Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
M avzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Glossariy Sya Qadimgi Xitoydagi ilk sulola Ba Gegemon knyazlar maqomi Chunsyu
- Daotsizm Qadimgi Xitoydagi falsafly oqimlardan biri 127 QADIMGI YUNONISTON
- Qadimgi Yunonistonning geografik o ‘rni va aholisi.
M avzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Qadimgi Xitoydagi ilk manzilgohlari haqida m a’lumot bering? 2. Shan shahar-davlati haqida nimalami bilasiz? 3. Chjou davlati ichki va tashqi siyosatining o‘ziga xos xususiyati nimada? 4. Qadimgi Shan-Inliklar madaniyati, Chjou davlatiga qanday ta’sir ko‘rsatgan 5. Chjou davlati hukmronligi davri haqida nimalami bilasiz? Glossariy Sya Qadimgi Xitoydagi ilk sulola Ba Gegemon knyazlar maqomi Chunsyu Qadimgi Xitoy tarixida “ko‘p podsholiklar” davri Van Hukmdor yoki imperator I Chjou davlati davrida ko‘chmanchi varvar qabilalar ittifoqi Di go Xan saltanatida teng davlatlar konsepsiyasi Daotsizm Qadimgi Xitoydagi falsafly oqimlardan biri 127 QADIMGI YUNONISTON Mavzu: Qadimgi Yunoniston tarixiga kirish Reja: 1. Qadimgi Yunonistonning geografik o ‘rni va aholisi. 2. Qadimgi Yunoniston tarixini davrlashtirish. 3. Qadimgi Yunoniston tarixiga oid manbalar. Qadimgi Yunonistonning geografik o ‘rni va aholisi. Qadimgi yunon tarixining geografik joylashuvi doimiy bo‘lmagan. U tarixiy rivojlanishga k o‘ra o ‘zgarib va kengayib turgan. Qadimgi yunon sivilizatsiyasining asosiy hududi Egey havzasi, y a’ni, Egey dengizining Bolqon, Frakiya va Kichik Osiyo sohillari va ko‘p sonli orollar bo‘lgan. Mil. avv. VIII-VI asrlarga kelib, buyuk yunon kolonlashtirishidan so‘ng yunonlar Janubiy Italiya va Sitsiliya hududlari, shuningdek, Qora dengiz sohillarini o ‘zlashtirganlar. Natijada Buyuk Yunoniston tushunchasi vujudga keldi. Mil. avv. IV asming oxirida Makedoniyalik Aleksandming g‘olibona yurishlari va Ahmoniylar davlati egallanganidan so‘ng Yaqin va 0 ‘rta Sharqda ellin davlatlari tashkil topdi va bu hududlar qadimgi yunon dunyosining bir qismiga aylandi. Ellinizm davrida yunon dunyosi g‘arbda Sitsiliyadan sharqda Hindistongacha, shimolda Shimoliy Qora dengiz sohillaridan janubda Nilning birinchi irmoqlarigacha bo" Igan ulkan hududlarni qamrab oldi. Biroq, butun qadimgi yunon tarixi davomida uning markaziy qismi Egey havzasi hisoblangan. Chunki, bu yerda yunon davlatchiligi va madaniyati paydo bo‘ldi va gullab yashnadi. Qadimgi Sharq mamlakatlaridan farqli o‘Iaroq, qadimgi Yunonistonda etnik rang-baranglikni kuzatish mumkin. Yunonistonning markaziy hududlari, ya’ni Egey havzasi va Bolqon yarim orolining janubiy qismlarida asosan yunon tilli xalqlar yashagan bo‘lib, ulami axeylar, doriylar, ioniy va zoliylar tashkil etgan. Bu qabila guruhlari o ‘z dialektlarida gaplashganlar hamda diniy qarashlar va urf-odatlarida ham o ‘ziga xoslikni kuzatish mumkin, biroq bu farqlar unchalik sezilarli bo'lmagan. Barcha yunonlar bir tilda gaplashgan, bir-birini yaxshi tushungan va o‘zlarini bitta xalqqa va bitta sivilizatsiyaga tegishli ekanligini his qilgan. Mazkur xalqlar orasida birmuncha qadimiyroq qabila guruhi axeylar bo‘lib, ular mil. 128 a w . Ill mingyillikning oxirida Bolqon Yunonistonining janubiy qismiga kelib o ‘mashganlar. Mil. avv. II mingyillikda zamonaviy Epir va M akedoniya hududlaridan harakatlangan doriy qabilalalari bosimi ostida axeylar qisman assimilyatsiyalashadi va bir qismi tog‘li hududlarga siqib chiqariladi. Doriylaming katta qismi Peleponnes (Lakonika M esseniya, Argolida, Elida), Egey dengizining janubidagi orollaming katta qismi, xususan, Krit va Rodos, Kariya va Kichik Osiyo hududlarining ba’zi qismlarida o‘mashganlar. Attika ioniy shevada gaplashgan uchinchi qabila guruhi Attika, Evbeya, Samos, Xios, Lemnos kabi Egey dengizining markaziy qismidagi orollari va Kichik Osiyo sohillaridagi Ioniya viloyatida joylashganlar. To'rtinchi qabila guruhlari b o im ish eoliylar Beotiya, Fessaliya va Kichik Osiyo sohillaridagi Ioniya viloyatini shimolidagi Eolida viloyati va Lesbos orolida yashaganlar. Egey havzasida yunonlardan tashqari uunongacha bo‘lgan qabilalar qoldiqlari, jumladan, leleglar, pelasglar, kariylar yashagan b o iib , ular mil. avv. I mingyillikda Yunoniston aholisining etnogenezida unchalik katta rol o'ynam agan. Shuningdek, yunon davlatchiligida muhim o ‘rin tutgan xalqlardan biri sifatida to g ii Frakiyaliklami qayd etish maqsadga muvofiqdir. M amlakat hududining katta qismi togiiklardan iborat b o iib , faqatgina 20% ni tekislik va vodiylar tashkil etgan. Yunonistonda tabiiy boyliklardan - marmar, temir rudasi, mis, kumush qazib olingan, shu bilan birga kulolchilik uchun soz tuproqlarni ko‘p uchrashi hunarmandlarga xomashyo manbai b o iib xizmat qilgan. Qadimgi Yunoniston tarixini uchta katta bosqichga b o iis h mumkin: l)ilk sinfiy jam iyat va mil. a w . II mingyillikda davlat uyushmalarining shakllanishi (Krit va Axey Yunonistoni); 2) Polislaming shakllanishi va gullab yashnashi, klassik ko‘rinishdagi qulchilik munosabatlari, yuqori madaniyatni yaratilishi (mil. a w . XI-IV asrlar); 3)Yunonlar tomonidan Fors davlatini bosib olinishi, ellinistik jam iyatlar va davlatlaming tashkil topishi. Birinchi bosqich uchun xos b o ig a n xususiyat shundan iboratki, unda Krit oroli va unga tutash hududlarda dastlabki sinfiy jam iyat paydo b o ia d i. Shu bilan birga ilk davlatchilik an’analarini vujudga kelishi hamda rivojlanishi, Yuksak sivilizatsiya belgilarini namoyon 129 bo‘lishi kuzatiladi. Odatda bu davr Krit podshosi Minos sharafiga “Minoy sivilizatsiyasi” deb ham ataladi. M azkur davr mil. a w . 3000 ming yillikdan - mil. avv. 1200-yilni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi bosqichni tarixchilar “polislar davri” deb atashadi. Bu davr ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan rivojlanish darajasiga ko‘ra 3 ga bo‘linadi: 1. Gomer davri yoki “zulmat asri” . Ushbu davr polisgacha yuz bergan tarixiy jarayonlam i qamrab olgan holda mil. avv. XI-IX asrlami o‘z ichiga oladi. 2. Arxaik davr mil av. VIII-VI asrlami qamrab oladi. Mazkur bosqichda polis jam iyati va davlatlarining shakllanishi, aholining 0 ‘rtayer hamda Qora dengiz bo‘ylariga kelib joylashuvi kuzatiladi (Buyuk yunon kolonlashtirishi). 3. Klassik yoki mumtoz davr (mil. a w . V-IV asrlar). Unda qadimgi yunon sivilizatsiyasining gullab-yashnashi, davlatchilik, iqtisodiy va madaniy taraqqiyot jarayonlarini ko‘rish mumkin. “Ellin bosqichi” bilan Yunonistonning qadimgi tarixi nihoyasiga etadi. Biroq, mazkur bosqichda yunon va sharq tarixi bilan bog‘liq jarayonlar aks etgani bois, tarixchilar uni 3 davrga bo‘lib o‘rganishni tavsiya etadi: 1. Aleksandr Makedonskiyning sharqqa yurishlari va ellin davlatlari tizimining vujudga kelishi (Mil. a w . IV asming 30- yillaridan- mil. a w . Ill asming 80-yillariga qadar). 2. Ellin davlatlari va jamiyatining mavjud bo‘lishi (mil. avv. Ill asming 80 yillaridan-mil. avv. II asr o‘rtalarigacha). 3. Ellin tizimining inqirozi va ellin davlatlarining g‘arbda Rim imperiyasi, sharqda Parfiya tomonidan egallanishi (mil. avv. II o ‘rtalari - mil. avv. I asrlar). Rim imperiyasi tomonidan mil. avv. 30- yilda Misrdagi Ptolemeylar sulolasini bosib olinishi qadimgi Yunoniston tarixida ellin bosqichini tugallanganligini anglatadi. Aslida, manbalar - tarix xomashyosi boMib, tarixchilar undan tarixni yaratadilar. Deyarli, butun qadimdan saqlanib qolgan topilmalar - qadimgi tarix uchun potensial manbalardir. Bu davrga oid manbalar ikki katta guruhga - suyakdan tortib binolargacha bo‘iganlami o ‘z ichiga oladigan moddiy manbalar va yunonlaming bevosita o‘zi haqida yoki qadimda ular haqida yozilgan m a’iumotlardan iborat bo‘lgan yozma manbalarga bo‘linadi. Albatta, moddiy manbalardagi yozuvlar ba’zida sopolning bir qismi 130 shikastlanishi yoki tosh ustundagi yozuvning kesib olinishi natijasida tushunarsiz bo‘lib qolishi mumkin. Yunoniston tarixiga oid asosiy manbalar ko‘p hollarda ikki ming yil va undan qadimiyroq bo‘lgani uchun qo‘llanilishidan oldin ulami qayta tiklash va rekonstruksiya qilish maqsadga muvofiqdir. Bunda arxeologlar topilmalarga ishlov berishi, paleograflar papirus va pergamentlarga yozilgan yozuvlam i rasshifrovka qilish va tushuntirib berishi; epigraflar va numizmatlar esa tosh va tangalardagi yozuvlami izohlab berishi kerak bo‘ladi. M anba va xomashyolami qayta ishlovchi m utaxassislar xulosasi tarixchilar uchun qadimgi tarixni o ‘rganishda katta imkoniyatlar yaratadi. Download 7.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling