Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   109
Kushonlar imperiyasi. Mil. avv. II asr o‘rtalarida Markaziy 
Osiyo hududlarida siyosiy vaziyat murakkablashadi. M o‘g ‘uliston va 
Shimoliy Xitoy yerlarida kuchayib borayotgan ko‘chmanchi xunnlar 
imperiyasining ta’siri natijasida boshqa chorvador xalqlar o ‘z 
yerlaridan g ‘arbga siljishga majbur bo‘ladi. Yoki bo ‘lmasa ushbu 
ulkan imperiya tarkibiga kirib ketishi xavfi paydo bo‘ldi. Xususan 
ko‘chmanchi yue-chjilar va xunnlar o ‘rtasidagi qarama-qarshilik 
bunga misol bo‘la oladi.
Taniqli olimlar A. N. Bemshtam, A. M. Xazanov, E. I. Kichanov, 
N. N. Kradin, A. Asqarov, Y. F. Buryakov, K. Shoniyozov, E. 
Rtveladze va boshqalaming ilmiy izlanishlarida Markaziy Osiyo 
ko‘chmanchilari va o ‘troq ziroatkorlar o ‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy 
hamda siyosiy munosabatlari o‘z aksini topgan.
Xunnlar hukmdori shanyuy Mode (yoki Maodun)dan so‘ng mil. 
avv. II asrda yue-chjilarga shanyuy Laoshan oxirgi qaqshatqich 
zarbani bergach, ular g ‘arbga 0 ‘rta Osiyoga chorvalari bilan ko’chib 
ketishga majbur bo‘ldilar. Usun yerlari (Yettisuv) orqali ikki daryo 
ora!ig‘i 
(Oks 
va 
Yaksart) 
hududlariga 
chiqdilar. 
Mahalliy 
ko‘chmanchi xalqlar bo‘lmish saklaming ayrimlari Baqtriya orqali 
Parfiyaga o ‘tib ketishga majbur bo'ldilar, qolganlari esa, yue-chjilar 
qabilaviy ittifoqi tarkibidan o ‘z o ‘mini topgan. Katta yue-chjilar 
kelguniga qadar ham ikki daryo oralig‘i yerlarini egallash borasida 
saklar o‘rtasida doimiy kurashlar bo‘lgan. Misol uchun saklaming bir 
qismi hisoblanadigan qang‘arlar, yue-chjilar kelguniga qadar o ‘zlariga 
bo'ysunishni 
xohlamagan mahalliy ko‘chmanchilar (saklaming
109


boshqa guruhi) assiylar (yoki assian), passianlar, toxarlar va 
sakaroakalami 
Yunon-Baqtriyaga 
siqib 
chiqarganlar. 
Ushbu 
ko‘chmanchilar Baqtriyadagi (Xan davlati solnomalarida Daxya yoki 
Dasya) 
markazlashgan 
ammo 
kuchsizlanib 
qolgan 
yunonlar 
hokimiyatini tugatganlar. Strabonning m a’lumotiga qaraganda aynan 
yuqorida aytib o ‘tilgan nomadlar Yunon-Baqtriya davlatini ag‘darib 
tashlaganlar. Ulaming ichida yuechjilar borligi to ‘g‘risida olimlar 
o‘rtasida mulohazali fikrlar bildirilmoqda.
Saklaming katta bir qismi Hindistonning shim oli-g‘arbidagi 
Seyiston viloyatiga borib o ‘mashdilar. Ikki daryo oralig‘i (Amudaryo 
va Sirdaryo) esa siyosiy jihatdan yuechjilar va qang‘arlar o'rtasida 
b o iib olingan. Ammo iqtisodiy jihatdan ko‘chmanchilar o ‘troq 
ziroatkorlar bilan bir joyda yashay olmaganligi sababli chorvadorlar 
yaylov va tog' oldi qirlarida qo‘shni bo‘lib hayot kechirganlar. 
Amudaryo daryosi qirg‘oqlari yerlarida dastlab o ‘ziga makon tutgan 
katta yue-chjilar qabilaviy ittifoqi, Baqtriyaga hali to iiq kirib 
bormagan edilar.
Oldin 
Amudaryoning 
o‘ng 
sohilida 
joylashgan 
Yunon- 
Baqtriyaning shahar va qal’alari ko‘chmanchilar nazorati ostiga o‘tadi. 
Misol uchun Dalvarzintepa manzilgohi ko‘chmanchilar hukmronligi 
davrida 
taraqqiy 
eta 
boshladi. 
Dastlab 
yunon-baqtriyaliklar 
hukmronligi yillarida 4 gektami tashkil qilgan shaharcha mil. avv. I 
asrlarda yirik siyosiy markazlardan biriga aylangan edi. Bu orada mil. 
a w . 90-yilga kelib yue-chjilar deyarli butun Baqtriyani bosib olishga 
erishadilar. Y a’ni Amudaryodan janubda joylashgan kichik yunon 
knyazliklarini birin ketin bosib oladi. Iqtisodiy jihatdan bir 
ko‘chmanchi oilani boqish uchun taxminan o‘rta hisob bilan 100 ta 
qo‘y va echki hamda 15 yoki 25 ta yirik shohli qora mol kerak bo‘ladi. 
Agarda katta yuechjilarmng umumiy soni 100000 oilaga yaqin b o is a , 
boqiladigan chorva soni Shimoliy Baqtriyada uzoq tura olmasligi 
m a’ium bo‘ladi. Zero, shimoldagi So‘g‘d yerlari qang‘arlar ta’sirida 
bo‘lganligini hisobga olsak, ular faqatgina saklar talon-taroj qilib 
o ‘tgan Baqtriyaning qolgan qismiga kirib borishdan boshqa ilojlari 
ham yo‘q edi.
Ushbu vaziyatdagi Markaziy Osiyodagi siyosiy omilni tahlil 
qiladigan bo‘lsak, butun Baqtriya yunon-baqtriyaliklaming o‘zaro 
urushi va saklaming bosqinidan so‘ng oson o ‘lja bo‘lib qolgan. 
Taniqli olimlar B. Y. Staviskiy, G. A Pugachenkova va E. V.
no


Rtveladzelaming bu boradagi fikri turlicha talqin qilingan. Ammo 
yue-chjilami besh mustaqqil knyazlikka (Xitoy mabalarida “xi-xou”) 
bo‘linishidan oldin deyarli butun Baqtriya egallanib bo‘lganligi aytib 
o‘tiladi. Shundan so‘ng Baqtriya (Daxya) yerlari Xyumi, Shuanmi, 
Guyshuan, 
Xisi 
va 
Dumi 
knyazliklariga 
bo‘linib 
ketgan. 
K o‘chmanchilar o'zlaridan keyin kam yozma manbalar qoldirganligi 
sababli, yuqorida ta ’kidlangan knyazliklami chegaralari borasida aniq 
m a’lumotlar hozircha yaxshi o ‘rganilmagan.
Mahalliy va ellin boshqaruv tizimi ko‘chmanchi katta yue-chjilar 
tomonidan tez o‘zlashtirildi. Buni biz yozma va numizmatik 
manbalarda ko‘rishimiz mumkin. K o ‘chmanchi chorvachilik sekin 
inqirozga yuz tuta boshladi.
Mil. a w . I asrga kelib aksariyat katta yuechjilar o ‘troqlashib 
boMgan edi. 0 ‘troq ziroatkor yerlardagi aholi bilan aralashuv, jadal 
rivojlanib borgan. Dasht chorvadorlari harbiy davlatchilik tizimi 
bevosita saqlab qolingan edi. Arxeologik m a’lumotlarga tayanadigan 
bo‘lsak, katta yue-chjilar davlat boshqaruvida dastlab, Baqtriyadagi 
mahalliy yozuvlardan keng foydalanganlar.
Milodiy I asr boshlarida katta yuechjilaming Guyshuanlar 
urug‘idan boMgan hukmdori (yabg‘u) Kudzula Kadfiz Baqtriyani 
birlashtirishga erishadi. Yue-chjilaming 5 ta knyazligini birlashtiradi, 
so‘ngra Ansi (Parfiya) bilan urush boshlab, Hindikush janubidagi 
Pudu (Kashmir)ni bosib oladi va Gibon (Qobul viloyati) yerlarini ham 
egallaydi. Bulaming barchasiga Baqtriya, iqtisodiy va siyosiy 
platsdarm boMib xizmat qilgan edi. Kudzula Kadfiz Kushonlar 
davlatini imperiyaga aylantirishda dastlabki qadamni qo‘yib berdi. 
Rabotak sulolaviy ro ‘yxatga ko‘ra undan so‘ng taxtga kelgan Vima 
Takto “nom a’lum podsho” yunoncha Soter Megas nomi ostida 
podsholik qilgan. Soter Megas olim lam ing fikricha uzoq hukmronlik 
qilmagan bo‘lsa-da uning nomidan tangalar zarb etilgani m a’lum. 
Ammo hukmronlik qilgan yillari borasida olimlar orasida munozarali 
fikrlar ko‘p uchramoqda.
Milodiy I asr o'rtalarida Vima Taktodan keyin hokimiyatga 
kelgan Vima Kadfiz Hindistonning Markaziy qismlariga qadar 
imperiyani kengaytirdi. Uning davrida pul islohoti o ‘tkazildi hamda 
oltin tangalar keng muomilaga kiritila boshladi. Oltin tangalaming 
aksariyati aholi zich bo‘lgan Hindistonda keng tarqaldi. Matxura va 
Taksilla shaharlari Kushonlar ta’siriga tushgan o ‘z rivojlanishining
111


yangi bosqichiga chiqadi va iqtisodiy jihatdan yuksaladi. Vima 
Kadfizdan keyin, milodiy 78-yil hokimiyatga kelgan Kanishka I 
davriga kelib, mamlakat siyosiy markazi Hindikushdan janubga 
Hindistonga siljiy boshladi. Chunki Buyuk ipak yo ‘li savdosining 
muhim qismi sifatida Shimoliy va Markaziy Hindistonning e ’tibori 
oshgan edi. Hindistonda aholi ko‘p boiganligi tufayli iste’mol bozori 
katta edi. Kushonlar Kanishka I (taxminan milodiy 78-123-yy) 
hukmronligi yillarida yunonlar alifbosi asosida davlat ishlarini 
yuritishni cheklay oldilar. Kushonlaming alohida yozuvi paydo 
bo‘lsa-da 
imperiyaning 
hududlarida 
aholi 
o‘z 
yozuvini 
ishlataverganlar. Kanishka I buddaviylaming soborini Ashokadan 
keyin yig‘gan hukmdorlaridan biri bo‘ldi. Uni podsholigi davrida
buddaviylikning maxayana (katta g ‘ildirak) yo‘nalishi yanada rivoj 
topishi uchun keng imkoniyat yaratildi. Buddizm davlat diniga aylanib 
boradi. Ammo Kushonlar imperiyasida mahalliy dinlarga tolerantlik 
va diniy bag‘rikenglik imkoniyatlari yaratilgan edi. Arxeologik 
ma’lumotlarga ko‘ra Eski Termiz, Qoratepa, Dalvarzintepa va 
Ayritom 
manzilgohlaridan 
topilgan 
topilmalar, 
Baqtriyada 
zardushtiylikning o ‘m i yuqori bo‘lganligini ko'rsatdi.
Kushonlar Hindistondagi qaram knyazliklar (rojaliklar) ichki 
ishlariga kam aralashganligi tarixdan m a’lum. Kushonlar tayinlagan 
kshatraplar (hokimlar) markaziy hokimiyatga nomiga bo‘ysunib ichki 
ishlarda mustaqil bo'lganlar. Hukmdorlar Xuvishka, Vasishka 
Vasudevalar davrida Kushonlar konfederativ boshqaruv tizimini 
saqlab tura oldilar. Milodiy III asr o ‘rtalariga kelib, Kushonlar tuzgan 
iinperiya ichki nizolar va o ‘zaro urushlar natijasida inqirozga yuz 
tutdi. 
Podsho Kanishka III davrida ko‘p millatli mamlakat 
parchalanishni 
boshladi. 
Milodiy 
276-yilga 
kelib 
Kushonlar 
imperiyasi tarix sahnasidan o ‘chib ketadi.
Ko‘p millatli 
Kushonlar imperiyasi 
Buyuk ipak y o ‘lida 
joylashgan ulkan davlat sifatida shuhrat qozonadi. G ‘arbda qudratli 
Parfiya (keyinchalik Sosoniylar) Shimolda Qang‘ davlatlari bilan 
chegaradosh bo‘lgan. Savdo yo‘li tranziti ushbu davlatni ikki asrdan 
ortiq dunyoning eng kuchli imperiyalari ichidan o ‘z o‘mini egallash 
imkonini bergan. Kushonlar imperiyasida siyosiy hokimiyat, kelib 
chiqishi ko‘chmanchilardan bo‘lgan sulola qo‘lida bo‘lsa-da, ular 
mahalliy boshqaruvni o‘ziariga moslashtira oldilar va keng sarhadli 
hududlarda hukm surgan edilar.
112


Ko‘chmanchilar ko‘p millatli imperiya tuza olibgina qolmay 
ushbu davlat tarkibidagi xalqlami ummumiy manfaatlarini himoya 
qilib, o ‘troq va chorvador madaniyatlami yagona chegaralar ostida 
birlashtira oldilar. Umum imperiya qonunlari konfederativ tusda 
bo‘lsa-da, ammo mahalliy urf-odatlar ham e ’tibordan chetda 
qolmagan edi.

Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling