Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   109
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Frigiya davlatini yuzaga kelishi shart-sharoitlari.
2. Frigiya davlati ichki va tashqi siyosatining o ‘ziga xos 
xususiyatlari.
3. Lidiya davlatining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti.
4. Lidiyaning yuksalishi davrida madaniy hayot
5. Lidiya podsholigi xo‘jaligi.
Glossariy
Frigiya 
Kichik Osiyoning qadimgi davlatlardan biri 
Sardi 
Lidiyaning poytaxti.
Ugarit 
Finikiya shahar davlatlaridan biri
Karxemish 
Shimoliy Suriyadagi qadimiy shahar
Sherdane 
Qadimgi Misr manbalarida “dengiz xalqlari”ning umumiy
nomi.
Krez 
Lidiyaning so‘nggi hukumdori.
Arsava 
Kichik Osiyodagi qadimiy mamlakat
Mavzu: Qadimgi Eron
Reja:
1. Qadimgi Elam davlati.
2. Qadimgi Midiya.
3. Ahamoniylar imperiyasi.
Qadimgi Elam davlati. Qadimgi Elam hududi tog‘li Karuna va 
Kerxe daryolari vodiysida yuzaga kelgan. Hozirgi Eronning janubiy- 
g ‘arbiy qismini o ‘z ichiga oladi. Afsonalarga ko‘ra mil. avv. 2700-
85


yilda Elam davlatiga tarixda “nom a’Ium podsho” deb nom qoldirgan 
hukmdor asos solgan deyiladi. Elam tarixini, mutaxasislar to‘rt davrga 
bo‘lib o ‘rganadilar. Y a’ni, Protoelam davri (mil. a w . 3200-2700-yy), 
Qadimgi Elam davri (mil. avv. 2700-1600-yy), Yaqin Elam davri (mil. 
avv. 1500-1100-yy) va Neoelam yoki Yangi Elam davr (mil. avv.
1100-539-yy)lariga ajratadilar.
Qadimgi Elam aholisi asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan 
shug‘ullanib kelgan. Elam tili izolyant hisoblanadi amm o dravid yoki 
afraosiyo tiliga qarindoshligi hozigi kunda xorij olimlari tomonidan 
e ’tirof etilmoqda. Mesopotamiya shahar dalatlariga yaqin boiganligi 
tufayli ulaming m a’daniy ta ’siri juda yuqori b o ig an . Mil. avv. Ill 
mingyillikga 
oid 
Shumer-Akkad 
manbalarida 
Shushen(Suza), 
Anshan(Anchan), Simashki, Adamdun va Paraxse (Marxashi) kabi 
shahar davlatlar haqida m a’lumot keltirilgan. Mil- a w . XXVI asda 
Elamning Avan shahridan kelib chiqqan Mesilim Kish lugali 
maqomini ham olishga muvaffaq b o ig an . Aynan u Avan sulolasiga 
asos solgan. Avanliklar protoelam piktografik chiziqli yozuvdan 
davlat 
ishlarida 
foydalanganlar. 
Podsholar 
Ukkutaxish, 
Shushuntarana, Autalummash, Kikkusivetemptilar hukmroligi yillari 
borasida olimlar orasida munozarali fiklar mavjud. Ammo mil. a w . 
2300-yilda Avan shahri podshosi Luxxishshan haqida m a’lumotlar 
keltirilgan. Elam garchand siyosiy jihatdan kichik shahar davlatlardan 
iborat b o isa-d a yagona o ik a hisoblangan. Podsho Lixxishshan, 
Akkad hukmdori Sargon I qo‘shinlaridan yengilib asir tushadi. Lekin 
Elam yerlari Shumer-Akkad dalatining viloyatlaridan biriga aylanib 
qolmaydi. Balki vaqtincha qaram mamlakat maqomida qoladi. Mil. 
avv. 
2190-yili 
Kutik-Inshushinak(akkadcha 
Puzur-Inshushinak) 
Elamda hokimiyatga keladi. Uning otasi Shimpixishxuk podsholar 
naslidan boim asada, ammo ona tomondan oldingi hukmdor Xitaga 
qarindosh boig an. Bu sulola mil. a w . 2190-yilga qadar Elamda 
hukmrolik 
qildi. 
Kutik-Inshushinak 
Elamni 
akkadliklaming 
hukmronligidan xalos qiladi. Chunki bu payt ko‘chmanchi gutiylar 
Mesopotamiya 
shahar davlatlarini 
bosib olib, 
Shumer-Akkad 
podsholigini tugatadilar. Natijada Elam ozod mamlakatga aylanadi. 
Kutik-Inshushinak Anshanni bosib olib Elamning katta qismini 
birlashtirishga muvaffaq b o ia d i. Akkadliklar bilan ittifoqda gutiylar 
bilan ham urush olib boradi. Suzada iloh Inshushinak uchun 
ibodatxona bunyod etadi 
va kanallar qazitib dehqonchilikni
86


rivojlanishiga e ’tibor qaratadi. Uning vafotidan so ‘ng gutiylar Elamni 
talon-taroj qiladi va Avan sulolasi barham topib Elam kichik 
dalatchalarga bo‘linib ketadi. K o‘p o ‘tmay U r podshosi Shulgi 
tomonidan bosib olinadi. Mamlakat bir asrdan ko‘proq shumerlik 
amaldorlar tomonidan boshqariladi.
Ur podshosi Shu-Suen davrida Elamning Simashki shahar-davlati 
poshosi Girnamme (mil. a w . 2030-yilda) Shumerdan m a’lum 
erkinliklarga erishadi. 
Ill 
Ur sulolasi 
amoreylaming doimiy 
hujumlaridan Shumerni mudofaa etib turgan paytda, Elam qariyib ikki 
yuz yillik qaramlikdan chiqa boshlaydi. Simashki (Mil. avv. 2015- 
yilda) sulolasidan Enpiluxan davrida Elam Shumerga bo‘ysunmay 
qo‘yadi. Garchand Ur podshosi Ibbi-Suen Elamga yurish qilib 
Enpiluxanni asir olib qaytsada, mamlakat mustaqil bo‘lib qolavergan. 
Podsho Xutran-tempti (mil. a w . 2010-1990-yy) davrida Elam 
qo'shini Ur shahrini egallab, III U r sulolasining so‘nggi podshosi Ibbi- 
Suenni taxtdan tushiradi. Simashki sulolasidan podsho Idattu I butun 
Elamni birlashtiradi. Birlashgan Elam yarim asr mobaynida yuksaladi. 
Mil. avv. XIX asrda siyosiy inqiroz boshlanib hokimiyatga Sukkal- 
max(yoki Epartidlar)lar sulolasi keladi. Elam amalda uchga bo‘lib 
boshqarilgan. Mil. avv. XV asr boshlariga kelib Sukkal-maxlar 
sulolasi ham barham topadi. Olimlaming fikricha ko‘chmanchi 
kassitlar hujumi bunga sabab b o ig an . So‘ngra Elam Anshana va Suza 
sulolalari tomonidan idora qilindi. Mil. avv. 760-yili podsho 
Xumbantaxrax Yangi Elam sulolasiga asos soladi. Ushbu sulola 
Elamni, 
Ossuriya 
podshosi 
Ashshurbanapal 
bosqiniga 
qadar 
boshqardi. So‘ngi Elam podshosi sifatida Xumban Xaltash III tan 
olinadi. Shundan so ‘ng Elam o ‘z mustaqilligini butunlay yo ‘qotadi.
Q adim gi M idiya. Qadimgi Midiya hududi hozirgi Eronning 
g ‘arbida, ya’ni Araks daryosi va Elbrus tog‘laridan janubda, Fors 
o ‘lkasining 
shimolida hamda 
Dashti-Kavir cho‘lidan 
g‘arbda 
joylashgan edi. M idiyaliklar bu o ‘lkaga Eronning shaqidan kirib 
kelganligi ta ’kidlanadi. Eroniy tilli midiyaliklar tez orada lulubeylar, 
gutiylar va kassitlami assimilyatsiya qiladilar. Hududi asosan m o‘tadil 
iqlimli bo ‘lgan. M idiyaliklar asosan chorvachilik va dehqonchilik 
bilan shug‘ullanganlar. Bu yerda yilqichilik ham keng tarqalgan edi.
Mil. a w . IX asr oxiri va VIII asr boshlarida Midiya ossurlar 
tomonidan bosib olinadi. Ammo mil. a w . 673-yili midiyaliklar 
ossurlarga qarshi q o‘zg‘olon ko ‘taradilar. Unga Kashtariti ismli sardor
87


boshchilik qiladi. Natijada Midiya mustaqillikni qo‘lga kiritadi. 
Midiyaning poytaxti Ekbatan. Ossuriya podshosi Asarxaddon skiflami 
midiyaliklarga 
qarshi 
gij-gijlaydi. 
Skiflar 
hukmdori 
Partatua 
(Gerodotda, Prototiy deb tilga olingan)ga o‘z qizini turmushga beradi 
hamda ular bilan kelishuv yo ‘lini tutadi.. Natijada skiflar akilossuriya 
koalitsiyasidan chiqadilar. Midiyani ossurlar boshqa o ‘z iznida tutib 
tura olmaydilar. Ammo ulam i vaqtincha kuchsizlantiradilar.
Mil. avv. 625-yilda Midiya taxtiga podsho Fravartishning o ‘g ‘li 
Kiaksar (Uvaxshatra) chiqadi. Harbiy islohot o ‘tkazib, so‘ngra 
Ossuriya bilan urush boshlaydi. Bu orada Kavkaz tog‘lari dan 
Midiyaga ossurlaming itiffoqchilari podsho Madiy boshchiligida 
skiflar bostirib kiradilar. Ular Midiyani talon-taroj qiladilar. Kiaksar 
esa vaqtincha skiflarga bo‘ysunadi va ko‘chmanchilarga o ‘lpon 
to‘lashga majbur bo‘ladi. K o‘p o ‘tmay skiflar sardorlarini hiyla y o ‘li 
bilan qo‘lga olib, ulami qatl etadi. Rahbarlarisiz qolgan skiflar 
Midiyani tark etishga majbur bo‘ladilar. Midiya mustaqilligi qayta 
qo‘lga kiritiladi.
Mil. a w . 614-yilda Kiaksar qo‘shinlari Dajla daryosidan kechib 
o ‘tib, Ossuriyaning qadimgi poytaxti Ashshumi qamal qiladi. Uzoq 
qarshilikdan so‘ng Ashshur egallanib, vayron qilinadi. Bobil podshosi 
Nabopalasar Ashshur vayronalariga yetib kelgach ikki o ‘rtada 
Ossuriyaga qarshi ittifoq tuziladi. Mil. avv. 612-yilga ikki davlat 
qo‘shinlari Ossuriya poytaxti Nineviyani egallaydilar va butunlay 
vayron qiladilar. Ossuriyaning shimoli M idiya davlatiga o ‘tadi. 
Kiaksar kuchli dushmandan qutilgach, Elam va Urartu yerlariga 
yurish qilib, bu hududlami ham Midiyaga bo‘ysundiradi. Mil. a w . 
590-yilda midiyaliklar Lidiyaga(Kichik Osiyo) bostirib kiradilar va 
besh yil urush olib boradilar. Ammo ikki tomon ham bir-birini yenga 
olmaydilar. Mil. avv. 585-yil Galis daryosi yonidagi jang paytida 
quyosh tutilishi sodir bo‘lib, midiyaliklar va lidiyaliklar buni iiohiy 
belgi deb hisoblab sulh tuzadilar. Podsho Kiaksaming o ‘g‘li Astiag, 
Lidiya malikasiga uylanadi. So‘ngra Kiaksar vafot etadi, taxtga 
Midiyaning so‘ngi podshosi Astiag (mil. avv. 585-550-yy) keladi. 
Ko‘p o ‘tmay Midiya forslar tomonidan Ahamoniylar davlatiga 
qo‘shib olinadi. Midiyaning o ‘zi va uning yerlari satrapliklarga 
ajratiladi.
Madaniyatiga va tiliga ko‘ra midiyaliklar forslarga juda yaqin 
xalq hisoblangan. Boshqa eroniy xalqlar kabi uzun soch va soqol
88


o ‘stirib yurganlar. Bellarida alohida hanjar (akinak) ilib yurganlar. 
Zardushtiylik diniga e ’tiqod qilganlar. Shu bilan birga hosildorlik 
ilohasi Anahitaga sig‘inganlar. Hatto Midiya poytaxti Ekbatanda 
uning ibodatxonasi bor edi.

Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling