Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


Xan imperiyasining ichki va tashqi siyosati


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   109
Xan imperiyasining ichki va tashqi siyosati. Mil. avv. 203-yilda 
Sin sulolasi xalq qo‘zg‘olonlari natijasida kuchsizlandi. Gaysya 
yonidagi jangda Lyu Ban qo‘shini Chu sulolasidan bo'lgan Syan 
Yuyni jangda yengadi. Bir yildan so‘ng Sin davlati o'm ida Xan
120


saltanati 
tuziladi. 
Xan 
imperiyasining 
qo‘shni 
xalqlar bilan 
munosabatlarda aw algi davrdan meros bo‘lib qolgan oykumer.a 
egotsentrik (egotsentrizmga oid, o ‘ta manmanlik. 0 ‘zini dunyoga 
ustun deb bilish) konsepsiyasi katta rol o ‘ynagan.
Ushbu rasmiy tashqi siyosiy doktrinaga “daotsizm” falsafasiga 
oid asarlarda o ‘z aksini topgan o‘zgacha konsepsiyaga qarshi turganki, 
unga ko‘ra “o ‘rtaliq saltanat” ning boshqa xalqlarga nisbatan ustunligi 
inkor qilingan. Xan imperiyasining, uning tarkib topgan kunidan 
boshlab, 
eng muhim tashqi 
siyosiy 
vazifasi - chegaralami 
ko‘chmanchi Syunnu (Xunn) qabilalam ing muntazam bosqinlaridan 
himoya qilish edi. Mil. A w . Ill asm ing oxiriga kelib imperiyaning 
shimoliy chegaralarida ushbu qabilalaming qudratli birlashmasi 
vujudga keldi. “Tinchlik va qarindoshchilikka asoslangan shartnoma” 
deb m a’lum bo‘lgan va mil. a w . 198-yilda tuzilgan shartnomaga 
binoan Lyu Ban Shanyuy (syunnu qabilalarining oliy sardori) Modega 
nisbatan o‘lpon to ‘lovchi ekanligini faktik jihatdan tan oldi.
Mil. a w . 195-yilda Lyu Banning o‘limidan so‘ng, taxtga uning 
o ‘g i i Xuey-di (mil. avv. 
195-188-yy. ) o ‘tqaziladi. Ammo 
mamlakatni amalda malika Lyuy-xou va uning qarindoshlari 
boshqaradi. Imperator esa sharobxo'rlik va ayshu-ishratga berilib, 
davlatni deyarli idora qilmaydi.
Xunnlar hukmdori Mode, vaziyatni o ‘zi uchun qulay deb 
hisoblab, yana bir marotaba nazarini Xitoy ga qaratdi. Modomiki, 
Xitoyga hujum qilishga rasmiy bahonasi bo‘lmagan Mode ig‘vo 
qilmoqchi bo‘ldi va mil. a w . 192-yilda Lyu Banning beva xotini 
imperatritsa Lyuy-xouga nikoh taklifi bilan maktub yubordi. 
Konfutsianlik axloqiga binoan beva hukmdor ayolga nikoh taklifi 
bilan murojaat qilish odob qoidalarining q o ‘pol tarzda buzilishi edi. 
Lyuy-xou darxol Shanyuy M odega qimmatbaho sovg‘alar yubordi. 
Shu bilan bir qatorda nikoh to ‘g ‘risidagi taklifiga rad javobini berdi.
Mil. avv. 188-yili davlat boshqaruvida qobiliyatsiz imperator 
Xuey-di vafot etadi va malika Lyuy-xou buyrug‘iga binoan, uning 
yosh o ‘g‘li Shao-di Gun (mil. avv. 188-184-yy. ) taxtga chiqariladi. 
M anbalarda ta’kidlanishicha Shao-di Gun, 
imperator naslidan 
bo'lmagan. Mamlakat yana Lyuy-xou tomonidan boshqarilishi davom 
etadi. Biroq bu imperator ham q o ‘g ‘irchoq hukmdor edi. Mil. avv. 
180-yilda malika Lyuy-xou olamdan o ‘tgach, saroy zodagonlari Lyuy 
qavmidan 
bo‘lgan 
vazirlar 
hamda 
knyazlami 
boshqaruvdan
121


chetlatiladilar. Taxtga imperator Ven-di (mil. a w . 180-157-yy. ) 
chiqariladi. Yangi imperator davrida soliqlar kamaytiriladi va 
mamlakatda osoishtalik hukm suradi. Mil. a w . 165-yilda imperator 
amaldorlikka o ‘tish uchun imtihon 
tizimini kiritadi. Xan imperiyasida 
konfutsiychilik bilan bir qatorda daotsizm m a’rifati rivojlanadi.
Mil. a w . 157-yili taxtni Szin-di (asl ismi Lyussi) egallaydi. U 
otasining siyosatini davom ettirib, soliqiami kamaytiradi. Ammo Xan 
imperiyasiga kiruvchi knyazliklar boshida turgan knyazlaming nufuzi 
kundan-kunga oshib boradi. Ushbu knyazliklar mustaqqil ravishda 
tangalar 
zarb etar, 
hududlarida soliqiami 
yig‘ar, 
hatto o ‘z 
qo‘shinlariga ham ega edilar. Mil. a w . 154-yil imperator Szin-di 
ulami 
huquqlarini 
cheklab, 
ayrim 
knyazliklaming 
hududini 
qisqartirmoqchi bo‘ladi. Bu yo‘l bilan imperator, ulam ing ortib 
borayotgan kuch-qudratini pasaytirmoqchi bo‘ladi. Natijada U knyazi 
Lyu Pi, Chu knyazi Lyu U, Szyaosi knyazi Lyu An, Szyaodun knyazi 
Lyu Syunsyuy, Szichuan knyazi Lyu Syan, Szinan knyazi Lyu Piguan, 
Chjao knyazi Lyu Suylar imperatorga qarshi q o ‘zg‘olon ko ‘taradilar. 
Tarixda bu isyon “yetti viloyat qo‘zg‘oloni” deb nomlangan. Xan 
imperiyasida ichki nizolar boshlanib ketadi. Imperatoming buyrug‘i 
bilan Chjou Yafu boshchiligidagi hukumat armiyasi dastlab, U hamda 
Chu knyaziiklaridagi qo‘zg‘olonni bostiradilar. So'ngra imperator 
qo‘shinlari boshqa knyazliklardagi isyonlami bostirishga muvaffaq 
b o iad i. Umuman qo ‘zg‘olonchi knyazliklami m ag iu b etish uchun 
uch oy kerak b o id i. Imperator Szin-di mamlakat yaxlitligini saqlab 
qoldi.
Szin-didan keyin taxtga uning o ‘g ‘li U-Di (mil. a w . 140-87-yy) 
keladi. Uning davrida konfutsiylik ta ’limoti ravnaq topadi. Mil. avv. 
133-yilda xunnlar bilan tuzilgan tinchlik shartnomasi bekor qilindi va 
imperator U-Di ularga qarshi yurishlar boshladi. Mil. a w . 138-yilning 
o‘zidayoq U-Di xunnlarga nisbatan dushman b o ig a n yuechji 
qabilalari bilan harbiy ittifoq tuzish maqsadida Chjan Szyan 
boshchiligidagi elchilikni j o ‘natdi. O 'rta Osiyoda b o ig a n davrida 
Chjan Szyan ilgari Xitoyliklar uchun nom aium hisoblangan yirik 
o ik alam i kashf etdi.
Mil. a w . 119-yilda xunnlar bilan olib borilgan urush Xan 
imperiyasi uchun muvaffaqiyatli b o id i. Ko‘chmanchilar vaqtinchalik 
bo isa-d a kuchsizlantirildi. Endi shimoliy Xitoyga xavf soluvchi 
ko‘chmanchi xalqlaming eng kattasi y o id a n olib tashlangan edi.
122


Xan imperiyasi Buyuk ipak y o ‘li bo‘ylab joylashgan Sharqiy 
Turkiston oMkasining shahar - 
davlatlarida o ‘z ta ’sirini va 
hukmronligini yoyish uchun turli diplomatik va harbiy usullardan 
foydalangan. Ushbu siyosatni amalga oshirishdagi muhim bosqich 
sifatida Xan imperiyasining usun qabilalari bilan ittifoq tuzishi 
namoyon bo‘ldi. Mil. a w . 115-yilda usunlar huzuriga Chjan Szyan 
boshchiligidagi elchilik yuborildi. Ushbu elchilik Xan davridagi Xitoy 
davlatining Markaziy va 0 ‘rta Osiyoning hamda 0 ‘rta Sharqning 
boshqa 
mamlakatlari 
bilan 
savdo 
va 
diplomatik 
aloqalarini 
rivojlanishida katta rol o‘ynadi. Biroq Buyuk Ipak yo‘lini egallash U- 
Di uchun uning “imperiya sarhadlarini 10 mingligacha kengaytirish va 
hokimiyatini butun dunyo bo‘ylab yoyish” g ‘oyasini amalga 
oshirishdagi muhim bosqichi edi. Harbiy yo ‘nalishdagi faol tashqi 
siyosat bilan bir qatorda U-Di janubiy va shimoliy-sharqiy 
y o ‘nalishlar bo‘yicha keng istilochilik harakatlarini olib bordi. Mil. 
a w . 109-yilda imperator U-Di Lyaodun yarim oroli va Koreyaga 
harbiy yurish uyushtirib, Pxenyanni egallaydi. Koreyadagi Kochoson 
davlatini bosib olib, uni to ‘rt viloyatga bo ‘lib yuboradi. Bir yildan 
keyin imperator buyrug‘i bilan Sharqiy Turkistonga general Chjao 
Pon qo‘shinlari yuboriladi. N atijada Turfan yerlari bosib olinadi. Mil. 
avv. 105-yilda Usun (Yettisuv) davlati hukmdori bilan qarindosh 
tutilib, ular bilan ittifoq tuzadi. Mil. avv. 104-yilda U-Di buyrug‘i 
bilan general Li Guanli Davan (Farg‘ona) davlatiga qarshi qo‘shin 
tortib boradi. Ammo bu yurish muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. 
Xitoyliklar katta talofat ko‘rib, Davan bilan sulh tuzib ortga 
qaytadilar. Shu bilan birga, yillar davomida U-Di tomonidan olib 
borilgan tashqi urushlar davlat g‘aznasini kamaytirdi. U-Di vafotidan 
so‘ng yirik istilochilik yurishlari deyarli olib borjlmadi. Taxtga uning 
o ‘g‘li Chjao-Di (mil. avv. 87-74-yy) chiqadi. Mamlakatni vaqtinchalik 
regent sifatida Xo Guan ismli zodagon boshqaradi. 0 ‘zining qisqa 
boshqaruvi davrida Chjao-di otasidan farqli o‘laroq soliqlami 
kamaytiradi va jadal tashqi siyosatdan voz kechadi. Mil. a w . 74-yili 
taxtga Syuan-di chiqadi. Uning davrida xunnlar bilan urush (mil. avv. 
71-yilgacha)boshlanib, Xitoyning g ‘arbiy chegaralari talon-taroj 
etiladi. Biroq Xan imperiyasi qo ‘shinlari dushmanga munosib 
qarshilik ko‘rsatadilar. Xunnlar ortga qaytib ketadilar. So‘ngra taxtga 
Yuan-di (mil. avv. 49-33-yy) keladi. Uning davrida imperator 
saroyida 
hokimiyat 
uchun 
zodagonlar 
ikki 
Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling