Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


Kshatriylar davlatiarining shakllanishi. Buddaviylik davrida


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   109
Kshatriylar davlatiarining shakllanishi. Buddaviylik davrida 
Hindiston. K o‘chmanchi oriylaming urug‘-aymoqlari o'zlarini “ja n a ” 
(sanskritchada “qabila”) deb nomlaganlar. Gang daryosi vodiysiga 
ko‘chib borib o ‘mashgach, ular bu yerlami bosib olishgan. So‘ngra 
o‘zlarini “janapada”, ya’ni “mahalliy qabilalar” deb nomlay 
boshladilar. 0 ‘n oltita maxajanapada (yoki “buyuk janapada”) 
qabilaviy ittifoqlari yuzaga kelgan edi. Tez orada boshqa qabilalami 
o‘zlariga bo‘ysundirganlar va 
ular bilan aralashib ketadilar. 
Keyinchalik harbiy demokratiyadan uzoqlashish yuzaga kelib, 
davlatlar paydo bo‘la boshlaydi. Ushbu podsholiklarda hukmdor va 
uning qarindoshlari hamda jangchilari yuqori tabaqa hisoblanib 
kelgan. Hukmron urug‘da tug‘ilgan kishi “kshatriy” hisoblangan va u 
zodagolardan qatlamiga mansubligi e ’tirof etilgan. Shunday bo‘lsa-da 
braxmanlar 
o ‘z 
mavqeyini 
saqlab 
qolganlar. 
Hokimiyatni 
qonuniylashtirishda braxmanlar muhim ahamiyatga ega edilar.
Mil. a w . VI asrlarda Shimoliy Hindiston hududida yigirmadan 
ortiq kichik davlatlar yuzaga keladi. Ushbu davlatlaming boshida 
kshatriylar kastasiga tegishli mahalliy podsholar turar edi. Ammo 
mutaxasislaming fikricha ayrim podsholiklardagi sulolalar oriylardan 
bo‘lmagan. Shunday b o isa -d a tashkil topgan eng yirik davlatlarga 
Kashala, Magatxa, Gandxar, Malla, Anga, SHaxya, Panchala va 
boshqalar misol bo‘la oladi. Yuqorida ta’kidlangan davlatlar o ‘rtasida 
doimiy o‘zaro urushlar bo'lib o ‘tgan. Ular butun Hindistonda 
hukmronlik qilishga intilganlar.
Mil. a w . I ming yillikning o ‘rtalarida mamlakatda avvalgi 
dinlardan farq qilgan qator diniy oqimlar paydo bo‘ladi. Ulardan 
asosiysi buddaviylik edi. Rivoyatlarga ko‘ra unga Siddxartxa Gautama 
ismli shahzoda asos solgan edi. Tez orada uning ta ’limoti butun 
Hindistonga tarqalib ketadi. В uddaviylaming fikri to ‘rt asosiy
106


haqiqatga suyanadi. Y a’ni dunyo azob-uqubatdan iborat, uning sababi 
esa insonlaming nafs va xohishlari deb ta’kidlangan. Azobdan 
qutulish uchun odamlar o ‘z nafslarini tiyishlari kerak edi. Bu y o id a
insonlar Budda aytib o ‘tgan qoidalarga rioya qilishlari lozim deb 
b o ig an . Buddaviylik insonlami 
ilm va m a’naviy komillikka 
chorlovchi dinga aylanib borgan.
Mil. a w . V -III asrlar Hindiston tarixida Magadha-Mauriya davri 
deb nomlanadi. Magadha qabilaviy ittifoqi tez orada kuchli qo‘shinga 
ega b o ig a n markazlashgan davlatlardan biriga aylanadi. U hozirgi 
Bixar shtati hududini egallagan edi. Mil. a w . IV asrga kelib boshqa 
podsholiklar bilan qonli kurashdan so'ng ustunlika erishadi va Gang 
vodiysida o ‘z hokimiyati o ‘matadi.
Hind afsonalarida M agadha podsholari hasis va shafqatsiz qilib 
ko‘rsatilgan. Shuningdek ulam ing Iashkarlari soni jud a ko‘pligi 
alohida ta’kidlanadi. Magadxa podsholarining harbiy kuchlari maosh 
oladigan (yollanma) qo‘shin b o ig a n . Ulam i ta ’minlay uchun 
bo‘ysundirilgan hududlar aholisidan doimiy o ip o n olingan.
Gang daryosi havzasidagi davlatlar M agadha hukmronligi ostida 
birlashish jarayonini boshdan kechirayotgan bir paytda, mil. avv. 327- 
yilda Hindistonning shim oli-g‘arbidan Aleksandr Makedonskiy 
(Sharqdagi ismi Iskandar) qo‘shinlari mamlakatga kirib keldilar. 
Mahalliy davlatlaming bir qismi yunon-makedon askarlariga qarshi 
kurash olib boradilar, ayrim podsholiklar esa ularga bo‘ysunadi. 
Masalan, Panjobdagi mahalliy podsholardan biri Por o ‘zining 30 ming 
piyoda, 4 ming otliq, 3 ming jang arava va 200 ga yaqin fillardan 
iborat qo ‘shini bilan Aleksandr Makedonskiyga qarshi jang qilgan. 
Ammo 
yunon-makedon 
qo'shinlaridan 
yengiladi. 
Aleksandr 
Makedonskiy uning mardligiga tan berib, posholigini o ‘ziga qaytarib 
beradi. Mil. a w . 325-yilga kelib yunon-makedon qo‘shinlari ayrim 
gamizonlami Hindistonda qoldirib, mamlakatni tark etadilar.
Aleksandr Makedonskiy vafotidan so‘ng (mil. avv. 323-yilda) 
bosqinchilarga 
qarshi 
harakatga 
Magadhadan 
kelib 
chiqqan 
Chandragupta Maurya boshchilik qiladi. Mil. a w . 317-yilda 
M akedoniya qo‘shinlarining oxirgi gamizonlari Hindistondan j o ‘nab 
ketadilar. Chandragupta ichki urushlarda Magadha hukmdori ustidan 
g'alaba qozonadi va uning poytaxti Pataliputrada (hozirgi Patna) 
taxtga o ‘tiradi. Shu tariqa M auriya sulolasiga asos solinadi, 
Chandragupta butun Shimoliy Hindistonni o ‘ziga bo'ysundiradi. Mil.
107


a w . 305-yili Salavkiylar dalati bilan kurash olib borib, ular bilan sulh 
tuzadi.
Keyinchalik Chandragupta jaynizm e ’tiqodi tarafdori boMganligi 
manbalarda ta’kidlangan. Natijada mil. avv. 297-yilda podsho 
Chandragupta o ‘z o ‘g ‘li shahzoda Bindusara (mil. a w . 297-272-yy) 
foydasiga taxtdan voz kechadi. Uning davrida Maurya davlati o ‘z 
qudratini saqlab qoladi. Bindusaraning hukmdorligi to‘g‘risida 
m a’lumotlar juda kam. Yunonlar unga Amitrokates ya’ni “dushmanlar 
qotili” degan istilochilarga beriladigan ism qo‘yganlari m a’lum.
Faqatgina Kalinga podsholigi, Maurya davlati hukmronligining 
janubga tarqalishiga qarshilik qilgan edi. Bindusara vafot etgandan 
so‘ng (taxminan mil. avv. 372-yilda), Kalinga istilo etilmagan edi. Uni 
bosib olish vazifasi Bindusaraning o ‘g‘li podsho Ashoka zimmasiga 
tushadi. U yosh yigitligi chog‘ida, otasi uni Taksilaga isyonni 
bostirish uchun yuboradi. Shundan so‘ng beshta “janapada”iardan 
biriga hokim qilib yuboradi. So‘ngra Ashoka taxt uchun aka-ukalari 
bilan kurashishga majbur bo‘ladi va g ‘alaba qozonadi. 0 ‘zaro ichki 
urushlar to‘rt yil davom etaganligi manbalarda ta’kidlangan edi. Mil. 
avv. 260-yilda u qo‘shinlarini janubga, qarshilik ko ‘rsatayotgan 
Kalingani bosib olishga boshlab boradi. Kalinga zabt etilib, 100 ming 
kishi qirib tashlanadi va 150 mingga yaqini imperiyaning boshqa 
joylariga ko‘chirib yuboriladi. “Kalinga yozuvi”da Ashoka qilgan 
ishlaridan qattiq afsuslangani ta’kidlab o ‘tadi va istilolami to ‘xtatadi.
Kalingani bosib olganidan so‘ng Ashokaning eng yirik yutug‘i 
diniy va siyosiy sohalardagi islohatlari e ’tiborga loyiqdir. U dxamma 
tamoyillarini 
qayta 
tasdiqlash 
maqsadida 
buddaviylik 
(ayrim 
manbalarda buddaviylar sabori) yig‘ilishi tashkil qiladi. Pataliputra 
shahrida taxminan mil. a w . 245-yilda o‘tkazilgan buddaviylik 
yigMlishi Palikanon kitoblaridan birining paydo bo‘lishiga sabab 
bo‘ldi. Yig‘ilishning oxirida Ashokaning o‘g‘li Maxendra janubiy 
sohil yaqinida joylashgan orolga (hozirgi Seylon) din targ‘ibotchisi 
sifatida jo ‘natiladi. Boshqa targ‘ibotchilar Ashokaning yordami bilan 
hattoki Yunonistonga ham yuboriladi.
Mil. avv. 231-yilga kelib Ashoka vafotidan so‘ng Maurya davlati 
tez orada parchalanib ketadi. Ashokaning o‘g‘illari va nevaralari 
saltanatda 
hukmronligini 
yo‘qotadi. 
Ichki 
urushlar 
davlatni 
kuchsizlantirdi oqibatda tashqi dushmanlar bundan foydalanadi. Mil. 
avv. Ill asming o‘rtalaridayoq, Salavkiylar saltanatining parchalanib
108


ketishidan so ‘ng, Hindiston chegaralari yaqinida Yunon-Baqtriya 
podsholigi tashkil topadi. Baqtriyaning yunon hukmdorlari mil. a w . II 
asming boshlaridayoq Hindistonni kuchsizlanishidan foydalanib, 
harbiy yurishlar uyushtiradilar. Mil. a w . II asming 40-30 yillarida 
Yunon-Baqtriya 
davlati 
kuchsizlanadi 
va 
shimoli-sharqdan 
ko'chm anchi “katta yue-chji“ qabilalari kirib keladi. Yunon-Baqtriya 
bosqichma-bosqich zabt etiladi. Hindistonning shim oli-g'arbida esa 
yunon-baqtriyalik lakarboshilar boshqargan kichik podsholiklar bor 
edi. Tarixda ulami Yunon-hind davlatlari deb ataydilar. Keyinchalik, 
milodiy I asrida, Yunon-hind davlatlari yaqinida Hind-saklar va Hind- 
Parfiya davlatlari paydo b o ‘la boshlaydi. Hind-Parfiya podsholari 
orasida eng ko‘zga ko‘ringani Gondofar (milodiy 2I-46-yy) bo‘lib, 
uni davlati shimoliy Hindistonning katta qismini o ‘z ichiga olgan edi.

Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling