Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Glossariy Ahuramazda
- Midiya Shimoli-g‘arbiy Erondagi qadimiy davlat Mavzu: Qadimgi Hindiston Reja
- Qadimgi Hind sivilizatsiyasining yuzaga kelishi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Qadimgi Erondagi ilk sivilizatsiya manzilgohlari haqida m a’lumot bering? 2. Ahamoniylar davlati ichki siyosati haqida nimalami bilasiz? 3. Ahamoniylar davlati ichki va tashqi siyosatining o‘ziga xos xususiyati nimada? 4. Qadimgi forslar etnik kelib chiqishi jihatidan kimlar edi? 5. Ahmoniylar saltanati hukmronligi davri haqida nimalami bilasiz? 6. Persopol shahri qachon qurilgan? 7. Avesto qachon paydo boMgan? 8. Qadimda forslar davlat ishlarida qanday yozuvdan foydalanishgan. Glossariy Ahuramazda Zardushtiylikda ezgulik xudosi Satrap Ahamoniylar davlatida viloyat hokimi Doroiy Ahamoniylar podshosi Doro I zarb etgan tanga Fors Qadimgi Erondagi o ‘lkaning nomi Mitra Zardushtiylikda quyosh xudosi Saklar(Skif) Sharqiy eron tilida so ‘zlashuvchi xalqlardan biri Midiya Shimoli-g‘arbiy Erondagi qadimiy davlat Mavzu: Qadimgi Hindiston Reja: 1. Qadimgi Hind sivilizatsiyasining yuzaga kelishi. 2. Vedalar davri. 3. Kshatriylar davlatlarining shakllanishi. Buddaviylik davrida Hindiston. 4.Kushonlar imperiyasi. Qadimgi Hind sivilizatsiyasining yuzaga kelishi. Mil. avv. Ill— II ming yillikda Gang vodiysida dastlabki manzilgohlar qoldiqlari topilgan. U yerda istiqomat qilgan aholi asosan ov va baliq ovlash kabi mashg‘ulotlar ustuvor bo‘lgan ibtidoiy xo‘jalik sharoitida 100 yashagan bo‘lsalarda, misdan mehnat quroli sifatida foydalanishni bilganlar. Keyinchalik esa dehqonchilikni o ‘zlashtirganlar. Hind daryosi havzasida ilk aholi maskanlari madaniy qoldiqlari topilgan edi. Uning eng kattasi Xarappa madaniyati hisoblanadi. Xarappa bilan bir qatora xuddi shunday ahamiyatga ega boMgan Mohenjo-Daro (“marhumlar tepaligi”) manzilgohi ham e ’tiborga loyiq. Tez orada Moxenjo-Daro va Xarappa yirik shaharga aylanib boradi. Ikkala qadimgi shahardagi uylar har xil shakl va kattalikdagi pishiq g ‘ishtdan qurilgan. U ylar bir-biri bilan zich tutashgan bo‘lib, ko‘p hollarda ikki qavatli boMgan. Mohenjo-Daro va Xarappaning aholisini kelib chiqishi hamda qaysi tilda so‘zlashganliklari masalasi hozirga qadar munozarali boMib kelmoqda. Ammo g ‘arb olimlarining fikricha bu yerda negroid yoki dravid irqiga mansub odamlar yashaganligi ta’kidlanadi. Ushbu shahar-davlatlar tuzilishiga ko‘ra ikki qismga boMingan: qal’a (sitadel) quyi shaham ing turar joy dahalaridan baland boMib, alohida ajralib turgan. M ohenjo-Daro va Xarappa xalqi dehqonchilik, chorvachilik hamda hunarmandchilik bilan shug‘ullanganlar. Bu yerda jam oat imoratlar va katta don ombori ham mavjud edi. Shahaming tuzilishi keng, bir-biri bilan to ‘g ‘ri burchak bilan kesishuvchi daha va ko‘chalarga ajratilgan. Shu bilan birga metalga ishlov berishni ham bilishgan. Topilgan muhrlarda yozuv shakllari saqlanib qolgan. Bulaming hammasi Xarappa madaniyatini ibtidoiy madaniyatlarga emas, balki sivilizatsiya davriga tegishli deb hisoblash imkonini beradi. Bu shaharlami alohida hokimlar boshqargan chunki Mohenjo- Darodan topilgan soqolli kishini haykali, uning bosh kiyimi va yelkasida boy bezakli keng ustiboshi borligi hamda muhrlarda hukmdor suratining mavjudligi mulkiy tabaqalanish bo‘lganligidan dalolat beradi. Shaharda askarlar turar joyi, xizmatkorlar uchun m o‘ljallangan xonalarga o ‘xshash qator imoratlar bor edi. M a’lum bir vaqt Xarappa va M ohenjo-Daro mazkur madaniyatning ikkitagina shahri hisoblanib kelingan. Biroq hozirgi vaqtda Xarappa madaniyatiga tegishli yetmishdan ortiq shaharlari aniqlangan. Ular Hind daryosining etagidan shimoliy irmoqlarigacha hamda Sutkagen-Dordan Sharqroqda joylashgan o ‘lkadan Narmada daryosigacha deyarli uzluksiz zanjir singari joylashgan. Xarappa madaniyati daryo bo‘y!ab taxminan yarim million kvadrat milyani egallagan. 101 Yirik shaharlar atrofida joylashgan omborxonalar taxminan o ‘ttiz ming odamning kun kechirishiga yetar edi. Bu shaharlarda yashagan odamlar gigiyenaga katta ahamiyat berganlar. K o'chalar suv yetkazib berish va oqova suvlami chiqarish tizimiga ega bo‘lgan. Uylar odatda katta cho‘milish hovuzlari bilan ta ’minlangan, ulam ing atrofida esa kiyim almashtirishga moMjallargan kichik xonachalar bo‘lgan. Xarappa aholisiga xos bo‘lgan tozalikka intilish diniy odatlarga b o g iiq bo‘lgan b o iish i mumkin. Juda katta hududda joylashgan Xarappa shaharlari hayron qolarli darajada bir-biriga o ‘xshashdir. Ular go‘yoki yagona reja asosida qurilgan bo‘lib, qal’a (sitadel) turar joy daxalaridan ajratilgan va ularga nisbatan g‘arb tomonda joylashgan. Ko‘chalar aniq to ‘g‘ri shimoldan janubga yoki g‘arbdan Sharqqa yo‘naltirilib qurilgan. Xarappaning madaniyati asosan ko‘p sonli qisqa ieroglifik yozuv, tasvirli tosh tam g‘alar yoki ulaming loyga tushirilgan nushalari topilmalari tufayli bizgacha etib kelgan. Relyeflarda nafis ishlangan bo‘rtma naqshlarda muqaddas hayvonlar va daraxtlarga sajda qilish manzaralari, shuningdek mifologik syujetlar o ‘z aksini topgan. Mil. avv. 1750 va 1700-yillar oralig‘ida Mohenjo-Daro aholisi o‘z uylarini tashlab keta boshlaydi. Arxeologik qazish ishlari davomida ko‘chalarda ko‘milmagan holatda yotgan inson suyaklari topilgan. Butun bir oila o‘z xonadonida o ‘ldirilgan va yerga ko‘milmasdan tashlab ketilgan. U yoki bu yerda yonib, qulab tushgan uylar qoldiqlari uchraydi. Qochib ketayotgan aholi qimmatbaho buyumlarini (uy- ro‘zg‘or anjomlari, zargarlik buyumlari va kumush) shoshilinchda tashlab ketganlar. Xarappaning shimolida ham xuddi shunday ahvol kuzatiladi. Arxeologik izlanishlar shuni ko‘rsatadiki Xarappa aholisi dushman bostirib kelishi natijasida qirilib ketmagan. Xarobalarda topilgan qurollar, shuningdek muntazam ravishda uylaming buzilganligi, shahar mudofaa istehkomlari atrofida jang va boshqa shunga o ‘xshash kurash alomatlari topilmagan. Arxeologik qatlamlami o ‘rganish natijasida, Hind daryosi qadimda muntazam ravishda toshgan va o ‘zidan keyin hosildor tuproqlar qoldirgan, lekin toshqinlami oldindan bashorat qilib bo'lmasdi. Xarappa shaharlarida aniqlangan vayronagarchiliklami faqat shahar devorlari balandligidagi to ‘lqin keltirib chiqargan bo‘lishi mumkin edi. Gidrolog R. I. Reykening fikricha, Hind daryosi oqimi 102 bo‘ylab Xarappadan yuqoridagi to ‘g ‘onlar unumdor loyqani to‘sib turishi dalalarda hosildorlikni kamaytirgan. Natijada ocharchilik yuzaga kelgan so‘ngra yig‘ilib qolgan suv to‘g ‘onni yorib o‘tib shahami suv bosgan. Biroq Xarappaning ikkita yirik shaharlaridagi madaniy qatlamlami o ‘rganilishi, biron-bir toshqin boMgani haqida guvohlik beradi. Shunisi aniqki ushbu sivilizatsiyaga qandaydir tabiiy ofat yopirilgan, buning oqibatida u tanazzulga yuz tutgan. Aholi anchagina qisqargan, lekin shunga qaramasdan shaharlar butunlay huvillab qolmagan. Odamlaming bir qismi shaharda qolgan, yana bir qismi shahar atrofidagi qishloqlarda yashaganlar. Xarappa ustida yotgan madaniy qatlamlami qazish chog‘ida bu yem ing aholisi turmush sharoiti past darajada bo‘lganligini k o ‘rsatdi. Arxeologlar bu qatlamni qo‘pol kulolchilik buyumlari ishlab chiqarilgan qishloqqa bag'ishlab Jxukar madaniyati (yoki Xarappadan keyingi) deb nomlaydilar. “Jxukar madaniyati”ni Xarappa xarobalarida yashab kelgan odamlar tashkil qilgan edi. Mil. a w . 1575-1500-yillargacha shimoliy Hindistonga ko‘chmanchilar bostirib kelmaganligi tufayli Xarappa va Mohenjo-Daroda aholi yashashni davom etgan. Biroq taxminan mil. avv. 1500-yilda shimoldan ko‘chmanchi “oriy” qabilalari kirib keladilar. Ular o ‘sha davming mukammal qurollari bilan qurollanganlar. Oriylaming otlari, jan g aravalari, bronzadan ishlangan boltalari va o ‘q-yoylari bor edi. Biroq ular Hind vodiysini darhol zabt etishga kirishmadilar, balki janub va Sharqqa tomon safarga jo'nashdan a w a l yetti daryo hududida kamida bir asr davomida yashadilar. Ular, Xarappa shaharlari tomon yo ‘l ochgan vaqtda mahalliy sivilizatsiya yo‘q bo‘lib ketgan edi. Ehtimol, o ‘sha vaqtda shu yerda yashagan odamlaming tarqoq guruhlari ularga qarshilik ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin, ammo ko‘chmanchilar uyushgan qarshilikka duch kelmadilar. K o‘chmanchi qabilalar madaniyati nafis va yuqori darajada tashkil qilingan Xarappa sivilizatsiyasini tez o ‘zlashtira olmadilar. Davlatni boshqarish tajribasiga ham ega emas edilar. Lekin ularga notanish bo‘lgan muhitga osonlik bilan moslashdilar. Download 7.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling