg‘oloni ham bostirilib, milodiy 25-yil (ayrim manbalarda 27 yil) imperator Lyu Syu poytaxtni Loyanga ko‘chiradi. I asming o‘rtalariga kelib esa Xan imperiyasi yana qadimgi dunyoning eng yirik davlatiga aylandi. Ushbu davrda imperiyaning eng asosiy vazifasi shimoliy xunn qabilalarini bo‘ysundirish va “g‘arbiy o ‘lkada” (Sharqiy Turkiston yerlari) o ‘z hukmronligini tiklash edi. Milodiy 73-yilda Ban Chao elchilik vazifasi bilan g‘arbiy o ik a g a yuborildi. Uning bu yerlardagi harakatlari o‘sha zamon diplomatiyasiga xos tarzda olib borildi. Sharqiy Turkiston shahar-davlatlari qayta bo‘ysundirildi. 80- yillaming oxiridan boshlab Buyuk ipak yo‘li orqali Kushon davlati, Parfiya va Rim imperiyasi bilan savdo-iqtisodiy munosabatlar o‘matildi. Bu aloqalar milodiy I va II asrlar chegarasida eng yuqori darajaga ko‘tarildi. Rim imperiyasi (qadimgi Xitoy manbalarida Datsin deb nomlanadi) bilan to‘g‘ridan-to‘g'ri aloqa o ‘matishga urinishlar ham qilib ko‘riladi. Keyinchalik mamlakat korrupsiya va ichki nizolar tufayli kuchsizlana boshlaydi. 124 So‘ngra 184-yili og‘ir soliqlar va majburiyatlarga qarshi xalq aka- ukalar Chjan Szyao, Chjan Bao hamda Chjan Lyanlar boshchiligida (“Sariq ro‘mollilar”) qo‘zg‘olon ko‘taradi. Q o‘zg ‘olonchilaming umumiy soni 300 ming kishiga etib, ular 30 dan ortiq guhlarga bo‘lingan edi. Q o‘zg‘olon 205-yil Xan sarkardalari Dun Chjo va Saosaolar tomonidan qiyinchilik bilan batamom bostiriladi. Tez orada Saosao bosh vazir bo ‘lib olgach, imperator hokimiyati nomigagina tan oiinadi. So‘ngra 220-yil mart oyida bosh vazir Saossao vafotidan so‘ng, Xan imperiyasining so‘nggi imperatori Syan-di taxtdan voz kechadi. Hokimiyatga Saossaoning o ‘g ‘li Sao Pey keladi va o ‘zini Vey davlati podshosi deb e ’lon qiladi. Natijada Xitoy uch mustaqil davlatga (Vey, Shu, U. ) bo‘linib ketadi. Download 7.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling