Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
Vedalar davri. Hidiston tarixini mil. a w . II ming yillik oxiri - I
ming yillikning birinchi yarmiga oid davrini “Veda davri” deb ataydilar. Chunki Vedalar ushbu davmi o ‘rganishning asosiy yozma manbasi hisoblanadi. 103 Vedalar, oriylaming hind guruhi (hind ariyiari) yaratgan muqaddas adabiy yodgorliklaridir. Tiii va mifologiyasi bo‘yicha ular Avestoga juda yaqin turadi. “Veda” so‘zi rus tilidagidek “vedat”, ya’ni “bilish” (muqaddas bilim) so‘zi bilan bog‘liq. Vedalaming to ‘rt asosiy to‘plami va ularga qilingan son-sanoqsiz sharhlar matnlari saqlanib qolgan. Vedaning asosiy mazmuni diniy marosimlar bilan b o g liq edi. Sharhlar esa keyingi davrlarda Vedalarga asoslangan ada'biyotlar tarkibini tashkil qiladi. Vedalaming eng qadimgisi - Rigveda (asl ma’nosi “madhiyalar vedasi”) oriylar xudolariga bag‘ishlangan madhlardan tarkib topgan. Uning asosiy qahramoni - Indra xudosi hisoblanadi. U momaqaldiroq singari quroli - “vajra” bilan, shaklsiz va dahshatli samoviy suvlami (bu suvlar sigirlar podasiga qiyoslangan) ushlab turadigan yovuzlik timsoli Vritrani sanchib nobud qiladi. Indra g ‘alabasidan so‘ng suvlar shiddat bilan oqadi va sigirlar suvloqlar tomon yuguradi. Koinotdagi tartibsizlik o ‘m ini samoviy tartib egallaydi. Shu kabi afsonalar oriylar jamiyatining dastlabki diniy tasavurlari haqida m a’lumot beradi. Qadimiy veda adabiyoti, oriylar yarim ko‘chmanchi tarzda turmush kechirganligini ta ’kidlaydi. Ulaming asosiy m ashg‘uloti yirik qoramol boqish va yaylovlarda o ‘t-o‘lan kamayguniga qadar bir yerdan boshqa joyga ko‘chib yurishgan iboratligi aytib o‘tiladi. Oriylaming ijtimoiy munosabatlari patriarxal urf-odatlarga qurilgan edi. Xarappa aholisi madaniyatidan farqli o‘laroq hindoriylar xudolarining aksariyati erkaklar timsolida gavdalangan. Chunonchi Rigveda madhiyalarida xudolam ing alohida odamga xos jihatlari o ‘z aksini topgan. Ammo bular sof she’riyatga xos obrazlardir (“Indraning baquw at qo‘llari”, “quyoshli xudoning tillo sochlari”). Hind- oriylaming xudolari deyarli mavhum tarzda idrok etilgan. Ular olov mehrobida qurbonliklar qilib, xudolar o‘tga tashlangan go‘sht, y og ‘, sut, arpa yoki bo‘g‘doy urug‘lari hidiga to‘yinadilar deb ishonganlar. Rigvedada ikki ijtimoiy toifa alohida o ‘rin egallaydi. Birinchisi - “rishi”lar (bashoratchilar) bo’lib, ular diniy marosimlarda alohida o‘ringa ega bo‘lganlar. Ikkinchi toifaga qabilalar boshliqlari yoki sardorlar kirgan. Ular chorva podalarini, sermaysa yaylovlar uchun yuzaga keladigan harbiy to ‘qnashuvlarda qabiladoshlariga bosh bo‘lganlar. Ammo yakka hukmdor emas edilar. “Rigvedaning” keyingi nushalari paydo bo ‘lishi davriga kelib, oriylaming kohinlari xudolar bilan muloqot qiluvchi bo‘libgina 104 qolmay, balki ulam ing kasbi nasldan naslga o ‘tadigan sinfiga aylanadi. Kohinlaming o ‘g ‘illari kohin bo‘ladilar va boshqa kohinlar qizlariga uylanadilar. “Rigveda”ni kohinlar o ‘zib qoldirgani uchun ular aslzodalar hisoblangan. Hind-oriylar Varuna - osmon xudosi, Ratri - tun ruhi, Agni - olov xudosi; Parjana - “daraxtlami sindiruvchi” hamda sigirlar, otlar va odamlarga suv quyuvchi yom g‘ir xudosi va Indra quyosh xudosiga sig‘inganlar. Hind-oriy jam iyatida (“kasta” yoki “vam a” ) braxmanlar bir qator ustunliklarga ega bo‘lgan. Unga hech kim zulm o ‘tkazmasligi, tahqirlashi va unga jism oniy jazo berilishi mumkin emas edi. Aks holda qilingan qurbonlik befoyda bo‘ladi, xudolar uni qabul qilmaydilar deb ishonganlar. Bundan tashqari, braxmanni xafa qilish xavfli hisoblangan. Braxmanlar bilimlari avloddan avlodga o ‘tgan. Olim braxman atrofida doim shogirdlari bo‘lgan, ular balog‘atga yetguncha uning uyida yashayganlar, ustoziga xizmat qilganlar va undan ilm olganlar. Braxmanlardan keyingi ikkinchi toifani “kshatriy’l a r tashkil qilgan. U lar qabila sardorlaridan chiqqan harbiylar sinfi (zodagonlar) edi. Uchinchi tabaqaga qabila jam oasining to ‘la huquqli vakillari “vayshiy”lar kirgan. Ular chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullangan ozod kishilar edi. Yuqorida keltirilgan uch tabaqa vedalar bilan bog‘liq diniy marosimlarda ishtirok etish va veda matnlarini o‘qish huquqiga ega bo‘lgan!ar. Ular “ikkinchi marta tug‘ilgan” lar sinfiga kirgan. Aksincha, to‘rtinchi tabaqa vakillari “shudra”lar hech qanday vaziyatda “ikkinchi marta tug‘ilish” marosimidan o ‘tishi va veda marosimida ishtirok etishi mumkin emas edi. Barcha begonalar va to‘la huquqli bo‘lmaganlar shudra hisoblangan. Hindistonda tabaqa-kasta tuzumi “karma” (hayot davomida qilingan ishlar, xatti-harakatlar, qilmishlar) ta’limotiga bog‘liq bo‘lgan. 0 ‘sha davrda mavjud bo‘lgan tasaw urlarga k o ‘ra, tirik jon o‘limidan so ‘ng butunlay yo ‘q bo‘lib ketmasdan, qayta tug‘iladi va oldingi hayoti davomida qilgan ishlariga muvofiq ravishda yangi ko‘rinishga ega bo‘ladi. Yaxshiroq ko‘rinishda qayta tug‘ilishga sazovor bo ‘lgan hayvon, edam bo‘lib tug‘ilishi mumkin, shudra esa braxman, braxman esa xudo (xudolar ham tirik mavjudotlaming bir 105 turi, shuning uchun ular ham karma qonuniga bo‘ysunadilar deb ishonganlar) sifatida tug‘ilishi mumkin edi. Tirik mavjudotlar guruhlarining har biri - jati (asl m a’nosi - “tug‘ilish”) hisoblangan. Chorva jatisi (zotlari), o ‘simliklar jatisi (turlari), odamlar jatisi (kasta va vamalar) mavjud deb ishonishgan. Hindlar uchun kastani o ‘zgartirish masalasi, xuddi qo‘yning filga aylanishi masalasi singari bem a’ni hisoblangan. Kastadan tashqaridagi nikohlar dastlab munkin bo‘lmagan. Shu tariqa hind-oriy jam iyati shakllanib borgan. Download 7.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling