Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
M oddiy manbalar. Qadimgi Yunoniston yodgorliklari asosan
yer ostida joylashgan. Bir nechta tosh binolami hisobga olmaganda asosan ibodatxonalar yer ostidan qazib o‘rganilgan. Yunoniston tuprog‘i buyumlami saqlanishi uchun qulay bo‘lmaganligi sababli ko‘p topilmalarga zarar yetganligini kuzatish mumkin. Shu boisdan yog‘och, mato va teridan yasalgan eksponatlar juda kam uchraydi. Saqlanib qolgan metall buyumlar orasida: oltin va kumush buyumlar yaxshi darajada; bronza qisman, o ‘z o ‘mida, temir buyumlar esa korroziyaga uchragan holda topilgan. Yana bir turkumdagi yaxshi saqlangan moddiy buyumlar sirasiga yuqori olovda pishiriladigan sopol terrakotalar kiradi. Sopol qadimda ko‘plab maqsadlarda, xususan, haykallar va yodgorliklarda, lekin ko‘p hollarda xo‘jalikda ishlatilgan bo‘lib, asosan qabrlar va boshqa joylardan topilgan. Ushbu idishlar asosida arxeologlar Yunonistonnning siyosiy tarixigacha va uning ilk tarixi xronologiyasini tuzib chiqib, ulami tarixiy sanalarga aylantirish imkoniyatini yaratgan. Bu davrga oid moddiy yodgorliklar Knoss, Fest, M iken va Pilos hamda Peloponnesdagi saroy qazishmalari natijasida topilgan. Eng ko‘p m a’lumotlar Lema (Shimoliy Peloponnes) va Rafina (Attika) manzilgohlaridan qazib o ‘rganilgan. Ushbu manzilgohlar miloddan avvalgi uchinchi ming yillik oxirlariga mansub bo‘lib, undan bronzadan yasalgan mehnat qurollari va xo‘jalik buYumlari topilgan. Shuningdek, Axey qabilalari yashagan qishloqlar qoldig‘i Koraka (Korinf) hamda Ziguries (Miken yaqinida) manzilgohlarini o ‘rganishda m a’lum bo‘ldi. Shu bilan birga, Attika va Spartadan qadimgi qabristonlami o ‘rganilishi oqibatida miloddan avvalgi II ming yillik o ‘rtaIariga oid ashyoviy manbalar topildi. 131 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling