Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
Xattusa
Nesa Arsava 78 bo‘lgan. Frigiyaliklar Kichik Osiyoning shimoliy-g‘arbiy qismiga mil. avv. II mingyillikda Makedoniya yoki Frakiyadan ko‘chib kelganlar. Ulami asosiy x o‘jaligini dehqonchilik va chorvachilik tashkil etgan. Biroq, antik mualliflar bu yerda yilqichilik va vinochilik ham rivojlanganligi haqida alohida to‘xtalib o ‘tadilar. Turli xil hunarmandchilik turlari, jumladan, toshga (jumladan, marmarga) va yog‘ochga ishlov berish, oltin va boshqa metallami qazib olish hamda to‘quvchilik va gilamchilik gullab -yashnagan. Frigiyaliklar qo‘shni davlat va qabilalar bilan o ‘zaro aloqada bo‘lganlar. Ular mil. avv. XIII asrda yunonlar bilan urushda troyaliklarga yordam berganlar, lekin ittifoqchilarining m ag‘lubiyatidan so‘ng xettlar bilan birgalikda yuzaga kelgan qulay vaziyatdan foydalanib Troyada o ‘lkasini o ‘z hududlariga qo‘shib oladilar. Frigiya Xett podsholigini qulashida m a’lum bir rolni o ‘ynagan. Chunki uning hududini sezilarli qismi frigiyaliklarga tegadi. Frigiyaliklar bir qator qabilalar, xususan, mushklar bilan aralashadi. Shuning uchun ossuriyaliklar o‘z qo ‘lyozmalarida Frigiyani odatda “mushklar mamlakati” ( “dengiz xalqlari “dan biri) deb ataydilar. Mil. avv. XII asrda mushklaming Sharqqa yurishlari Ossuriya tomonidan Quyi Frot hududida to‘xtatib qolinadi. Mil. a w . X-VIII asrlarda Frigiya podsholigi birmuncha gullab-yashnaydi. Shaharlar soni ko‘payadi. Frigiyaning poytaxti sifatida Sangariya (zamonaviy Sakarya) daryosining qirg‘og‘ida joylashgan Gordion shahri shuhrat topadi. Yunonlar unga afsonaviy podsho Gordiya asos solgan deb hisoblaydilar. M azkur shahar devorlari tosh va xom g ‘isht, keng darvozalar va katta qal’a qo‘rg‘onlardan tashkil topgan qudratli shahar edi. Yozma m a’lumotlaming guvohlik berishicha, Frigiyaning yetakchi podshosi sifatida Midas (mil. a w . VIII asr oxiri-V II asr boshlari) tilga olinadi. U hokimiyat tepasiga Gordiyning o ‘limidan so‘ng yuzaga kelgan shafqatsiz ichki kurashlar natijasida keladi. Bo‘lajak hukmdor bir parcha yer va bir juft ho‘kizga ega bo‘lgan oddiy dehqon boMgan bo‘lsa-da, kohinning tanloviga ko‘ra podsholikka tayinlangan. Dehqon mehnati an ’anaviy Frigiya jam iyatida katta xurmat qozongan: mehnat quroli yoki ho‘kizni o ‘g ‘irlaganlar oMimga mahkum qilingan. Afsonalarga ko‘ra uning shohi Midas nimaga teginsa uni toza oltinga aylantirgan. Rivoyatlarda 79 yana yovvoyi gilos po‘stlog‘idan tug’ilgan Gordiy tuguni haqida ham m a’lumotlar berilgan. Kimdan kim bu mashhur tugunni yechib tashlasa, Osiyoning egasi bo‘lishi aytilgan. Keyinchalik, bu tugunni Makedoniyalik Aleksandrga ko‘rsatishganida uni qilich bilan chopib tashlaydi va Osiyoni egallaydi. Podsho Midas ilm-fan va san’at rivojlanishiga homiylik qiladi. Sharqda faol tashqi siyosat olib boradi, buning natijasida yunonlar bilan doimiy aloqada bo‘ladi. Yunonlar u tomonidan mamlakat markazida Ankira (Turkiyaning bo‘lajak poytaxti Anqara) shahrini qurganligini yozib qoldirganlar. Arxeologlar Kichik Osiyo Sharqidan “Midas shahri” ni aniqlaganlar. U to‘rtta tepalikda podsho saroyi va shahar aholisini o ‘z ichiga olgan qal’ada joylashgan bo‘lib, dushmanlardan qoyalar tizimi bilan himoyalangan. Sharqiy O 'rtayer dengizidagi murakkab vaziyat sababli Frigiya Urartu, Tabal, Karxemish va boshqa davlatlar kabi turli xil aksilossuriya ittifoqlariga kirgan. Biroq, Ossuriya o ‘z dushmanlarini birma-bir yakson qiladi. Ossuriya podshosi Sargon II solnomalarida M idasga qarshi muvaffaqiyatli urushlar haqida m a’lumot beriladi. Tog'li joylardagi janglarda ossuriya qo‘shinlari 3000 q al’a, 10 ta shahar, 2400 asir va katta o ‘ljani qo‘lga kiritadilar. Midas Ossuriya hukmronligini tan olishga va unga o ‘lpon to‘lashga majbur bo‘ladi. Mil. a w . VIII asr oxiriga kelib Frigiyaning tashqi siyosiy ahvoli birdan yomonlashadi. Chunki, g‘arbiy va shim oliy-g‘arbiy chegaralarda unga yunonlar va bir qator kichik Osiyo xalqlari tahdid qiladi. Shu bilan birga, Sharqdan kimmeriy qabilalari hujum qiladi. Frigiyaliklar esa ularga munosib qarshilik ko'rsata olmadilar. Ossuriya va kimmeriyaliklar bilan qonli kurash uzoq davom etadi. Ayniqsa, sobiq ittifoqchilarining ba’zilari Ossuriya ta’siriga tushib undan chiqib ketadi, yoki mustaqil o ‘yin olib borib Frigiyaning dushmaniga aylanadilar (masalan, Urartu). Oxir-oqibatda mil. avv. VII asming 60-yillarida Asarxaddon davrida Ossuriya Frigiyani o‘zining viloyatlaridan biri deb, hisoblaydi. Lekin, bu nomigagina bo'ysunish bo‘lib, aslida uning haqiqiy xo‘jayinlari ko‘chmanchi qabilalardan bo‘lgan kimmeriy va trerlar bo‘lgan. Tashqi bosqinlar mamlakatni og‘ir ahvolga solib qo'yadi. Natijada, Frigiya podsholigi mil. avv. VII asrda qulaydi. Uning yerlari esa Lidiyaga qo‘shib olinadi. Mil. a w . 547-yilga kelib, Ahamoniylar Frigiya yerlarini haqiqiy xo‘jayiniga aylanadi. so Qadimgi Frigiya madaniyati o ‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Darhaqiqat, Kichik Osiyo podsholarining ertaknamo xazinlari haqidagi rivoyatlar bekorga to ‘planib qolmagan. Azaldan bu yerlarda oltin qazib olingan va mahalliy xalq elektrumni (oltin va kumush qotishmasi) ixtiro qilishgan. Q irg‘oq bo‘yidagi Ioniya yunon shaharlari orqali ushbu kashfiyotlar keyinchalik ellin dunyosiga tez tarqalgan. Frigiya alifbosi qadimiylikda yunon alifbosidan qolishmaydi va deyarli undan farq qilmaydi. Frigiyaliklar va yunonlar alifbosi masalasida bahs munozaralar hozirga qadar davom etib kelmoqda. Har qanday holatda ham Kichik Osiyo davlatlari fors bosqiniga qadar yunon dunyosi bilan qalin munosabatlarda bo‘lgan. Podsholar Delfa orakullariga (kohin-bashoratchilar) qimmatbaho sovg‘alar j o ‘natganlar. Ular yunonlar bilan o ‘sha paytda faol harbiy-diplomatik o‘yinlarda ishtirok etganlar. Arxaik davrda (mil. avv. VIII-VI asrlar) Kichik Osiyoning g ‘arbida joylashgan Ioniya shaharlari ellin dunyosidagi eng rivojlangan markazlar boMgan. Shuningdek, Frigiya madaniyatini gullab-yashnashida Old Osiyo dunyosining ming yillik madaniy an’analari bilan yaqinligi muhim ahamiyat kasb etadi Download 7.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling