Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   109
Qadimgi Lidiya davlati. Keyinchalik Kichik Osiyoda markazi 
Sard shahri bo‘lgan Lidiya podsholigi yetakchi rol o ‘ynay boshladi. 
Lidiya hududi Kichik Osiyoning g ‘arbiy qismini markaziy hududlarini 
egallagan. Mil. a w . I ming yillikda Lidiya qudratli Frigiya davlati 
tarkibiga kirgan, biroq u kuchsizlangani va qulaganidan so‘ng, 
mustaqil 
davlatga 
aylanadi. 
Lidiya 
iqtisodiyotining 
asosini 
dehqonchilik xo‘jaligi tashkil qilgan. Germ, Paktol, 
Meandr 
daryolaridan oqib kelgan unumdor loyqa bilan o ‘g ‘itlangan Lidiya 
yerlari hosildorligi bilan ajralib turgan. Vodiylarda boshoqli ekinlar 
ekishgan, tog1 yonbag‘irlarida bo‘lsa uzum, anjir va boshqa 
bog‘dorchilik madaniyati rivojlangan. Ulkan yaylovlar keng miqyosli 
chorvachilik, ayniqsa, yilqichilik bilan shug‘ullanish imkonini bergan. 
Qimmatbaho metall konlarini mavjudligi (oltin, kumush, temir, mis, 
rux) metallurgiya xo‘jaligini rivojlantirish imkonini bergan. Paktol 
daryosidan so f holatdagi oltin va oltin qumi qazib olingan. 
Lidiyaliklar tog‘ jinslaridan oltin olishni va uni tozalash usullarini 
bilganlar.
Mahalliy xalqlar naqshinkor gazlamalar, hashamatli kiyimlar, 
ajoyib bosh va poyabzal tayyorlashni bilishgan. Ular kulolchilik
81


buyumlari bilan ham nom taratgan. Ayniqsa, guldor idishlar va sirli 
sopol taxtachalar shular jumlasidandir. Ular mustahkam g‘isht, 
mineral bo‘yoqlar tayyorlashni kashf qilishadi, masalan, mashhur sard 
oxrasida to‘q qizil rangli bo‘yoq ishlatilgan. G ‘arb (yunon) va Sharq 
dunyolari kesishuvida joylashgan Lidiya qo‘shni davlatlar bilan faol 
savdo-sotiq olib borgan. “Uddaburon” Lidiya savdogarlari haqida 
antik mualliflar o‘z asarlarida bir necha marotaba eslatib o ‘tganliklari 
ham bejizga emas. Lidiya shaharlariga kelgan savdogarlar uchun 
qulaylik yaratish maqsadida maxsus karvonsaroylar qurilgan. Antik 
an’anaga muvofiq, Lidiyaning savdo munosabatlarida nisbatan qulay 
bo‘lgan tangalarni mavjud bo ‘lganligi kuzatiladi. Mil. avv. VII asr 
podsho Giges davrida elektrum - oltin va kumushning tabiiy 
qotishmasidan tangalar zarb qilingan, keyinchalik kumush tangalar, 
mil. avv. VI asrga kelib, Krez davrida oltindan chiqarilagan. Lidiya 
tanga-pul tizimi o‘sha davrda keng tarqalgan bo‘lib, masalan yunon 
Ioniya shaharlari undan keng foydalanishgan.
Lidiya jamiyatida hukmron mavqeni yirik yer egalari, ruhoniy va 
harbiylar, shuningdek, savdo aristokratiyasidan iborat tabaqa tashkil 
qilgan. Gerodotda qandaydir Pifiy ismli Lidiya zodagoni podsho Doro 
I ga sof oltindan yasalgan buyum va uzum novdasi sovg‘a qilgani 
hamda Yunonistonga urushga ketayotgan Kserks qo‘shiniga esa 
dabdabali qabul uyushtirgani haqidagi qiziqarli m a’lumotlar uchraydi.
Asosiy ishlab chiqaruvchilami ibodatxona va podsho xazinasiga 
soliq to‘lovchilar bo‘lgan erkin mayda dehqonlar, chorvadorlar hamda 
hunarmandlar tashkil etgan. Lidiya jam iyatida ijtimoiy va tabaqaviy 
ierarxiyaning eng quyi qismini xususiy va boshqa turdagi qullar 
tashkil qilgan.
0 ‘zining siyosiy tuzilishiga ko‘ra Lidiya monarxiya bo‘lgan. 
Davlatning tepasida podsho turgan. Uning hokimiyat tayanchini 
tansoqchilar guruhi va qo‘shin tashkil qilgan. Ayniqsa, otliqlar va 
Lidiya jang aravalari mashhur bo‘lgan. Lidiya podsholari harbiy 
xizmatga yollanma askarlami ham jalb qilgan bo‘lib, ko‘p hollarda 
ular qo‘shnilari - kariy, ioniy va likiy xalqlari safidan olingan. Podsho 
saroyida katta rolni ko‘zga ko‘ringan aristokratlar urug‘idan chiqqan 
podsho ayonlari o‘ynagan. Ehtimol, aristokratik kengash ham 
boMgandir. Tashqi va ichki siyosatga doir muhim masalalami hal 
qilish uchun xalq kengashi chaqirilgan. Biroq, asta-sekinlik bilan 
podsho hokimiyati kuchayib borishi natijasida u o ‘z ahamiyatini
82


yo‘qota bordi. Lidiyaning ijtimoiy va siyosiy hayotida qabilaga 
mansubligiga ko‘ra bo‘linish, ajdodlar odatlari, qadimgi urug‘ 
normalari kabi arxaik ijtimoiy munosabatlar qoldiqlari saqlanib 
qolgan edi.
Lidiya podsholigining taraqqiyoti mil. a w . VIL— VI asrlarda 
podsho Giges tomonidan asos solingan Mermnadlar sulolasi 
hokimiyat tepasiga kelgan davrga to ‘g‘ri keladi. U podsho urug‘idan 
emas, balki zodagonlar toifasidan kelib chiqqan bo‘lib, saroy 
to‘ntarilishi natijasida hokimiyatni egallaydi. Giges Lidiyaning 
qudratli podsholaridan biri bo‘lgan. U Lidiyaga Frigiyaning bir qismi, 
Kariya, Troyada va Misiyani qo ‘shib oladi. Natijada Qora dengiz 
bo‘yidagi muhim savdo yoMlari va dengiz bo‘ylariga chiqish 
imkoniyatini qo‘lga kiritadilar. Lekin, savdo munosabatlarining 
rivojlanishi Egey dengiziga chiqishni talab qilardi. Shuning uchun 
ham Giges yirik yunon shaharlari bo‘lmish Milet va Smirnaga 
muvaffaqiyatsizlik bilan tugagan yurishlar uyushtirgan, biroq Kolofon 
va Magneziyani bosib olishni uddalagan. Shu bilan birga, uni taxtga 
chiqishini qo‘llab-quvvatlagan yunon ibodatxona markazi Delfiga 
saxiy sovg‘alar jo ‘natadi.
Lidiya G ‘arbda muvaffaqiyatli bosqinchilik siyosatini olib boradi. 
Sharqda esa Kilikiya orqali Sharqiy 0 ‘rtayer dengiziga chiqishga 
harakat qiladi, biroq, ko‘zlagan natijasiga erisha olmaydi. Shuningdek, 
qiyinchilik bilan Kappadokiyani qamal qilgan kimmeriylardan 
himoyalangan. Kimmeriyaliklar bilan urushda Ossuriyadan yordamga 
umid qilib, ularga elchi j o ‘natadi va ulaming oliy hokimiyatini tan 
oladi. Bu ittifoqqa tayangan holda u kimmeriylar ustidan g ‘alaba 
qozonadi. Ammo, tez orada Lidiya Misr va Bobil kabi Ossuriya 
hukmronligidan ozod bo‘lishga chanqoq bo‘lgan ittifoqchilami topadi. 
Mil. avv. VII asrda esa Ashshurbanipal tomonidan shafqatsizlik bilan 
bostirilgan aksilossuriya harakatida qatnashadi.
Lidiyaga Ossuriya qutqusi bilan kimmeriylar qo‘shini bostirib 
kiradi. Ular bilan jangda Giges taxti va hayotidan mahrum bo‘ladi, 
butun mamlakat poytaxt Sard bilan birga bu dahshatli ko‘chmanchilar 
tomonidan bosib olinadi.
Garchi bosqinchilar shahami xonavayron qilgan bo‘lsalarda, 
Lidiya poytaxtining mustahkam akropolini egallashni uddalay 
olmaydilar. U yerda Gigesning vorisi - yangi podsho Ardis qamalib 
olgan bo‘lib, Ossuriyaning Lidiya ustidan hukmronligini tan olish
83


evaziga kimmeriylardan qutulishni uddasidan chiqadi. Ardis (mil. avv. 
VII asr) o'zining Sharqiy chegaralarida ehtiyotkorona tashqi siyosat 
olib borsada, kimmeriylar mamlakatga xavf solib turadi. Lekin, u 
Sharqda Priena va Milet shaharlari bilan jang qilib, Egey dengiziga 
shiddat bilan joylashib oladi. Milet bilan jang 12 yilga cho‘ziladi, 
natijada Milet uchun foydali tinchlik shartnomasi bilan tugaydi.
Lidiya Ossuriyaning qulashidan foydalanib, o‘zining Sharqdagi 
chegaralarini kengaytirishga intiladi. Bu esa Old Osiyoning shimoliy 
qismidagi Midiya bilan to‘qnashuvga olib keladi. Natijada Lidiya va 
Midiya o‘rtasida 5 yillik (mil. avv. 590-585-yy) urush kelib chiqadi. 
Mazkur jang mil. a w . 585-yil 29-mayda noxush alomat sifatida tan 
olingan quyosh tutilishi (jang vaqtida ikkala taraf dahshatdan 
qurollarini tashlab yuboradi) ta’sir qilgan tinchlik shartnomasi 
tuzilishi bilan yakunlanadi. Yovlashayotgan tomonlar o ‘rtasidagi 
chegara etib Galis daryosi tan olinadi. Shartnoma sulolaviy nikoh 
bilan mustahkamlanadi: M idiya shahzodasi Astiag Lidiya malikasiga 
uylanadi. Lidiyaning bu davrdagi eng katta muvaffaqiyati Kichik 
Osiyodan kimmeriylami haydab chiqarilishi bo‘ldi.
Lidiyaning tashqi siyosatda gullab- yashnashi podsho Krezning 
(mil. avv. 562-547-yy) hukmronlik davriga to‘g‘ri keladi. U Kichik 
Osiyodagi yunon shaharlarini bo‘ysundirib, ulami Lidiyaga o‘lpon 
to‘lashga majbur qiladi. Lidiya hukmdori Krez mil. avv. VI asrda 
o‘zining boyliklari bilan shuhrat qozongan. 
Fors davlatining 
qudratidan xavfsiragan Lidiya ehtiyotkorlik bilan birmuncha yirik va 
ta’sirli yunon markazlari: Sparta, Afina va Samos bilan aloqalar 
o ‘matdi, Bobil va M isr bilan ittifoq shartnomalarini imzoladi. Krez 
katta yollanma qo'shin tuzadi, lekin na armiya, na ittifoqchilar 
Lidiyani qutqarib qola olmaydi. Mil. a w . 547-yilda Krez birinchi 
bo‘lib Galis daryosini kechib o ‘tadi va Kappadokiyaga bostirib kiradi. 
Forslar bilan urush hech bir tarafga muvaffaqiyat keltirmaydi. Krez 
qo‘shinlarini ortga, Sardga qaytarishga majbur b o iad i. Bundan darhol 
foydalangan fors podshosi Kir II Lidiyaga bostirib kiradi va tez orada 
poytaxtni egallab, podsho Krezni asir oladi. So‘ngra fors sarkardasi 
Xarpag Lidiyaga satrap etib tayinlanadi. Mil. avv. 547-yildagi ushbu 
harbiy m ag‘lubiyat bilan Lidiya podsholigining 150 yillik mustaqillik 
tarixi tugaydi. Lidiya fors podsholigi tarkibiga uning satrapliklaridan 
biri sifatida kiradi. Lidiya madaniyati ham Kichik Osiyodagi boshqa 
xalqlar madaniyati kabi o ‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Lidiyaliklar
84


o ‘zlarining 
yozma 
alifbosini 
Kichik 
Osiyo 
yunonlaridan 
o ‘zlashtirganlar. Ularda maxsus gimnastik harbiy o ‘yinlar va harbiy 
raqslar, kub, koptoklarda turli o ‘yinlari bilan mashhur b o ‘lgan. 
Ularning musiqiy madaniyati yuqori darajada rivojlangan. Lidiyada 
musiqa asboblari (sibizg‘a, qamish sumay, shaqildoq, timpan, kimvai, 
ko‘p torli liralar) qadrlangan. Lidiyada mohir tabiblar boMgan, dori- 
darmonlar haqida bilimlar yig‘ilgan.

Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling