Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi
Hindiston madaniyati. Qadimgi Hindiston madaniyatiga ibtidoiy davrdayoq asos solingan edi. Mil. a w . Ill ming yillik oxiri II ming yillik boshlarida Hindiston madaniyati birmuncha yuksaladi. “Ramayana”, “M ahabhorata” va “Panchatatra” dostonlari qadimgi hind adabiyoti merosi hisoblanadi. Undagi obrazlar kishilami rostgo‘ylik, sadoqat, mardlik, mehribonlik va boshqa yuksak ijobiy hislatni o'zida tarbiyalashga charlaydi. “Ramayana” dostonida shahzoda Rama, o ‘gay onasining siquvlari va tahqirlashlaridan ko‘ngli qolgach, o‘z yurtini tashlab ketishi va xavfli sarguzashtlari haqida so‘z boradi. Sevikli yori Sitani devlar podshosi Ravan o ‘g ‘irlab ketishi va uni qaytarish yo‘lida Ramani maymunlar va ayiqlardan tuzilgan q o ‘shini devlar bilan olib borgan urushi tasvirlanadi. U devlami yengib xotinini ozod etadi va o ‘z vataniga qaytib kelib, otasining taxtini qaytarib oladi. Mashhur “Mahabhorata” dostonida esa podsholaming Bxarata sulolasidan chiqqan ikki oila avlodlari Kauravlar va Pandavlar(yoki Panduzodalar) o ‘rtasida toj-u taxt uchun olib borgan urushlari o‘ritiladi. Unda yovuzlik timsoli Kauravlar sulolasi sardori Duryatxan va uning tarafdorlari, Pandavlardan bo‘lgan aka-ukaJar Yutxishtr, Bxim, Arjun, Nakul va Sagdevlar tomonidan mag‘lub etiladilar. Qadimda Hindistonda aniq fanlar ham rivoj topgan edi. Bu yerda astronomiya, geografiya va matematika fanlari taraqqiy etganligi manbalarda ta ’kidlanadi. Hindlar birinchilardan bo‘lib hisob-kitobda “nol” sonidan foydalanishni bilganlar. Bu bilimlar ularga savdo- sotiqda katta yutuqlarga erishish imkonini yaratdi. Shu bilan birga ular 360 kunga b o iin g an o ‘z kalendarlariga ham ega edilar. Tabobatda hind tabiblari dori tayyorlashda turli xil dorivor o ‘tlar va minerallardan foydalanishni bilganlar. Ular mingga yaqin dori turlaridan xabarlari bor edi. Hatto jarroxlik ilmini yaxshi o ‘zlashtirganlar. 113 Keyinchalik mil. a w . Ill asrlarda Hindiston madaniyatiga ellinistik madaniyat katta ta ’sir ko‘rsatadi. Hindlar yunonlardan antik haykaltaroshlik usullarini o ‘rganib olganlar. Ayniqsa Gandxara haykaltaroshlik san’ati yuqori darajada rivojlangan. Buddani toshda o‘yib tasvirlash yaratiladi. M auryalar davridagi arxitekturada muhim o ‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi. Qoyalar va g‘orlarda buddaviylik ibodatxonalarini qurish ishlari amalga oshiriladi. Qadimgi Hindlar dastlab animizmga yaqin diniy tasavvurlarga ega edilar. Ular hayvonlar, tabiatda mavjud bo‘lgan hodisalar (quyosh, olov, momaqaldiroq, chaqmoq, yom g‘ir, shamol va boshqalar) va turli ruhlarga sig‘inganlar. K o‘chmanchi oriylar kirib kelgandan so‘ng mil. avv. IX-VIII asrlarda Braxmanizm dini paydo bo‘ladi. Bu din e ’tiqodiga ko‘ra, Braxma ilohi olam va insonlami yaratgan hisoblanadi. Insonlar uning turli a ’zolaridan paydo bo‘lgan deb hisoblaganlar. Braxmaning og‘zidan braxmanlar, qo‘llaridan kshatriylar, boldirlaridan vayshilar, oyoqlaridan esa shudralar paydo bo‘lganligiga ishonganlar. Keyinchalik yuqorida ta’kidlangan buddaviylik dini yuzaga keladi. 1. Qadimgi Hindistongi ilk manzilgohlar haqida m a’lumot bering? 2. Maurya davlati haqida nimalami bilasiz? 3. Kushonlar imperiyasi ichki va tashqi siyosatining o ‘ziga xos xususiyati nimada? 4. Qadigi Moxenjo-Daro va Xarappa madaniyati, oriy qabilalariga qanday ta’sir ko‘rsatgan ? 5. Maurya davlati hukmronligi davri haqida nimalami bilasiz? 6. ”Yue-chji” lar asli kimlar edi? 7. Buddaviylik dini qachon paydo bo‘lgan? 8. Kushonlar imperiyasida davlat ishlarida qanday yozuvdan foydalanishgan? Download 7.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling